Matbuot xizmatiYangiliklarJarima ballarini onlayn tekshirish imkoni yaratildi

Jarima ballarini onlayn tekshirish imkoni yaratildi

Xizmatdan Yagona portal orqali bepul va hech qanday hujjatlarsiz foydalanish mumkin.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida jarima ballarini aniqlash imkoni yaratildi. Bu haqda portal matbuot xizmati xabar berdi.

1-iyundan boshlab yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun haydovchilarga jarima ballarini hisoblash tartibi kuchga kirdi. Ular faqat YPX xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnomalar asosida hisoblab boriladi.

Endilikda jarima ballari to‘g‘risidagi ma’lumotni Yagona portal orqali onlayn olish mumkin. Xizmatdan foydalanish bepul bo‘lib, buning uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi.

Buning uchun arizachi portalda ro‘yxatdan yoki autentifikatsiyadan o‘tishi kerak, undan keyin tegishli xizmatni tanlab, so‘rov yuborish mumkin.

e-Jarimaball tizimida ballar mavjudligi yoki mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumot IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lumotlar bazalari orqali avtomatik ravishda tekshiriladi.

Taqdim etiligan ma’lumotda to‘plangan jarima bali, qabul qilingan qaror raqami va sanasi, shuningdek, jarima bali uchun Majburiy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning asos bo‘luvchi moddasi va bandi keltiriladi.

Xizmatdan havola orqali foydalanish mumkin.

Bundan tashqari, YHXX matbuot xizmati haydovchilar jarima ballari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Road 24 ilovasi o‘rniga ishlab chiqilgan Safe ROAD YHXX ilovasi orqali kuzatib borishlari mumkinligini ma’lum qildi.

Jarima ballarini hisoblash tartibi

Agar haydovchi 12 oy ichida yo‘l harakati qoidalarini buzmasa, keyingi davrda birinchi marta sodir etilgan huquqbuzarlik uchun birinchi jarima bali hisoblanmaydi.

Oxirgi huquqbuzarlik uchun jarima bali hisoblangandan keyin 6 oy davomida qoidabuzarlik sodir etilmasa, umumiy jarima ballaridan 2 bali chegirib tashlanadi. Agar ballarning umumiy miqdori 2 balidan oshmasa, barcha ballar ayirib tashlanib, ularni hisoblash birinchi huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdan boshlanadi.

Haydovchilar o‘zlarining jarima ballari haqidagi ma’lumotlarni undan va maxsus mobil ilova hamda Yagona portal orqali olishlari mumkin bo‘ladi. To‘plangan har bir ball haqida haydovchilar SMS-xabar orqali ogohlantiriladi.

Jarima ballarining miqdorlari quyidagicha:

  • nosoz yoxud tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarini boshqarish — 0,3;
  • foydalanish taqiqlangan, davlat raqami bo‘lmagan avtomobillarni boshqarish — 1;
  • belgilanmagan tartibda oynalar tusini o‘zgartirish, ko‘rishni cheklaydigan qo‘shimcha narsalar o‘rnatish (oynalarni qoraytirish uchun tegishli ruxsatnoma berilgan transport vositalari mustasno) — 0,5;
  • xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazodan keyin bir yilda takror sodir etilsa — 1;
  • sababsiz signal chalish, belgilanmagan tovush chiqaruvchi va yorituvchi qurilmalarni o‘rnatish — 0,2;
  • tezlikni soatiga 20 km.gacha oshirish — 0,5;
  • tezlikni soatiga 20 km.dan 40 km.gacha oshirish — 1;
  • tezlikni soatiga 40 km.dan 60 km.gacha oshirish — 1,5;
  • tezlikni soatiga 60 km.dan ortiqqa oshirish — 2;
  • svetoforning taqiqlovchi signali yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmaslik — 1;
  • Tezkor va maxsus xizmatlarning to‘siqsiz o‘tib ketishiga xalaqit berish — 0,5
  • yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqish, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash uchun o‘zga choralarni ko‘rishga majbur qiluvchi huquqbuzarlikni sodir etish — 1;
  • to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzish — 0,2;
  • odam tashish qoidalarini buzish — 0,3;
  • ichki ishlar organlarining hamrohligisiz odam tashish — 0,5;
  • quvib o‘tish qoidalarini buzish — 1;
  • avariya holatini keltirib chiqaruvchi guruh bo‘lib harakat qilish — 1,5;
  • temir yo‘lning o‘tish joylaridan o‘tish qoidalarini buzish — 1;
  • YTH qatnashchilarining hodisa joyidan ketib qolishi — 2.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30% chegirma beriladi

17-sentabrdagi hukumat qarori bilan pedagoglarning davlat OTMlarida tahsil olayotgan farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibi tasdiqlandi. 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab davlat OTMlarining kunduzgi bakalavriatida o‘qiyotgan...

O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 5,8% dan 3,9% gacha kamaydi

Joriy yilning sakkiz oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 5,8% dan 3,9% gacha kamaydi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi. 2026-yil uchun...

Hamshiralar va tibbiyot og‘alari hamda oilaviy shifokorlarga yangi ustamalar belgilandi

O‘zbekistonda o‘rta tibbiyot xodimlarining kasbiy maqomi va malakasini oshirishga qaratilgan yangi tartiblar joriy etiladi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot Telegram-kanali xabar berdi. 2027/2028-o‘quv yilidan tibbiyot va...

Amir Temur xiyoboni yaqinida $400 mlnga biznes majmuasi qurilishi rejalashtirilmoqda

Saida Mirziyoyeva Toshkentda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yirik arxitektura loyihalari tashabbuskorlari bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida yozgandi. Unda ixtisoslashgan studiyalar va oliy ta’lim muassasalari mutaxassislari, shuningdek, mustaqil ekspertlar...

“Birorta g‘o‘daygan boyvachcha paydo bo‘lsa — kechirmayman. Davlat bo‘lishi kerak” — Mirziyoyev

Avvalroq prezident raisligida Toshkentni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiya va bandlikni oshirish hamda mahallalarda infratuzilmani yaxshilash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi. Prezident o‘z nutqida mamlakatda...

Talabalar shaharchasida xavfsiz muhit va raqamli boshqaruv tizimi yoʻlga qoʻyildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi “Yoshlik” talabalar shaharchasi hokimligida tashkil etilgan vaziyatlar markazi faoliyati bilan tanishdi. Yurt taraqqiyoti va uning kelajagi ilm-fanga intiluvchan, bilimli va...