Foydali manbalarBiznes haqidaBiznes tarixi: Faks orqali pitsa yetkazib berishdan “Google"gacha yo‘l

Biznes tarixi: Faks orqali pitsa yetkazib berishdan “Google»gacha yo‘l

“Spot” bu safar “Google»ning bosib o‘tgan yo‘li, ikki do‘stlarning uchrashib qolishi-yu, Brinning pitsa yetkazib berish g‘oyasi nima sababdan muvaffaqiyatsiz yakun topgani haqida hikoya qiladi.

“Google” kompaniyasi “Gmail”, “Google Maps”, “Google Play”, “Chrome”, “YouTube” va “Android” operatsion tizimini yaratgan, sotib olgan. Hozirda u “Alphabet” xoldingining sho‘ba korxonasi hisoblanadi. 2024-yil oktabr oyi ma’lumotlariga ko‘ra, xoldingning kapitallashuvi $2 trlndan oshib ketgan.

Bugungi kunda kompaniyaning 50 dan ortiq davlatda 200 mingga yaqin xodimi mavjud. Kompaniya chorak asr oldin, 1998-yilda, Stenford universitetining ikki aspiranti tomonidan asos solingan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

“Google” tarixi kichik garajdan boshlangani haqida ko‘pchilik ma’lumotga ega. Lekin Sergey Brin va Larri Peyj nima sababdan qidiruv tizimini yaratishga urinishgani, garajni ijaraga bergan odam keyinchalik “Google»ning vitse-prezidenti bo‘lgani-yu, Brinning pitsa yetkazib berish g‘oyasi nima sababdan muvaffaqiyatsiz yakun topgani haqida ko‘p joyda hikoya qilinmaydi.

Brinning pitsa yetkazib berish biznesi

90-yillar boshlarida AQShda pitsalarni uyga yetkazib berish xizmatlari ommalashgandi. Buyurtmalarning katta qismi telefon orqali qabul qilinardi. Bu esa muloqot qilishni yoqtirmaydigan insonlar uchun noqulayliklarni keltirib chiqargan.

Aynan shunday paytda Stenford oliygohining talabasi Sergey Brin “faks” orqali pitsalarga onlayn buyurtma berish imkonini beradigan tizim yaratish ustida bosh qotira boshlaydi.

Biroz muddatdan so‘ng g‘oya amaliyotda tatbiq qilinib, telefonda buyurtma berishni istamaydigan odamlar “faks” orqali o‘zlarining sevimli yeguliklariga buyurtma berishni boshlashdi.

google, larri peyj, sergey brin

O‘sha kezlarda, “faks” orqali xabarlarni qabul qilish ommalashgan bo‘lsa-da, buyurtma berish xizmatida bunday usuldan foydalanish muvaffaqiyatsiz yakunlanadi.

Sababi, buyurtma oluvchi pitsaxonalar “faks»dan kelgan xabarlarni ko‘pincha e’tiborsiz qoldirishardi.

E’tiborsizlik natijasida buyurtmachilar pitsasiz qolishdi va bu usuldagi buyurtmadan foydalanmay qo‘yishdi. Oqibatda, Brin “faks” g‘oyasidan voz kechdi.

Tarixning boshlanishi: ikki do‘stning qidiruv g‘oyasi

Bu paytda, Stenford oliygohining yana bir talabasi Larri Peyj dissertatsiya yozish ustida bosh qotirayotgandi. Tadqiqot mavzusi sifatda internet qidiruv tizimini tanlagan. Shu paytda Larriga matematika bo‘yicha kuchli mutaxassis kerak bo‘ladi. Bu jabhada unga pitsa yetkazib berish biznesida muvaffaqiyatsiz tajribaga ega, lekin matematikada malakali bilim sohibi universitetning yana bir talabasi Brin yordamga keladi. Larri dastlab ilmiy loyihasiga “BackRub” deb nom bergan.

Shundan so‘ng ular qidiruv tizimi ustida hamkorlikda ish boshlashadi va 1996-yil bahorining oxirlarida tizimining birinchi versiyasi ishga tushiriladi. Oradan bir yil o‘tib esa loyiha nomi “Google»ga o‘zgaradi.

google, larri peyj, sergey brin

Chap tomonda Larri Peyj, o‘ng tomondagi Sergey Brin. “Google” nomi yuzta nolli 1 raqamini bildiruvchi “gugol” so‘zidan kelib chiqqan. Kundalik hayotda tobora ko‘p qo‘llanilib borayotgan “to google” fe’li 2006-yilda Oksfordning ingliz tili lug‘atiga kiritilgan.

Dastlab “Google” qidiruv tizimi Stanford universiteti saytida “google.stanford.edu” manzili orqali joylashtirilgan. Endi do‘stlarni startapning logotip ko‘rinishi o‘ylantira boshlaydi.

Ilovada yaratilgan logotip

Dastlab, logotip “BackRub” nomiga moslab qilingan. Unda qo‘l tasviri tushirilgan bo‘lib, qizil harflar bilan loyiha nomi yozilgan.

Qidiruv tizimining nomi “Google»ga o‘zgarganidan so‘ng, oddiy harflar bilan nom to‘liq yozilib, turli ranglar bilan qorishtirilgan. Birinchi dizayn kimga tegishli bo‘lgani xususida qarashlar farqlanadi. Ba’zilar birinchi logotipni Brin bepul “GIMP” dasturi yordamida ishlab chiqqan deb hisoblaydi.

Oradan vaqt o‘tib, Brin Stanford universiteti professori Rut Kedardan “Google” logotipini yaratishda yordam so‘raydi. Dizayner do‘stlarga bir nechta namunalarni taqdim etadi. Unda logotip birinchisiga o‘xshash faqat harflar shrifti sodda va o‘qishga oson qilib ishlab chiqilgan.

google, larri peyj, sergey brin

Logotiplarning o‘zgarib borishi. Foto: Lindeal

Bir necha bor muhokama qilinib, eskizlar qayta ishlangandan so‘ng “Google” logotipining sakkizinchi variantidagi dizayni ma’qullandi. Atigi bir necha yil ichida bu timsol “Nike” belgisi singari taniqli bo‘lishga ulguradi. Rut ko‘ngilochar va bir qarashda oddiy ko‘rinadigan logotip yaratgan.

“Google” hali hamon fasllar, oylardagi muhim kunlarga moslab logotipini o‘zgartirib boradi.

Qidiruv tizimining ishga tushishi

Logotip bilan ishlar bir maromda yo‘lga qo‘yilgandan so‘ng 1997-yil 15-sentyabrda Peyj va Brin zamonamizning eng mashhur kompaniyasiga asos bo‘lgan “google.com” domen nomini ro‘yxatdan o‘tkazishadi.

Yangi firma uchun ofis sifatida hamkorlar talabalar yotoqxonasi yaqinidagi uydan garaj va uchta xonani ijaraga olishdi. Sababi, Stenfordda allaqachon o‘z xonasini kompyuterlar bilan to‘ldirib, tez-tez mahalliy tarmoqlar yuklamasini haddan tashqari oshirgani tufayli ikki talabaga norozilik bildira boshlangandi.

Shundan so‘ng, ular Stenford oliygohining yana bir talabasi Syuzan Vojitskining garajini ijaraga olishadi. Keyinchalik, Syuzan “AdSense” va “AdWords” ustida ishlaydi, “Google” kompaniyasining katta vitse-prezidenti lavozimini egallab, “YouTube” ijtimoiy tarmog‘i uchun javobgar etib belgilanadi.

1998-yil 4-sentyabr sanasida esa Bextolshteymdan $100 ming miqdoridagi sarmoyani olgan do‘stlar o‘z kompaniyalarini rasman ochishadi. To‘rt oydan so‘ng “Google” qidiruv tizimi taxminan 60 mln internet sahifasini indeksatsiya qiladi. Bu esa uning o‘sha paytdagi raqobatchilaridan sezilarli ustunligini ko‘rsatgan.

google, larri peyj, sergey brin

Garchi kompaniya geometrik progressiyada o‘sib borayotgan bo‘lsa-da, ular o‘z salohiyatini to‘liq ochish uchun loyihaga “kattalar nazorati” kerak degan qarorga kelishdi. Shu sababli 2001-yilda “Google»ni boshqarish uchun “Novell«ning sobiq bosh direktori Erik Shmidtni yollashadi. O‘zining tajribasi va iste’dodi tufayli Shmidt tez orada direktorlar kengashiga kirdi va 2001-yil mart oyida kompaniya direktorlar kengashi raisi bo‘ldi.

Bir yil o‘tgach, sakkiz kishidan iborat kompaniya Palo-Altoga ko‘chib o‘tdi. 2001-yil oktyabr oyiga kelib “Google” qidiruv tizimi foyda keltira boshlaydi.

2004-yilda Google aksiyalari birjada paydo bo‘lib, “Gmail”, “Google Docs” va “Google Drive” kabi bir nechta mashhur mahsulotlarni ommaga taqdim etadi. IPO prospektida kompaniya o‘zining mustahkam o‘rnashib qolgan “Don’t be evil” (Yomon bo‘lma) shiori bilan potensial aksiyadorlarni jalb qilishga intildi.

“Google»dagi “Yoshka” kuchugi

Kompaniya joylashgan ko‘cha “Google street” deb nomlanadi. Yoshka esa “Google” kompaniyasining birinchi asosiy kuchugi hisoblanadi. Kompaniyaning yangi ofisi “Googleplex»ga ko‘chib o‘tgan paytida Yoshka jamoaga qo‘shilgan. Bundan tashqari, u kompaniyaning rasmiy xodimi hisoblanadi.

Yoshka kompaniya ofisida paydo bo‘lganidan beri u yerdagi muhit va kayfiyat tubdan o‘zgargan. Biroq, oyog‘idan jarohat olgan so‘ng ofisida yugura olmay qolgan. Shundan so‘ng, kompaniya o‘z ofislarini itlar uchun qulay qilishga qaror qilib, xodimlarga uy hayvonlarini tez-tez ishga olib kelishini rag‘batlantirib borgan.

google, larri peyj, sergey brin2011-yilda Yoshka vafot etgach, kompaniya o‘zining asosiy kuchugi sharafiga qahvaxona qurgan. Hozirda u “Yoshka’s Cafe” deb nomlanib, u yerda kichik muzey ham tashkil etilgan.

“Alphabet»ning tashkil etilishi

Kompaniya tarixidagi navbatdagi muhim bosqich 2015-yil 10-avgustda, hamkorlar “Alphabet” xoldingini ta’sis etganlari bilan boshlandi. Sergey Brin prezidentlik lavozimiga tayinlandi, Larri Peyj esa yangi tashkilotning bosh direktori vazifasini o‘z zimmasiga oldi.

google, larri peyj, sergey brin

“Google” to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Alphabet»ning sho‘ba korxonasiga aylandi. Xolding tarkibiga, shuningdek, kontekstli reklama xizmati, “YouTube” video-xostingi, “Android” mobil operatsion tizimi va boshqa loyihalar kiritildi. “Google” qimmatli qog‘ozlari endi “Alphabet»ga tegishli bo‘ldi. Bosh direktor lavozimiga hamkorlar Sundar Pichaini tayinlashdi. Bu keng ko‘lamli qayta tashkil etishning yakuniy nuqtasi bo‘ldi.

2024-yil oktabr oyiga ko‘ra, xoldingning kapitallashuvi $2 trlndan oshib ketgan. Quyida “Google»ning 2002−2024-yilgacha bo‘lgan yillik aylanmasi aks etgan:

google, larri peyj, sergey brin

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Oliy ta’limda talabalar bilimini baholash tartibi o‘zgarishi mumkin

O‘zbekistonda 2026–2027-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilinadigan talabalar uchun bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida nazarda...

Yangi Toshkentdagi Milliy kutubxonani yil oxirigacha foydalanishga topshirish rejalashtirilgan

Prezident Milliy kutubxona, ikkita universitet kampusi va 55 ming o‘rinli stadionni belgilangan muddatda hamda sifatli yakunlash bo‘yicha topshiriqlar berdi. Shavkat Mirziyoyev 27-iyul kuni Yangi Toshkent shahrida...

Energetikada muammo mablag‘da emas, tizimning boshqaruvida — prezident

Prezident raisligidagi yig‘ilishda yoz va qish mavsumida elektr tarmoqlaridagi avariyalar minglab iste‘molchilarni uzluksiz elektr ta‘minotisiz qoldirgani taʼkidlandi. Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan...

O‘zbekistonda 1-avgustdan nimalar o‘zgaradi?

Eski avtomobilni yangilashda avtokredit foizlarining bir qismi qoplab beriladi Trade-in dasturi doirasida eski avtotransport vositasini topshirgan jismoniy va yuridik shaxslarga yangi avtomobil xarid qilish uchun olingan...

Uy-joy subsidiyasi uchun arizalar qabuli 27-iyul kuni boshlanadi4

Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar olish uchun arizalar qabuli boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. Arizalarni 27-iyul kuni soat 15:00 dan boshlab jo‘natish mumkin....

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 7 mln so‘mdan oshdi

Eng yuqori ish haqi Toshkentda, eng past ko‘rsatkich esa Qashqadaryo viloyatida qayd etildi. 2026-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 7 mln...