Bosh sahifa Blog Sahifa 111

Markaziy bank 11ta bankka nisbatan jarima sanksiyasini qo‘lladi

0

Bundan tashqari, o‘rnatilgan limitlarga amal qilmaganligi uchun 3ta bank chora va sanksiyalar qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.

May oyida Markaziy bank 11ta bankka nisbatan jarima sanksiyasini qo‘lladi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.

Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan o‘tgan oyidagi yig‘ilishlarda 47ta masala ko‘rilib, tegishli qarorlar qabul qilindi. Xususan, o‘tgan oyda ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishida 36ta masala ko‘rib chiqildi.

Ulardan 2tasi kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, 2tasi kredit tashkilotlarining ustav fondidagi ulushiga egalik qilish uchun ruxsat berish hamda 2tasi mikromoliya tashkilotlari faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestriga kiritish kabilar borasida bo‘lgan.

Kredit tashkilotlarining moliyaviy holati bo‘yicha banklar va to‘lov tashkilotlari tomonidan Markaziy bank talablarining bajarilishi, banklar va mikromoliya tashkilotlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalari muhokama qilindi.

O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 3ta bank chora va sanksiyalar qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirildi. Amaldagi qonunchilik va Markaziy bank talablariga rioya qilinmaganligi va aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 11ta bankka nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanildi.

Shuningdek, 1ta mikromoliya tashkilotida o‘tkazilgan inspeksiya tekshiruvi natijasida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun jamiyatning kreditlash operatsiyalarini amalga oshirish faoliyati uch oy muddatga cheklandi.

Aniqlangan kamchiliklarni tuzatish, tegishli choralarni ko‘rish, o‘rnatilgan prudensial normativlarga amal qilish, bank faoliyatida mavjud zaifliklarni bartaraf etish va moliyaviy holatini sog‘lomlashtirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

O‘zbekistondagi 7ta OTM dunyodagi Top-1000talikka kirdi

0

Shuningdek, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti gender tengligi bo‘yicha dunyoda 10-o‘rinni egalladi.

O‘zbekistondagi 7ta oliy ta’lim muassasasi 2024-yil uchun “THE Impact Rankings” reytingida Top-1000talikka kiritildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Reyting universitetlarning BMT tomonidan belgilangan 17ta Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga (BRM) qo‘shgan hissasini tahlil qildi.

Unda bu yil O‘zbekistonning 53ta oliy ta’lim muassasasi qayd etildi. Shulardan quyidagi 7tasi TOP-1000 talikdan joy oldi:

  • Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti — 301−400-o‘rin;
  • Toshkent davlat yuridik universiteti — 401−600-o‘rin;
  • O‘zbekiston milliy universiteti — 601−800-o‘rin;
  • “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti — 601−800-o‘rin;
  • Samarqand davlat universiteti — 801−1000-o‘rin;
  • Toshkent davlat texnika universiteti — 801−1000-o‘rin;
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 801−1000-o‘rin.

Reytingda Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti gender tengligi bo‘yicha dunyoda 10-o‘rinni egalladi.

Ma’lumot o‘rnida, 2021-yilda e’lon qilingan “THE Impact Rankings” reytingida yurtimizning 10 ta, 2022-yilda 30 ta, 2023-yilda esa 47 ta oliy ta’lim muassasalari o‘rin egallagan edi.

Uzbekistan Airways Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

0

Parvozlar 15−18 iyun kunlari oralig‘ida Buxoro, Urganch, Farg‘ona, Termiz, Samarqand hamda Namangan shaharlariga amalga oshiriladi.

“Uzbekistan Airways” kompaniyasi qo‘shimcha aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi. Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan tashkil etilayotgan qo‘shimcha reyslar 6ta mahalliy yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi.

Parvozlarning uchish vaqti quyidagicha:

  • Toshkent — Namangan — Toshkent — 15-iyun;
  • Toshkent — Buxoro — Toshkent — 15, 17, 18-iyun kunlari;
  • Toshkent — Termiz — Toshkent — 15, 16, 17, 18-iyun kunlari;
  • Toshkent — Samarqand — Toshkent — 16-iyun kunlari;
  • Toshkent — Urganch — Toshkent — 16, 18-iyun kunlari;
  • Toshkent — Farg‘ona — Toshkent — 17-iyun kunlari.

Parvozlar jadvali bilan aviakompaniya saytida tanishish mumkin.

Aviachiptalarni havola orqali onlayn hamda “Uzbekistan Airways Sales” filialida yoki aviakompaniya agentlarida xarid qilish mumkin.

Elektromobilni xonadonda quvvatlashni rag‘batlantiradigan tungi tarif joriy qilinadi

0

Unga ko‘ra, quvvatlash uskunasiga hisoblagich o‘rnatgan aholiga tungi vaqtda quvvatlaganlik uchun arzon tarif qo‘llanadi.

Shavkat Mirziyoyev energiya resurslaridan samarali foydalanish hamda energetika sohasi obyektlari kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda elektromobillar soni oxirgi uch yilda 10 karra oshib, 35 mingtaga yetgani, Jizzaxda elektromobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilayotgani qayd etildi.

Shu munosabat bilan elektr tizimini rivojlantirishda yangi zaryadlash quvvatlarini hisobga olish zarurligi ko‘rsatib tildi. Endilikda elektromobilni xonadonda quvvatlashni rag‘batlantiradigan tungi tarif joriy qilinadi. Quvvatlash uskunasiga hisoblagich o‘rnatgan aholiga tungi vaqtda quvvatlaganlik uchun arzon tarif qo‘llanadi.

Shuningdek, ko‘chalar, ko‘p qavatli uylar atrofida 22 kilovattgacha, xonadonda 7 kilovattgacha zaryadlash stansiyasi o‘rnatish mumkin bo‘ladi.

Davlat tashkilotlari, savdo markazi, mehmonxona va dam olish maskanlari avtoturargohida quvvatlash stansiyasi o‘rnatiladi.

O‘zbekiston sanoat namunalarini xalqaro ro‘yxatga olish tizimiga qo‘shildi

0

Qayd etilishicha, respublika Jeneva aktini ratifikatsiya qilish orqali Gaaga kelishuvining 78-ishtirokchisiga aylandi.

O‘zbekiston Sanoat namunalarini xalqaro ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi Gaaga bitimining Jeneva aktini ratifikatsiya qildi. Tegishli qonun prezident tomonidan 5-iyun kuni imzolangan.

1999-yil iyul oyida imzolangan hujjat Jahon intellektual mulk tashkilotiga sanoat namunalarini himoya qilish uchun arizalar topshirishga tegishli.

Bu ishtirokchi mamlakatlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri Jahon intellektual mulk tashkiloti orqali yoki mas’ul agentlik orqali amalga oshirilishi mumkin.

Hozirda 77 davlat turli shakllarda shartnomada ishtirok etmoqda, jumladan AQSh, Kanada, Meksika, Braziliya, Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi davlatlari, shuningdek, Rossiya, Qirg‘iziston va Tojikiston. O‘zbekiston esa unga qator bayonotlar bilan qo‘shilmoqda. Shunday qilib, sanoat namunasiga bo‘lgan mutlaq huquqlarning amal qilish muddati xalqaro ro‘yxatga olingan kundan boshlab 5 yilni tashkil etadi. U 15 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.

O‘zbekiston Adliya vazirligining Intellektual mulk departamenti orqali taqdim etilgan xalqaro talabnoma materiallarini jo‘natish muddati bir emas, 6 oyni tashkil etadi. Qarorga namunalarning xavfsizlik talablariga muvofiqligini tekshirish sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston hududida sanoat namunasini xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazishning amal qilishi Adliya vazirligi Jahon intellektual mulk tashkiloti Xalqaro byurosiga himoya qilish to‘g‘risida bildirishnoma yuborgan kundan e’tiboran boshlanadi. Himoya qilish rad etilsa, xabarnomani tayyorlash muddati 12 oyni tashkil qiladi.