Bosh sahifa Blog Sahifa 212

Tender savdolari o‘tkazilishi to‘g‘risida e’lon

0

Tender nomi: WEB dasturiy ta’minotni muvozanatlantiruvchi tizim va zamonaviy IP telefoniya.
“Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi tomonidan Davlat xaridlari maxsus axborot portali (https://dxarid.uzex.uz/) orqali yoshlar orasida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarni o‘rgatishga qaratilgan onlayn platformaga WEB dasturiy ta’minotni muvozanatlantiruvchi tizim va zamonaviy IP telefoniya uchun tanlov e’lon qiladi.

Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar, Shayhontoxur tumani, Navoiy ko‘chasi, 11-uy.
Tel.: +998 99 001-71-73, +998 99 001-70-34 Mas’ul kotib: A.Xolmatov

Tender savdolari o‘tkazilishi to‘gʻrisida e’lon

0

Tender nomi: Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi uchun zarur server qurilmalarini xarid qilish va o‘rnatish.
“Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi  tomonidan Davlat xaridlari maxsus axborot portali (https://dxarid.uzex.uz/) orqali yoshlar orasida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarni o‘rgatishga qaratilgan onlayn platformani ishga tushirish maqsadida ma’lumotlarni qayta ishlash markazi uchun zarur server qurilmalarini xarid qilish va o‘rnatish uchun tanlov e’lon qiladi.

Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar, Shayhontoxur tumani, Navoiy ko‘chasi, 11-uy.
Tel.: +998 99 001-71-73, +998 99 001-70-34 Mas’ul kotib: A.Xolmatov

Buyuklar bir kunda necha soatdan uxlashgan?

0

Buyuk ishlarni amalga oshirish uchun juda koʻp vaqt kerak. Tarixdagi mashhur insonlar, ixtirochilar, siyosatchi va davlat arboblari bir kunda necha soatdan dam olishgan?

Napoleon Bonapart

Napoleon hech qachon bir kunda 4 soatdan koʻp uxlamagan. U odatda kechki soat 12:00 dan 2:00 gacha va tonggi soat 5:00 dan 7:00 gacha uxlab dam olgan. U hamisha erkaklar bir kunda 4 soat, ayollar esa 5 soat uxlashlari yetarli deb hisoblagan.

Margaret Tetcher

Taniqli siyosatchi bir sutkada 5 soatni uxlash uchun ajratgan. U ayol kishining tashqi koʻrinishi hamisha yaxshi boʻlishi kerakligi, buning uchun zarur boʻlsa uyqudan voz kechish lozimligini koʻp bor takrorlagan.

Leonardo da Vinchi

Da Vinchi ishlash uchun eng ajoyib palla – tonggi soat 6:00 dan kunduzgi 10:00 gacha boʻlgan vaqt deb hisoblagan. U har 4 soatda 15 daqiqadan mizgʻib olgan va butun umri davomida ana shu tarzda hayot kechirgan.

Salvador Dali

Salvador Dalini esa deyarli uxlamagan deyish mumkin. U tunda uyquga ketishdan avval polga temir patnis qoʻygan, qoʻliga esa qoshiq ushlab oʻtirgan. Rassom mudrashni boshlagan vaqtda qoshiq uning qoʻlidan tushib ketgan va patnisga urilib, ijodkorni uygʻotib yuborgan.

Nikola Tesla

Taniqli fizik va ixtirochi Nikola Tesla bir kunda 2-3 soat uxlagan xolos. Zamondoshlarining aytishlaricha, ixtirochi baʼzan oʻta charchagan boʻlishiga qaramay, tuni bilan uxlamasdan ishlagan. “Holdan toydim, ammo ishimni toʻxtata olmayman. Tajribalarim shunchalar muhim, shunchalar betakror, shunchalar hayratlanarliki, ovqatlanib olish uchun ulardan arang ajralaman. Uxlamoqchi boʻlganimda ham ular haqida oʻylayveraman. Menimcha, yiqilib qolmagunimcha shunday boʻlsa kerak”, degan edi Tesla.

Stiv Jobs oʻqishni tavsiya qilgan 7 kitob

0

Marhum tadbirkor Stiv Jobs hayotlik vaqtlarida qaysi kitoblarni oʻqishni tavsiya qilgan?

1. “1984”, Jorj Oruell

Mazkur kitob bir kishining odamlar xulq-atvoridan tashqari, ularning fikrlarini ham boshqarishni istagan davlatga qarshi kurashlari haqida hikoya qiladi.

 

2. “Atlant yelkalarini toʻgʻriladi”, Ayn Rend

Ushbu kitobda butun dunyoning tirgagi – iqtidorli va yolgʻiz insonlar ekanligi, agar ushbu insonlar yaratishdan toʻxtab qoladigan boʻlsalar, dunyo ostin-ustun boʻlishi haqida yozilgan.

 

3. “Yogning tarjimai holi”, Paramaxansa Yogananda

Mazkur kitob muallifi odatiy hodisalar bilan bir qatorda hayotiy tajriba asosidagi moʻjizalar qonunini izohlashga harakat qiladi.

 

4. “Hozir shu yerda boʻl”, Baba Ram Dass

Kitob muallifdagi yoga yordamida sodir boʻlgan ruhiy oʻzgarishlarni yoritib beradi.

 

5. “Kichik sayyora uchun parhez”, Frensis Mur Lappe

Ushbu kitobda toʻgʻri taomlanish qoidalari, tarkibiga goʻsht qoʻshilmagan, asosini oqsil tashkil qiluvchi taomlar retseptlari keltirib oʻtilgan.

 

6. “Tornadoning ichida”, Jeffri A.Mur

Mijozlarni jalb qilishni istagan marketologlar uchun “xarita”.

 

7. “Dasturlash daosi”, Jeffri Jeyms

Dao uslubidagi rivoyatlar koʻrinishida yozilgan kompyuter dasturlari toʻplami.

Tarixdagi eng qobiliyatli va aqlli inson kim boʻlganini bilasizmi?

0

Insoniyat tarixidagi eng qobiliyatli odam sifatida Uilyam Sidis ismli shaxs tilga olinadi. U 1898-yilda Amerikada, yahudiy muhojirlari oilasida tavallud topgan.

• 1 yoshda yozishni oʻrgangan.
• 4 yoshida Gomerni asl nusxasida oʻqib chiqqan.
• 6 yoshida Aristotel falsafasini oʻrgangan.
• 4 va 8 yosh oraligʻida 4 ta kitob yozib ulgurgan, kitoblarning bittasi anatomiya yoʻnalishida boʻlgan.
• 7 yoshida Garvard tibbiyot maktabiga kirish uchun imtihon topshirgan. Ammo, uni oʻqishga 11 yoshida qabul qilganlar.
• Uilyam 9 yoshga kirgunga qadar 8 ta – ingliz, rus, frantsuz, olmon, lotin, yunon, ivrit va yana bitta oʻzi ixtiro qilgan tilni mukammal bilgan.
• Sidis yoshi ulgʻaygan paytga kelib 40 ta tilni puxta oʻzlashtirgan.
• 11 yoshida Garvard universitetiga oʻqishga kirgan va tez orada Garvardning matematika klubida maʼruzalar oʻqishni boshlagan.
• 16 yoshida Garvard universitetini tamomlagan.

Sidis butun umri davomida asab xurujlaridan aziyat chekkan. Bolalikdan unga berilgan katta eʼtibor ayanchli oqibatlarga olib kelgan.

Uning IQ koʻrsatkichi 250 dan 300 gacha deb baholanadi. Bu tarixda qayd etilgan eng yuqori IQ koʻrsatkichidir.

Qiziq tomoni shundaki, Sidis ulgʻaygach, muvaffaqiyatga erisha olmagan. U butun umri davomida hisobchi boʻlib ishlagan, oddiy liboslar kiygan, ishxonadagi hamkasblari uning daho ekanligini payqab qolishlari bilan darrov ishdan boʻshagan. Hamisha jurnalistlardan berkinib yurgan.

Sidis 1944-yilda, 46 yoshida miyaga qon quyulishi oqibatida vafot etgan.

Suvaysh kanali rekord qiymatda daromad oldi

0

Misr orqali o‘tuvchi Suvaysh kanali yakunlangan moliyaviy yilda o‘z tarixida rekord qiymatda — 5,84 mlrd dollar daromad oldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2021-yilning birinchi yarmida Suvaysh orqali o‘tuvchi kemalar soni va tonnaji anchaga oshgan. Kanal ma’muriyati taqdim qilgan statistikaga ko‘ra, 2021-yil yanvardan iyungacha O‘rta Yer va Qizil dengizlarni bog‘lovchi kanal orqali 9763 kema o‘tgan, bu esa 2020-yilning shu davridagiga nisbatan 217 ta kema ko‘p bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, kanal orqali o‘tuvchi kemalar soni ko‘payishiga “kanalning qulay marketing va narx-navo siyosati, jumladan imtiyozlar va chegirmalar taqdim qilishi” olib kelgan.