Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekistonda ish haqi, pensiya va nafaqalar 10% ga oshiriladi — Iqtisodiyot va...

O‘zbekistonda ish haqi, pensiya va nafaqalar 10% ga oshiriladi — Iqtisodiyot va moliya vaziri

Oxirgi marotaba o‘tgan yilning kuzida pensiya va nafaqalar 15% ga, ish haqlari 10−15% ga oshirilgandi.

O‘zbekistonda ish haqi, pensiya, nafaqa hamda stipendiyalar 10% ga oshiriladi. Bu haqda 3-iyun kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov ma’lum qildi.

Vazir prezident tomonidan budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni 10% ga oshirish bo‘yicha farmon imzolanganini qayd etdi.

“Prezident ularni inflyatsiyaga nisbatan yuqori darajada oshirish bo‘yicha farmonga imzo chekdilar, yaqin orada rasman e’lon qilinadi”, — dedi vazir.

O‘zbekistonda oxirgi marotaba 2024-yil 1-sentabrdan pensiya va nafaqalar miqdori 15% ga oshirilgandi. 1-oktabrdan budjet tashkilotlari xodimlari, xususan, pedagoglar va tibbiyot xodimlarining ish haqi 15%, boshqa budjet tashkilotlari xodimlarining oyligi esa 10% ga ko‘tarilgan.

Mamlakatda pensiya va nafaqalar miqdorlari inflyatsiya darajasining o‘sish sur’atlari asosida oshirib boriladi. Fuqarolarga pensiya tayinlash uchun davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona portal orqali murojaat qilish huquqi berildi.

Joriy yilning birinchi choragida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 5,79 mln so‘mni tashkil etdi. Hududlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich 9,8 mln so‘m bilan Toshkentga, eng past ko‘rsatkich esa 4,08 mln so‘m bilan Qashqadaryoga to‘g‘ri keldi.

Avvalroq, 1-sentabrdan maktab va bolalar bog‘chalari direktorining ish haqi oshirilishi haqida xabar berilgandi. Kelasi yildan maktab direktori va o‘rinbosarlariga KPI asosida 20% gacha oylik ustamalar berib boriladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda OTMlarda dual ta‘limning yangi tizimi joriy etiladi

Prezident “Oliy ta‘limda dual ta‘lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. Hujjatga ko‘ra, 2027/2028 o‘quv yilidan OTMlarda...

Prezidentimiz ustoz va murabbiylar bilan uchrashib, ta’lim sohasidagi yangi tashabbuslarni belgilab berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida pedagoglar bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabriklab, ularning yosh avlod tarbiyasidagi...

Davlatimiz rahbari taʼlimdagi islohotlar natijalari va zamonaviy ilmiy infratuzilma bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi Oʻzbekiston” universitetiga tashrif buyurib, taʼlim sohasidagi islohotlar va kelgusidagi rejalarga bagʻishlangan koʻrgazma bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari...

Samarqand zafaridan jahon shaxmat markazi sari: Prezidentimiz chempionlar bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalari aʼzolari, ularning yaqinlari, ustoz va murabbiylari bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari shaxmatchilarimizni Samarqandda oʻtkazilgan 46-Butunjahon shaxmat...

Maktab va oliy ta’limdagi islohotlarning navbatdagi vazifalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish, oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta’limni tashkil qilish, shuningdek, Lyaonin pedagogika universitetining O‘zbekistondagi filiali...

Davlatimiz rahbari shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi

Qadrli o‘g‘il-qizlarim! Hurmatli ustoz va murabbiylar! Dunyo shaxmat osmonida yorqin yulduz bo‘lib porlagan siz, aziz farzandlarimni 46-Jahon shaxmat olimpiadasida erishgan tarixiy g‘alabangiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ikki...