Foydali manbalarBiznes haqidaMehnat bozori: o‘zbekistonliklar ish qidirishda nimalarga ahamiyat berishadi?

Mehnat bozori: o‘zbekistonliklar ish qidirishda nimalarga ahamiyat berishadi?

O‘zbekiston kadrlar defitsitiga duch kelmoqda. Bu haqda “Ancor” kadrlar kompaniyasining mehnat bozorlarini o‘rganish natijalari bo‘yicha hisobotida keltirilgan.

Mamlakat bozorida xalqaro kompaniyalar ish boshladi, bu esa mutaxassislarga bo‘lgan talabning keskin oshishiga olib keldi.

So‘rovnomada ishtirok etgan respondentlarning 17%i asosan o‘z biznesini yaratishni afzal ko‘rgan. Ularning deyarli uchdan bir qismi 100 kishigacha bo‘lgan firmalarda ishlashni xohlashsa, xalqaro kompaniyalarda ishlash unchalik ham ommabop emas — 9%.

48% o‘zbekistonliklar uchun ish beruvchini tanlashda asosiy omil maosh hisoblanadi. Shuningdek, ularni ish joyidagi muhit (43%), ishning qiziqarli xususiyati (42%), sifatli mahsulot va xizmatlar (42%), ofis joylashuvi (41%) ham qiziqtiradi.

Shu bilan birga, aloqa sohasidagi ish beruvchilar ko‘pincha boshqa omillarga e’tibor berishadi. bunda prioritet bo‘yicha kuchli rahbarlik, mahsulot sifati, kompaniya reputatsiyasi, zamonaviy texnologiyalar hamda moliyaviy barqarorlik muhim ahamiyatga ega.

O‘tgan yil davomida respondentlarning 85%i hozirgi ish joyida qolgan. 19%i ish haqining judayam pastligi sabab ishini o‘zgartirgan. Ikkinchi o‘rinni 16% bilan faoliyatdan qoniqish yo‘qligi egallaydi.

O‘zbekistonliklar orasida ish o‘rinlarini o‘zgartirishga asosiy sabablar qatorida ish grafigining mos kelmasligi, ortiqcha ish yuki (har biri 16%) hamda rahbariyatdan norozilik (14%) turibdi.

Bo‘sh ish o‘rinlarini qidirishda eng ommabop kanallar ijtimoiy tarmoq va messenjerlar (23%) bo‘lib qolmoqda, ixtisoslashgan portallar esa hamon ikkinchi o‘rinda — 22%. Shuningdek, top-5talikka tavsiyalar (19%), internet (15%) va rasmiy bandlik xizmatlari (13%) kiradi.

Ish beruvchining reputatsiyasini tekshirishda oila va do‘stlarning fikri bilan qiziqish usuli ikkinchi o‘rinda turadi (19%). Ular haqida internet orqali izlash esa 15% bilan to‘rtinchi o‘rinda joylashgan.

O‘zbekistonliklar ish beruvchilar haqidagi ma’lumotlarni asosan ijtimoiy tarmoqlar (21%) va karyera saytlaridan (15%) qidirishadi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Turkiy davlatlar sammiti 2027-yilda Özbekistonda ötkaziladi

11-noyabr kuni Turkiyaga amaliy taşrif doirasida prezident Şavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar taşkilotining yangi tayinlangan boş kotibi Mirvohid Azimovni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot...

Qoraqalpoğistonda 100 ming gektar yaylovga dronlar uruğ sepadi

Hukumat qaroriga köra, 2026-yil 15-noyabrdan «Xalq banki» AT tomonidan «Uzagrostar xolding» kompaniyasi taʼsisçiligida «Bözatov agrostar» kompaniyasi taşkil etiladi. Kompaniyaning asosiy vazifasi yaylovlarni özlaştiriş, çorvaçilik loyihalarini...

Nurafshonda IT Park imtiyozlariga ega Kelajak texnologiyalari markazi tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoati vakillari, tadbirkorlar va investorlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Bu haqda prezident matbuot kotibi ma’lum qildi. Nurafshon shahrida “Kelajak texnologiyalari markazi” tashkil etiladi. Markaz korxonalariga...

Koreya universiteti O‘zbekistonda dron va samolyot ta’mirlovchi mutaxassislarini tayyorlamoqchi

Janubiy Koreyaning Hanseo universiteti O‘zbekistonda yuqori texnologiyali sohalar bo‘yicha kasbiy ta’lim kurslarini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi. Agentlik Koreya universiteti bilan o‘zaro...

O‘zbekistonda dronlar uchun yagona raqamli tizim yaratilishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot tarmoqlarida uchuvchisiz aviatsiya tizimlaridan foydalanishni kengaytirish va uni tartibga solish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. Dronlar yordamida iqtisodiy...

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2029-yilgacha qanday rivojlanadi?

Markaziy bank boshqaruvi 4-noyabrdagi yig‘ilishida pul-kredit siyosatining 2027-yil va 2028−2029-yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari konseptual loyihasini tasdiqladi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi. Hujjatda iqtisodiy...