Bosh sahifa Blog Sahifa 119

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 20 mln so‘mdan mukofot puli beriladi

0

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 20 mln so‘m miqdorida bir martalik pul mukofot beriladi.

Prezident “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Mamlakatda 9 may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanishi, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan ajdodlar xotirasini abadiylashtirish, bugun ham safda turib, vatan obro‘-e’tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qo‘shayotgan faxriylarni e’zozlash hamda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 79 yilligi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag‘batlantirish maqsadida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 20 000 000 (yigirma million) so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti belgilandi.

Farmonni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajatlar O‘zbekiston respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi bilan birgalikda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga ushbu pul mukofoti tantanali hamda bayramona vaziyatda topshirilishini ta’minlaydi.

Ma’lumot uchun, 2023 yilda O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 18 mln so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti berilgandi.

Markaziy bank iqtisodiy o‘sish prognozini 5,2-5,7 foizgacha pasaytirdi

0

Markaziy bank tahlillariga ko‘ra, joriy yilda pul o‘tkazmalari miqdori 12-12,5 mlrd dollar atrofida shakllanishi mumkin. Regulyator aholi uchun energiya resurslari narxi oshirilishining umumiy inflatsiyaga birlamchi ta’sirini 2,4 foiz bandga baholadi va yillik inflatsiya 9-11 foiz atrofida bo‘lishini prognoz qilmoqda.

Yangilangan makroiqtisodiy prognozlarga ko‘ra, asosiy ssenariy bo‘yicha joriy yildagi umumiy inflatsiya prognozi 9-11 foizgacha oshirildi. Bu haqda Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan «2024 yilning I choragi uchun pul-kredit siyosati sharhi»da ma’lum qilindi.

Makroiqtisodiy prognozlar

Yangilangan prognozlarga ko‘ra, 2024 yilda iqtisodiy o‘sish 5,2-5,7 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Ushbu ko‘rsatkich joriy yil yanvardagi hisob-kitoblarga (5,5-6 foiz) nisbatan pasaygan. Bu aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining xarajatlaridagi tarkibiy o‘zgarishlar hisobiga kelgusida iste’mol talabining ma’lum ma’noda maqbullashishi bilan ifodalangan.

Tashqi savdo

Joriy yilning I choragida eksportning (oltinsiz) o‘sish dinamikasi asosiy ssenariy prognozlari doirasida shakllangan. Jahonda atom energetikasining roli ortib borayotganligi sababli uran qimmatlashishi va Xitoy ishlab chiqarish sektoridagi ijobiy tendensiyalar tufayli mis narxining o‘sishi joriy yilda oltinsiz eksport dinamikasini qo‘llab-quvvatlashi mumkin.

Shu bilan birga, paxta narxi chorakning dastlabki oylaridagi keskin o‘sishidan so‘ng o‘tgan yilgi qiymatlarga qaytgan bo‘lsa, narxning keyingi trayektoriyasida yuqori noaniqlik saqlanib qolmoqda. Yuqoridagi omillar hisobiga jami eksport o‘sishi 9-12 foizni, oltinsiz eksport o‘sishi esa 12-14 foizni tashkil etishi prognoz qilingan.

Hisobot davrida importning o‘sish sur’ati biroz pastroq shakllanib, ushbu pasayish o‘tgan yilgi transport vositalari importi fonida yuzaga kelgan yuqori baza bilan izohlangan. I chorakda mashina va asbob-uskunalarsiz importning o‘sishi dinamikasi qariyb 8 foizni tashkil etgan. Joriy tendensiyalarni hisobga olgan holda import o‘sish prognozi 10-12 foiz darajasida saqlanib qolishi kutilmoqda.

Pul o‘tkazmalari va mehnat bozori

Valuta kurslarida sezilarli tebranishlar kuzatilmagan taqdirda, pul o‘tkazmalari prognozi 2024 yil oxirigacha 12-12,5 mlrd dollar atrofida shakllanishi prognoz qilinyapti. Yanvar-mart oylarida transchegaraviy pul o‘tkazmalari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,6 foizga oshib, 2,5 mlrd dollarga yetgan.

Shu bilan birga, ayrim tartibga solinadigan narxlar va tariflarning erkinlashtirilishi va natijada inflatsiyaning tezlashishi hisobga olinganda, aholi tasarrufidagi real daromadlar biroz pasayishi, ularning tarkibiy o‘zgarishi va bunga mos ravishda shaxsiy iste’mol ma’lum darajada maqbullashishi mumkin.

Inflatsiya

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, aholi uchun energiya resurslarining ijtimoiy me’yor bo‘yicha narxlari oshirilishining umumiy inflatsiyaga birlamchi ta’siri 2,4 foiz bandni (xususan, elektr energiyasi – 1,2 foiz band, tarmoqli tabiiy gaz – 1 foiz band, suyultirilgan gaz – 0,2) tashkil etishi taxmin qilinmoqda. Yuridik shaxslar uchun energiya tariflari o‘tgan yili oshirib bo‘lingani va bu o‘zgarishlar faqat uy-xo‘jaliklariga nisbatan amalga oshirilayotgani hisobiga uning ikkilamchi ta’siri yuqori bo‘lmasligi kutilmoqda. Ushbu ikkilamchi ta’sir asosan inflyatsion kutilmalarning o‘zgarish darajasi bilan bog‘liq bo‘ladi.

O‘rta muddatli davrda bazaviy inflatsiyaning barqaror pasayib borishi prognoz qilinmoqda. Shu bilan birga, joriy yilning aprel oyidan tibbiy xizmatlar, dori-darmonlar va ayrim kommunal xizmatlarga qo‘shilgan qiymat solig‘i joriy etilishi qisqa muddatli istiqbolda bazaviy inflatsiyaning pasayuvchi tendensiyasini sekinlashtirishi mumkin.

Qayd etilishicha, avvalgi yillardagi budjet xarajatlarining yuqori sur’atda o‘sishi ta’sirlari kamayib borishi bilan bir qatorda kelgusida fiskal intizomga rioya qilinishi va budjet xarajatlarining yil boshida belgilangan darajalari doirasida amalga oshirilishi inflatsiyaga talab tomondan qo‘shimcha bosim shakllanishining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yuqoridagi omillarni hisobga olib, yangilangan makroiqtisodiy prognozlarga ko‘ra, 2024 yil II choragida bir martalik ta’sirlar hisobiga umumiy inflatsiya ko‘rsatkichi oshishi va nisbatan qat’iy pul-kredit sharoitlari davom ettirilishi natijasida yil yakuniga umumiy inflatsiya 9-11 foiz doirasida bo‘lishi kutilmoqda.

Fiskal holat

Davlat budjeti taqchilligi I chorakda 19,8 trln so‘mni yoki YaIMga nisbatan 8,2 foizni tashkil etgan. Mazkur yuqori taqchillik iqtisodiyotning moliyaviy holatiga potensial bosimni shakllantirib, davlat xarajatlari va daromadlari o‘rtasidagi sezilarli nomutanosiblikni aks ettiradi.

So‘nggi davrlarda (2023 yilning III choragini hisobga olmaganda) kuzatilgan musbat fiskal impuls tendensiyasi iqtisodiyotda rag‘batlantiruvchi fiskal siyosat davom etayotganligini ko‘rsatadi.

Yuqori fiskal taqchillik qisqa muddatli iqtisodiy faollikni oshirsa-da, o‘rta muddatda potensial o‘sishga hamda narxlar barqarorligiga salbiy ta’sirga ega bo‘lishi mumkin. Barqaror budjet-soliq siyosatini saqlab qolish va uzoq muddatli iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash uchun ushbu tafovutning bartaraf etilishi muhim hisoblanadi.

Toshkent investitsiya forumida umumiy qiymati $26,6 mlrdlik kelishuvlarga erishildi

0

2022-yili birinchi tashkil etilgan forumda jami $7,8 mlrdlik, 2023-yilda esa $11 mlrdlik hujjatlar imzolangan.

Toshkentda o‘tkazilgan uchinchi Xalqaro investitsiya forumi yakunida jami qiymati $26,6 mlrdlik kelishuvlar imzolandi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Forumda 93ta mamlakatdan 2,5 mingdan ortiq delegatn ishtirok etib, unda global muloqot va investitsiyaviy sohadalar muhokamasi tashkil etildi. 2022-yili ilk marotaba tashkil etilgan mazkur forumda jami $7,8 mlrdlik, 2023-yilgi forumda esa $11 mlrdlik 167ta hujjat imzolangandi. Joriy yilda bu $26,6 mlrdni tashkil etdi.

Xususan quyidagi investisiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi:

  • Saudiya Arabistonining “Data Volt” kompaniyasi bilan “Yangi Toshkent»da shahar infratuzilmasi va yashil texnologiyalarga asoslangan “ma’lumotlar markazlarini” qurish — $4 mlrd;
  • Saudiya Arabistoni “Acwa Power” kompaniyasi bilan Qoraqalpog‘istonda quvvati 5 GVt shamol elektr stansiyasini hamda quvvati 2 GVt bo‘lgan elektr energiyasini saqlash qurilmalarini qurish — $6,2 mlrd;
  • BAAning “Amea Power” kompaniyasi bilan Qoraqalpog‘istonda quvvati 1 GVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish — $1,1 mlrd;
  • Saudiya Arabistonining “Saudi Tabrid” kompaniyasi bilan Nukus, Farg‘ona va Quvasoyda issiqlik tizimini modernizatsiya qilish — $750 mln;
  • Misrning “Nil Shugar” kompaniyasi bilan Jizzax viloyatida qand lavlagi yetishtirish va shakar ishlab chiqarish — $500 mln;
  • Xitoyning “Shanghai Knud International” kompaniyasi bilan Namangan viloyatida tekstil va to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish — $205 mln;
  • Singapurning “Wilmar International” kompaniyasi bilan Toshkent viloyatida oziq-ovqat mahsulotlari va chorva uchun ozuqa ishlab chiqarish — $200 mln.

Bundan tashqari, “Orascom Investment” (Misr), “Bonafarm Group” (Vengriya), “Sayar” (AQSH), “Goldwind”, “Sinoma” (Xitoy), “Sam Yapi” (Turkiya), “Pasha Development” (Ozarbayjon) “Laselsberger” (Avstriya), “Petrosat Chexelsoton” (Eron) kabi kompaniyalar bilan qiymati $6,6 mlrdlik yangi investisiya loyihalarni amalga oshirishga kelishildi.

Shuningdek, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va “Al Bawani Capital” kompaniyasi o‘rtasida Sirdaryo-Baxt halqa avtomobil yo‘lini qurish va Toshkent-Samarqand yo‘lini rekonstruksiya qilish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida o‘tkazilgan panel sessiyasida transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev iyun oyi oxirigacha Toshkent-Andijon pullik yo‘l qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy ishlari yakunlanishini ma’lum qildi.

LEGO o‘yinchoqlar kompaniyasi qanday paydo bo‘lgan?

0

Mazkur maqolada “LEGO” o‘yinchoqlar brendi qanday tashkil etilgani, rivojlanish tarixi, logotipdagi o‘zgarishlar hamda minifiguralarning turli shakllari haqida ma’lumotlar berilgan.

O‘rdaklardan “LEGO” uylarigacha

“LEGO” kompaniyasi asoschisi Ole Kirk Kristiansen 1891-yil 7-aprelda Daniyaning Billund shahridagi Filskov qishlog‘ida tug‘ilgan. U oilasida o‘ninchi farzandi edi. 14 yoshida katta akasidan duradgorlikni o‘rganib, 1911-yilda Daniyani tark etadi. Avvaliga Germaniyada, so‘ng Norvegiyada ishlaydi.

1916-yilda Daniyaga qaytib, Billund Maskinsnedkeri (Billund yog‘ochga ishlov berish va duradgorlik ustaxonasi)ni ochishga qaror qiladi. Shu yili Ole Norvegiyada tanishgan Kirstin Seresenga uylanadi.

1924-yilda o‘g‘illarining xatosi tufayli Ole Kirk do‘koniga yong‘in tushadi. Bu noxush hodisaga qaramay, u tushkunlikka tushmadi. Dastlabki qiyinchiliklar bartaraf etilgach, u avvalgisidan ham kattaroq do‘kon qurishga harakat qiladi.

biznes tarixi, lego

Foto: lego.com

1930-yillarning boshida Ole kundalik buyumlarni ishlab chiqaruvchi kompaniyaga asos soladi, uning asosiy daromadi dazmol taxtalari va narvonlardan olingan. 12 yoshidan boshlab o‘g‘li Gotfrid Kirk ham kompaniyada otasi bilan birga ishlay boshlaydi. Biroq moliyaviy inqiroz boshlanishi bilan uning biznesi keskin pasaya boshladi. Keyin ota-o‘g‘il birgalikda talabga ega bo‘lgan yog‘och o‘yinchoqlar ishlab chiqarishni boshladilar. Shu vaqtlari kompaniyada 7 kishi ishlagan. Kristiansen bir nechta variantlar orasidan tanlab, kompaniyani “LEGO” deb ataydi. Bu daniyacha “leg godt” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “yaxshi o‘yna” degan ma’noni anglatadi.

1942-yilda fabrika havo hujumi paytida yonib ketib, kreditga olingan mablag‘lar evaziga qayta quriladi. Bu safar yanada katta binolar maydoni kengaytirildi. 1940-yillarning o‘rtalarida u oilaviy korxonaga aylantirilib, unda 40 ga yaqin xodim ishlagan.

biznes tarixi, legoFoto: lego.com

1947-yilda kompaniya plastik o‘yinchoqlar ishlab chiqarishni boshlaydi. 1949-yilda birinchi primitiv plastik kubiklar “Avtomatik bog’lanuvchi g‘ishtlar” nomi ostida sotuvga chiqdi — bugungi kunda ko‘pchilikka ma’lum “LEGO” kubiklarining o‘tmishdoshi hisoblanadi.

1940−50-yillar oralig‘ida “LEGO” assortimenti juda katta bo‘lgan, lekin odatda yog‘och va plastmassa ishlab chiqaradigan boshqa kompaniyalaridan farq qilmagan. Bolalar uchun plastik to‘plar, yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha stol o‘yini, hayvonlarning yog‘och haykalchalari, avtomobillar va boshqalarni taqdim etgan.

biznes tarixi, legoFoto: lego.com

1958-yil Ole Kirk Kristiansen vafot etadi. Uning o‘rniga o‘g‘li Gotfrid direktorlar kengashi prezidenti bo‘ladi, 1960-yilga kelib esa aka-ukalarining aksiyalarini sotib olib, kompaniyaning yagona egasi bo‘ladi.

Dastlabki “LEGO»lar

Birinchi “LEGO” kubiklari bir nechta o‘lchamlarda paydo bo‘ldi: 2×2, 2×4 g‘ishtli, 2×3 va 2×4 poydevorli derazalar va 2×4 eshiklar. Ularning kombinatsiyasi deyarli har qanday uyni qurishga yetardi. Birinchi to‘rtta kubik (g‘isht) to‘plami “700/1, 700/2, 700/3 va 700/4” deb nomlangan. “700/x” seriyali to‘plam 1960-yillarning o‘rtalariga qadar ishlab chiqarilgan.

1956-yilda mahsulotlar dastlab Shvetsiya, Germaniya, keyin Shveysariya, Fransiya va Buyuk Britaniya kabi mamlakatlarga eksport qilina boshlandi. Ammo, 1960-yilda yog‘och bilan ishlagan ustaxona yonib ketadi. Gotfrid Kirk o‘ylab ko‘rib, yog‘och ishlab chiqarishni davom ettirmaslikka va plastik buyumlar bilan shug‘ullanishga qaror qildi. 1958-yilda g‘ishtlarning zamonaviy dizayni ishlab chiqildi va tegishli material — ABS-plastikni topish uchun 5 yil kerak bo‘ladi. “LEGO»ning zamonaviy g‘ishtlari 1958-yil 28-yanvarda patentlangan.

“LEGO” dunyosida poyezdlar va mashinalar, uylar va yo‘llar, aeroportlar va vokzallar bor, ammo inson ko‘rinishidagi modellar yetishmayotgan edi. 1975-yilda to‘plamlarda zamonaviy minifiguralarning birinchi prototiplari paydo bo‘ldi, ularning harakatlanuvchi qo‘llari va oyoqlari bo‘lmagan. 1989-yilgacha barcha lego odamlarining yuzlari bir xil, shunchaki tabassumli ko‘zlardan iborat edi.

Shu bilan birga, motorlar va drayvlar bilan birgalikda “kattalar” “LEGO” liniyasi ham rivojlanmoqda. 1982-yilda kompaniya nomini “LEGO Technic»ga o‘zgartirdi. Keyinchalik, elektr komponentlari, sirenalar va chiroqlar to‘plamlari ham chiqa boshladi. 1999-yilda kompaniya uchinchi tomon kompaniyalari bilan litsenziyalangan raqamlarni ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi shartnomasini tuzdi.

biznes tarixi, legoFoto: Michael Murtaugh

“LEGO” arxitekturasi

Chikagoda arxitektor Adam Rid Taker osmono‘par binolar murakkabligini ko‘rsatish ustida ishlaydi. Buning uchun “LEGO” g‘ishtlaridan foydalanishga qaror qiladi. U 2006-yilda diqqatga sazovor binolar maketlarini yaratishni boshlaydi. Dastlab, legolar yordamida Nyu-Yorkdagi “Empire State Building” va boshqa osmono‘par binolarning yirik maketlarini yaratadi.

biznes tarixi, legoFoto: lego.com

Bu “LEGO Group»ni hayratda qoldiradi va haqiqiy binolarning kichikroq modellarini ishlab chiqarish imkoniyatlarini rejalashtira boshlaydi. Adam Rid Taker bilan birga 2008-yilda “Willis Tower” va “Jon Hancock” markazlarining nusxalari “LEGO Architecture»ning dastlabki faoliyatini boshlab beradi. Bugungi kunda ushbu loyiha arxitektura, “Landmark” va “Skyline” to‘plami singari 40 dan ortiq modellarni o‘z ichiga oladi.

“LEGO” logotipi evolutsiyasi

1934−1936: ushbu birinchi versiyasida qalin va antiqa shriftda “LEGO” nomi aks ettirilgan. Harflar qora va qalin ranglarda bosilgan. Bu xususiyatlar 1900-yillarning boshlarida boshqa kompaniya ramzlarida keng tarqalgan edi. Boshqalardan ajralib tursa-da, bu o‘yinchoqlar ishlab chiqarishga qaratilgan kompaniya uchun ekanligi aniq bilinmagan.

1936 — 1946: birinchi logotip taqdim etilganidan bir necha yil o‘tgach, kompaniya dizaynni yangilashga qaror qildi. Birinchi versiya qalin, ikkinchisi esa ingichka chiziqlarga ega edi. Yozuvlarni yupqaroq qilish brendga keng assortimentdagi o‘yinchoqlarni ham chiqarish imkonini berdi.

1946−1950: kompaniya birinchi marotaba logotipni to‘q sariq va qora ranglarda taqdim etdi. Shuningdek, uning tashkil etilgan joyi ham dizaynga kiritilgan. Harflar yana qalinlashtirildi va ularning orqasiga soya berildi.

1950−1953: ushbu dizayn uchun kompaniya qalin harflar va o‘yinchoq qutisi dizaynidan voz kechdi, aksincha yangicha belgi — aylanadan foydalandi. Bu doira markazida “LEGO” so‘zlari bo‘lgan shtampga o‘xshardi, uning chekkasidagi qora doirada “Billund Danmark” yozilgan. Bu safar qora, oq va qizil ranglardan foydalanildi.

1953−1955: bundan oldingi versiya uchun o‘zgartirish kiritish bir necha oy davom etgan. Dizaynerlar navbatdagi yangi logotip ustida 2 yil ishlab, unga oldingi nusxadan bir qancha jihatlarni qo‘shishdi. Faqat qizil harflar endi oq rangda tasvirlandi.

1955−1959: navbatdagi logotipda “LEGO” brendi joylashgan qizil ovaldan foydalanilgan. Harflar oq va qalin, lekin burchaklari yumaloq va pufakchali edi. Shrift tanlovi brendning ruhini ifodalagan.

1959−1960: bu gal katta o‘zgarish kuzatilmadi, faqat “System” so‘zi qo‘shildi.

1960−1964: “LEGO” jamoasi oval fonni olib tashlashga qaror qildi va uning o‘rniga oldingi sariq va qizil to‘rtburchaklarni qo‘lladi. “System” so‘zi shrifti kursiv, sariq harflarga yangilandi. Ushbu logotip brendning identifikatori uchun to‘rtta rangni o‘z ichiga olgan — qizil, oq, qora va sariq.

1964−1972: bu safar ham deyarli katta o‘zgarish kuzatilmadi. Faqatgina to‘rtburchak oddiygina kvadratga aylanishi natijasida yangilandi.

1972−1998: ushbu versiya 5 ta rang chizig‘ini o‘z ichiga olgan ikkinchi kvadratni olib tashladi va o‘rniga “LEGO” so‘z belgisi bilan qizil kvadratga e’tibor qaratdi. “System” so‘zi olib tashlanib, ranglar yanada yorqinlashtirildi.

biznes tarixi, legoFoto: lego.com

1998-yildan bugunga qadar: hozirda foydalanilayotgan logoda faqatgina harflar oralig‘i o‘zgargan. Jami 11 marotaba o‘zgarishdan keyin kompaniya shu tanlovda qolgan.

“LEGO” haqida qiziqarli faktlar

  • Ishlab chiqarish jarayoni shunchalik aniqki har milliondan faqat taxminan 18 qismi nuqsonli chiqadi.
  • Yer yuzida 400 mlrdga yaqin “LEGO” g‘ishtlari bor.
  • 1978-yildan beri 4 mlrddan ortiq “LEGO” minifiguralari ishlab chiqarilgan.
  • Yer yuzida yangi yil bayrami paytida “LEGO” to‘plami har 28 soniyada sotiladi.
  • Eng baland “LEGO” minorasining bo‘yi 35 metrdan boshlanib, uni qurishga 550 ming dona g‘isht ishlatilgan. 2015-yil Italiyada qurilgan.
  • Yerdan oyga yetib borish uchun 40 mlrd “LEGO” g‘ishtlari kerak bo‘ladi.
  • Harbiy mavzudagi “LEGO»lar yo‘q, chunki uning asoschisi urushni bolalarga eslatishni xohlamagan.

2023-yilning eng yaxshi 5ta biznes kitobi

0

Kitoblarda biznes, ilmiy, psixologik ma’lumotlar berilgan bo‘lib, nafaqat tadbirkorlar va rahbarlar, balki har bir kitobxon uchun foydali bo‘ladi.

“Forbes” 2023-yilning eng yaxshi biznes kitoblar ro‘yxatini tuzdi. Ular nafaqat tadbirkorlar uchun eng qiziqarli bo‘ladi.

“Diqqat oralig‘i”, Gloriya Mark

Raqamli dunyoda e’tiborni boshqarish bo‘yicha dunyodagi eng yaxshi mutaxassislardan biri Gloriya Mark har kuni juda ko‘p ma’lumot va vazifalarni yengishga hamda ularni bir vaqtning o‘zida hal qilishga majbur bo‘lgan har bir kishi uchun eng foydali bo‘lgan kitob yozdi. Kitob mavzusi rahbarlar, tadbirkorlar va ishbilarmonlar uchun albatta foydali bo‘ladi, chunki ko‘p vazifalarni bajarish ular uchun kundalik zaruratdir.

Unda inson e’tibori qanday ishlashi va miya iloji boricha samarali ishlashi va shu bilan birga juda qulay hamda uning imkoniyatlarini buzmasligi uchun nima kerakligi haqida hikoya qilinadi.

biznes, kitoblar


“O‘zingda bo‘l. Yangi ong nazariyasi”, Anil Kumar Set

Sasseks universiteti nevrologi Anil Kumar Setning ong konsepsiyasini ilmiy o‘rganishga bag‘ishlangan kitobi.

U hozirda sun’iy intellektning tuzilishi va imkoniyatlari haqidagi muhokamalar va uning inson ongiga juda yaqinlashishi va undan o‘zib ketishidan qo‘rqish fonida dolzarb hisoblanadi.

Kitob 2021-yilda chiqdi va darhol “Financial Times”, “Bloomberg” va “The Economist” versiyalari bo‘yicha yilning eng yaxshi kitoblari ro‘yxatiga kirdi.

Unda muallif o‘zining asosiy va qisman shov-shuvli g‘oyasini shakllantiradi: bizning ongimiz aslida boshqariladigan gallyutsinatsiya.

“Dunyodagi eng g‘alati odamlar”, Jozef Xenrik

Kanadalik antropolog Jozef Henrik o‘zining ilmiy faoliyatini inson ijtimoiy evolyutsiyasini o‘rganish bilan shug‘ullangan.

Henrikning so‘zlariga ko‘ra, uning eng mashhur ishi, biz bilgan zamonaviy dunyoni shakllantirgan g‘arb madaniyati vakillarining xususiyatlarini keng ko‘lamli o‘rganish edi. Muallif hatto o‘zi o‘rganayotgan aniq antropologik guruhni belgilash uchun maxsus atamani ishlab chiqdi — “WEIRD”.

Ushbu qisqartma (shu bilan birga o‘zi ham muhim so‘zdir — ingliz tilidan g‘alati, g‘alati degan ma’noni anglatadi) ma’nosini anglatadi: Western, Educated, Industrialized, Rich, Democratic — “G‘arbiy, o‘qimishli, sanoatlashgan, boy va demokratik”.

biznes, kitoblar

“Professional kabi o‘rganing”, Dan Uillingem

Kognitiv psixologiya professori Dan Uillingemning o‘quv jarayonida miya faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganuvchi kitobi.

U har qanday materialni o‘zlashtirishni osonlashtirish va uni yanada samarali taqdim etish uchun etarlicha sodda va ishlaydigan vositalarni taklif etadi.

“Piksel. Bir nuqta hikoyasi”, Alvi Rey Smit

“Pixar»ning afsonaviy hammuassisi va zamonaviy animatsiya shaklini aniqlagan odamlardan biri tomonidan yozilgan piksel tarixi haqidagi kitob. Ammo Alvi Rey Smit o‘zining muvaffaqiyat tarixi yoki kompyuter grafikasi istiqbollarini tadqiq qilish o‘rganishdan ko‘ra ko‘proq yozgan.

Kitob texnologiya biznesi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar va ilm-fan tarixi va inson ongining imkoniyatlariga qiziqqan har bir kishi uchun qiziqarli bo‘ladi.

biznes, kitoblar

Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lganlarga 120 mln so‘mgacha ipoteka krediti beriladi

0

Shuningdek, hududlarda 100 mingta kvartiradan iborat bo‘lgan ko‘p qavatli uy-joylar qurilib, ipoteka kreditlarini moliyalashtirishga kamida 17 trln so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

Prezidentning 2024-yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturi doirasida, quyidagilar amalga oshiriladi:

  • hududlarda 100 mingta kvartiradan iborat bo‘lgan ko‘p qavatli uy-joylar quriladi;
  • qurilish tashkilotlariga bozor tamoyillari asosida ajratilgan kreditlar bo‘yicha kompensatsiya va kafilliklar taqdim etiladi;
  • ko‘p qavatli uy-joylar qurish jarayonlariga “yashil” uy-joy standartlari joriy qilinadi;
  • ipoteka kreditlarini moliyalashtirishga kamida 17 trln so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

Banklarning o‘z mablag‘lari hisobidan ajratilgan ipoteka kreditlarini Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qayta moliyalashtirish mexanizmlaridan keng foydalaniladi. Shuningdek, uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lganlarga 120 mln so‘mgacha ipoteka krediti beriladi.

Farmonga ko‘ra, 2024-yil 1-iyundan “mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida Kambag‘allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga ipoteka kreditlarini ajratish amaliyoti joriy etiladi.

Bunda ipoteka kreditlari 120 mln so‘mgacha miqdorda, 20 yilgacha muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasidan to‘rt foiz bandga yuqori stavkada yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruktsiya qilish va ta’mirlash maqsadlari uchun ajratiladi.

Shu bilan birga, ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun ajratiladigan kreditning 15%i miqdorida hamda foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun — kredit muddatining birinchi 5 yili davomida 12%dan oshgan qismiga subsidiya to‘lanadi.