Bosh sahifa Blog Sahifa 237

Yoshlar ishlari agentligi mutasaddilari va O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi Favqulodda va Muxtor Elchilari bilan uchashuv o‘tkazildi

0

Uchrashuvda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev va “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi ijrochi direktori Xayrulla Sattarov tomonidan yoshlarga oid davlat siyosati sohasida bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida aytib o‘tildi.

O‘z o‘rnida O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi Favqulodda va Muxtor Elchilari yoshlar sohasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda o‘tkazilgan “O‘zbekiston Yoshlar Forumi 2021” yuqori saviyada tashkil etilganligi hamda yoshlarning faol ishtiroki yuzasidan iliq fikrlar bildirib o‘tdilar.

 Shuningdek, ilk bora “O‘zbekiston Yoshlar Forumi 2021” dunyoning 6 ta rivojlangan davlatlarida jumladan: AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Turkiya, Rossiya va Janubiy Koreya mamlakatlaridagi O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchilariga ushbu forumni o‘tkazishda yaqindan yordam berganliklari uchun Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev o‘z minnatdorligini bildirdi.

Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev va “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi ijrochi direktori Xayrulla Sattarov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2022-yilda O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari bilan hamkorlikda har bir davlatlar kesimida yoshlar bilan ishlash tizimini yaratishda yo‘l xaritasini hamkorlikda ishlab chiqish va tasdiqlash taklifini bildirdi. Favqulodda va Muxtor Elchilari bilan o‘tkazish rejalashtirilayotganligini ta’kidlab o‘tdi va ushbu tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etishda ShHT kotibiyati bilan yaqindan hamkorlik qilinishi aytib o‘tdi.

Shu bilan birga, 2022-yilda doirasida aynan yoshlar siyosati sohasida Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda “Elchi va Yoshlar” uchrashuvlarini muntazam o‘tkazib boorish taklifi bildirdi.

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi va Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Milliy venchur jamg‘armasi o‘rtasida hamkorlik

0

Bugun “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi ijrochi direktori Xayrulla Sattarov O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Milliy venchur jamg‘armasi katta maslahatchisi Alisher Erkinovich Shayxov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ishtirok etdi.

Uchrashuvda respublikamizning innovatsion rivojlanish ekotizimi ishtirokchilari hamkorlik mexanizmlari, “Yakkashox” kompaniyalari yetishtirish imkoniyatlari va istiqbolda amalga oshiriladigan ishlarni muhokama qildi.

Aziz Gapparov: «Eng katta xato bu xatolardan qoʻrqish»

0

Qimmatga Tushgan Xatolar koʻrsatuvining navbatdagi soni mehmoni: Aziz Gapparov – Marketolog va Konsultant

Koʻrsatuv davomida: Aziz Gapparovning muvaffaqiyatsizlikka uchragan bizneslari, qimmatga tushgan xatolari va bu sinovlardan olgan darslari haqida bilib olishingiz mumkin.

 

Ibrahim Gulyamov: «Har bir balandlik pastlikdan boshlanadi!»

0

immatga Tushgan Xatolar koʻrsatuvining navbatdagi soni mehmoni: Ibragim Gulyamov – PCG loyihasi asoschisi

Koʻrsatuv davomida: Ibragim Gulyamovning muvaffaqiyatsizlikka uchragan bizneslari, qimmatga tushgan xatolari va bu sinovlardan olgan darslari haqida bilib olishingiz mumkin.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasida  “E-kasb” platformasining targʻiboti

0

“Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali tomonidan  “E-kasb” platformasini targʻib qilish, yoshlarni platformaga aʼzo qilish orqali kasb-hunarga yoʻnaltirish va bu orqali bandligini taʼminlash maqsadida joriy yilning  5-dekabr  sanasida Nukus shahri Yoshlar markazi binosi hamda Kasb–hunar maktabida tumandagi mahalla yoshlar yetakchilari, bitiruvchi yoshlar, Baxitli va Qumbuz ovul mahallalarida yoshlar daftarida turuvchi yoshlarga seminar tashkil etildi. Seminar davomida yoshlarga “E-kasb” platformasi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Odilbek Mirzayev: «Maqsadlarga erishishning eng yaxshi yoli — ilmga qilingan investitsiyadir»

0

Qimmatga Tushgan Xatolar koʻrsatuvining navbatdagi soni mehmoni: Odilbek Mirzayev – «PDP Academy» asoschisi

Koʻrsatuv davomida: Odilbek Mirzayevning muvaffaqiyatsizlikka uchragan bizneslari, qimmatga tushgan xatolari va bu sinovlardan olgan darslari haqida bilib olishingiz mumkin.