Foydali manbalarTadbirkorlarBiznesda katta muvaffaqiyatga erishgan Indra Krishnamurti Nuyi

Biznesda katta muvaffaqiyatga erishgan Indra Krishnamurti Nuyi

Indra Krishnamurti Nuyi — hind-amerikalik ishbilarmon ayol. 2006 yildan 2018-yilgacha dunyodagi ikkinchi yirik oziq-ovqat kompaniyasi “PepsiCo” direktorlar kengashi raisi va bosh direktori lavozimida ishlagan. AQSHning 45-prezidenti Donald Trampga iqtisodiy o‘sish, ish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha maslahat berib turgan Amerikaning 19 ta eng muvaffaqiyatli va obro‘li biznes rahbarlaridan iborat Prezidentlik forumi a‘zosi bo‘lgan. 

Indra Hindistonning Chennay shahrida tug‘ilgan. Dastlab fizika, kimyo va matematika bo‘yicha bakalavr darajasini, keyinchalik Hindiston menejment institutida boshqaruv bo‘yicha diplom olgan. O‘z faoliyatini Hindistonda boshlagan Nuyi “Johnson & Johnson” va “Mettur Beardsell” to‘qimachilik firmasida mahsulot menejeri lavozimlarida ishlagan.

Keyinroq Yel universitetining menejment maktabiga o‘qishga kirib, davlat va xususiy boshqaruv bo‘yicha magistrlik darajasini olgan. Shundan so‘ng Boston konsalting guruhida ishlagan, keyinchalik “Motorola” va “Asea Braun Boveri” kompaniyalarida yuqori lavozimlarda ishlagan.

1994-yilda esa “PepsiCo” kompaniyasida ishlay boshlagan. 2001-yilda kompaniya prezidenti va bosh moliyaviy direktori bo‘lgan. O‘n yildan ortiq vaqt davomida “PepsiCo”ning global strategiyasini amalga oshirgan, kompaniyani qayta tuzgan. Nuyining tashabbusi bilan 1998-yilda “Tropicana”, 2001-yilda esa “Quaker Oats” kompaniyasi sotib olingan. 2007-yilda u “PepsiCo” kompaniyasining 44 yillik tarixidagi beshinchi bosh direktorga aylangan.

“BusinessWeek” ma‘lumotlariga ko‘ra, Nuyi 2000-yilda moliyaviy direktor bo‘lganidan buyon kompaniyaning yillik daromadi 72 foizga o‘sgan, sof daromad esa 2006 yilda 5,6 milliard dollarni tashkil etgan.

2007 va 2008-yillarda “The Wall Street Journal” Nuyini kuzatiluvchi 50 ta ayol roʻyxatiga kiritgan. “Time” uni dunyodagi eng nufuzli 100 kishi qatoriga qo‘shgan. 2008-yilda “Forbes” tomonidan dunyodagi uchinchi eng nufuzli ayol, “Fortune” tomonidan 2009 va 2010-yillarda biznesdagi eng qudratli ayol deb e’lon qilingan. 

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Turkiy davlatlar sammiti 2027-yilda Özbekistonda ötkaziladi

11-noyabr kuni Turkiyaga amaliy taşrif doirasida prezident Şavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar taşkilotining yangi tayinlangan boş kotibi Mirvohid Azimovni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot...

Qoraqalpoğistonda 100 ming gektar yaylovga dronlar uruğ sepadi

Hukumat qaroriga köra, 2026-yil 15-noyabrdan «Xalq banki» AT tomonidan «Uzagrostar xolding» kompaniyasi taʼsisçiligida «Bözatov agrostar» kompaniyasi taşkil etiladi. Kompaniyaning asosiy vazifasi yaylovlarni özlaştiriş, çorvaçilik loyihalarini...

Nurafshonda IT Park imtiyozlariga ega Kelajak texnologiyalari markazi tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoati vakillari, tadbirkorlar va investorlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Bu haqda prezident matbuot kotibi ma’lum qildi. Nurafshon shahrida “Kelajak texnologiyalari markazi” tashkil etiladi. Markaz korxonalariga...

Koreya universiteti O‘zbekistonda dron va samolyot ta’mirlovchi mutaxassislarini tayyorlamoqchi

Janubiy Koreyaning Hanseo universiteti O‘zbekistonda yuqori texnologiyali sohalar bo‘yicha kasbiy ta’lim kurslarini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi. Agentlik Koreya universiteti bilan o‘zaro...

O‘zbekistonda dronlar uchun yagona raqamli tizim yaratilishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot tarmoqlarida uchuvchisiz aviatsiya tizimlaridan foydalanishni kengaytirish va uni tartibga solish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. Dronlar yordamida iqtisodiy...

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2029-yilgacha qanday rivojlanadi?

Markaziy bank boshqaruvi 4-noyabrdagi yig‘ilishida pul-kredit siyosatining 2027-yil va 2028−2029-yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari konseptual loyihasini tasdiqladi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi. Hujjatda iqtisodiy...