Matbuot xizmatiYangiliklarAmir Temur xiyoboni yaqinida $400 mlnga biznes majmuasi qurilishi rejalashtirilmoqda

Amir Temur xiyoboni yaqinida $400 mlnga biznes majmuasi qurilishi rejalashtirilmoqda

Saida Mirziyoyeva Toshkentda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yirik arxitektura loyihalari tashabbuskorlari bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida yozgandi.

Unda ixtisoslashgan studiyalar va oliy ta’lim muassasalari mutaxassislari, shuningdek, mustaqil ekspertlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda loyihalashtirilayotgan va amalga oshirish bosqichidagi bir nechta majmualar taqdim etildi. Jumladan, Silq Plaza Amir Temur xiyoboni yaqinidagi 2,44 gektarlik hududda — sobiq davlat kompaniyasi O‘zbekenergo binosi o‘rnida qurilishi rejalashtirilayotgan majmua loyihasini taqdim etdi.

Loyiha umumiy qiymati $400 mln bo‘lgan ko‘p qavatli mehmonxona va biznes markazi qurilishini nazarda tutadi. Moliyalashtirishni xorijiy investitsiyalar hisobidan ta’minlash rejalashtirilgan. Obyektlarning umumiy maydoni 201 ming kvadrat metrdan oshadi.

Taqdimotga ko‘ra, majmua 600−800 ga yaqin xonadonni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, quruvchi O‘zbekenergo binosi yonida joylashgan favvora binosini qayta qurishni taklif qilmoqda.

Tadbirda Silq Plaza’ning ikki ta’sischisidan biri (uning ulushi 15,3%) va Tashkent City Mall boshqaruvchi direktori Dilyor Qayumov ishtirok etdi.

O‘zbekenergo’ning sobiq binosi

Poytaxt markazidagi O‘zbekenergo binosi 2019-yilda Energetika vazirligi tashkil etilganidan ko‘p o‘tmay ma’muriy bino sifatida foydalanishdan chiqarilgan.

Vazirlikni tashkil etish to‘g‘risidagi prezident qarorida bino va unga tutash hududni xorijiy investorlarni jalb qilgan holda mehmonxona majmuasi qurish uchun bo‘shatish ko‘zda tutilgan.

2020-yil boshida loyiha bo‘yicha qo‘shimcha tafsilotlar ma’lum bo‘ldi. Uch yillik investitsiya dasturiga ko‘ra, bino o‘rnida $50 mln qiymatdagi Yevropa brendi ostidagi 4 yoki 5 yulduzli mehmonxona qurilishi rejalashtirilgan. Ishlarni 2023-yilda yakunlash kutilgandi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 2020-yil iyulida binoni 85 mlrd so‘m boshlang‘ich narxda ochiq savdoga chiqarishni e’lon qilgan. Xaridor uning o‘rnida kamida 200 kishiga mo‘ljallangan mehmonxona, savdo va ko‘ngilochar markaz qurishi kerak edi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda OTMlarda dual ta‘limning yangi tizimi joriy etiladi

Prezident “Oliy ta‘limda dual ta‘lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. Hujjatga ko‘ra, 2027/2028 o‘quv yilidan OTMlarda...

Prezidentimiz ustoz va murabbiylar bilan uchrashib, ta’lim sohasidagi yangi tashabbuslarni belgilab berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida pedagoglar bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabriklab, ularning yosh avlod tarbiyasidagi...

Davlatimiz rahbari taʼlimdagi islohotlar natijalari va zamonaviy ilmiy infratuzilma bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi Oʻzbekiston” universitetiga tashrif buyurib, taʼlim sohasidagi islohotlar va kelgusidagi rejalarga bagʻishlangan koʻrgazma bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari...

Samarqand zafaridan jahon shaxmat markazi sari: Prezidentimiz chempionlar bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalari aʼzolari, ularning yaqinlari, ustoz va murabbiylari bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari shaxmatchilarimizni Samarqandda oʻtkazilgan 46-Butunjahon shaxmat...

Maktab va oliy ta’limdagi islohotlarning navbatdagi vazifalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish, oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta’limni tashkil qilish, shuningdek, Lyaonin pedagogika universitetining O‘zbekistondagi filiali...

Davlatimiz rahbari shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi

Qadrli o‘g‘il-qizlarim! Hurmatli ustoz va murabbiylar! Dunyo shaxmat osmonida yorqin yulduz bo‘lib porlagan siz, aziz farzandlarimni 46-Jahon shaxmat olimpiadasida erishgan tarixiy g‘alabangiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ikki...