Bosh sahifa Blog Sahifa 102

Tadbirkorlar uchun elektr va gaz iste’molining 20%gacha oshgan qismiga bazaviy tarif saqlanib qoladi

0

Tadbirkorlik reytingida yuqori va o‘rta toifadagi korxonalarga elektr uchun oldindan to‘lovni bir oyda ikkiga bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.

Unda barcha sanoat korxonalari elektr va gazga o‘rnatilgan limit oshib ketsa, to‘lov ikki barobar ko‘p undirilayotganidan norozi bo‘layotgani qayd etildi. Muloqotda sanoatning o‘sishiga ta’sir qiladigan bunday cheklovlar qisqartirilishi belgilandi. Endilikda biznes uchun elektr va gaz iste’moli limitdan 20%gacha oshib ketsa ham bazaviy tarif saqlanib qoladi. Agar iste’mol 20%dan o‘tib ketsa, oshgan qismiga to‘lov 20%ga qimmatlashadi.

Tadbirkorlik reytingida “yuqori”, “o‘rta” toifadagi korxonalarga elektr uchun oldindan to‘lovni bir oyda ikkiga bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.

Budjet, kredit va boshqalardan qarzi bor tadbirkorlarni hisob raqamiga “inkasso” qo‘yilgani uchun, ular elektr, gaz va suvga to‘lov qila olmayotgani qayd etildi.

Endilikda “inkasso” bo‘lganda ham, kommunal xizmatlarga to‘lovlar to‘xtatilmaydi. Bu esa ishlab chiqarishni to‘xtatmasdan, qarzdorlikni tezroq uzish imkonini beradi.

Senat ayrim keksalarga jamoat transportidan bepul foydalanish huquqini beruvchi qonunni ma’qulladi

0

O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lganlardan ID-karta yoki biometrik pasportni almashtirishda to‘lov undirilmaydi.

Senatning 55-yalpi majlisida “Ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun ko‘rib chiqilib, ma’qullandi. Bu haqda Senat matbout xizmati xabar berdi.

Hujjat bilan ayrim qonunlarga Ijtimoiy himoya milliy agentligining zimmasiga dafn etish uchun nafaqani berish vazifasini yuklash, uning xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlarini belgilash, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga va ma’muriy sudlarga murojaat qilishda davlat bojini to‘lashdan ozod etish bilan bilan bog‘liq o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

O‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan 80 yoshga to‘lgan keksalarga qarab turilgan vaqt ish stajiga qo‘shib hisoblanishi uchun davolash muassasasining xulosasi talab etilmaydi. Shuningdek, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalarga, yolg‘iz yashovchi keksalarga va nogironligi bo‘lgan shaxslarga shahar yo‘lovchi transportidan bepul foydalanish huquqi berilmoqda.

O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar, yolg‘iz yashovchi va nogironligi bo‘lganlar yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan fuqarolik ID-kartasi yoki biometrik pasportini almashtirishda davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi.

Shuningdek, ularga homiylik qilish uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadigan xarajatlar jumlasiga kiritiladi.

Joriy yilning iyun oyida Qonunchilik palatasi bu bo‘yicha tegishli qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda qabul qilgandi.

Avvalroq ko‘p qavatli uylar nogironligi bo‘lganlar uchun moslashtirilishi haqida xabar berilgandi. Ular uchun bank, avtomaktab, oliy ta’lim hamda tibbiyot muassasalarida qulayliklar yaratilishi majburiy qilib belgilandi.

Mandat e’lon qilindi. Natijalarni qanday bilish mumkin?

0

Tanlov natijalarini to‘rt xil usulda bilish mumkin.

2024−2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. Bu haqda Bilimni baholash agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin.

my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

  • SMS-xabarnoma xizmati orqali:

5100 raqamiga abituriyentning ID-raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS-xabarnoma yuboriladi (xizmat pullik).

  • Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

2024/2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 5-iyun kuni boshlanib, 25-iyun kuni yakunlandi. Bunda jami 894 279 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, shundan 88 591 nafarining arizasi qabul qilinmadi. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 5-iyuldan boshlanib, 19-iyulgacha davom etdi.

Imtihonlar 14-iyuldan boshlanib, 26-iyulgacha davom etdi. Joriy o‘quv yilida davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida o‘tkazildi.

805 688 nafar abituriyentning 740 352 nafari imtihonlarda ishtirok etdi. 418 ming nafardan ortig‘i yoki 56,%i 56,7dan yuqori ball to‘plab, tanlovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi.

27-iyuldan 10-avgustgacha OTM va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash jarayoni davom etdi. Bunda abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos 5tagacha OTM va ta’lim yo‘nalishini tanlashi kerak edi.

O‘zbekistonda oilalar sariq, qizil va yashil toifalarga ajratiladi

0

Kambag‘allik darajasi eng yuqori bo‘lgan mahallalarga investitsiya dasturi doirasida 500 mlrd so‘m ajratiladi. Oilani kambag‘allikdan chiqarish rejasini ishlab chiqishda integratsiyalashgan xizmatlar tashkil etiladi.

Avvalroq prezident kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya tizimini yaxshilashga qaratilgan taqdimot bilan tanishgani haqida xabar berilgandi.

Kambag‘allik bo‘yicha mahalla reytingi yuritiladi. Bu haqda prezident maslahatchisi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Unda kambag‘al oilalar ulushi, ishsizlik darajasi hamda migrantlar ulushi yuqori mahallalar bo‘ladi. Hozirda 1000ta mahallada kambag‘allik ulushi mamlakat darajasidan ikki barobar ko‘p (22−35%). 107ta mahallada ishsizlik darajasi 6,8%dan, 169ta mahallada xorijda ishlashga ketganlar ulushi 9%dan yuqorini tashkil etadi. “Kambag‘allik darajasi yuqori mahallalarda alohida yondoshuv asosida infratuzilma va tadbirkorlikni rivojlantirish, lider tadbirkorlarni jalb qilish, bu yerga banklar tomonidan kichik loyihalarni amalga oshirib, mahallani kambag‘allikdan holi hududga aylantirish topshirildi”, — deydi prezident maslahatchisi.

Bundan tashqari, 8 yo‘nalishdagi savollar asosida oiladagi barcha omillar o‘rganiladi. Hokim yordamchilari hamda ijtimoiy xodim tomonidan xonadonga borgan holda 1 oygacha muddat ichida baholanadi.

Mansurbek Olloyorovning qayd etishicha, oilani kambag‘allikdan chiqarish rejasini ishlab chiqishda integratsiyalashgan xizmatlar tashkil etilib, oilani baholaganda bir vaqtning o‘zida sog‘liqni saqlash, ta’lim, ijtimoiy himoya, bandlik va boshqa turdagi xizmatlar taklif etilishi ko‘zda tutilgan. “Bu yerda eng muhimi — kambag‘allikka tushib qolgan oilani stressdan chiqarish, xulq-atvorini o‘zgartirish, uni harakatga undash bo‘yicha alohida dasturlar kiritish borasida topshiriqlar berildi”, — deydi u.

Oilalar quyidagicha uchta toifaga ajratiladi:

  • Qizil — og‘ir vaziyatdan chiqib ketish imkoniyati past: mehnat qilolmaydiganlar — doimiy yordamga muhtoj bo‘lganlar;
  • Sariq — og‘ir sharoitdagi oilalar: integrallashtirilgan ijtimoiy yordam hamda xizmatlar ko‘rsatib, oilaga yangi imkoniyatlar yaratiladi;
  • Yashil — kambag‘allikka tushish xavfi bo‘lgan oilalar: ijtimoiy muammolari bartaraf etilib, oilalar daromadini oshirish choralari ko‘riladi.

Shuningdek, Olloyorov davlat rahbari alohida respublika darajasida komissiya tashkil etib, kambag‘allikdan qisqartirish dasturining amalga oshirilishini monitoring qilish bo‘yicha topshiriq berganini qayd etdi. Har yili kambag‘allik darajasi eng yuqori bo‘lgan 50ta mahalla tanlab olinadi. Ularga kamida 500 mlrd so‘m kompleks chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish uchun investitsiya dasturi doirasida mablag‘lar ajratiladi.

Mahallalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va toshkent shahar kengashlari tomonidan tasdiqlanadi. Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy boshqarmalarida loyiha ofislari tashkil etiladi.

Avvalroq Jahon banki tahlili 2023-yilda O‘zbekistonda iqtisodiy tengsizlik kuchayganini qayd etgandi. Xususan, 10% eng boy fuqarolar daromadlari aholining eng kambag‘al qatlamiga nisbatan 5 baravar tez o‘sdi.

Tadbirkorlar kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida

0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, sohada yangi va istiqbolli loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, yurtimizning iqtisodiy qudrati va eksport salohiyatini yuksaltirishga qo‘shayotgan katta hissasi, o‘zining tashabbuskorligi, zamonaviy bilim va tajribasini namoyon etib, investitsiyalarni jalb qilish, import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatishni yanada kengaytirish, aholi bandligi va farovonligini ta’minlash yo‘lida alohida jonbozlik ko‘rsatib kelayotgani, shuningdek, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Achilov Nurmuxamed Nurullayevich – G‘ijduvon tumanidagi «Parvoz Humo Ravnaq Trans» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Buxoro viloyati

Turdaliyev Boxirjon Ilxomovich – Beshariq tumanidagi «Vodiy naslli parranda» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Farg‘ona viloyati

«Do‘stlik» ordeni bilan

Abdullayev Abduvayid Tolibjonovich – Asaka tumanidagi «Asakatekstil» mas’uliyati cheklangan jamiyati kuzatuv kengashi raisi, Andijon viloyati

Arabbayev Xusan Jamalitdinovich – Chinoz tumanidagi «Yulduz» chorvachilik fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Toshkent viloyati

Galperin Leonid Vladimirovich – «Toshkent quvur zavodi» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischilar kengashi raisi, Toshkent shahri

Daniyev Abdushukur Jaylovovich – Muborak tumanidagi «Shodlik paxta-don klasteri» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Qashqadaryo viloyati

Karimov Akmal Akbarovich – Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «Krantas» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Toshkent shahri

Kostoyev Magomed Ezmanovich – Rishton tumanidagi «Kosto Line Holding» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Farg‘ona viloyati

Mamurov Sharifjon Raximovich – Buxoro tumanidagi «LKW-Service» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Buxoro viloyati

Muminov Abdulxamid Maxmudjanovich – Davlatobod tumanidagi «Saodat sanoat servis» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Namangan viloyati

Pardayev Baxodirjon Abdimalikovich – Oqoltin tumanidagi «Zanjirli shamshir» tuyaqushchilik fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Sirdaryo viloyati

Pardayev Jamshid Muzaffarovich – Termiz iqtisodiyot va servis universiteti ta’sischisi, Surxondaryo viloyati

Rustamov Ilxom Aslamovich – Samarqand shahridagi «Ahmadbek Qurilish Trio» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Samarqand viloyati

Uzakbayev Adilbay Azatbayevich – Nukus tumanidagi «Qareken Sazani» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Xaitov Akbarali Kilichevich – Paxtakor tumanidagi «Best Gold Crown» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Jizzax viloyati

Xalimov Shuxrat Zakirovich – Urganch shahridagi «Urganch baxmal» mas’uliyati cheklangan jamiyati kuzatuv kengashi raisi, Xorazm viloyati

Shakirov Jamshid Abdugapparovich – Navoiy shahridagi «Uzbekistan Hydrogen Peroxide» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Navoiy viloyati

«Kelajak bunyodkori» medali bilan

Kamolov Mirsaid Shavkatovich – Buxoro shahridagi «Truck Profi» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Buxoro viloyati

Samiqjonov Bekzod Alisher o‘g‘li – Uchtepa tumanidagi «Sofiya qandolat» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri

«Shuhrat» medali bilan

Abduraximov Muxsin Muminovich – Uchko‘prik tumanidagi «Kokand Bicycles» xususiy korxonasi rahbari, Farg‘ona viloyati

Absattarov Abdulvaxab – Termiz shahridagi «Termiz qurilish industriya sanoat» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Surxondaryo viloyati

Bekmirzayev Baxtiyor Sodiqjonovich – Namangan tumanidagi «Nam Motor Servis» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Namangan viloyati

G‘iyosov Abdinabi Kamolovich – Yakkabog‘ tumanidagi «Kumush kuz fayzi» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Qashqadaryo viloyati

Ibodullayev Umarjon G‘aybullayevich – Urgut tumanidagi «Bekmez Carpet» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Samarqand viloyati

Karimov Abdumo‘min Djabbarovich – Sharof Rashidov tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi, Jizzax viloyati

Kayumov Xusamiddin Xusnutdinovich – Shayxontohur tumanidagi «Mak Food Servis» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri

Norbayev Mansurbek Shonazarovich – Urganch shahridagi «Urganch Textile Carpets» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Xorazm viloyati

Tashmuxamedova Muxabbat Baxtiyorovna – Chilonzor tumanidagi «Nurafshon-Nur» xususiy korxonasi direktori, Toshkent shahri

Telakova Surayo Ramazanovna – Parkent tumanidagi «Shabnam Elegant» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Toshkent viloyati

Tillabayev Xadiyatullo Axmadullayevich – Andijon shahridagi «Dinar Tekstil» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Andijon viloyati

Xalilov Baxodir Xamitovich – Namangan shahridagi «Sifat yog‘och sanoat» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Namangan viloyati

Xamrayev Rustam Elmuratovich – Jizzax shahridagi «Sharof Rashidov nomidagi to‘qimachilik kombinati» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Jizzax viloyati

Shamatova Shoiraxon Alimovna – Sayxunobod tumanidagi «Olimjon qizi Shoiraxon» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Sirdaryo viloyati

Elova Saodat Axtamovna – Uchquduq tumanidagi «Choco Life» oilaviy korxonasi rahbari, Navoiy viloyati

Eshonkulov Shokir Xamdamovich – Payariq tumanidagi «Silver Green Tea» oilaviy korxonasi direktori, Samarqand viloyati

Yuldashev Xurshid Ruzmametovich – To‘rtko‘l tumanidagi «To‘rtko‘l shisha idishlari» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Yusupov Xursandbek Ubaydullayevich – Shahrixon tumanidagi «Saxovat Teks» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Andijon viloyati

«Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida

0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi

Mamlakatimiz iqtisodiyotida barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlash, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlik rivojini yangi bosqichga ko‘tarish, yurtimizning ishlab chiqarish va eksport salohiyatini yuksaltirish borasidagi katta xizmatlari, sohaga ilg‘or innovatsion, «yashil» va raqamli texnologiyalarni joriy etish, sarmoyalar hajmini ko‘paytirish, ish o‘rinlari yaratishga qo‘shgan munosib hissasi, shuningdek, biznesda erishayotgan salmoqli natijalari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni bilan taqdirlansin:

Allambergenov Sharipbay Orazimbetovich – Taxiatosh tumanidagi «Gulsara pillachi» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Bazarbayeva Gulbaxar Utebayevna – Nukus shahridagi «Qanli Xantore» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Jarkinbayev Salavat Mirzakulovich – Ellikqal’a tumanidagi «Bo‘ston Silk» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Sultanov Telman Razumovich – Ellikqal’a tumanidagi «Ro‘zimboy bobo» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Turekeyev Azamat Utebayevich – Chimboy tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, hunarmand-o‘tov yasovchi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Urazbayev Ajiniyaz Abdreymovich – Nukus shahridagi «Orient Technology» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Abduraimov Abdurashid Abduraxmon o‘g‘li – Shahrixon tumanidagi «Mebel Esse» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Andijon viloyati

Djurayev Iftixor Abduraimovich – Qo‘rg‘ontepa tumanidagi «Yagona sharq zamini» xususiy korxonasi rahbari, Andijon viloyati

Mamajanov Usmonjon Abdusamatovich – Oltinko‘l tumanidagi «Mubina Grand Tekstil» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Andijon viloyati

Mamirbekov Boxodirjon Baxtiyorjon o‘g‘li – Oltinko‘l tumanidagi «Shohona mebel» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Andijon viloyati

Mirzadjonov Olimjon Arifjonovich – Shahrixon tumanidagi «Original Invest Dizayn» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Andijon viloyati

Muxitdinov Zuxriddin Idiyominovich – Andijon tumanidagi «Andijon yashil energiyasi» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Andijon viloyati

Rejapov Boburmirzo Maxmudjonovich – Buloqboshi tumanidagi «Ko‘hna buloq» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Andijon viloyati

Xushnazarov Ziyovutdin Ikromovich – Jalaquduq tumanidagi «Obod diyor niholi» chorvachilik fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Andijon viloyati

Bekov Sodiqjon Abdullayevich – G‘ijduvon tumanidagi «Bek Bags-Business» oilaviy korxonasi rahbari, Buxoro viloyati

Djurayeva Mastura Gaybulloyevna – Kogon tumanidagi «Buxara-Tehron» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Buxoro viloyati

Ismailov Baxritdin Safarovich – Buxoro shahridagi «Pasquale» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Buxoro viloyati

Kenjayev Anvar Amandillayevich – Vobkent tumanidagi «Zahro yulduzi» chorvachilik fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Buxoro viloyati

To‘xtayev Farrux Mustaqimovich – G‘ijduvon tumanidagi «Buxoro Fayz Tekstil» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Buxoro viloyati

Usmonov Rustamjon Ochilovich – Jondor tumanidagi «Abdul Boqi Rahmon» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Buxoro viloyati

Xamdamov Nodir Muxamatovich – Kogon shahridagi «Akbarjon Barakat» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Buxoro viloyati

Abilxayev Yusuf Abdalimovich – Baxmal tumanidagi «Baxmal Gold Grain» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Jizzax viloyati

G‘azibekov Elyor Esankulovich – Baxmal tumanidagi «Melon Trade» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Jizzax viloyati

Ibragimov Zayniddin Maxkamovich – Paxtakor tumanidagi «World Trading Company» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Jizzax viloyati

Isakov Vasidbek Oybekovich – Sharof Rashidov tumanidagi «Oybek Super Trans» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Jizzax viloyati

Kurbonov Sardor Alimjonovich – Jizzax shahridagi «Nurli To‘lqin Servis» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Jizzax viloyati

Meliboyev Jamshid Valijonovich – Paxtakor tumanidagi «Paxtakor Gold Textile» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori o‘rinbosari, Jizzax viloyati

Norbekov Sherzod Baxromovich – Forish tumanidagi «Responsible Travel» turizm firmasi rahbari, Jizzax viloyati

Yakubova Marxabo Umarjanovna – Sharof Rashidov tumanidagi «Jizzax Bek-Star» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Jizzax viloyati

Jabborov Anvar Norboyevich – G‘uzor tumanidagi «Jahongir Norboy o‘g‘li» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Qashqadaryo viloyati

Jalolov G‘ani Nurullayevich – Chiroqchi tumanidagi «Chiroqchi buyursin tekstil» xususiy korxonasi rahbari, Qashqadaryo viloyati

Mannonova Maxliyo Nosirjonovna – Shahrisabz shahridagi «Shahrisabz hunarmandlari klasteri» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qashqadaryo viloyati

Ortiqov Saloxiddin Jamolovich – Yakkabog‘ tumanidagi «Odinabonu orzusi» xususiy korxonasi rahbari, Qashqadaryo viloyati

Saidov Akram Rustamovich – Kitob tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi, Qashqadaryo viloyati

Farmanov Muradali Karimovich – Qamashi tumanidagi «Murodali Farm Tekstil» mas’uliyati cheklangan jamiyati ijrochi direktori, Qashqadaryo viloyati

Xoliyarov Sirojiddin Rajabovich – Qamashi tumanidagi «Rossvik Tashkent» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Qashqadaryo viloyati

Shukurov Ilhomjon Karimovich – Qarshi shahridagi «Safe Collection» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Qashqadaryo viloyati

Boboyev Shodiboy Qilichevich – Nurota tumanidagi «Sentob-Shaxi-Mustafo» xususiy korxonasi rahbari, Navoiy viloyati

Djiyenbayev Yernur Yerkinovich – «Shamol Zarafshan Energy» mas’uliyati cheklangan jamiyati loyiha katta menejeri, Navoiy viloyati

Ju Dongliang – Karmana tumanidagi «Zarafshon Industrial Technology» xorijiy korxonasi direktori, Navoiy viloyati

Jo‘rayev Feruz G‘ayratovich – Navoiy shahridagi «Petrawool» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Navoiy viloyati

Zaripov Odil G‘ulomovich – Navoiy shahridagi «Navoiy Kompozit» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Navoiy viloyati

Zoxidov Jamshid Ixtiyorovich – Karmana tumanidagi «Javlonbek Baraka Non» oilaviy korxonasi rahbari, Navoiy viloyati

Kurbanov Jandarbek Oralbekovich – Tomdi tumanidagi «Balg‘inbek-Dulatbek» tuyachilik fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Navoiy viloyati

Nasulloyev Xomidjon Erkinovich – Zarafshon shahridagi «Erkin Emina Express Tour» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Navoiy viloyati

Azizov Akram Axatxanovich – Davlatobod tumanidagi «Fahr Nur Servis» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Namangan viloyati

Giyazov Javlon Muxammadovich – Davlatobod tumanidagi «Paper Box Invest» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Namangan viloyati

Zokirov Obidjon Sobirjon o‘g‘li – Uychi tumanidagi «Uychi Med Diagnoz» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Namangan viloyati

Ibragimov Yusufjon Kamildjanovich – Uychi tumanidagi «Nafis-Charm» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Namangan viloyati

Mamayusupov Abdulvoxid Abdulbori o‘g‘li – Namangan shahridagi «Master Class Dizayn Lider» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Namangan viloyati

Muradov Abdusattor Asatullayevich – Namangan shahridagi «Flat Tile» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Namangan viloyati

Muratov Rashid Boriyevich – Chust tumanidagi «Namangan sement» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Namangan viloyati

Umarkulov Shokirjon Maxamadaminovich – Uchqo‘rg‘on tumanidagi «Musaffo baraka savdo biznes» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Namangan viloyati

Abulkasimov Najmiddin Tursunovich – Ishtixon tumanidagi «Mitan Yog‘du Elektrik» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Samarqand viloyati

Mirboboyev Shaxob Asatillo o‘g‘li – Urgut tumanidagi «Urgut Mikro Metal» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Samarqand viloyati

Nabiyev Abduvali Pardayevich – Samarqand shahridagi «Samarqand keramika cherepitsa» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Samarqand viloyati

Sattarov Djamshed Salomovich – Samarqand shahridagi «Samled» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Samarqand viloyati

Usanov Isropil Xushbokovich – Samarqand shahridagi «Zamin Travel» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Samarqand viloyati

Xadjiyev Gayratjon Xusenovich – Samarqand shahridagi «Armas» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Samarqand viloyati

Xakberdiyev Zafar Rustamovich – Pastdarg‘om tumanidagi «Samarqand Kamalak Invest Tekstil» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Samarqand viloyati

Xamroyev Akobir Asrorovich – Oqdaryo tumanidagi «Tango Plast» oilaviy korxonasi direktori, Samarqand viloyati

Gafurov Murat Xamdamovich – Sirdaryo tumanidagi «Baxtteks-Farm» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktorining o‘rinbosari, Sirdaryo viloyati

Gayupov G‘ulomjon Aliqulovich – Guliston shahridagi «Mehr vodiysi» unitar korxonasi rahbari, Sirdaryo viloyati

Danishev Baxriddin Xabibullayevich – Yangiyer shahridagi «New-Zomin-Sardor» oilaviy korxonasi ta’sischisi, Sirdaryo viloyati

Mirsaidov Xondamir Ulugbekovich – Mirzaobod tumanidagi «Barakali tuxumlar» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Sirdaryo viloyati

Nurmatov Zayniddin Muratovich – Sayxunobod tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi, Sirdaryo viloyati

Axmedov Jamshid Shuxratovich – Jarqo‘rg‘on tumanidagi «Parranda Kompleks Savdo» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Surxondaryo viloyati

Kazakov Kurbonali Ramazonovich – Denov tumanidagi «Qurbonali tekstil» oilaviy korxonasi rahbari, Surxondaryo viloyati

Karimov Alimardon Abduxalilovich – Termiz shahridagi «Brightly Mega Water» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Surxondaryo viloyati

Mirzayev Kamol Abdivoxitovich – Qiziriq tumanidagi «Mirzayev Kamol Abdivoxidovich» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Surxondaryo viloyati

Narxamedov Furkat Xamatovich – Termiz tumanidagi «Olis osmon» xususiy korxonasi rahbari, Surxondaryo viloyati

Xoliqova Feruza Ashurqulovna – Boysun tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, hunarmand-kashtachi, Surxondaryo viloyati

Abdullayev Furkatilla Shukurovich – Toshkent tumanidagi «Muhammad ishonch agro» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati

Akramov Timurbek Tulkinovich – Quyi Chirchiq tumanidagi «Sanfa Engineering» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori o‘rinbosari, Toshkent viloyati

Zaxidov Xojiakbar Mirsadikovich – Nurafshon shahridagi «Textile Mill Tashkent» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Toshkent viloyati

Ilxamov Shavkat Sharifovich – Qibray tumanidagi «Navruz International Corp» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent viloyati

Mivanchinov Rustam Maneyevich – O‘rta Chirchiq tumanidagi «Manayev agro klaster» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati

Mutalov Otabek Xakimjonovich – Toshkent tumanidagi «Promeat Group Corp» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Toshkent viloyati

Xasanova Xolida Muratovna – Nurafshon shahridagi «Guzelsoy» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Toshkent viloyati

Yunusov Suxrobdjon Abdukaxorovich – Parkent tumanidagi «Hilal Tekstil» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Toshkent viloyati

Abdurasulov Elmurod Tashpulatovich – Quvasoy shahridagi oilaviy korxona rahbari, Farg‘ona viloyati

Akbarov Saidaxmad Abduhamidovich – Rishton tumanidagi «Mohi Diyor Roshidon» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Farg‘ona viloyati

Nosirov Jaxongir Mansurovich – Beshariq tumanidagi «Beshagro Eksport» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Farg‘ona viloyati

Parpiyev Sherzod Alikovich – Farg‘ona shahridagi «Davr-Ru» xususiy korxonasi rahbari, Farg‘ona viloyati

Umarova Marifatxon Yuldoshovna – Dang‘ara tumanidagi «Vodiy Expo» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Farg‘ona viloyati

Usmonova Gulnora Xoshimjonovna – Bag‘dod tumanidagi «Gulnora Matqulobod bodomlari» ishlab chiqarish kooperatsiyasi rahbari, Farg‘ona viloyati

Xayrullayeva Zebiniso Zikireyevna – Farg‘ona shahridagi «Tantana tekstil» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari,  Farg‘ona viloyati

Erkaboyev Sherzodjon Maxmudaliyevich – Beshariq tumanidagi «Sherwood Dizayn» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Farg‘ona viloyati

Djumanyazova Zamira Egamberdiyevna – Qo‘shko‘pir tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, hunarmand-yog‘och o‘ymakori, Xorazm viloyati

Yormetov Azimboy Ro‘zimovich – Shovot tumanidagi «Shovot temir-beton» xususiy korxonasi rahbari, Xorazm viloyati

Ro‘zmetova Zarafshon – Xiva shahridagi «Hotel Zarafshon Boutique» oilaviy korxonasi ta’sischisi, Xorazm viloyati

Sabirov Doniyorbek Quvondiqovich – Urganch shahridagi «Eco Obi Hayot» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Xorazm viloyati

Saidov To‘lqinbek Ikrombayevich – Hazorasp tumanidagi «To‘lqin innovatsion FM maktabi» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Xorazm viloyati

Xasanov Rasulbek Sabirovich – Gurlan tumanidagi «Ixlosbek» chorvachilik fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Xorazm viloyati

Asralxodjayev Farrux Fayozxonovich – Olmazor tumanidagi «Solar Nature» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent shahri

Dusmuxamedov Omon Xamidovich – Uchtepa tumanidagi «Akmal Umid Baraka» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Toshkent shahri

Ibragimov Bunyodbek Abdusharipovich – Yaponiya davlati Nagoya shahridagi «Global Silk Road Inc» kompaniyasi ta’sischisi

Irgashev Umid Muxamedkarimovich – Chilonzor tumanidagi «Feed Up» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Toshkent shahri

Kamilov Mirzabaxodir Mirzakalonovich – Yangihayot tumanidagi «Artikul Aziya Kabel» mas’uliyati cheklangan jamiyati boshqaruvi raisi, Toshkent shahri

Maxmudov Sherzod Sur’atovich – «Korzinka.uz» supermarketlar tarmog‘i tijorat direktori, Toshkent shahri

Rozmetov Ziyaviddin Mutanovich – Yunusobod tumanidagi «Ro‘zmetov Z.M» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri

Salixov Validjan Kuchkarovich – Olmazor tumanidagi «Zafarxon» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, «Ermak» savdo belgisi asoschisi, Toshkent shahri

Tuxtayev Baxtiyor Baxodirovich – Yakkasaroy tumanidagi «Solidity Group» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri

Sheraliyev Bobir Kadirovich – Bektemir tumanidagi «Texno Invest Proekt» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent shahri