“O‘zbekiston prezidenti ikki mamlakat hamkorligini rivojlantirish, xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun ushbu ordenga sazovor bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.

Mamlakat yetakchisi mukofot uchun Fransiya rahbariga minnatdorlik bildirib, keyingi yillarda sermahsul hamkorlikda yuqori natijalarga erishilgani, ikki mamlakat munosabatlari strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilganini qayd etdi.

Faxriy legion ordeni 1802-yilda ta’sis etilgan. Fransiyada ushbu orden alohida xizmatlarning davlat darajasida e’tirof etilishi va shon-sharafning eng yuqori belgisi hisoblanadi.