Matbuot xizmatiYangiliklar1-apreldan o‘quv markazi ochish uchun subsidiyaga arizalar qabuli boshlandi

1-apreldan o‘quv markazi ochish uchun subsidiyaga arizalar qabuli boshlandi

Xizmatdan Yagona portal orqali bepul foydalanish mumkin. Arizalarni 10-aprelgacha jo‘natish kerak.

Joriy yilning 1-aprelidan qishloq hududlarida xorijiy tillarni o‘qitishni yo‘lga qo‘yish uchun subsidiya ajratishning navbatdagi bosqichi boshlandi.

Xizmatdan Yagona portal orqali foydalanish mumkin hamda buning uchun hech qanday to‘lov mavjud emas. Buning uchun “Qishloq hududlarida xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat ta’lim tashkilotlariga subsidiya ajratish” xizmati tanlanadi.

Undan faqat yuridik shaxslar foydalanishlari mumkin. Bu turdagi subsidiyalar quyidagi maqsadlarda ajratiladi:

  • bino va o‘quv xonalarini AKT, mebel, asbob-uskunalar, texnik vosita va boshqa anjomlar bilan jihozlash;
  • zarur darsliklar, o‘quv-metodik adabiyotlar va kutubxona-axborot resurslari hamda vositalari bilan ta’minlash;
  • pedagoglarga haq to‘lash.

Buning uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

  • 2 yilga mo‘ljallangan biznes reja;
  • mahsulot yetkazib berish yoki ishlarni, xizmatlarni bajarish to‘g‘risida tuzilgan xo‘jalik shartnomalari;
  • pedagog kadrlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari;
  • pedagog kadrlarning xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatlari (mavjud bo‘lsa);
  • ta’lim jarayonida foydalanilayotgan bino yoki o‘quv xonalarining ijara shartnomasi (ko‘chmas mulk ijarasi asosida faoliyat yuritayotgan nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun).

Talabgorlar barcha hujjatlarni platformaga “Pdf” shaklida yuklashlari kerak bo‘ladi. Arizalarni joriy yilning 10-apreligacha havola orqali jo‘natish mumkin. Arizalar bir oy ichida ko‘rib chiqiladi.

Belgilangan muddat tugagach, bu turdagi subsidiyalar uchun arizalar qabulining keyingi to‘lqini joriy yilning iyul oyida boshida ochiladi. Arizalarni qanday jo‘natish bo‘yicha Spot qo‘llanmasini havola orqali ko‘rish mumkin.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30% chegirma beriladi

17-sentabrdagi hukumat qarori bilan pedagoglarning davlat OTMlarida tahsil olayotgan farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibi tasdiqlandi. 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab davlat OTMlarining kunduzgi bakalavriatida o‘qiyotgan...

O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 5,8% dan 3,9% gacha kamaydi

Joriy yilning sakkiz oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 5,8% dan 3,9% gacha kamaydi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi. 2026-yil uchun...

Hamshiralar va tibbiyot og‘alari hamda oilaviy shifokorlarga yangi ustamalar belgilandi

O‘zbekistonda o‘rta tibbiyot xodimlarining kasbiy maqomi va malakasini oshirishga qaratilgan yangi tartiblar joriy etiladi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot Telegram-kanali xabar berdi. 2027/2028-o‘quv yilidan tibbiyot va...

Amir Temur xiyoboni yaqinida $400 mlnga biznes majmuasi qurilishi rejalashtirilmoqda

Saida Mirziyoyeva Toshkentda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yirik arxitektura loyihalari tashabbuskorlari bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida yozgandi. Unda ixtisoslashgan studiyalar va oliy ta’lim muassasalari mutaxassislari, shuningdek, mustaqil ekspertlar...

“Birorta g‘o‘daygan boyvachcha paydo bo‘lsa — kechirmayman. Davlat bo‘lishi kerak” — Mirziyoyev

Avvalroq prezident raisligida Toshkentni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiya va bandlikni oshirish hamda mahallalarda infratuzilmani yaxshilash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi. Prezident o‘z nutqida mamlakatda...

Talabalar shaharchasida xavfsiz muhit va raqamli boshqaruv tizimi yoʻlga qoʻyildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi “Yoshlik” talabalar shaharchasi hokimligida tashkil etilgan vaziyatlar markazi faoliyati bilan tanishdi. Yurt taraqqiyoti va uning kelajagi ilm-fanga intiluvchan, bilimli va...