Bosh sahifa Blog Sahifa 142

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Olimjon Obidov

0

Olimjon Obidov — JIDU va Janubiy Koreyaning Ajou universitetida tahsil olgan. “Das Team” konsalting firmasi asoschilaridan biri hamda menejeri va “Te Amo Travel” loyihasi asoschisi.

“Das Team” ning yaralish tarixi talabalik davriga borib taqaladi. O‘qib yurgan kezlari juda ko‘p tadbirlar va rasmiy uchrashuvlarning tashkilotchisi bo‘lgan. Koreya davlatida almashinuv dasturi asosida o‘qishi dunyoqarashining yanada o‘zgarishiga sabab bo‘lgan.

JIDU’da ikkinchi til sifatida nemis tilini o‘qigan. Universitet orqali nemis tili bilan “Work and Travel” lohiyasiga qatnashib bo‘lmagan. Bu holatni o’zgartirish va boshqalarga yordam berish maqsadida konsalting firmasi ochishga qaror qilingan.

Asoschilar Olimjon Obidovga yaqin insonlar bo‘lishgan. Ularning ko‘magida rejalarni tuzish va amalga oshirish qiyin kechmagan. Tashkilotchilik qobiliyati biznes boshlashda va muzokaralar olib borishga juda qo‘l kelgan.

“O‘qish davrida mavsumiy sayohatlar uyushtirish odatimiz (hobbi)ga ham biznes g‘oya sifatida yondashib, uzoq vaqt o‘tmasdan “Te Amo Travel” turagentligini ham ochdik. 2019-yilning noyabr oyida rasman ish faoliyatini boshlaganmiz. Keyingi oyning o‘zidayoq foyda ko‘rdik”, — deydi Olimjon Obidov.

Biznes tarixi: Crocs shippaklari qanday paydo bo‘lgan?

0

Spot yangi sahifani taqdim etmoqda. Unda dunyoga mashhur brendlar qanday paydo bo‘lgani, qiyinchiliklar hamda bugungi kundagi daromadi haqida ma’lumotlar beriladi.

Har qanday biznes loyihaning, turli brendlarning o‘z tarixi bor. Bugungi kungacha bosib o‘tilgan yo‘l, loyihadagi keskin burilishlar hamda muvaffaqiyatli qadamlar ko‘pchilik uchun qiziq bo‘lishi tabiiy.

“Spot” yangi sahifani taqdim etmoqda. Unda dunyoning eng mashhur brendlari qanday paydo bo‘lgani, shakllanish tarixi va qiyinchiliklar hamda bugungi kundagi daromadi haqida ma’lumotlar berib boramiz.

Birinchi materialda o‘zining noodatiy shippaklari bilan butun dunyoga mashhur bo‘lgan “Crocs” brendiga oid ma’lumotlarni taqdim etamiz.

Brendning yaratilishi

Karib dengizida kechgan sayohatda Skott Simans o‘z do‘stlariga suv o‘tkazmaydigan rezinali shippaklar bilan maqtanadi: ular sirpanib ketmaydi va kemada iz qoldirmaydi.

Simansning do‘stlari Lindon Xanson va kichik Jorj Boedekerga shippaklar yoqib qoladi. Shunday qilib, ular birgalikda rezinali shippak ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga qaror qilishadi, biroq Simansda bu istak allaqachon mavjud edi.

Ularning hammasi tadbirkorlik bilan shug‘ullanar, masalan, Boedeker “Oregon Food Concepts” kompaniyasiga tegishli G‘arbiy Qo‘shma Shtatlardagi “Quizno‘s” tez ovqatlanish tarmog‘ining eng yirik franchayzeri edi.

Hanson esa kompyuter texnikasi, dasturiy ta’minoti va moliyaviy xizmatlarni sotish va boshqarish sohasida ishlagan. Simans o‘n yildan ortiq vaqt davomida fotografiya uskunalarini ishlab chiqarishga qaratilgan kompaniyasini boshqargan.

1999-yilda do‘stlar “Western Brands” kompaniyasiga asos solishadi. “Crocs” yaratuvchilari yiliga 25−30 ming juft shippak sotishlari va biznes “yaxshi hobbi»ga aylanishiga ishonishgandi. Shu bilan, hamkorlar shippaklarning orqa tarafiga tasma qo‘shib o‘zgartirishdi.

biznes tarixi, crocs

 

Foto: “secretmag.ru” nashri

2002-yilda ular “Crocs” savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishdi. “Beach” deb nomlangan “kroks»ning birinchi modeli timsohning yuziga o‘xshardi, nom ham aslida shundan kelib chiqqandi.

O‘sha yilning iyul oyida kichik Boedeker sakkiz kishidan iborat kompaniyaning bosh direktori bo‘ldi. Oyoq kiyimlarning 200 juft birinchi sinov partiyasi xalqaro ko‘rgazmada namoyish etildi.

$30 lik shippaklar

Poyafzallar sirpanib ketmaydigan, hidni o‘ziga singdirmaydigan hamda sirpanmaydigan yumshoq poyabzal sifatida e’lon qilingan. Kichik teshiklari va “kesilgan” tovoni bo‘lgan rezinali shippaklar bir necha soat ichida sotiladi.

$30 lik qulay shippak nafaqat yaxtachilarga, balki oshpazlar, tibbiyot xodimlari va bolalarga ham ma’qul keldi. “Kroks»lar ular uchun ideal poyabzal bo‘lib chiqdi — yengil va chidamli, sirpanmaydi va changdan bemalol tozalab olish mumkin.

Bu poyabzallarni dunyo mashhurlari ham kiyishgan. Ular orasida “Google” asoschisi Sergey Brin, AQShning sobiq 44-prezidenti Barak Obama rafiqasi Mishel Obama, aktyorlar Jek Nikolson va Helen Mirren kabilar bor.

2003-yilda kompaniya 76 ming juft “kroks” sotgan, biroq hammasi zararga ishlagan — o‘sha yili kompaniya zarari $1,2 mln.ni tashkil etadi.

2004-yilga kelib Ron Snayder “Western Brands” kompaniyasiga qo‘shildi. Shunday qilib, rezinali shippaklar savdosi o‘sa boshladi.

Shu yili kompaniya ular uchun poyafzal polimerini ishlab chiqaradigan “Foam Creations” kompaniyasini sotib oldi. Mazkur bitim $5,2 mln.ni tashkil etdi.

biznes tarixi, crocs

Foto: “Deseret News” nashri

Kroslit charm kabi an’anaviy materiallarga qaraganda arzonroq va bardoshli bo‘lib chiqdi. Bundan tashqari, polimer bilan ishlash minimal qo‘l mehnatini talab qiladi.

“Kroks” tayyorlash qiyin emasdi, shuning uchun “Western Brands” o‘zgaruvchan chakana sotuvchi va mijozlar talabiga tezda javob bera oldi.

Jahon bozoriga chiqish

2005-yilning boshida kompaniya o‘z nomini rasmiy ravishda “Western Brands»dan “Crocs»ga o‘zgartirdi, Snayder bosh direktor lavozimida ishini davom etdi.

O‘sha yili kompaniya Yevropa bozoriga chiqdi. Geografik kengayish ular faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.

2005-yilda “Crocs” 6 mln juft poyabzal sotdi, bir yil avvalgi ko‘rsatkich esa 649 ming juftni tashkil etgandi. Va nihoyat kompaniya foydaga chiqdi: ularning foydasi $17 mln.ga yaqinlashdi.

2006-yilda kompaniya tarixida ikkita muhim voqea yuz berdi. Ulardan birinchisi — kompaniya fevral oyida o‘z IPO‘sini o‘tkazdi va $207 mln yig‘di.

Aksiyalarning qiymati har bir aksiya uchun $21 ni tashkil etdi. O‘sha vaqtda kapitallashuv $940 mln bo‘lgan.

Ikkinchi muhim voqea esa, loyiha hammuassisi kichik Jorj Boedeker direktorlar kengashidan ketdi.

Birjaga kirgunga qadar korxonada poyabzallarning 11 ta modeli ishlab chiqarildi, ishchilar soni esa 1130 taga yetdi.

Bu vaqtga kelib, “Crocs” poyafzallari AQShning 6500 dan ortiq do‘konida sotilgan.

Bundan tashqari, yana 40 ta mamlakatda 1500 ta savdo nuqtalariga (Avstriya va Germaniyadan Yaponiya va Singapurgacha) ega bo‘ldi.

biznes tarixi, crocs

Foto: “Well Rigged” nashri

Jibbitz bezaklari

Brend xabardorligini oshirish uchun “Crocs” o‘zining kiyim-kechak liniyasini ham yo‘lga qo‘yadi: korporativ logotipli futbolkalar, sviterlar, shlyapalar va paypoqlar ishlab chiqara boshlaydi. Bu hali hammasi emasdi — kompaniya quyoshdan saqlovchi ko‘zoynaklar sotuvini ham amalga oshiradi.

2005-yilning yozida amerikalik uy bekasi Sheri Shmeltser “jibitlar” — “kroks»ning teshiklariga kiritilgan zargarlik buyumlarini o‘ylab topadi.

Uning eri esa buni qo‘llab-quvvatladi: er-xotin sayt ishga tushirib, mahsulotini ishlab chiqara boshlaydi.

2006-yilning avgustiga kelib ular 6 mln.ta “jibitlar»ni $2,2 mln.ga sotishadi. Oradan to‘rt oy o‘tib esa “Crocs” “Jibbitz»ni $10 mln.ga sotib oldi.

2007-yilga kelib kompaniya yiliga 50 mln juft “kroks” sotadi. Moliyaviy natija esa $168,2 mln.ni tashkil etdi. O‘sha paytda “Crocs” kapitallashuvi $6 mlrd bo‘lgan.

“Crocs” taniqli dizaynerlik brendlari bilan hamkorlik qilish orqali zerikarli rezina shippak ishlab chiqaruvchisi imijidan uzoqlashishga muvaffaq bo‘ldi.

Brend 2016-yili birinchi marta podiumda paydo bo‘ldi. Xususan, britaniyalik dizayner Kristofer Keyn kompaniya bilan birgalikda 2017-yilning bahor-yoz kolleksiyasi ko‘rgazmasida dekorativ toshlar bilan bezatilgan “marmar” shippaklarni taqdim etdi.

biznes tarixi, crocs

Foto: “Mirror” nashri. Kristofer Keyn tomonidan yaratilgan Crocs

Kompaniyaning buguni

Crocsni dunyoning 90 ta davlatida, xususan, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston va Germaniya kabi mamlakatlarda mavjud.

2018-yilda kompaniyaning sof foydasi $69 mlnni, bir yildan keyin esa $119 mlnni tashkil etdi.

2020-yili Covid-19 koronavirus pandemiyasining biznesga salbiy ta’siri tufayli kompaniya kapitallashuvi $785 mln.gacha tushib ketdi.

Biroq bu yilni brend $313 mln sof foyda bilan yakunladi. 2021-da kompaniya sof foydasi $726 mln.ni tasjkil etdi va 2020-yilga nisbatan 131,9%ga oshdi.

Ammo 2022-yilgi ko‘rsatkich bir yil oldingi natijaga nisbatan 25,5%ga kamayib, $540 mln.ni tashkil etgan.

IT bo‘yicha 5 ta kitob: Kotlin dasturlash tili

0
RICHMOND, VA - FEBRUARY 18: Charlotte Tillier fills an order for books sold by color as bundles or “by the foot” for interior decor at The Book Bundler warehouse in Richmond Virginia, February 18, 2022. (Parker Michels-Boyce for The Washington Post)

Ushbu to‘plam Kotlin dasturlash tilini o‘rganishni boshlayotganlar va turli darajaga ega bo‘lgan mutaxassislar uchun foydali bo‘ladi.

“Kotlin: misollar bilan dasturlash”, Packt nashriyoti, Adelekan Iyanu

Kitob Android uchun Kotlin tilida mobil ilovalarni ishlab chiqishga bag‘ishlangan. Tilning funksiyalari va sinflari, obyektga yo‘naltirilgan dasturlash usullari kabi asosiy elementlari ko‘rib chiqiladi.

U Android ilovalari uchun RESTful mikroservislarini ishlab chiqish, MVC arxitektura naqshini amalga oshirish usullari haqida hikoya qiladi.

Logstash yordamida ma’lumotlarni qanday markazlashtirish, o‘zgartirish va saqlashni, Spring Security yordamida ilovalarni qanday himoya qilishni tavsiflaydi.


“Kotlin harakatda”, Dmitriy Jemerov, Svetlana Isakova

Ushbu kitob dasturchiga yuqori sifatli ilovalar yaratish uchun Kotlin tilidan qanday foydalanishni o‘rgatadi.

Til yaratuvchilari, JetBrains ishlab chiquvchilari tomonidan yozilgan ushbu kitob domenga xos tillarni yaratish, Java virtual mashinasida funksional dasturlash, Java va Kotlindan birgalikda foydalanish va boshqalar kabi mavzularni qamrab oladi.

Kitob Java tilini biladigan va Kotlin bilan tanishishni hamda samarali ishlashni boshlamoqchi bo‘lgan dasturchilar uchun mo‘ljallangan.

dasturlash tili, kitoblar tavsiyasi, kotlin


Kotlin. Professionallar uchun dasturlash”, Skin Josh, Grinhol David

Muallilarning kitobi “Big Nerd Ranch” kompaniyasining mashhur “Kotlin Essentials” kursiga asoslangan.

Yorqin va foydali misollar, asosiy tushunchalar va fundamental API’larning aniq tushuntirishlari sizni nafaqat Kotlin tili bilan tanishtiradi, balki uning imkoniyatlaridan samarali foydalanishni o‘rgatadi.


“Kotlin bir qarashda”, Saksena Svati

Bu kitob asosan Kotlin dasturlash tili va uni Java bilan solishtirishga qaratilgan. Ushbu kitobni o‘qish orqali o‘quvchilar tilning eng muhim xususiyatlari va jihatlari bilan tanishishlari mumkin.

Obyektga o‘naltirilgan dasturlash, nol xavfsizlik, generiklar va boshqa ko‘plab qiziqarli xususiyatlarning to‘liq ko‘rinishi bilan bu kitob yangi va tajribali Java dasturchilari uchun mukammal tanlov hisoblanadi.

Ushbu muqobil Java virtual mashinasi tili haqida koʻproq maʼlumot olishni xohlovchilar uchun. Kitobni oʻqish uchun Kotlin boʻyicha oldingi bilimlarga ehtiyoj qolmaydi, chunki asoslar kitobda tushuntirilgan.

dasturlash tili, kitoblar tavsiyasi, kotlin


“Yangilar uchun Kotlin dasturlash boʻyicha qoʻllanma”, Jon Hunt

Kitobning birinchi qismida Kotlin dastur tuzilmalari, shuningdek, agar va qachon ifodalari kabi boshqaruv funksiyalarining shartli oqimi hamda “for”, “while” va “do-while” kabi takrorlash davrlari taqdim etilgan.

Keyingi boblarda funksiyalar Kotlinda qanday amalga oshirilganligi tushuntiriladi va funksional dasturlash tushunchalari, masalan, yuqori tartibli funksiyalar va kurried funksiyalar bilan tanishtiriladi.

O‘zbekistonda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

0

16-18 may kunlari Samarqandda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) Boshqaruvchilar kengashining «Iqtisodiy chidamlilik va barqarorlikka investitsiyalar kiritish» mavzusidagi 32-yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi, deb  xabar bermoqda «Dunyo».

O‘zbekiston tomonidan ushbu tadbirni o‘tkazish uchun ariza 2019 yilda berilgan va 2022 yilda tasdiqlangan. Tadbirda 73 davlatdan 2000 dan ortiq mehmonlar, jumladan, xorijiy hukumatlar vakillari, transmilliy korporatsiyalar, xalqaro moliya institutlari va banklari rahbarlari, iqtisodiyot, investitsiyalar, moliya va texnologiyalar sohasidagi ekspertlar, shuningdek, yetakchi xorijiy OAV vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

Iqtisodiyot barqarorligiga investitsiyalar kiritish masalalari tadbirning asosiy mavzusi bo‘ladi. Yig‘ilish davomida Bankka a’zo mamlakatlar duch kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish mavzulariga bag‘ishlangan panel munozaralari o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

Tadbir shuningdek, YeTTBga o‘tgan yil davomida erishgan yutuqlarini tahlil qilish va rejalar tuzish imkoniyatini beradi. Yig‘ilish asosiy tadbirlaridan biri «O‘zbekistonning investitsiyaviy istiqbollari to‘g‘risida»gi sessiya bo‘ladi. Unda mamlakat iqtisodiyotining kutilayotgan o‘sish sur’atlari va investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlari muhokama qilinadi.

Tadbirning uch kunlik kun tartibidan ekspertlar ishtirokidagi turli mavzularda, jumladan, mintaqalar va alohida mamlakatlarga bag‘ishlangan bir qator panel munozaralari ham o‘rin olgan.

Ular qatoridan:

• xalqaro savdo munosabatlari;
• energiya xavfsizligi, qayta tiklanadigan energiya manbalari;
• kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi ahamiyati;
• rivojlanayotgan bozorlarda raqamlashtirish jarayonlari;
• YeTTB «Yashil shaharlar» dasturi;
• YeTTBning «Mintaqaviy iqtisodiy istiqbollar» mavzusidagi asosiy makroiqtisodiy tadqiqoti va boshqalar o‘rin olgan.

Yig‘ilish davomida xalqaro ishbilarmon doiralar vakillari ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tadi. Unda makroiqtisodiy vaziyat, qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirishda xususiy sektor va davlatning roli, hududlararo aloqalar, iqtisodiy integratsiya, oziq-ovqat xavfsizligi, raqamlashtirish va boshqa masalalar yuzasidan ekspert muhokamalari o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tovarlarni yetkazib berish xizmatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarori qabul qilindi.

0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Xizmat ko‘rsatish sohasi, xususan, umumiy ovqatlanish va tovarlarni yetkazib berish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar faoliyati rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:

1. Eng yuqori konstruktiv tezligi soatiga 50 kilometrdan, ish hajmi 50 sm3 dan oshmaydigan ichki yonuv dvigateliga ega bo‘lgan yoki nominal (belgilangan) quvvati 0,25 kilovattdan ortiq va 4 kilovattdan kam bo‘lgan elektr dvigatelli ikki yoki uch g‘ildirakli transport vositalari, shu jumladan, xuddi shunday tavsiflarga ega bo‘lgan moped, kvadritsikl (kvadrotsikl), tritsikl, skuter hamda yo‘lning qatnov qismida harakatlanishga moslashtirilgan boshqa mexanik moslamalarni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi bo‘lishi shartligi to‘g‘risidagi talab 2024 yil 1 yanvarga qadar to‘xtatib turilsin.

Bunda, mazkur bandda ko‘rsatilgan transport vositalarida harakatlanayotgan shaxslar motoshlem kiyishlari va uni qadab olishlari zarurligi belgilab qo‘yilsin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ‒4742-son qaroriga ilovaning 23-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“23. Buyurtma asosida tovarlarni yetkazib berish (yuk tashish bundan mustasno)”.

3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari J.A.Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi

             Prezidenti                                                                                                                        Sh.MIRZIYOEV

Toshkent shahri,

2023 yil 11 may

Davr Bank’ni transformatsiya qilish jarayoni rahbari Damir Kakiyev tavsiya qilgan 5 ta kitob

0

Damir Spot bilan unga kerakli koʻnikmalarga ega boʻlish, bank sohasida karyera qilish hamda kuch-quvvat manbaini topishga yordam bergan kitoblar bilan boʻlishdi.

Damir Kakiyev qabul qiluvchi (resepshionist) dan bank rahbarigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtgan, Qozogʻiston bank sektorida (“UniCredit”, “Sberbank Kazakhstan”, “Alfa-Bank Kazakhstan”) 17 yildan ortiq tajribaga ega. Joriy yilda “Davr Bank” aksiyadori Damirni bankni transformatsiya qilishni tashkil etishga taklif qildi.

Damir “Big Money” online-universitetida tadbirkorlar uchun strategiya kursidan dars beradi. U yirik IT-kompaniya asoschisi, investor, besh yillik tajribaga ega tadbirkor, Qozog‘iston Milliy palatasi qoshidagi kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish qo‘mitasi a’zosi hisoblanadi.

Damir dars beradigan universitetda u barcha talabalarga oʻqishi kerak boʻlgan kitoblarni tavsiya qiladi:

  • “Yaxshidan buyukka”, J. Kollinz;
  • “Insoniyatning qisqacha tarixi”, “Kelajakning qisqacha tarixi”, “XXI asr uchun 21 saboq”, Yu. Xarari;
  • “Unvonsiz yetakchi”, R. Sharma;
  • “Kelajak tashkilotlarini kashf etib” F. Lalu;
  • “Qora oqqush”, “Antifragility” N. Taleb;
  • “Raqs maydonchasidagi fil”, E. Karasyuk (“Sberbank»ning transformatsiyasi haqida);
  • “Biznes-modellarini qurish”, A. Ostervalder;
  • “Sotish voronkasi” M. Solodar;
  • “Qizil tabletka 1 va 2”, A. Kurpatov.

“Koʻp kitob oʻqishni “Sberbank»da ishlaganimda boshladim. Shu yillar davomida German Gref bank raisi bo‘lganligi omadim edi. Aynan u kitobxonlik madaniyatini joriy qilgan. Bankda biznes, iqtisod, moliya, psixologiya, madaniyat, xizmat ko‘rsatish va hokazolarga oid puxta saralangan kitoblar jamlangan katta kutubxona bor edi. Bank rahbariyati xodimlar uchun zarur adabiyotlarni maxsus tanlab olar, bu xodimlar fikrlashi va malakasini oshirishiga, hamda professional darajada rivojlantirishiga ishonardi”, deb eslaydi Damir Kakiyev.

Bu davrda u oʻz kutubxonasini va oyiga kamida bitta kitob oʻqish odatini rivojlantirdi. Bu rejimda u 5 yil davomida yiliga 12 tadan kitob oʻqidi.

Vaqt oʻtishi bilan odat oʻzgardi va endi Damir uchun kitoblar soni emas, balki muayyan vaziyatda kerakli yechimni izlash muhim. Shuning uchun u yo kitoblarni qayta oʻqiydi, yoki oʻz soʻrovi uchun aniq ma’lumotlarni qidiradi.


“Manba”, Ayn Rend

Bu asar menga yoqadi, chunki unda: “inson biror narsaga ishonsa, uni avaylaydi”, degan hikmat bor. Bu tashqi bosim ostida oʻz qarashlarini oʻzgartirmaydigan odam demakdir.

Manba — bu imkon qadar saqlab qolish va oshirishga harakat qiladigan ichki kuch. Bu kitob aynan shu kuch haqida.

Menga ushbu muallifning yana bir mashhur kitobi — “Atlant yelkalarini yoydi” yoqadi. Bu asar dunyoni oʻzgartirmoqchi boʻlgan odamlar haqida. Ular kimlardir oʻrnatgan qoidalar bilan yashamasdan, balki hamfikrlarni topib, dunyoni yaxshi tomonga oʻzgartiradilar.


“Yaxshidan buyuklik sari”, Jim Kollinz

Bu ishbilarmonlar uchun zarur boʻlgan kitoblardan biridir. Kitobni yozish uchun muallif “S&P 500” reytingidan koʻplab muvaffaqiyatga erishgan kompaniyalarni tahlil qiladi. Aslida, bu qoʻllanma kompaniyani nafaqat yaxshi, balki buyuk qilish imkonini beradi.

“Yaxshidan buyukka»ning asosiy tamoyilini hali ham eslayman — avval “kim”, keyin esa “nima”.

Bu shuni koʻrsatadiki, biror ishni amalga oshirishni boshlashdan oldin, avval uni kim bilan va keyin buni qanday amalga oshirishni koʻrib chiqish kerak.

 

bank, damir kakiyev, kitob, kitoblar tavsiyasi, tadbirkorlik


“Baxt yetkazish”, Toni Shey

Oʻzbekistonda koʻplab kompaniyalar mijozlar bazasi uchun raqobatlashishga harakat qilib, buning uchun koʻplab innovatsion xizmatlarni yaratmoqdalar. Lekin eng muhimi, menimcha, sifatli xizmatga e’tibor qaratishdir.

“Baxt yetkazish” — korporativ madaniyatga xolakratiya tamoyilini kiritgan “Zappos” (AQShning poyabzal va kiyim-kechak sotiladigan onlayn-do‘koni — “Spot” izohi) misolidir. Bu ularga katta natijalarga erishish va oxir-oqibat kompaniyani “Amazon»ga $1,2 mlrdga sotish imkonini berdi.

Ushbu kitobni oʻqiganimdan keyin men uchun muhim tushuncha bu madaniyat strategiyadan koʻra muhimroq degan gʻoya boʻldi. Bu shuni anglatadiki, kompaniyani yaratishda xodimlarni asosiy maqsadlarga, “Zappos” misolida esa mijozlarga ajoyib xizmat koʻrsatishga yoʻnaltirish kerak. Shu sababli katta tushumga ega boʻladigan daromadli biznesni qurish mumkin.


“Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko‘nikmasi”, Stiven Kovi

Men bu kitobni har qanday xodim uchun asos deb bilaman. Har bir menejer quyidagi yetti koʻnikmaga ega boʻlishi kerak:

  1. Faol boʻlish.
  2. Yakuniy maqsadni tasavvur qilishdan boshlash.
  3. Avval birinchi navbatda nima qilish kerakligini qilish.
  4. Win-win haqida oʻylash.
  5. Birinchi navbatda eshitishga, keyin esa eshitilishga harakat qilish.
  6. Sinergiyaga erishish.
  7. Doimiy ravishda rivojlanish.

Kitobni oʻqiyotganda men win-win qobiliyatini payqadim. Koʻpchilik raqobatni yomon deb hisoblaydi. Aytaylik, bitta pirog bor, bunda har kim oʻzining cheklangan qismini oladi. Win-win qobiliyati ushbu qismni kattalashtirishga imkon beradi.

Bozorda yangi oʻyinchilar paydo boʻlganda, ular shunga mos ravishda bu pirogning ulushini oshiradilar. Koʻpchilik bunga ishonmaydi, lekin men win-win tamoyilini ishlaydigan vosita deb hisoblayman.

bank, damir kakiyev, kitob, kitoblar tavsiyasi, tadbirkorlik


“Xolakratiya”, Brayan Robertson

Kompaniyada korporativ madaniyatni boshqarishning turli tizimlari mavjud.

Xolakratiya — bu menejmentdagi inqilobiy yondashuv boʻlib, unda har bir jamoa a’zosiga oʻzini yetakchi sifatida his qilish, oʻz oldiga maqsad qoʻyish va harakat qilish imkoniyati beriladi.

Ushbu boshqaruv texnologiyasi yordamida oʻz oldiga ulkan maqsadlarni qoʻyadigan, ularni amalga oshirish uchun mas’uliyatni oʻz zimmasiga oladigan, vakolatlarga ega boʻlgan, mos ravishda, tez ishlaydigan, keyingi maqsad yoʻlida bir-biri bilan samarali muloqot qiladigan jamoalarni yaratish mumkin.
Fikrimcha, xolakratiya bizning davrimizda maqsadli boshqaruv tizimi boʻlib, unda yirik kompaniyalar moslashuvchan, tezkor boʻlishi va tadbirkorlik ruhini yoʻqotmasligi kerak. Vertikal integratsiyalashgan xoldinglar “imillagan” boʻlib bormoqda, bu yerda barchasi belgilangan odamlarga qaratilgan.

Ushbu tizimda odamlarni boshqarish shart emas: har kim nima qilish kerakligini biladi. Rahbar kompaniyaning barcha xodimlari oldiga maqsadlar qoʻyadigan tizim uzoq vaqtdan beri eskirgan.

Hozirgi vaqtda yirik korporatsiyalar koʻplab startap-kompaniyalarga boʻlingan, ular doirasida xodimlar oʻz budjeti va maqsadlariga ega. Men kompaniyalarni oʻzgartirish aynan shu tamoyilga muvofiq amalga oshirilishi kerak, deb hisoblayman.

Ammo MDHdagi hamma kompaniyalar ham bunga qodir emas. Bank sohasida men ushbu strategiyani amalga oshira olgan “Tochka” bankini misol qilib keltirishim mumkin. Mening yaxshi doʻstim, bank asoschisi Boris Dyakonov, ehtimol, bunday boshqaruv tizimini joriy etishda kashshof boʻlgan.