Bosh sahifa Blog Sahifa 95

O‘zbekiston 2035-yilgacha bo‘lgan milliy kosmik dasturni ishlab chiqadi

0

Buning uchun “O‘zbekkosmos” agentligi 4−5 ta konsalting kompaniyasini jalb qildi. Hujjat yil o‘rtalarida taqdim etilishi kutilmoqda

“O‘zbekkosmos” agentligi 2035-yilga qadar mo‘ljallangan milliy kosmik dasturni ishlab chiqadi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Aerokosmik faoliyat va kosmik monitoring tizimini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Muhiddin Ibragimov ma’lum qildi, deya xabar berdi “Spot” muxbiri.

Agentlik mazkur hujjatni ishlab chiqish uchun 4−5 ta konsalting kompaniyasini jalb qilgan. Strategiyaning asosiy maqsadi kelgusi 10 yil ichida kosmik tarmoqni rivojlantirishning asosiy vektorlarini aniqlashga qaratilgan. Xususan, dastur qisqa, o‘rta va uzoq muddatli rejalarni qamrab oladi. Bu ma’lumotlardan foydalanish, birinchi navbatda, Yerni masofadan zondlash, infratuzilmani rivojlantirish, shuningdek, sun’iy yo‘ldoshlar va sun’iy yo‘ldosh navigatsiyasi infratuzilmasini rivojlantirish masalalari», — dedi “O‘zbekkosmos” bo‘limi rahbari.

Shuningdek, Muhiddin Ibragimov ta’limga katta e’tibor qaratish, bu sohaga katta investitsiyalar yo‘naltirish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi. “O‘zbekkosmos” 2025-yil o‘rtalarida dasturni ishlab chiqish va taqdim etish niyatida.

Oktabr oyida “O‘zbekkosmos” Amerikaning “SpaceX” va Britaniyaning “Surrey Satellite Technology Ltd” (SSTL) kompaniyalari bilan hamkorlik qilishga kelishib oldi. Xorijiy kompaniyalar O‘zbekiston milliy kosmik dasturini yaratish bo‘yicha agentlikka ekspert maslahatlarini berishga tayyorligini bildirdi.

O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilganlar 4,4 mln nafardan oshdi

0

Qayd etilishicha, fuqarolar eng ko‘p maishiy xizmatlar, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish hamda axborot-kommunikatsiya sohalarida o‘zini o‘zi band qilgan.

2025-yil 1-yanvar holatiga — o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 4,4 mln nafardan oshdi. Bu haqda Soliq qo‘mitasining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 76,5% ga (1,9 mln nafarga) oshgan.

O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar umumiy sonining 58%ini erkaklar, 42%ini ayollar tashkil qiladi.

o'zini o'zi band qilgan shaxslar

O‘sish ko‘rsatkichi eng yuqori sohalar:

  • maishiy xizmatlar — 104,3% (976 mingta);
  • ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish — 94,6% (203,1 mingta);
  • axborot-kommunikatsiya — 87% (55,7 mingta).

Hududlar kesimida eng ko‘p Samarqand viloyatida (508,1 ming) fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan. Undan keyingi o‘rinlarda Toshkent (447,2 ming) va Qashqadaryo viloyatlari (442,5 ming) turibdi.

2024-yilda 450,5 ming fuqaro yengil avtotransportda yo‘lovchi tashish faoliyati bo‘yicha o‘zini o‘zi band qilgan.

Ayrim tadbirkor va yuridik shaxslar davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi

0

Ma’muriy-hududiy birliklar tuzilgani yoki tugatilgani, ular chegaralari yoki bo‘ysunuvi o‘zgargani natijasida tadbirkorlik sub’yektlari va boshqa yuridik shaxslar joylashgan yeri (pochta manzili) o‘zgarganda ular qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi.

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritildi.

“Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, ma’muriy-hududiy birliklar tuzilganligi yoki tugatilganligi, ularning chegaralari yoki bo‘ysunuvi o‘zgartirilganligi natijasida tadbirkorlik sub’yektlarining va boshqa yuridik shaxslarning joylashgan yeri (pochta manzili) o‘zgarganda ular qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi.

Shuningdek, sug‘urta qildiruvchilar majburiy sug‘urta shartnomalaridan kelib chiqadigan da’volar yuzasidan davlat bojini to‘lashdan ozod etilishini nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Bunda sug‘urta qildiruvchilar (sug‘urtalangan shaxslar, naf oluvchilar, jabrlanuvchilar) majburiy sug‘urta shartnomalaridan kelib chiqadigan da’volar yuzasidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda va Iqtisodiy sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Prezident maktabi o‘quvchilari Shayx Zoid Ol Nahayon nomidagi mukofotni qo‘lga kiritdi

0

Abu-Dabidagi taqdirlash marosimida prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. Davlat rahbari maktab vakillari bilan uchrashib, ularni g‘alaba bilan tabrikladi.

Toshkent shahridagi Prezident maktabi barqaror rivojlanish bo‘yicha Shayx Zoid Ol Nahayon nomidagi nufuzli mukofotning «Global o‘rta maktablar» nominatsiyasida g‘olib deb topildi.

 Mukofotni Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon topshirdi.

Abu-Dabidagi taqdirlash marosimida prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. Davlat rahbari maktab vakillari bilan uchrashib, ularni g‘alaba bilan tabrikladi.

Yuqori texnologiyali ishlab chiqarishga ega elektrotexnika korxonalariga soliq imtiyozlari berilishi mumkin

0

Ijtimoiy obyektlar uchun qayta tiklanuvchi energiya qurilmalarini mahalliy korxonalardan xarid qilish tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev 11-yanvar kuni elektrotexnika sohasidagi natijalar va keyingi vazifalarga oid taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Bu sohaning sanoatdagi ulushi 3,5%, tovarlar eksportida 10%ni tashkil etadi. O‘tgan yili 31 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan, $1,3 mlrd eksport qilingan. Shuningdek, $516 mln investitsiya o‘zlashtirilib, 85ta yangi korxona ishga tushgan. Sohada 27 mingdan ziyod fuqarolar ishlamoqda.

Taqdimotda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov prezidentga joriy yilgi rejalarni ma’lum qildi. Bu yil hududlarda $4 mlrdlik 290ta yangi loyihani boshlab, $600 mln investitsiya o‘zlashtirish, misni qayta ishlash darajasini 75%ga yetkazish rejalashtirilgan.

2025-yilda mamlakatda $75 mlrdlik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi. Shuning $28 mlrdni mahalliy mahsulotlar hisobidan qoplash mumkin. Elektrotexnika klasterini kengaytirish uchun Ohangaronda qo‘shimcha 200 gektar, Farg‘onada 10 gektar, Urganchda 4 gektar yer ajratildi. 181 mlrd so‘m evaziga infratuzilma qurildi. Tadbirkorlarga texnoparklar hududida tayyor bino qurib, elektrotexnika va turdosh soha korxonalariga sotishga ruxsat berish mo‘ljallanmoqda. Yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlarni 3 yilga foyda va mol-mulk solig‘idan ozod qilish taklif etilmoqda.

Bu Ohangaron mis klasterida $68 mlnlik, Qashqadaryo, Farg‘ona va Urganchda $30 mlnlik yangi loyihalarga imkoniyat ochadi.

Mahsulotlar sotilishi uchun vazirlik va sanoat tarmoqlari kesimida 15 trln so‘mlik kafolatli bozor tashkil qilinmoqda. Ijtimoiy obyektlar uchun qayta tiklanuvchi energiya qurilmalarini mahalliy korxonalardan xarid qilish tartibi ishlab chiqilmoqda.

elektrotexnika, o‘zeltexsanoat, prezident, shavkat mirziyoyev, soliqlar, imtiyozlar

“O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida Mirziyod Yunusov “tanqidiy” kechgan taqdimotda prezident elektrotexnika sohasida JST talablari asosida yangi bozor va imkoniyatlaridan foydalanib, mahsulotlar ishlab chiqarish topshirig‘ini berganini qayd etdi. “Elektrotexnika sohasida yangi yo‘nalishlar, ya’ni uskunasozlik yoki tibbiyot uskunalari kabi keng qamrovli yo‘nalishlarni [o‘zlashtirish imkoniyati] bor. To‘g‘risini aytsak, hali bu yo‘nalishlarga kirib bormaganmiz. Energetika sohasida import mahsulotlarini mahalliylashtirish va ularni kooperatsiya asosida ishlab chiqarish evaziga bu topshiriqlarni bajarish imkoniyati juda keng. Qo‘shimcha investitsiya loyihalarini shakllantirib, import tahlili asosida ko‘rsatkichlarga chiqish yuzasidan tegishli dasturlarimizni qabul qilamiz”, — dedi u.

Davlat rahbari bu soha “yashil” iqtisodiyot uchun, barqaror rivojlanish uchun juda muhim ekanini ta’kidladi. Shu bois joylardagi barcha imkoniyatlarni ishga solish, tadbirkorlarga infratuzilma, moliya va xomashyo jihatidan qo‘shimcha sharoitlar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Mutasaddilar eksportni yiliga $3 mlrdga, ishlab chiqarish hajmini 50 trln so‘mga yetkazish imkoniyati borligini qayd etdi. Shuningdek, taqdimotda innovatsiyalarni o‘rganib, bozorbop mahsulotlar yaratish, malakali muhandis, texnolog va o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Bill Geytsdan qishki ta’tilda o‘qish uchun 4 ta kitob va ikkinchisi

0

“Xavotirli avlod”, Jonatan Haydt

Mazkur kitob bugungi kunda yoshlarni tarbiyalayotgan, ular bilan ishlayotgan yoki ta’lim berayotgan har bir kishi uchun o‘qilishi shart bo‘lgan kitobdir. U mening ko‘pincha ota-onam nazoratisiz ko‘chalarda yugurib, ba’zan muammolarga duch kelgan yoshlik yillarim bugungi shaxsiyatimni shakllantirishga qanchalik hissa qo‘shganini o‘ylashimga undagan.

Haydt o‘yinga asoslangan bolalikdan telefonlarga asoslangan bolalikka o‘tish bolalarning his-tuyg‘ularini rivojlantirishi va idrok etishini qanday o‘zgartirayotganini tushuntiradi. U muammoni ko‘rsatibgina qolmasdan, balki e’tiborga loyiq haqiqiy yechimlarni ham taklif qilishini qadrlayman.