Matbuot xizmatiYangiliklarShavkat Mirziyoyev MCHJlar to‘g‘risidagi qonunning yangi tahririni imzoladi. Nimalar o‘zgardi?

Shavkat Mirziyoyev MCHJlar to‘g‘risidagi qonunning yangi tahririni imzoladi. Nimalar o‘zgardi?

Prezident 21-aprel kuni “Masʼuliyati cheklangan jamiyatlar to‘g‘risida»gi yangi tahrirdagi qonunni imzoladi. Hujjat Lex.uz portalida e‘lon qilindi.

2001-yildagi amaldagi qonun o‘rnida ishlab chiqilgan ushbu hujjat MCHJlarni boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish choralarini o‘z ichiga oladi, biznesning huquqiy kafolatlarini mustahkamlaydi va qonunchilikdagi bir qator bo‘shliqlarni bartaraf etadi. Hujjat 2025-yilning birinchi yarmida Qonunchilik palatasi, sentabrda esa Senat tomonidan ma‘qullangan.

Adliya vazirligi yangi qonunni xorijiy va mahalliy ekspertlar fikrlari, jamoatchilik takliflari hamda yetakchi xorijiy davlatlar tajribasi asosida ishlab chiqdi. U 8 bob va 71 moddadan iborat.

Yangi qonunda MCHJ kuzatuv kengashining vakolatlari, uning a‘zolarini saylash tartibi hamda qarorlarni sirtdan ovoz berish orqali qabul qilish mexanizmi aniq belgilandi.

Shuningdek, kuzatuv kengashi a‘zolari, yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organ va kollegial ijro organlari uchun fidutsiar majburiyatlar joriy etildi.

Endilikda MCHJlar nafaqat litsenziya, balki boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar yoki xabardor qilish tartibidagi faoliyat turlari bilan ham shug‘ullanishi mumkin bo‘ladi.

Qonunda filial va vakolatxonalar, sho‘ba hamda qaram xo‘jalik jamiyatlarini ochish tartibi alohida modda sifatida mustahkamlandi.

Bundan tashqari, o‘z ulushini to‘liq qo‘shmagan ishtirokchilar, agar bu MCHJ faoliyatiga jiddiy to‘sqinlik qilsa, ijro organi arizasiga asosan sud orqali ishtirokchilar safidan chiqarilishi mumkin.

Ulushlar bo‘yicha nizolar sudda ko‘rilayotgan vaqtda ustav fondiga o‘zgartirish kiritishni cheklash imkoniyati ham nazarda tutilgan.

MCHJ istagiga ko‘ra, ustav kapitali hisobi shartnoma asosida Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi tomonidan yuritilishi mumkin.

Shuningdek, minoritar ishtirokchilar qo‘mitasini tashkil etish, auditorlik tekshiruvlari qoidalarini takomillashtirish hamda affillangan shaxslar bilan bitimlarga oid normalar alohida bob sifatida kiritildi.

Mazkur qonun rasmiy e‘lon qilingan kundan uch oy o‘tib kuchga kiradi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda OTMlarda dual ta‘limning yangi tizimi joriy etiladi

Prezident “Oliy ta‘limda dual ta‘lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. Hujjatga ko‘ra, 2027/2028 o‘quv yilidan OTMlarda...

Prezidentimiz ustoz va murabbiylar bilan uchrashib, ta’lim sohasidagi yangi tashabbuslarni belgilab berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida pedagoglar bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabriklab, ularning yosh avlod tarbiyasidagi...

Davlatimiz rahbari taʼlimdagi islohotlar natijalari va zamonaviy ilmiy infratuzilma bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi Oʻzbekiston” universitetiga tashrif buyurib, taʼlim sohasidagi islohotlar va kelgusidagi rejalarga bagʻishlangan koʻrgazma bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari...

Samarqand zafaridan jahon shaxmat markazi sari: Prezidentimiz chempionlar bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalari aʼzolari, ularning yaqinlari, ustoz va murabbiylari bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari shaxmatchilarimizni Samarqandda oʻtkazilgan 46-Butunjahon shaxmat...

Maktab va oliy ta’limdagi islohotlarning navbatdagi vazifalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish, oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta’limni tashkil qilish, shuningdek, Lyaonin pedagogika universitetining O‘zbekistondagi filiali...

Davlatimiz rahbari shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi

Qadrli o‘g‘il-qizlarim! Hurmatli ustoz va murabbiylar! Dunyo shaxmat osmonida yorqin yulduz bo‘lib porlagan siz, aziz farzandlarimni 46-Jahon shaxmat olimpiadasida erishgan tarixiy g‘alabangiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ikki...