Matbuot xizmatiYangiliklarSuvni tejovchi sug‘orish texnologiyalariga subsidiya joriy etildi

Suvni tejovchi sug‘orish texnologiyalariga subsidiya joriy etildi

Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etganlik uchun subsidiya beriladi. Bu bo‘yicha tegishli nizom hukumat qarori bilan tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, subsidiya byudjetdan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va texnologiya turidan qatʼi nazar, har bir konturga joriy qilingan texnologiya uchun faqat 1 marta ajratiladi.

Talabgor subsidiyani olish uchun o‘ziga tegishli ekin yer maydonlarini konturlar hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari turlari kesimida belgilangan tartibda Agroportalga kiritgan bo‘lishi lozim.

Talabgor subsidiya ajratilishi uchun Agroportal orqali elektron shaklda ariza bilan murojaat qiladi.

Arizaga suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyasini qurish bo‘yicha Tomchi-reestrga kiritilgan quruvchi-pudrat tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma nusxasi ilova qilinadi.

Shuningdek, loyiha hujjati va qurilish ishlari yakunlangani to‘g‘risidagi dalolatnoma nusxasi taqdim etiladi.

Bundan tashqari, ish bajarilgan konturlarning maʼlumotlari, yaʼni hududi va aniq lokatsiyasi ko‘rsatilgan holda berilishi lozim.

Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini o‘z mablag‘i hisobidan joriy qilgan talabgorga belgilangan hisob-kitoblarga asosan subsidiyaning 50%i oldindan to‘lab beriladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Dunyoda minimal ish haqi eng yuqori boʻlgan davlatlar maʼlum qilindi

Tahlil uchun Xalqaro mehnat tashkilotining 2024-yilgi maʼlumotlaridan foydalanilgan. Bunda ish haqining oddiy nominal miqdori emas, balki xarid qobiliyati pariteti - yaʼni turli davlatlarda tovar va...

Kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlar yangicha tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 3-sentabr kuni kambagʻallikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish boʻyicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Mamlakatimizda...

O‘zbekistonda oktabr-noyabr oylarida biznesni ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi

Shavkat Mirziyoyev aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish yakunlari hamda milliy statistika tizimida islohotlarni jadallashtirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Taqdimotda iqtisodiy faoliyatni to‘liq statistik hisobga olish...

Mehmonxonalar uchun yer va mol-mulk solig‘i imtiyozlari 2030-yilgacha saqlanadi

Avvalroq Spot Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalar yuzasidan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilingani haqida xabar berilgandi. 27-avgustdagi farmonda turizm va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini...

Yangi Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi

Yangi Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi. Tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, xalqimizni ulugʻ ayyom bilan samimiy tabrikladi. Davlatimiz...

To‘rtta hududda 2,4 GVt quvvatga ega yangi elektr stansiyalari va saqlash tizimlari ishga tushirildi

O‘zbekistonning turli hududlarida uchta yangi elektr stansiyasi va uchta elektr energiyasini saqlash tizimi ishga tushirildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi. Ular 25-avgust kuni mustaqillikning 35 yilligi munosabati...