Matbuot xizmatiYangiliklarHamshiralar va tibbiyot og‘alari hamda oilaviy shifokorlarga yangi ustamalar belgilandi

Hamshiralar va tibbiyot og‘alari hamda oilaviy shifokorlarga yangi ustamalar belgilandi

O‘zbekistonda o‘rta tibbiyot xodimlarining kasbiy maqomi va malakasini oshirishga qaratilgan yangi tartiblar joriy etiladi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot Telegram-kanali xabar berdi.

2027/2028-o‘quv yilidan tibbiyot va farmatsevtika yo‘nalishlariga bakalavriatga, jumladan, maqsadli qabul doirasida kirishning minimal chegarasi maksimal ballning 60% i etib belgilanadi.

2026/2027-o‘quv yilidan esa tibbiyot va farmatsevtika yo‘nalishlarida o‘quv modullari hamda davlat imtihonlari uchun minimal o‘tish bali shifokorlik mutaxassisliklarida 70%, o‘rta tibbiyot xodimlari mutaxassisliklarida 60% ni tashkil etadi.

Qisqa muddatli qayta tayyorlash orqali tor soha bo‘yicha qo‘shimcha ixtisoslashtirish hamda birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslariga qabul bekor qilinadi.

2027/2028-o‘quv yilidan hamshiralik ishi negizida tibbiy hamrohlik ishi, oliy hamshiralik ishi negizida esa oliy tibbiy hamrohlik ishi bakalavriat yo‘nalishi joriy etiladi. Uni bitirgan ayollarga hamshira, erkaklarga esa tibbiyot og‘asi kvalifikatsiyasi beriladi.

Tibbiy hamrohlik ishi bo‘yicha magistratura va xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma dasturlar yo‘lga qo‘yiladi. O‘rta tibbiyot xodimlarini tayyorlashning ikki yillik dasturlariga qabul ham bekor qilinadi.

Shuningdek, 2027-yil 1-yanvardan ayrim tibbiyot va pedagog xodimlariga bazaviy tarif stavkasi yoki lavozim maoshiga nisbatan har oylik ustamalar to‘lanadi.

Jumladan:

  • bakalavriatni tamomlagan hamshiralar va tibbiyot og‘alariga — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1 baravari (hozirda 1 mln 271 ming so‘m);
  • magistraturani tamomlagan hamshiralar va tibbiyot og‘alariga — 2 baravari;
  • oilaviy tibbiyot bo‘yicha rezidenturani tamomlagan oilaviy shifokorlar hamda shu yo‘nalishdagi magistraturani tamomlagan pedagoglarga esa 4 baravari miqdorida ustama belgilanadi.

Bundan tashqari, oliy tibbiy hamrohlik ishi bo‘yicha davlat buyurtmasi qabul parametrlari 2030/2031-o‘quv yiliga qadar har yili kamida 20% ga oshirib boriladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda OTMlarda dual ta‘limning yangi tizimi joriy etiladi

Prezident “Oliy ta‘limda dual ta‘lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. Hujjatga ko‘ra, 2027/2028 o‘quv yilidan OTMlarda...

Prezidentimiz ustoz va murabbiylar bilan uchrashib, ta’lim sohasidagi yangi tashabbuslarni belgilab berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida pedagoglar bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabriklab, ularning yosh avlod tarbiyasidagi...

Davlatimiz rahbari taʼlimdagi islohotlar natijalari va zamonaviy ilmiy infratuzilma bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi Oʻzbekiston” universitetiga tashrif buyurib, taʼlim sohasidagi islohotlar va kelgusidagi rejalarga bagʻishlangan koʻrgazma bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari...

Samarqand zafaridan jahon shaxmat markazi sari: Prezidentimiz chempionlar bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalari aʼzolari, ularning yaqinlari, ustoz va murabbiylari bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari shaxmatchilarimizni Samarqandda oʻtkazilgan 46-Butunjahon shaxmat...

Maktab va oliy ta’limdagi islohotlarning navbatdagi vazifalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish, oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta’limni tashkil qilish, shuningdek, Lyaonin pedagogika universitetining O‘zbekistondagi filiali...

Davlatimiz rahbari shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi

Qadrli o‘g‘il-qizlarim! Hurmatli ustoz va murabbiylar! Dunyo shaxmat osmonida yorqin yulduz bo‘lib porlagan siz, aziz farzandlarimni 46-Jahon shaxmat olimpiadasida erishgan tarixiy g‘alabangiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ikki...