Matbuot xizmatiYangiliklarEl-yurt umidi jamg‘armasining birinchi stipendiya tanloviga arizalar qabuli boshlandi

El-yurt umidi jamg‘armasining birinchi stipendiya tanloviga arizalar qabuli boshlandi

Nomzodlar xorijiy universitetdan qabul xatini olgan, belgilangan yosh chegarasiga muvofiq bo‘lishi kerak.

Prezident huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha El-yurt umidi jamg‘armasi joriy yilgi birinchi ochiq stipendiya tanlovini e’lon qildi.

Tanlov uchun o‘rin ajratishda STEM yo‘nalishlari (ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika) va iqtisodiyotning drayver sohalariga (energetika, transport, urbanizatsiya, arxitektura va qurilish, qishloq va suv xo‘jaligi, geodeziya, yer munosabatlari) hamda davlat boshqaruvi va boshqa dolzarb ijtimoiy yo‘nalishlarga (tibbiyot, ta’lim) maqsadli asosda alohida ustuvorlik berildi.

Joriy yilgi birinchi stipendiya tanlovi uchun jami 450 ta o‘rin ajratilgan bo‘lib, shundan 130 tasi bakalavriat, 220 tasi magistratura hamda 100 tasi doktorantura uchun belgilangan.

Tanlovda bakalavriat uchun 30 yosh, magistratura uchun — 22−40 yosh hamda PhD uchun 25−45 yoshgacha bo‘lgan nomzodlar ishtirok etishlari mumkin.

Nomzodlar hujjat topshirishda quyidagi ma’lumotlarni yuklashlari lozim:

  • jamg‘arma ijrochi direktori nomiga ariza (namunasi platformada mavjud);
  • xorijiy universitetning qabul xati (Letter of acceptance);
  • mehnat daftarchasi nusxasi (mavjud bo‘lsa);
  • attestat yoki diplom nusxasi;
  • xalqaro til sertifikati;
  • motivatsion insho va boshqalar.

Bunda nomzodlar xorijiy ta’lim muassasasi haqidagi ma’lumotlarni kiritishi kerak. Ya’ni oliygoh joylashgan mamlakat, uning reytingi, bilim va ta’lim sohalari, o‘qish uchun to‘lov hamda universitet ajratgan grant miqdorini ko‘rsatishlari kerak.

Hujjatlar jamg‘arma tomonidan ishga tushirilgan el-yurt.uz onlayn platformasi orqali joriy yilning 16-iyunigacha qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumotlarni jamg‘armaning eyuf.uz sayti, (71) 203−00−47, (71) 203−00−49 telefon raqamlari hamda @Eyufmatbuot Telegram-manzilidan olish mumkin.

Joriy yilning may oyida El-yurt umidi jamg‘armasi prezident huzurida qayta tashkil etilgandi. Xorijiy top universitetlarga kirgan yoshlarga El-yurt umidi stipendiyasi tanlovlarsiz ajratiladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Oliy ta’limda talabalar bilimini baholash tartibi o‘zgarishi mumkin

O‘zbekistonda 2026–2027-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilinadigan talabalar uchun bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida nazarda...

Yangi Toshkentdagi Milliy kutubxonani yil oxirigacha foydalanishga topshirish rejalashtirilgan

Prezident Milliy kutubxona, ikkita universitet kampusi va 55 ming o‘rinli stadionni belgilangan muddatda hamda sifatli yakunlash bo‘yicha topshiriqlar berdi. Shavkat Mirziyoyev 27-iyul kuni Yangi Toshkent shahrida...

Energetikada muammo mablag‘da emas, tizimning boshqaruvida — prezident

Prezident raisligidagi yig‘ilishda yoz va qish mavsumida elektr tarmoqlaridagi avariyalar minglab iste‘molchilarni uzluksiz elektr ta‘minotisiz qoldirgani taʼkidlandi. Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan...

O‘zbekistonda 1-avgustdan nimalar o‘zgaradi?

Eski avtomobilni yangilashda avtokredit foizlarining bir qismi qoplab beriladi Trade-in dasturi doirasida eski avtotransport vositasini topshirgan jismoniy va yuridik shaxslarga yangi avtomobil xarid qilish uchun olingan...

Uy-joy subsidiyasi uchun arizalar qabuli 27-iyul kuni boshlanadi4

Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar olish uchun arizalar qabuli boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. Arizalarni 27-iyul kuni soat 15:00 dan boshlab jo‘natish mumkin....

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 7 mln so‘mdan oshdi

Eng yuqori ish haqi Toshkentda, eng past ko‘rsatkich esa Qashqadaryo viloyatida qayd etildi. 2026-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 7 mln...