Bosh sahifa Blog Sahifa 132

O‘zbekistonda 1-iyuldan nimalar o‘zgaradi?

0

Hukumatning tegishli qarori bilan yuridik shaxslar elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to‘lovlarni 100% oldindan amalga oshiradi.

2017-yilning iyul oyidan yuridik shaxslar uchun elektr energiyasi va gazga 100% avans to‘lovi joriy qilingan. 2019-yilning fevral oyida biznesga energiya iste’moli uchun avans to‘lovi miqdori 50%gacha pasaytirildi.

“Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” poyezdlarining chiptalar narxi 20%ga oshiriladi. “Toshkent-Qarshi” yo‘nalishidagi poyezd chiptasi ekonom tarifida — 178 250 so‘m, biznes tarifida — 262 805 so‘m qilib belgilanmoqda.

Yo‘llarda foto va video radarlar yangi tartibda o‘rnatiladi

“Xavfsiz ko‘cha” jamg‘armasi shafeligida quyidagi joylarda bosqichma-bosqich avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimlarini o‘rnatishni boshlash rejalashtirilgan:

  • ta’lim muassasalari yaqinida;
  • 4 va undan ortiq qatorli yo‘llardagi piyodalar o‘tish joylarida;
  • temir yo‘l kesishmalari oldidan;
  • yo‘l-transport hodisalari tez-tez sodir bo‘ladigan joylarda (yiliga 3 martadan ortiq).

Kameralarni o‘rnatishning aniq joylari Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan belgilanadi.

Qurilmalar “Xavfsiz shahar” markazi, shuningdek, “O‘zbektelekom” va mahalliy obodonlashtirish boshqarmalari bilan kelishilgan holda o‘rnatilishi va ishlatilishi kerak. Ularni o‘rnatishda bir qator talablarga rioya qilish kerak.

Ular elektr ta’minoti uzilib qolganda 8 soatgacha bo‘lgan ish muddati bilan avtonom elektr ta’minoti tizimi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, ulanish bo‘lmaganda 48 soat davomida ma’lumotlarni saqlash uchun saqlash qurilmasi talab qilinadi.

Aholiga kredit berish talablari kuchaytiriladi

Markaziy bank aholining qarz yuki ko‘rsatkichini joriy etadi, u o‘rtacha kredit to‘lovlarining qarz oluvchining o‘rtacha oylik daromadiga nisbati bilan hisoblanadi. Mikrokreditlar berish qarz oluvchi daromadining yarmi bilan cheklangan. Joriy yilning 1-iyulidan kredit (mikroqarz) ajratishda qarz yuki 60%ni tashkil etadi va 2025-yildan 50%ga tushiriladi.

O‘rtacha oylik daromad so‘nggi 6 oydagi ko‘rsatkichlarni hisobga oladi:

  • ish haqi;
  • pensiya to‘lovlari va jamg‘arma hisobvarag‘iga badallar;
  • bank hisobvarag‘iga olingan daromadlar;
  • to‘langan soliqlar;
  • foizlar, dividendlar va ijara to‘lovlari.

Shuningdek, agar kreditni to‘lash muddati 36 oydan oshsa, o‘rtacha oylik to‘lovlar miqdori hisob-kitobida kredit (mikroqarz) bo‘yicha barcha to‘lovlar xuddi shu davr uchun hisoblanadi. Ipoteka kreditlarini berishda Markaziy bank kredit muddatini dastlab e’lon qilingan 120 oy emas, balki 180 oy (15 yil) qilib belgiladi.

Shu bilan birga, yangi talablar banklar kredit portfelining 85%iga ta’sir qiladi. Kredit tashkilotlari kredit to‘lovlari qarz oluvchining o‘rtacha oylik daromadining yarmidan oshmasligi to‘g‘risidagi talabga rioya qilmasdan, qolgan 15% hajmni o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etishlari mumkin.

To‘lov tashkilotlari va xizmatlari aksiyadorlik jamiyati shaklida faoliyat yuritadi

Prezidentning tegishli 1-iyulidan to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlari faqat aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilishi va faoliyat ko‘rsatishi belgilanmoqda.

Shu bilan birga, kelasi yilning 1-iyulidan to‘lov tizimi operatorlarining ustav kapitali 50 mlrd so‘m, to‘lov tashkilotlariniki esa 10 mlrd so‘mni tashkil etadi.

2025-yilning 1-iyulidan boshlab to‘lov tashkilotlarining ustav fondi 20 mlrd so‘mni tashkil etishi belgilandi.

Sug‘urta polisi bo‘lmagan qurilishlarni davlat tomonidan moliyalashtirish taqiqlanadi

Hujjat bilan, joriy yilning 1-iyulidan qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi (to‘liq qurilish davri uchun) mavjud bo‘lmaganda, davlat budjeti mablag‘lari va hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga quriladigan obyektlarni moliyalashtirish taqiqlanadi.

Tovar-transport yuk xatlari elektron rasmiylashtiriladi

Barcha xo‘jalik yurituvchilar uchun O‘zbekiston hududida tovar-transport yuk xatlarini elektron rasmiylashtirish tizimi joriy etiladi. Yuk tashish yuk jo‘natuvchi, oluvchi, ekspeditor yoki yuk tashish shartnomasi asosida xizmat ko‘rsatuvchilar tomonidan o‘zining yoki ijaraga olingan transport vositasida amalga oshiriladi.

Elektron tovar-transport yuk xati (ETTYuX) ERIdan foydalangan holda, elektron hujjat aylanish tizimi operatorlarining axborot tizimida shakllantiriladi. ETTYuX orqali yukni yuborish, yetkazib berish va qabul qilish jarayonlari raqamli imzo bilan tasdiqlanadi yoki sababi ko‘rsatilib, rad etiladi.

Yo‘l, ichimlik suvi va ko‘prik qurilishi loyihalarida “resurs usuli»dan voz kechilib, “hajm usuli»ga o‘tiladi. Qurilishni korrupsiyadan xoli sohaga aylantirish maqsadida tuziladigan barcha shartnomalar raqamlashtiriladi.

Obyektlarning smeta qiymati “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasi ma’lumotlari asosida shakllantiriladi.

“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlashda qiymati 10 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan loyihalar bo‘yicha jalb qilinadigan yordamchi pudrat tashkilotlari ro‘yxatga olinadi.

Tender savdolari oferentlari tomonidan takliflar to‘liq raqamlashtirilgan holda kiritiladi. Har oyda kamida bir marotaba davlat dasturlariga kiritilgan obyektlardagi qurilish jarayonining joriy holati bo‘yicha fotosuratlar joylashtirib boriladi.

Fuqarolarga ipoteka va avtokreditlar berish talablari kuchaytirilmoqda

1-iyuldan qarz yuki 60%dan past bo‘lgan jismoniy shaxslarga 100% kredit tavakkalchiligi belgilanadi. Agar ko‘rsatkich belgilangan chegaradan oshsa, xatar darajasi mos ravishda 150%gacha oshadi.

O‘zgarishlar ipoteka kreditlari, avtomobil sotib olish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va ta’lim dasturlari asosida ajratiladigan kreditlarga ta’sir qilmaydi. Ipoteka va avtokreditlarni berishda kreditorlarning tavakkalchilik darajasi bir vaqtning o‘zida ikkita komponentni — kreditorning qarz yuki ko‘rsatkichi va kredit/garov nisbatini taqqoslash asosida aniqlanadi.

Qarz yuki ko‘rsatkichi barcha kreditlar va qarzlar, shu jumladan yangi kredit bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlar miqdorini qarz oluvchining o‘rtacha oylik daromadiga bog‘lash orqali hisoblanadi.

Kredit/garov nisbati va qarz yuki ko‘rsatkichi qanchalik yuqori bo‘lsa, kredit xatari ham shu darajada yuqori bo‘ladi.

Regulyator avtomobil kreditlari uchun kredit/garov nisbatini 75%gacha cheklaydi.

o'zgarishlar, qonunchilikAvtomobil kreditlarida eng past xatar darajasi qarz yuki 60%dan past bo‘lgan va kredit/garov nisbati 75%dan kam bo‘lgan qarz oluvchilarga beriladi. Ikki qiymat qanchalik yuqori bo‘lsa, kredit xatari shunchalik katta bo‘ladi.

O‘z navbatida, ipoteka kreditlari bo‘yicha Markaziy bank qarz oluvchilarning kredit tavakkalchiligini baholash darajasini ham ishlab chiqdi.

o'zgarishlar, qonunchilikAgar kredit/garov nisbati 50%dan oshmasa va qarz yuki ko‘rsatkichi 60% bo‘lsa, u holda kreditorga 35% qarz yuki ko‘rsatkichi belgilanadi. Ikkala komponentning ortishi bilan qarz oluvchilarning kredit xatari oshadi.

Ichimlik va kanalizatsiya ta’minoti xususiy sektorga o‘tkaziladi

1-iyuldan tajriba tarzida Kogon, Shirin, Yangiyer, Bekobod va Yangiyo‘l shaharlarida ichimlik va oqova suv ta’minoti DXSh asosida xususiy sektorga beriladi.

Mobile-ID tizimida fuqarolarni identifikatsiya qilish kompozit shaklda amalga oshiriladi Mobile-ID tizimida fuqarolarni identifikatsiya qilish ularning xohishiga ko‘ra ID-karta va xorijga chiqish biometrik pasportini DXM orqali rasmiylashtirishda kompozit shaklda amalga oshiriladi.

Avval davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma berilgan yoki huquqni belgilovchi hujjatga ustxat yozish yo‘li bilan tasdiqlangan) va hozir amaldagi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni onlayn davlat reyestriga kiritish va bu haqida ko‘chirma berish bepul amalga oshiriladi.

Noturar joylarni boshqa shaxsga o‘tkazishga oid bitimlarni rasmiylashtirish bitim tomonlari davlat xizmatlari markaziga kelgan va ularning shaxsi markaz xodimi tomonidan aniqlashtirilgan holda amalga oshiriladi. Rasmiylashtirilgan bitim bir vaqtning o‘zida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun kadastr organlariga yuboriladi.

Paynet orqali bank kartalaridan naqd pul yechish xizmati qayta ishga tushiriladi

“Uzpaynet” kompaniyasining to‘lov agentlik tarmog‘i orqali naqd pul yechish xizmati sinov tarzida qayta ishga tushiriladi. Bunda barcha agentlar orqali “Uzcard” va “Humo” kartalaridan naqd pul yechib olish mumkin.

Urganch xalqaro aeroporti 8-avgustgacha yopiladi

20-iyuldan 7-avgustgacha Urganch xalqaro aeroporti faoliyatini vaqtincha to‘xtatadi.

Uchish-qo‘nish yo‘lagining uzoq muddatdan beri ishlashi hamda havo kemalarining qo‘nishi va uchishi xavfsizligini ta’minlash maqsadida kapital qurilish va ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Uzunligi 3000 metr va eni 16 metr bo‘lgan uchish-qo‘nish yo‘lagi yuzasini butunlay almashtirish va mustahkamlash rejalashtirilgan. Ikkinchi va uchinchi yurish yo‘laklari kapital ta’mirlanadi.

Rekonstruksiya davrida barcha rejalashtirilgan reyslar Nukus xalqaro aeroportiga yo‘naltiriladi, yo‘lovchilar Nukus va Urganch aeroportlari o‘rtasida transferlar bilan ta’minlanadi.

Hukumat Yangi Toshkent birinchi tumani qurilishining bosh rejasini tasdiqladi

0

Unda egizak minoralar, ikkita universitet kampusi, davlat idoralari va qirg‘oq joylashgan bo‘ladi.

Iyun oyida hukumat “Yangi Toshkent” birinchi tumani qurilishining bosh rejasini tasdiqladi. Bu haqda bosh dizayner va yetakchi maslahatchi vazifasini bajaruvchi Britaniyaning “Cross Works” kompaniyasi ma’lum qildi.

bosh reja, yangi toshkent

“Cross Works” boshchiligidagi kompaniyalar konsorsiumi loyihaning bosh rejasini ishlab chiqish ustida ishladi. Ular orasida “Buro Happold”, “Gillespies”, “KPMG Uzbekistan”, “BuroAtlas”, “Hartek Muhendislik”, “DOME+PARTNERS”, “SKAB, Synthesis”, “Udevs”, “CAMC Engineering”, “ATCHAIN”, “SNT Visual” va boshqa ishtirokchilar bor. Yangi Toshkentda 25 ming gektar maydonga 2,5 mlndan ortiq aholini joylashtirish rejalashtirilgan. Hudud bo‘ylab Qorasuv va Chirchiq daryolari oqib o‘tadi. Birinchi tuman maydoni 6 ming gektardan oshadi.

Hududning qariyb yarmi turar-joy ko‘chmas mulki uchun, uchdan biroz kamroq qismi esa tijorat ko‘chmas mulki uchun ajratiladi. Shuningdek, hududning 20%i yashil maydonlarga, 18%i davlat obyektlariga, 6%i madaniyat muassasalariga ajratiladi.

Birinchi bo‘limda “Yangi O‘zbekiston” universiteti va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti kampuslari, egizak minoralar, davlat muassasalari, piyodalar uchun mo‘ljallangan “Silk City”, madaniyat, tibbiyot va media zonasi hamda texnopark maydonchasi joylashadi.

Toshkent va “Yangi Toshkent” timsoli bo‘lgan egizak minoralarda hashamatli savdo nuqtalari, terassali restoran, tom ustidagi bog‘, ko‘rgazmalar, galereyalar va turli madaniy tadbirlar uchun maydonlar joylashadi. Egizak minoralarning balandligi 575 metrni tashkil etadi va bu poytaxt osmono‘par binosini dunyodagi eng baland 12-binoga aylantiradi.

Bundan tashqari, “Yangi Toshkent»da piyodalar uchun ko‘chalar, integratsiyalashgan suv yo‘llari, kontekstual arxitekturaga ega binolar, jamoat joylari va savdo do‘konlari joylashgan tor yo‘laklarni qurish rejalashtirilmoqda.

bosh reja, yangi toshkent

Yangi Toshkent loyihasi

O‘tgan yilning mart oyida Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent qurilishiga tamal toshi qo‘ydi. Birinchi bosqichda 6 ming gektarda bunyodkorlik qilish rejalashtirilgan. Yangi Toshkent konsepsiyasi va bosh rejasini ishlab chiqish 4 bosqichda amalga oshiriladi.

Tuman administratsiya, iqtisodiyot, ta’lim, sog‘liqni saqlash va madaniyat kabi 5ta negiz asosida quriladi. 2023-yilning iyul oyida Yangi Toshkent shahrini barpo etish chora-tadbirlari bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi.

bosh reja, yangi toshkent

Yuqori Chirchiq tumanidan 17,3 ming gektar va O‘rta Chirchiq tumanidan esa 2,4 ming gektar yer ajratiladi. Bunda, Yuqori Chirchiq tumanidagi 33ta mahalla (20tasi to‘liq, 13tasi qisman) va O‘rta Chirchiq tumanidagi 7ta mahalla (4tasi to‘liq, 3tasi qisman) poytaxt tarkibidagi Yangi Toshkentga o‘tkaziladi.

Joriy yilning mart oyida viloyatdagi qariyb 20 ming gektar yer maydoni Yangi Toshkentga o‘tkazilishi ma’qullandi. Aprelga kelib, dastlabki binolar qurilishi boshlandi. Birinchi bosqichda ikkita OTM kampuslari, kutubxona, teatr, muzey hamda ijod maktablari barpo etiladi.

Noqonuniy mayning-fermalar, $1 mlrddan ortiq aylanma — ILMA o‘rinbosari O‘zbekistondagi kriptovalyuta bozori haqida

0

2022-yil 27-aprelda Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Istiqbolli loyihalar bo‘yicha milliy agentlikka (ILMA) aylantirildi, unga kripto-aktivlar aylanmasi sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish vazifasi yuklandi.

O‘sha yili ILMA mayning-pullar va kripto-birjalarga litsenziyalar berish talablarini ishlab chiqdi, kripto-do‘konlar ishlashi qoidalarini belgilab berdi, kripto-aktivlarini chiqarish va muomalaga kiritish tartibini qabul qildi, shuningdek kriptovalyutalar bilan ishlaydigan kompaniyalar uchun yig‘imlar miqdorini tasdiqladi.

“Spot” ILMA direktorining birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Pak bilan mahalliy kripto-bozorining hozirgi holati va aylanmasi, O‘zbekistonda kriptovalyutani qonuniy mayning qilishdagi qiyinchiliklar, kripto-aktivlar bilan xorijiy platformalarda savdo qilishdagi taqiq haqida suhbatlashdi.

Agar kriptovalyuta sotib olishni yoki sotishni xohlasam, buni qayerda va qanday amalga oshirishim mumkin?

O‘zbekistonda siz o‘zingizni qiziqtirgan kripto-aktivni kripto-birja yoki kripto-do‘kondan bemalol sotib olishingiz mumkin. Bunda, har qanday sohada, shu jumladan savdo-sotiqda bo‘lgani kabi, mijoz va tovar yetkazib beruvchi o‘rtasidagi munosabatlar allaqachon mavjud.

Agar siz kripto-aktivni minimal murakkablik bilan sotib olishni istasangiz, shunchaki kripto-do‘konga kirasiz. U yerda KYC jarayoni (“o‘z mijozingizni biling” — Spot) amalga oshiriladi, kerakli miqdor belgilanib, shunga mos ravishda sizga kripto-aktivni sotishadi. Agar siz buni onlayn yoki elektron tarzda qilishni xohlasangiz, ro‘yxatdan o‘tib, istalgan kripto-aktivni sotib olishingiz mumkin bo‘lgan kripto-birjalar mavjud.

Xorijiy kripto-birjadan kriptovalyuta sotib olsam, bu qonuniy bo‘ladimi yoki buning uchun menga qandaydir jazo qo‘llaniladimi?

Prezident qaroriga muvofiq, 2023-yildan boshlab O‘zbekistonning barcha fuqarolari va yuridik shaxslari kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni milliy provayderlar orqali amalga oshirishlari lozim. Bunga ko‘ra, xorijiy platforma orqali kripto-aktiv sotib olish yoki unga bo‘lish orqali siz huquqbuzarlikka qo‘l urgan bo‘lasiz.

Bundan tashqari, qonun talablarini buzgan holda kripto-aktivlarning noqonuniy muomalasi, shu jumladan, oldi-sotdisi bilan shug‘ullanganlik uchun tegishli jazolar belgilanadi. Hajmiga qarab, sizning harakatlaringiz ma‘muriy yoki jinoiy huquqbuzarlik sifatida tasniflanadi.

Hozir O‘zbekistonda nechta qonuniy mayning-fermalar faoliyat yuritmoqda? O‘tgan yili ular qancha mayning qilishdi?

Birinchi navbatda aytishim kerakki, qonuniy mayning-fermalar yo‘q. “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq o‘tgan yilning sentabr oyida mayning faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlagandi. Nizom kuchga kirganidan buyon bizga faqat bitta murojaat bo‘ldi, u ham faqat bu yil kelib tushdi. Ko‘rib chiqdik, arizachi belgilangan hujjat talablariga javob bermaganligi sababli, mayning litsenziyasini berishdan bosh tortdik. Hozircha, bugungi kunda, bitta ham qonuniy mayning-ferma mavjud emas.

Vyacheslav Yuriyevich, o‘zingiz ham kriptovalyuta egasimisiz?

Tabiiyki, menda kriptovalyuta bor, chunki bularning barchasi qanday ishlashini tushunishim va bilishim kerak, axir bitta ham operatsiya o‘tkazmagan bo‘lsangiz, jarroh bo‘lolmaysiz, to‘g‘rimi? Demak, bularning barchasi qanday ishlashini tushunish uchun siz buni o‘rganishingiz, kuzatishingiz va yangi texnologiyalarga moslashishingiz kerak.

O‘zbekiston kripto-bozorining bugungi holatini qanday baholaysiz? U boshlang‘ich davrini boshdan kechirayaptimi yoki bu bosqichdan o‘tib bo‘lganmi?

Mahalliy kripto-bozor “embrional” bosqichdan o‘tib, hozirda rivojlanish va shakllanishning dastlabki bosqichiga o‘tmoqda.

Kripto-bozorimizda sog‘lom raqobat shakllanganmi?

Sog‘lom yoki nosog‘lom raqobat bir-biri bilan raqobatlashadigan ko‘plab o‘yinchilar mavjud bo‘lgan sharoitda sodir bo‘ladi. Biz hozir ishtirokchilar shakllanish bosqichidan o‘tayotgan vaziyatni ko‘rmoqdamiz, shuning uchun hozir ular raqobat haqida o‘ylashmaydi. Ular o‘z bizneslarini qurishlari, platformalarini ishga tushirishlari va strategik rivojlanish yo‘nalishini tanlashlari kerak. Rivojlanib olishgachgina, o‘rtalarida shunday raqobat bo‘ladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi ko‘plab foydalanuvchilar mahalliy kripto-birjalar funksionallik, operatsiyalar va tangalar mavjudligi nuqtai nazaridan juda noqulay ekanligidan shikoyat qilishmoqda. Bir tomondan, ILMA xorijiy kripto-birjalarga kirishni cheklasa, boshqa tomondan, mahalliy platformalar to‘liq ishlab chiqilmagan bo‘lib chiqmoqda. Bu muammoning yechimini qanday ko‘rmoqdasiz?

Mahalliy provayderlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlardan ma‘lum bir darajada norozilik borligini ko‘rayapmiz. Biz bu borada ishlayapmiz va ushbu ma‘lumotlarni provayderlarga yetkazmoqdamiz.

Shu bilan birga, ular o‘z rivojlanish strategiyasi va qarashlariga ega bo‘lgan tadbirkorlar ekanligini tushunishimiz kerak. Biz tartibga soluvchi sifatida ularga ma‘lum xizmatlarni ochishni aytolmaymiz. Agar ular aholi tomonidan talab qilinsa, u holda amalga oshiriladi. Afsuski, so‘nggi paytlarda jamiyatimizda shunday tendensiya paydo bo‘ldiki, agar menga biror narsa yoqmasa, “bu noto‘g‘ri”, “nima uchun hamma narsani cheklash kerak” va hokazo mazmundagi tanqidlar to‘lqini boshlanadi. Biroq, bu yerda anarxiya, tartibsizlik, ruxsat berish va qoidalarga rioya qilish o‘rtasida juda nozik chiziq bor. Men doim hukumat ham yaxshi, ham yomon qoidalarni ishlab chiqishi mumkinligi, ammo fuqarolar ularning barchasiga rioya qilishlari kerakligini aytaman.

Aytaylik, Toshkentda tezlik chegarasi 60 km/soat bo‘lishi sizga yoqmayapti, lekin siz qonunga bo‘ysunuvchi shaxs sifatida mashina haydashda qoidalarga amal qilasiz. Nega bu yerda ham shunday bo‘lmasligi kerak? Agar sizga biror narsa yoqmasa-yu, lekin davlat shunday talablarni belgilab qo‘ygan bo‘lsa, siz shikoyat qilib, ularga kamchiliklarni ko‘rsatgandan keyin, ular oxir-oqibat sizni eshitishadi va siyosatini o‘zgartirishadi. Menga darhol hammasiga ruxsat berilishi va bu men uchun nimaga kerak degan qarashga o‘tish kerak emas.

kripto-aktivlar, kripto-do‘kon, mayning, vyacheslav pak

Hozirda bozorda 14ta xizmat ko‘rsatuvchi provayder faoliyat yuritmoqda. Sizningcha, ularning hozirgi soni yetarlimi va kelajakda bu ko‘payadimi?

Kelajakda xizmat ko‘rsatuvchilar soni tabiiy ravishda ko‘payadi. Ularning soni yetarli emasligini ko‘rayapmiz, lekin o‘zimiz litsenziya berish bo‘yicha qat‘iy talablar qo‘yganmiz. Bunda biz ushbu faoliyat aholi uchun ham, investorlar uchun ham ma‘lum darajadagi xavflar bilan bog‘liqligini tushunamiz, bu juda salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, shuning uchun ushbu litsenziyani olish oson bo‘lmasligi kerak va hammamiz tushunganimizdek, miqdor har doim ham sifatga aylanmaydi.

Shuning uchun, ular hozircha oz bo‘lsa ham, agar bozor evolyutsion bosqichdan o‘tib olsa, ya‘ni yangi provayderlar paydo bo‘lishi bilan rivojlanish bosqichidan o‘tsa, keyinchalik ular o‘rtasida raqobat paydo bo‘ladi.

Ularning soni ortishi aniq. O‘ylaymanki, biz tez orada yana bitta kripto-depozitariy litsenziyasini beramiz. Biz vaqti-vaqti bilan kripto-do‘konlar uchun kelib tushgan arizalarni ko‘rib chiqamiz. O‘ylaymanki, kelajakda bunday provayderlar soni albatta ortib boraveradi.

20-iyundan boshlab ILMA kripto-birjalar va kripto-do‘konlar uchun oylik yig‘imlarni oshirishga qaror qildi. Ushbu qarorni asoslashda agentlik “mahalliy xizmat ko‘rsatuvchi provayderlarning yetarlicha rentabelligini” ta‘kidladi. Sizningcha, bu yechim bunday rentabellikni kamaytirmaydimi? Biznes bilan muhokamalar yoki munozaralar bo‘lganmi?

Tabiiyki, biz bularning barchasini mavjud provayderlar vakillari bilan muhokama qildik. Biz hisobotlarni qabul qilamiz, ularning moliyaviy holatini ko‘rib chiqamiz va shunga ko‘ra, biroz yuklama bo‘lishini tushunamiz, lekin shuni ham tushunish kerakki, bizda — O‘zbekistonda kripto-aktivlar bilan operatsiyalar va ulardan olingan daromad butunlay soliqdan ozod qilingan va soliq solinadigan bazaga kiritilmagan. Bu yig‘im barcha soliqlar yig‘indisi evaziga to‘lanadi, shuning uchun birinchi bosqichda ular bir yil ishlashdi, biz biznes haqiqatan ham normal, daromadli ekanligini, shuning uchun uni oshirish ularning faoliyatiga alohida salbiy ta‘sir ko‘rsatmasligini ko‘rdik.

O‘tgan yili kripto-aktivlar sohasida maxsus “tartibga soluvchi qumsoat” rejimi ishga tushirildi. Birinchi yilda uchta ishtirokchi ro‘yxatga olingan. Ishning birinchi yilida ular ko‘rsatgan natijalarni qanday baholaysiz?

Xo‘sh, baholashga hali erta, chunki bularning barchasi pilot loyihalar. Bugungi kunda respublikada bor-yo‘g‘i ikkita “qumsoat” — ILMA va Markaziy bankda faoliyat ko‘rsatmoqda. Yaqinda Vazirlar Mahkamasining qumsoat rejimi ko‘zda tutilgan qarori chiqdi, unda elektron tijorat va boshqa bir qator sohalar nazarda tutilgan, ammo bilishimcha, u yerda hali bitta ham loyiha yo‘q.

Shu o‘rinda aytish mumkinki, bizda uchta loyiha amalga oshirilayotganidan va ular natija berayotganidan xursandmiz. Agar bunga shaxs sifatida qarasam, shaxsan meni hozirgi natijalar hech ham qoniqtirmaydi. Albatta, men bundan ham kattaroq natijalarni istardim, lekin masala bularni qanday rivojlantirish mumkinligi, bu loyihalarni qaysi yo‘nalishda olib borish kerakligi bilan, hamda ularni qanday takomillashtirish, muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun nima qilish kerakligi haqidagi savollarga bog‘liq.

kripto-aktivlar, kripto-do‘kon, mayning, vyacheslav pakQonuniy mayning-fermalarga qo‘yiladigan talablardan biri quyosh panellari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan foydalanishdir. Nima uchun bunday qaror qabul qilindi va bizning hozirgi sharoitimizda buni amalga oshirish imkoniyatini qanday baholaysiz?

Bu talab prezidentning tegishli qarorini tayyorlashda Energetika vazirligining pozitsiyasini hisobga olgan holda joriy etilgan, biroq bunda energetika sohasida respublikada yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqiladi. O‘zbekistonda elektr energiyasi taqchilligini hammamiz bilamiz va his qilamiz, shuning uchun quyosh energiyasidan, ya’ni quyosh stansiyalaridan olinadigan elektr energiyasidan foydalangan holda faqat yuridik shaxslar mayning qilishlari mumkinligi borasida talab qo‘yildi. Umuman olganda, talabni bajarish mumkin, lekin bu loyihani amalga oshirish xarajatlarini ko‘paytiradi. Har bir investor bu yerda o‘zi oladigan foydani hisoblashi kerak va hokazo. Biroq, yana bir bor ta‘kidlaymanki, biz, albatta, tartibga soluvchi sifatida: “ha, hamma, bemalol, ulaninglar va kim xohlasa, mayning qilaversin” deyishni xohlaymiz. Ammo biz mamlakatdagi hozirgi vaziyatdan kelib chiqamiz.

Shu bilan birga, maynerlar yagona elektr tarmog‘iga ulanishi mumkin.

Agar biz faqat quyosh energiyasi yordamida mayning qilishga ruxsat beradigan bo‘lsak, mayning qurilmasining ishlashi uchun barqaror, doimiy elektr ta‘minoti kerakligini tushunamiz. Ular uni kechasi qayerdan olishadi? Shunga ko‘ra, biz buni yagona energiya tarmog‘idan olish mumkinligini belgilab qo‘ydik, biroq bu oshirilgan tariflar asosida bo‘lishi va Energetika vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi va tasdiqlanishi kerak.

2023-yil 1-oktabrdan tadbirkorlar uchun elektr energiyasi tariflari oshirildi. Demak bu maynerlar uchun bundan ham yuqoriroq bo‘lishini anglatadimi?

Ha, ularning tariflari bundan-da yuqori bo‘lishi kerak, shuning uchun ham biz hozirgi sharoitda odamlar tunu-kun elektr energiyasi bilan ta’minlaydigan o‘zlarining yopiq energetika tizimini o‘rnatishi va yaratishi kerakligini ta’kidlaymiz.

Demak, quyosh panellari va elektr energiyasini saqlash tizimlarini o‘rnatish kerak, shundaymi?

Ha, kunduzi ishlab chiqariladigan elektr energiyasidan kechasi hamma narsani quvvatlantirishda foydalanish uchun.

Nima uchun, sizningcha, O‘zbekistonda haligacha birorta ham qonuniy mayning-ferma yo‘q?

Aslida, talablarni amalga oshirish qiyin emas. Bu shunchaki odamlarning hammasini taroziga solib ko‘rishi bilan bog‘liq: men buning uchun hech narsa to‘lamayman va elektr energiyasini o‘g‘irlayman yoki bunga sarmoya kiritib, buni 5−10 yilda qoplab olaman, deb tanlov qilishadi. Tabiiyki, xalqimiz, asosan, birinchi variantni tanlaydi.

kripto-aktivlar, kripto-do‘kon, mayning, vyacheslav pakEhtimol, qonuniy mayning-fermalarining yo‘qligi, hozirgi talablardan kelib chiqqan holda, ularning o‘z sarmoyalarini qoplashi uchun uzoq vaqt talab qilishi bilan bog‘liqdir?

Shuning uchun men bu yerda, birinchi navbatda, fuqaroning huquqiy ongi haqida gapirayapman. Aytaylik, menda pul, kapital bor va men uni biror joyga qo‘ymoqchiman, sarmoya kiritmoqchiman. Agar bu uzoq vaqt davomida o‘zini oqlaydi deb o‘ylasam, qonuniy ravishda yana qayerga sarmoya kiritishim mumkinligini ko‘rishim kerak.

Bu menga mayning-fermasini ochishga, noqonuniy ulanishga, elektr energiyasini o‘g‘irlashga va umuman 5−10 baravar tezroq pul ishlashga ruxsat bermaydi.

2022-yil avgustidan boshlab yirik xalqaro kripto-birjalar, jumladan “Binance” kabi saytlar O‘zbekistonda bloklangan. Bu nima uchun qilingan? Qaysi hollarda ularning ishlashiga ruxsat berishi mumkin?

Agar davlat va qonun talablar qo‘ygan bo‘lsa, ularga rioya qilish kerak. Shunga ko‘ra, agar barcha xalqaro kripto-birjalar bajarilishi kerak bo‘lgan hukumat talablari borligini bilib, lekin ular ularga rioya qilmasa, bu sababga ko‘ra biz ularga kirishni bloklaymiz.

Misol uchun AQShda ham cheklovlar mavjud. “Binance” amerikaliklarga xizmat ko‘rsatish uchun Binance US`ni yaratdi. Biz bunday platformalardan noqonuniy xizmat ko‘rsatish holatlariga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqmoqdamiz. Bunga ko‘ra, har qanday xalqaro guruh O‘zbekistonda ishlash istagini bildirsa, qonunchilikda ular uchun barcha shart va talablar aniq ko‘rsatilgan.

Asosiy talab — barcha serverlarning O‘zbekistonda mavjud bo‘lishi. Agar kompaniya hamma narsa talablarga javob bersa, biz litsenziya beramiz. Bu yerda hech qanday muammo yo‘q. Biz tayyormiz.

O‘zbekistonda o‘tgan yil yoki joriy yil boshidan buyon kripto-aktivlar aylanmasi haqida maʼlumot bera olasizmi?

Albatta, bizda bunday ma‘lumotlar mavjud. Biz hammasini kuzatib turibmiz, lekin men ularni ochiqlashni xohlamasdim, chunki ayrim kriptodo‘konlarning tijorat sirlari bilan bog‘liq muammo bor.

Umuman o‘sish bormi? Dinamika qanday?

Dinamika juda ijobiy, aytaylik, o‘sish juda katta va hayratlanarli.

$1 mlrddan ortiqmi yoki undan kammi?

Albatta, bundan ko‘proq, lekin hozircha aniq raqamlarni ayta olmayman.

O‘zbekiston chiqindi gazlarni kamaytirgani uchun Jahon bankidan to‘lov qabul qilgan dunyodagi birinchi davlat bo‘ldi

0

Energetika sektorida emissiyalarni kamaytirish bo‘yicha hukumat siyosatini qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida erishgan natijalari evaziga O‘zbekiston Jahon bankidan to‘lov qabul qilgan dunyodagi birinchi davlat bo‘ldi.

Bu Jahon bankining mamlakatga energiya samaradorligini oshirish, energiya subsidiyalarini qisqartirish va toza energiya manbalariga o‘tishga ko‘maklashuvchi “O‘zbekistonda energetika islohotlari uchun innovatsion uglerod resurslarini qo‘llash” (iCRAFT) loyihasi doirasida amalga oshirildi. Ushbu turdagi loyiha bank tomonidan dunyoda birinchi marotaba amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida 500 ming tonnalik issiqxona gazlari emissiyasi muvaffaqiyatli kamaytirilgani natijasida Jahon bankining Transformatsion uglerod aktivlari jamg‘armasi (TCAF) O‘zbekistonga 7,5 million dollar miqdorida grant ajratdi. Ushbu natijalarni uchinchi tomon mustaqil ravishda tasdiqladi.

Yuqorida keltirilgan to‘lov O‘zbekiston hukumati va Jahon banki o‘rtasida iCRAFT loyihasi doirasida tuzilgan Qisqartirilgan emissiyalarni sotib olish shartnomasi bo‘yicha kutilayotgan bir nechta transhlarning birinchisidir.

Bitimga ko‘ra, mamlakat energetika sektorini isloh qilish natijasida emissiyalarni, mustaqil ravishda tasdiqlangan holda, qisqartirgani uchun 20 million dollargacha grant mablag‘lari yoki “uglerod moliyalarini” olishi mumkin bo‘ladi.

Biznes tarixi: KFC restoranlar tarmog‘i qanday paydo bo‘lgan?

0

Mazkur maqolada “KFC” brendi qanday tashkil etilgani va rivojlanish tarixi haqida ma’lumotlar berilgan.

Har qanday biznes loyihalar va turli brendlarning o‘z tarixi bor. Bugungi kungacha bosib o‘tgan yo‘li, loyihadagi keskin burilishlar hamda muvaffaqiyatli qadamlar ko‘pchilik uchun qiziq bo‘lishi tabiiy.

Bu safar o’zining qovurilgan tovuqlari bilan tanilgan “KFC” ning yaratilish tarixiga nazar tashlaymiz. Maqolada kompaniyaning bugungi kungacha qanday shakllangani hamda uning kengayish jarayonlari haqida so‘z boradi.

“KFC»ning paydo bo‘lishi

Harland Sanders 1890-yilda Indiana shtati Genrivil yaqinidagi fermada tug‘ilgan. Besh yoshida otasidan ayriladi, shundan keyin onasi konserva fabrikasida ishlay boshlaydi. To‘ng‘ich o‘g‘il sifatida Harland ikkita kichik ukasiga qaraydi.

U yetti yoshga to‘lganda, onasi unga ovqat pishirishni o‘rgatadi. O‘n uch yoshida esa ota uyini tark etib, tirikchilik qiladi va bir nechta kasblarni o‘zlashtiradi.

harland sanders, kfc

1930-yilda AQShning Kentukki shtati, Shimoliy Korbin shahri yaqinidagi 25-shossening Shell yoqilg‘i quyish shoxobchasini sotib oladi. O‘sha yilning iyun oyiga kelib, u shoxobchaning omborxonasini kichik tamaddixonaga aylantiradi. Oradan 4 yil o‘tib, Sanders yana bir kattaroq yoqilg‘i quyish shoxobchasini sotib oladi. U birinchi shoxobchaga qarama-qarshi tomonda bo‘lib, yo‘lning narigi yuzida joylashgan edi. U yerda 6ta stol sig‘adigan xona ham bo‘lgan. Aynan o‘sha paytda tadbirkor qovurilgan tovuqlarni sotishni boshlaydi.

Tadbirkor bu sohadagi malakasini oshirish maqsadida Kornel universiteti mehmonxona ma’muriyati maktabining restoran boshqaruvi kursida o‘qiydi. 1936-yilga kelib esa Kentukki gubernatori Rubi Laffundan faxriy polkovnik unvonini oladi.

Sanders ovqatni temir tovada pishirish uchun 35 daqiqa vaqt sarflagan. U bu muddatni qisqartirishni niyat qiladi, lekin tovuqni ko‘p yog‘da qovurishni istamaydi, chunki bu taomni quruq va qattiq qiladi, deb hisoblagan.

1939-yil birinchi marta sabzavot pishirish uchun mo‘ljallangan bosimli pishirgichlar paydo bo‘ladi. U pishirgichni sotib olgach, kafesida ishlatishni boshlaydi. Yangi usul pishirish vaqtini hamda ko‘proq qovurish darajasini qisqartirib, eski pazandalik usulini saqlab qola olardi.

1940-yil iyul oyida Sanders o‘zining mashhur 11ta o‘t va ziravorlar aralashmasidan iborat retseptni yaratadi. U retsept sirini hech qachon to‘liq oshkor qilmagan, ammo unda tuz va qalampirdan foydalanishini eslatib o‘tgan. Sandersning ta’kidlashicha, boshqa barcha ingrediyentlar “hammaning javonida bor”.

Boshqa shtatlardagi yangi tarmoqlar

1952-yilda Sanders franchayzingini Yuta shtati Solt-Leyk-Siti shahridagi eng yirik restoranlardan birining menejeri Pit Xarmanga sotadi. “Kentucky Fried Chicken” brendi grafik dizayner Don Anderson tomonidan yaratilgan bo‘lib, Xarman tomonidan qo‘llanilgan. Sanders esa bu nomni o‘z mahsulotini boshqa restoranlardan farqlash uchun qabul qiladi.

Xarmanning ta’kidlashicha, yangi taom sotuvining birinchi yilidayoq hajm 3 barobardan ko‘proqqa oshgan, o‘sishning 75%i Sanders tovug‘idan olingan. Yutaliklar Kentukki mahsulotini ekzotik deb hisoblab, unda janubiy shtatlarga xos mehmondo‘stlikning o‘zgacha ko‘rinishini payqashadi.

harland sanders, kfc

Sanders kafesi birinchi navbatda avtoulovchilar uchun xizmat qilgan. 1955-yilda yangi I-75 avtomobil yo‘li qurilish rejalari e’lon qilinib, u Korbina shahrini chetlab o‘tishi ma’lum bo‘ladi. Bu esa Sandersni avvalgi joyidagi biznesining istiqboli tugayotganini anglatardi. Shu sabab u o‘z mulkini sotib, AQSh shaharlari bo‘ylab sayohat qilishni boshlaydi va o‘z retseptini restoranchilarga sotishga harakat qiladi. Retsept, pishirish usuli, Sandersning surati va nomini reklama qilish imkoniyati evaziga, ba’zi mustaqil restoran egalari sotilgan har bir tovuq uchun 5 sent to‘lashga rozi bo‘lishadi. 1950-yillarning o‘rtalaridan beri “KFC” konsessioneri bo‘lgan biznesmen Deyv Tomas kafe yaqinida aylanuvchi chelak belgisini o‘rnatishga qaror qildi. Keyinchalik, bu belgi tarmoqning boshqa ko‘plab restoranlarida qo‘llanila boshlandi. Tomasning fikricha, Sandersning tovuq go‘shti sotuvga chiqarilgan birinchi kundanoq “sensatsiya” bo‘lgan, mijozlar kafe eshigi oldida uzun navbatlar hosil qilishgan.

1960-yilda Sanders kompaniyaning shtab-kvartirasini Kentukki shtatining Shelbivil shahriga ko‘chirdi. Bu unga ziravorlar, bosimli pishirgichlar, kartonlar va reklama materiallarini tashish operatsiyalarini soddalashtirishga imkon yaratdi.

1968-yilda Tomas o‘zining “KFC” aksiyalarini $1 mlnga sotadi, shundan so‘ng u kompaniyaning Missisipi daryosi sharqidagi mintaqaviy menejeri bo‘ladi. Oradan bir yil o‘tib u o‘zining “Wendy’s” restoranlar tarmog‘iga asos soladi.

Tarmoqning sotuvi

1960-yilda “KFC” brendi ostida 200ga yaqin restoranlar faoliyat yuritgan. 3 yildan keyin ularning soni 600ga yaqinlashgan, kompaniya savdo nuqtalari soni bo‘yicha esa AQShda yetakchiga aylangan.

O‘sha yili Sanders kichik Jon Braun bilan biznes uchrashuvi o‘tkazadi. Braun Sandersga shtatdagi kuchli obro‘ga ega bo‘lgan biznesga qo‘shilishni xohlayotganini aytadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Sandersda allaqachon bu biznesga qiziqish yo‘qolgandi.

Braun moliyachi Jek Messini biznesni sotib olish bitimning 60%ini to‘lashga ko‘ndiradi, konsessioner Pit Xarman va kompaniya menejerlari Li Kammings va Xarlan Adams ham oz miqdorda hissa qo‘shdilar. Sanders esa biznesni sotishda ikkilanib qoladi, chunki uning oila a’zolari kelishuvga qarshi chiqadi. Sandersning munajjimlar bashoratiga ishonishini bilgan Messi, polkovnik uchun ayniqsa muvaffaqiyatli munajjimlar bashoratini kutib, keyin unga narxini aytadi. Messedan yozma taklifda ko‘rsatilgan miqdorni ko‘rgan Sanders darhol munajjimlar bashorati bilan tanishib chiqib, sotishga rozi bo‘ladi.

Shunday qilib, 1964-yilda bir guruh investorlar kompaniyani $2 mlnga sotib oladilar. Shartnoma Sandersga umrbod nafaqa to‘lashni nazarda tutgan, shuningdek, sobiq egasiga sifatni nazorat qilish funksiyalari va “tirik savdo belgisi bo‘lish” rolini bergan.

AQShdagi o‘sishlar

Messi va Braun ilgari har xillikka ega bo‘lgan korxona faoliyatini standartlashtirdi. Pit Xarmanning Yutadagi ofisiga tashrif buyurganlaridan so‘ng, ular butun tarmoq bo‘ylab “olib ketish” xizmati modelini joriy qilishni boshladilar. Yangi qoidalarga ko‘ra, konsessionerlar menyudan o‘z mahsulotlarini olib tashlashlari kerak edi, faqat “KFC” imzosi bo‘lgan taomlar qoladi.

Restoranlar yangi dizaynga ega bo‘lib, uning asosi qizil va oq chiziqlar va mansardli tomdan iborat edi. Aksariyat konsessionerlar “KFC»ning faqat tovuqdan tayyorlangan taomlarini sotishga ko‘proq qiziqish bildirgani sababli kompaniyaning o‘sishi tezlashdi.

harland sanders, kfc

1967-yilga kelib, tarmoq AQShda savdo hajmi bo‘yicha 6-o‘rinni egalladi, ularning 30%i buyurtmani o‘zi bilan olib ketishdan kelgan. Bir yildan keyin “KFC” brendi ostida 863ta savdo nuqtalari ochildi. Tez rivojlanish kompaniya aksiyalari narxining oshishiga yordam berdi, ularning umumiy qiymati, “Reuters” nashri ma’lumotlariga ko‘ra, “stratosfera darajasida” edi.

“KFC” mahsulotlari

“KFC»ning asosiy mahsulot taklifi — bu 11ta o‘t va ziravorlardan iborat “Als retsepti” bilan tatib ko‘riladigan, qovurilgan tovuq bo‘laklaridir. Mahsulot odatda ikki yoki uch qismli alohida porsiyalarda yoki 6tadan 16tagacha tovuq bo‘lagi bo‘lgan oilaviy o‘lchamdagi karton chelakda mavjud bo‘ladi. Mahsulot “KFC»ning alohida shoxobchalarida bug‘doy unidan ziravorlar bilan aralashtirilgan holda 2−4 daqiqa davomida pishiriladi. Keyin, u yog‘da 185 darajada 7 daqiqadan 10 daqiqagacha bosim bilan qovuriladi. Shundan so‘ng, tovuq isitiladigan pechga qo‘yilishidan oldin yetarlicha sovishi uchun 5 daqiqaga qoldiriladi. Tovuqning yangiligini ta’minlash uchun 90 daqiqa ichida sotilmagan bo‘lsa, uni tashlab yuborish kompaniya siyosati hisoblanadi.

Qovurish uchun ishlatiladigan yog‘ mintaqaga qarab kungaboqar, soya, kolza va palma yog‘iga o‘zgaradi. “KFC»ning asosiy mahsulotlari suyakli tovuq go‘shti bilan bir qatorda tovuqli sendvichlarni ham o‘z ichiga oladi.

McCormick&Company» “KFC»ga souslar, ziravorlar va marinadlar yetkazib beruvchi eng yirik hamkori hisoblanadi.

Sanders “KFC»ning yuzi

Polkovnik Sanders 1980-yil vafotigacha “KFC” reklamasining asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan. O‘limiga qaramay, Sanders “xalqaro mehmondo‘stlik ramzi” sifatida kompaniyaning asosiy yuzi bo‘lib qolmoqda.

Dastlabki rasmiy shiorlari orasida “Shimoliy Amerikaning mehmondo‘stlik taomi” va “Biz haftasiga yetti kun hamda yakshanba kungi kechki ovqatni yetkazamiz” kabilar bor. Hozirda kompaniya “it’s finger lickin good” shioridan foydalanadi.

harland sanders, kfc

Birinchi logotip 1952-yilda taqdim etilgan. Unda “Kentucky Fried Chicken” yozuvi va Sandersning rasmli logotipi mavjud edi. 1962-yilda polkovnikning chelagi ham qo‘shildi va uni deyarli har bir Amerika “KFC” savdo nuqtalari oldida aylanma harakatlanadigan belgiga aylantirildi.

Kompaniya 1966-yilda AQSh televideniyesida $4 mln budjet bilan reklamadan foyda ola boshladi. 1969-yilda “KFC” o‘zining birinchi milliy reklama agentligi “Leo Burnett»ni yo‘lga qo‘ydi. 1976-yilga kelib kompaniya AQShdagi eng yirik reklama beruvchilardan biri bo‘ldi.

“KFC” Markaziy Osiyo bo‘yicha

Bugungi kunda dunyoning 145 dan ortiq mamlakat va hududlarida 25 000dan ortiq “KFC” restoranlari mavjud. Har 3,5 soatda dunyo bo‘ylab yangi restoran ochiladi.

Quyida Markaziy Osiyo davlatlaridagi “KFC” restoranlari haqida keltirilgan:

Qozog‘iston 2007-yil Americana Group Birinchi restoran Ostonada 2008-yil 25-oktabrda ochilgan. Bugunga kelib 80dan ortiq savdo nuqtalari yo‘lga qo‘yilgan.
Qirg‘iziston 2016-yil Alymqulov Guljigit Beknazarovich Birinchi restoran 2016-yil 27-iyunda ochilgan. Hozirda 16ta filiali mavjud.
O‘zbekiston 2018-yil International Food Chain Hozirda “KFC»ning O‘zbekistonda 24ta nuqtasi ishlamoqda.
Tojikiston 2021-yil Bugungi kunda Tojikistonda “KFC»ning 8ta restoroni bor.

Prezident muhandislik kadrlarini tayyorlash tizimidagi ustuvor vazifalarni belgilab berdi

0

Xususan, muhandislik oliygohlari hamkor korxonalarida kafedralar ochadi va dual ta’limni yo‘lga qo‘yadi. 10ta oliygohda oliy muhandislik maktablari ochiladi. Texnika yo‘nalishidagi loyihalarga davlat grantlari 4 karra oshiriladi.

Prezident raisligida muhandislik kadrlarini tayyorlash tizimidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.

Yig‘ilishda texnika yo‘nalishidagi 36 ta oliygohda o‘qitish va ilmiy-tadqiqot jarayonlarini ilg‘or tajriba asosida to‘liq o‘zgartirish zarurligi ta’kidlandi.

Masalan, Davlat texnika universitetida mehnat bozorida talab yo‘q mutaxassisliklarni qisqartirish, kafedralarni birlashtirish mumkin. Universitet to‘liq dual ta’lim tizimiga o‘tadi. Fanlar kamida 30%ga qisqaradi.

Oliygohdagi ta’lim Drezden texnika universiteti (Germaniya) va Sukuba universiteti (Yaponiya) dasturlariga moslashtiriladi. Universitetda dekanatlarni talabalarga xizmat ko‘rsatish funksiyalari to‘liq raqamlashadi. Xorijdagi kabi “Registrator ofisi” tashkil qilinadi.

Yoki, Toshkent kimyo texnologiyalari institutida bakalavriat va magistratura yo‘nalishlarini maqbullashtirib, 8 ta yangi yo‘nalish va mutaxassislik kiritish mumkin.

Har yili iqtisod bo‘ladigan mablag‘ institutni moddiy-texnika bazasini kuchaytirishga sarflanadi.

Shuningdek, 36 ta muhandislik oliygohi va ularning filiallari bosqichma-bosqich yiriklashib, jami 20ta oliygoh qoladi. Har bir hududda kamida 1tadan texnika universiteti bo‘ladi.

Barcha muhandislik oliygohlari hamkor korxonalarida kafedralar ochadi va dual ta’limni yo‘lga qo‘yadi. Talabalarning amaliyoti va bitiruv kursdagi ta’limi to‘liq hamkor korxonalarda tashkil qilinadi.

Shuningdek, tarmoq vazirlik va korxonalar tizimida 32ta tarmoq kengashlari tashkil qilinadi. Ular oliygohlar bilan texnika sohalaridagi ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi va buyurtmachi bo‘ladi. Birinchi bosqichda 10ta oliygohda “Oliy muhandislik maktablari” ochiladi. Ushbu maktablarda ikki yillik amaliy magistratura dasturlari yo‘lga qo‘yilib, ishlab chiqaruvchilar buyurtmasi asosida nomzodlar saralab olinadi.

Birinchi yilda talabalar korxonalar buyurtmasi asosida yangi mahsulotlarni loyihalashtiradi, ilmiy izlanishlar o‘tkazadi, bu borada chuqurlashgan modul dasturlar asosida o‘qitiladi.

Ikkinchi yilda yangi mahsulotlar bo‘yicha tajriba-konstruktorlik namunalarini yaratish bilan bog‘liq texnologik jarayonlarni korxonalarda sinovdan o‘tkazadi.

Korxonalar “Oliy muhandislik maktabi»da laboratoriya ochish va jihozlash uchun mablag‘ yo‘naltirsa, bu xarajatlar korxonaning foyda solig‘i bazasidan chegirib tashlanadi.

Prezident endilikda oliygohlarning tajriba ishlab chiqarish korxonalari maqomi qonun bilan mustahkamlanishini aytdi. Ularga IT-park rezidentlariga qo‘llanilayotgan imtiyozlar beriladi. Sho‘ba korxonasi ishchilarining kamida 60%i doktorant va talabalardan iborat bo‘ladi. Kelgusi yildan texnika yo‘nalishidagi loyihalarga davlat grantlari 4 karra oshiriladi.

Korxonaga oliygoh bilan hamkor tashkilot ham ta’sischi bo‘lishiga ruxsat beriladi. Viloyat hokimlari va tarmoq rahbari ilmiy va ishlab chiqarish loyihalari uchun oliygohlarga 10 mlrd so‘mgacha buyurtmani to‘g‘ridan to‘g‘ri berishi mumkin bo‘ladi.

Investitsiya loyihalari qiymatining kamida yarim foizini ilmiy ishlarga ajratish tizimi joriy qilinadi.

Muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” respublika tanlovi o‘tkaziladi.

Tanlovda o‘qituvchilar, talabalar va amaliyotchi muhandislar ishtirok etishi mumkin bo‘ladi. Birinchi o‘ringa elektromobil beriladi.

Shuningdek, g‘oya, loyiha va ixtiro muallifi bo‘lgan eng zo‘r 10 nafar ishtirokchi Germaniya, Yaponiya, Xitoy, Rossiya, Italiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Singapur kabi davlatlarga stajirovkaga yuboriladi. Bu maqsadlar uchun har yili 15 mlrd so‘m ajratiladi.