Matbuot xizmatiYangiliklar“Birorta g‘o‘daygan boyvachcha paydo bo‘lsa — kechirmayman. Davlat bo‘lishi kerak” — Mirziyoyev

“Birorta g‘o‘daygan boyvachcha paydo bo‘lsa — kechirmayman. Davlat bo‘lishi kerak” — Mirziyoyev

Avvalroq prezident raisligida Toshkentni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiya va bandlikni oshirish hamda mahallalarda infratuzilmani yaxshilash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi.

Prezident o‘z nutqida mamlakatda jinoyatchilikka jilov solinmas ekan, tadbirkorlikni rivojlantirish va investorlarni jalb etishdan umid qilish befoyda ekanini ta‘kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, har bir kompaniya sarmoya kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilayotganda mamlakatning geografik joylashuvini emas, avvalo xavfsizlik darajasini baholaydi.

“Jinoyatni jilovlamagunimizcha ishning barakasi bo‘lmaydi, tadbirkor kelmaydi”, — dedi davlat rahbari.

Prezident mamlakatning kuchishlatar va huquqni muhofaza qiluvchi idoralari rahbariyati jinoyatchilikka qarshi kurashda o‘rnak bo‘lishi kerakligini qayd etib, Ichki ishlar vaziri Aziz Toshpo‘latovning rolini alohida ta‘kidladi.

Davlat rahbari mas‘ullarni o‘z ishiga vaqtinchalik deb qaramaslikka chaqirdi va tinch-osoyishta zamonning qadriga yetish zarurligini eslatib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, fuqarolar o‘z uyida xotirjam, erkin va hech kimdan qo‘rqmay yashashi uchun davlat idoralari ikki hissa ko‘proq ishlashi lozim.

“Birorta g‘o‘daygan boyvachcha paydo bo‘lsa — kechirmayman. Davlat bo‘lishi kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident davlat tartibni ta‘minlashi shartligini, chunki faqat shundagina jamiyatning birligi va jipsligiga hamda fuqarolar ishonchiga erishish mumkinligini alohida ta‘kidladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda OTMlarda dual ta‘limning yangi tizimi joriy etiladi

Prezident “Oliy ta‘limda dual ta‘lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. Hujjatga ko‘ra, 2027/2028 o‘quv yilidan OTMlarda...

Prezidentimiz ustoz va murabbiylar bilan uchrashib, ta’lim sohasidagi yangi tashabbuslarni belgilab berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida pedagoglar bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabriklab, ularning yosh avlod tarbiyasidagi...

Davlatimiz rahbari taʼlimdagi islohotlar natijalari va zamonaviy ilmiy infratuzilma bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi Oʻzbekiston” universitetiga tashrif buyurib, taʼlim sohasidagi islohotlar va kelgusidagi rejalarga bagʻishlangan koʻrgazma bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari...

Samarqand zafaridan jahon shaxmat markazi sari: Prezidentimiz chempionlar bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalari aʼzolari, ularning yaqinlari, ustoz va murabbiylari bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari shaxmatchilarimizni Samarqandda oʻtkazilgan 46-Butunjahon shaxmat...

Maktab va oliy ta’limdagi islohotlarning navbatdagi vazifalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish, oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta’limni tashkil qilish, shuningdek, Lyaonin pedagogika universitetining O‘zbekistondagi filiali...

Davlatimiz rahbari shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi

Qadrli o‘g‘il-qizlarim! Hurmatli ustoz va murabbiylar! Dunyo shaxmat osmonida yorqin yulduz bo‘lib porlagan siz, aziz farzandlarimni 46-Jahon shaxmat olimpiadasida erishgan tarixiy g‘alabangiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ikki...