Bosh sahifa Blog Sahifa 60

1-apreldan o‘quv markazi ochish uchun subsidiyaga arizalar qabuli boshlandi

0

Xizmatdan Yagona portal orqali bepul foydalanish mumkin. Arizalarni 10-aprelgacha jo‘natish kerak.

Joriy yilning 1-aprelidan qishloq hududlarida xorijiy tillarni o‘qitishni yo‘lga qo‘yish uchun subsidiya ajratishning navbatdagi bosqichi boshlandi.

Xizmatdan Yagona portal orqali foydalanish mumkin hamda buning uchun hech qanday to‘lov mavjud emas. Buning uchun “Qishloq hududlarida xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat ta’lim tashkilotlariga subsidiya ajratish” xizmati tanlanadi.

Undan faqat yuridik shaxslar foydalanishlari mumkin. Bu turdagi subsidiyalar quyidagi maqsadlarda ajratiladi:

  • bino va o‘quv xonalarini AKT, mebel, asbob-uskunalar, texnik vosita va boshqa anjomlar bilan jihozlash;
  • zarur darsliklar, o‘quv-metodik adabiyotlar va kutubxona-axborot resurslari hamda vositalari bilan ta’minlash;
  • pedagoglarga haq to‘lash.

Buning uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

  • 2 yilga mo‘ljallangan biznes reja;
  • mahsulot yetkazib berish yoki ishlarni, xizmatlarni bajarish to‘g‘risida tuzilgan xo‘jalik shartnomalari;
  • pedagog kadrlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari;
  • pedagog kadrlarning xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatlari (mavjud bo‘lsa);
  • ta’lim jarayonida foydalanilayotgan bino yoki o‘quv xonalarining ijara shartnomasi (ko‘chmas mulk ijarasi asosida faoliyat yuritayotgan nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun).

Talabgorlar barcha hujjatlarni platformaga “Pdf” shaklida yuklashlari kerak bo‘ladi. Arizalarni joriy yilning 10-apreligacha havola orqali jo‘natish mumkin. Arizalar bir oy ichida ko‘rib chiqiladi.

Belgilangan muddat tugagach, bu turdagi subsidiyalar uchun arizalar qabulining keyingi to‘lqini joriy yilning iyul oyida boshida ochiladi. Arizalarni qanday jo‘natish bo‘yicha Spot qo‘llanmasini havola orqali ko‘rish mumkin.

El-yurt umidi jamg‘armasi orqali xorijda ta’lim olganlar tanlovsiz ishga olinadi

0

Xorijda ilmiy daraja olgan yoshlarga uy-joy uchun 10 yil muddatga BHMning 2150 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda ajratiladi.

Prezidentning yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmoni qabul qilindi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, 2025-yildan “El-yurt umidi” jamg‘armasining yangi stipendiya yo‘nalishi sifatida “Yorqin iste’dod” loyihasi joriy etiladi.

Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:

  • har yili iqtidorli, bilimga chanqoq, og‘ir oilaviy sharoiti sababli o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lmagan kambag‘al oilalar farzandlarini xorijda o‘qitish maqsadida har bir mahalladan faol yoshlarni saralash;
  • saralab olingan yoshlarning iqtidorini aniqlash orqali ularni salohiyatiga mos xorijiy oliygohlarga yuborish uchun tayyorgarlik kurslarida o‘qitish.

Qayd etilishicha, El-yurt umidi jamg‘armasiga joriy yilda “Yorqin iste’dod” loyihasi uchun 300 mlrd so‘m ajratiladi. El-yurt umidi jamg‘armasi orqali xorijiy mamlakatlarda ta’lim olib qaytgan stipendiatlar milliy kadrlar zaxirasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri kiritiladi hamda ular davlat organlari, tashkilotlari va muassasalariga tanlovsiz ishga olinadi.

2025-yil 1-iyundan dunyoning Top-100 oliygohlarida ilmiy daraja olgan 35 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlarga uy-joy uchun 10 yil muddatga BHMning 2150 baravarigacha foizsiz ssuda ajratiladi.

Shuningdek, nufuzli xalqaro fan olimpiadalari g‘olib va sovrindorlariga to‘lanadigan bir martalik pul mukofotining amaldagi miqdorlari 5 baravarga oshiriladi.

Bundan tashqari, xorijiy tillar bo‘yicha kamida C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatni olganiga 2 yildan oshmagan yoshlarga olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan o‘quv markazlarini ochish uchun 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yil muddatga BHMning 320 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda beriladi.

O‘zini o‘zi band qilganlar faoliyat turlari qisqartiriladi

0

2026-yildan xonalarni tozalash, mebel yig‘ish, avtomobillarni ta’mirlash, kosmetolog, pechka va kaminlar yasash, shisha puflash, ko‘zgu tayyorlash, soatsozlik kabilar ro‘yxatdan chiqariladi.

Avvalroq Spot Shavkat Mirziyoyev 19-mart kuni kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi farmonni imzolagani haqida xabar bergandi. Istiqbolli sohalardagi startaplarni qo‘llab-quvvatlash uchun $100 mln ajratish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, prezident 2026-yil boshidan o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari, ishlar va xizmatlarning yangi ro‘yxatini tasdiqladi. Ushbu ro‘yxat 72 bandni o‘z ichiga oladi — bu hozirgi tahrirdan 33 taga kamdir.

Ro‘yxatdan quyidagilar chiqarib tashlanadi:

  • chakana savdo;
  • sartaroshlik va kosmetologiya xizmatlari;
  • foto va video suratga olish;
  • qandolatchilik mahsulotlari;
  • salatlar va tuzlamalar, ichimliklar tayyorlash;
  • gidlik xizmatlari;
  • kopirayting, tarjimonlik;
  • rieltorlik xizmatlar;
  • avtotransport vositalarini ta’mirlash;
  • yog‘och o‘ymakorligi;
  • taqinchoqlar va attorlik buyumlari ishlab chiqarish;
  • repetitorlik va to‘garaklar olib borish hamda boshqa ayrim faoliyat turlari.
  • To‘liq yangilangan ro‘yxat bu yerda tanishish mumkin.

Shu bilan birga, unga marketpleyslarda tovarlar va xizmatlarni sotish, shuningdek, nomoddiy madaniy meros obyektlarini saqlash kiritiladi. O‘zini o‘zi band qilganlarga hayvonlardan faqat tovuq boqishga ruxsat beriladi.

Qanday qilib o‘zini o‘zi band qilish mumkin? Batafsil ma’lumot bu yerda.

O‘zbekistonliklar Ramazon hayitida necha kun dam olishadi?

0

Hayitning birinchi kuni yakshanba — dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan undagi dam olish 31-mart — dushanba kuniga ko‘chiriladi.

Prezidentning “Muborak Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, O‘zbekistonda 30 mart — Ramazon hayiti kuni deb e’lon qilindi.

Ramazon hayitining birinchi kuni 2025-yilda yakshanba — dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 31 mart — dushanba kuniga ko‘chiriladi.

Bunda dam olish kunlari quyidagicha bo‘ladi:

  • 29-mart (shanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kuni, 6 kunliklar uchun ish kuni;
  • 30-mart (yakshanba) — Ramazon hayiti bayrami;
  • 31-mart (dushanba) — dam olish kuni.

Prezident Turizm qo‘mitasi Transport vazirligi bilan birgalikda yurtdoshlarimiz uchun Ramazon hayiti kunlarida mo‘tabar ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga ziyoratlarni tashkil etishmaqsadida qulay sharoit va imkoniyatlar yaratish bo‘yicha topshiriq berdi.

O‘zbekistonda Ramazon hayiti 30 mart kuni nishonlanadi

0

Ramazon hayitining birinchi kuni 2025 yilda yakshanba – dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 31 mart – dushanba kuniga ko‘chiriladi.

Joriy yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 30 mart – yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilinib, O‘zbekistonda 2025 yil 30 mart kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanishi belgilandi.

Shunga ko‘ra, Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq:

  • ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanuvchi Ramazon hayitining birinchi kuni 2025 yilda yakshanba — dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 31 mart — dushanba kuniga ko‘chirilishi;
  • bunda ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat ko‘rsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari to‘xtatib qo‘yish mumkin bo‘lmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari ko‘chirilmasligi ma’lumot uchun qabul qilingan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda hududlarda Ramazon hayitini xalqimizning milliy an’ana va urf-odatlariga uyg‘un holda o‘tkazish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiriladi.

Turizm qo‘mitasi Transport vazirligi bilan birgalikda yurtdoshlarimiz uchun Ramazon hayiti kunlarida mo‘tabar ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga ziyoratlarni tashkil etish maqsadida qulay sharoit va imkoniyatlar yaratsin.

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Ramazon hayitini nishonlash bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etiladi.

Bugun O‘zbekiston Jahon chempionatiga chiqishi mumkin

0

2026 yilda AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati Osiyo mintaqasi 3-saralash bosqichi o‘zining qizg‘in pallasiga keldi. “A” guruhi 8-turi doirasida bugun Qirg‘iziston-Qatar, Eron-O‘zbekiston va Shimoliy Koreya-BAA o‘yinlari kun tartibidan o‘rin olgan. Ushbu o‘yinlar orasida o‘zbekistonlik futbol muxlislari uchun eng muhimi Tehronda Eronga qarshi bahs.

Bugungi g‘alaba O‘zbekistonni deyarli JCHga olib chiqadi

“A” guruhi yetakchilari Eron va O‘zbekiston 8-turda o‘zaro bellashadi. Ushbu o‘yinda Eronni durang ham Jahon chempionatiga olib chiqadi. Shu sababdan forslar deyarli bosimsiz o‘ynaydi. Agar O‘zbekiston g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, ochkolarini 19 taga yetakazib oladi va ochkolar borasida Eronga tenglashadi. Bugun motivatsiya, bosim o‘zbekistonlik futbolchilar yelkasida bo‘ladi. Sababi, agar Eron mag‘lub bo‘lsayu, guruhdagi ikki raqobatchi Qatar va BAA ochko yo‘qotadigan bo‘lsa, O‘zbekiston azaliy orzusiga yetadi. Ya’ni muddatidan avval 2026 yilda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

O‘zbekiston Tehronga tarkibdagi bir nechta yo‘qotishlar bilan bormoqda

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi muhim bahsni O‘zbekiston safida jarohati sabab Oston O‘runov o‘tkazib yuboradi. Ma’lum bo‘lishicha, u O‘zbekiston bazasini tark etgan va “Persepolis” lageriga borib qo‘shilgan. Shuningdek, 20 mart kuni Toshkentda, “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tgan Qirg‘izistonga qarshi bahsda Jaloliddin Masharipov sariq kartochka olgandi va keyingi o‘yinni diskvalifikatsiya sabab o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘lgandi. Avvalroq, terma jamoa yig‘iniga jarohat sabab kelolmagan himoyachi Husniddin Aliqulov ham bugungi o‘yinni o‘tkazib yuboruvchi futbolchilar orasiga kiradi.

Ma’lumot o‘rnida, Eron-O‘zbekiston o‘yini bugun, 25 mart kuni Tehrondagi “Ozodiy” stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi.