Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekistonliklar Fransiyada uzumzorlarda mavsumiy ishlarga jalb qilinadi

O‘zbekistonliklar Fransiyada uzumzorlarda mavsumiy ishlarga jalb qilinadi

O‘zbekiston Fransiya bilan uzumzorlarda mavsumiy ishlarga fuqarolarni jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.

Migratsiya agentligi, Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi mas’ullaridan iborat delegatsiya Fransiyada hamyurtlarimizni qonuniy va tizimli ishga joylashtirish bo‘yicha muhim uchrashuvlar o‘tkazdi.

Uchrashuvda Fransiya Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari federatsiyasi (FNSEA) bilan uzumzorlarda mavsumiy ishlarga o‘zbekistonliklarni jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Kelishuvga ko‘ra, joriy yil yoz oylaridan boshlab pilot loyiha doirasida Fransiyada ishlash istagini bildirgan 50 nafar nomzod ilk bor ushbu davlatga ishga yuboriladi.

Fransiyada kadr tanlash va bandligini ta’minlashga ixtisoslashgan tashkilot — “Sélect Recruiting Service” bilan nomzodlarni saralash va ishga joylashtirish bo‘yicha bitim imzolandi.

Shuningdek, CFA AC Paris kompaniyasi bilan “ta’lim + ish” formatida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Bunda Fransiyada restoran sohasida o‘qish va ishlash imkoniyatini yaratish bo‘yicha dastur ishlab chiqiladi.

Kelishuvlarni amalga oshirish va tashkiliy-huquqiy masalalarni muvofiqlashtirish maqsadida Fransiyaning Tashqi ishlar, Ichki ishlar va Ta’lim vazirliklari mutasaddilari bilan samarali muzokaralar o‘tkazildi.

Shuningdek, “France Travail” davlat bandlik xizmati, CCI Île-de-France — Savdo-sanoat palatasi hamda AP-HP Parij davlat shifoxonalari xizmati bilan ham muzokaralar olib borildi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda yuzdan ortiq tadbirkor “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston prezidenti farmoyishi bilan bir guruh tadbirkorlar “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Hujjatda qayd etilishicha, ular milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash,...

O‘zbekistondagi barcha oliygohlarda karyera markazlari majburiy bo‘lishi mumkin

O‘zbekistonda mulkchilik shaklidan qat’i nazar, 2027-yil 1-yanvardan boshlab barcha oliygohlarda karyera markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Bu haqda Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan...

O‘zbekistonlik o‘quvchilar 2026-yilda xalqaro fan olimpiadalarida 220 ta medal qo‘lga kiritdi

2026-yil boshidan buyon o‘zbekistonlik o‘quvchilari xalqaro fan olimpiadalarida jami 220 ta medalni qo‘lga kiritdi. Shundan 35 tasi oltin, 81 tasi kumush va 104 tasi bronza...

Oʻzbekistonga oʻqish maqsadida kelgan xorijliklar soni 2,2 barobarga oshdi

2026-yil yanvar-iyun oylarida 21 042 nafar chet el fuqarolari oʻqish maqsadida Oʻzbekistonga keldi. Bu haqda Statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi. Tahlil qilinishicha, yarim yil ichida xorijlik talabalar...

Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt xizmatlari hajmini 1,5 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt ekotizimini rivojlantirish boʻyicha erishilgan natijalar va istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident axborot agentligi axborot...

O‘zbekistonda chorvachilik sohasida subsidiyalar ajratiladi

“Chorvachilik tarmog‘i loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-sentyabrdan 2030-yil 1-yanvarga qadar Agrar sohada to‘lovlar agentligi tomonidan davlat byudjeti...