U, shuningdek, O‘zbekiston iqtisodiy salohiyati va imkoniyatlarini yuqori baholab, mamlakatga avvalroq kelmaganidan afsusda ekanini bildirdi. Andrey Babish Skoda kompaniyasi tomonidan O’zbekistonga 10 ta poyezd yetkazib berish bo’yicha shartnoma imzolanganini ham alohida olqishladi.

Chexiya bosh vazirining O‘zbekistonga tashrifi haqida

Chexiya bosh vaziri Andrey Babish rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga 29-aprel kuni kelgandi. Shu kuni Toshkentda O‘zbekiston-Chexiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Chexiya kompaniyalari sanoat va transport sohalariga innovatsiyalarni joriy etishga tayyor ekanliklarini bildirib, O‘zbekistonni Markaziy Osiyo bozoriga chiqish uchun strategik markaz sifatida e’tirof etdi. Uchrashuv yakunida mashinasozlik, infratuzilmani modernizatsiya qilish va ta’lim yo‘nalishlarida hamkorlik bo‘yicha hujjatlar imzolandi.

30-aprel kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Chexiya bosh vaziri rasmiy kutib olish marosimi o‘tkazildi. So‘ng Shavkat Mirziyoyev va Chexiya bosh vaziri Andrey Babishning tor doirada va ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirokida muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Uning yakunida ikki tomonlama hujjatlar to‘plami imzolandi.