Bangladeshning yalpi ichki mahsuloti 195,1 milliard dollarni tashkil etadi.
Aholi jon boshiga nominal YaIM 3900 dollarga teng.
Bangladesh aholisining yarmidan ko‘pi qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanadi.
Mamlakatdagi yerlarning taxminan 67 foizi ekin ekishga yaroqlidir.
Bangladeshning tikuvchilik sanoati ancha rivojlangan bo‘lib, mamlakat eksportining katta qismi uchun javobgar hisoblanadi. Mamlakat YaIMning taxminan 5 foizini chet eldagi fuqarolarining pul o‘tkazmalari tashkil etadi.
Bangladesh arzon ishchi kuchining asosiy yetkazib beruvchisi sifatida Xitoydan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.
Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatning eng qashshoq 20 foiz aholisi mamlakat umumiy boyligining atigi 8,9 foiziga egalik qiladi.
Barchasi biznes haqida «Bangladesh»
O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Masayosi Son
Yaponiyada tug‘ilgan Masayosi 1974-yilda oilasi bilan San-Fransiskoga ko‘chib o‘tadi. 19 yoshida elektron tarjimon ixtiro qilib, uning patentini “Sharp” firmasiga 1 million dollarga sotib yuboradi. 1980-yilda esa Kaliforniya universitetida iqtisod bo‘yicha bakalavr darajasini olib, bir yildan so‘ng Yaponiyaga qaytadi.
1982-yilning yanvarida dasturiy ta’minot ishlab chiqarish va tarqatish bilan shug‘ullanadigan “Softbank” kompaniyasiga asos soladi va keyinchalik hozirda mobil aloqa va investitsiyalarga ixtisoslashgan kompaniya dasturiy ta’minotning yetakchi distribyutoriga aylanadi.
Hozirgi kunda tadbirkorning shaxsiy kapitali 32,3 milliard dollarni tashkil etadi.
200ga yaqin davlat iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashish bo‘yicha muzokara boshladi
Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hukumatlararo ekspertlar guruhiga (IO‘HEG) a’zo 195 mamlakat vakillari iqlim halokatining oldini olishga qaratilgan oltinchi hisobotni tasdiqlash uchun muzokara boshladi.
Mamlakatlar vakillari uchrashuvi 26 iyul kuni boshlandi va 6 avgustgacha davom etadi. 9 avgust kuni siyosatchilar uchun rezyume tarqatish rejalashtirilgan.Oltinchi hisobot bo‘yicha ishlar BMT Bosh assambleyasining 76-sessiyasi, G20 sammiti va iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha BMT konferensiyasi arafasida boshlandi.
Ekspertlar guruhi har olti-yetti yilda ana shunday hisobot e’lon qiladi. Bu galgi hisobot o‘rmon yong‘inlari va turli tabiiy ofatlar avj olgan yoz faslida tayyorlanmoqda.
Ekspertlar uchar avtomobillar narxi qancha bo‘lishini e’lon qildi
Britaniyaning Pentagon Motor Group ekspertlari ommaviy sotuvga chiqadigan havo mashinalarining narxi qancha bo‘lishini hisoblab chiqdi. Ekspertlar qimmat turuvchi turli elementlar narxlarini, jumladan, kuchli reaktiv motorlar va katta sig‘imdagi yonilg‘i baklarini inobatga olgan holda hisoblash ishlarini amalga oshirdi. Natijada ma’lum bo‘lishicha, individual uchar avtomobil narxi bozorda arzon bo‘lmaydi: u 686 455 dollarni tashkil etgan. Shunday qilib, qanotli mashina 1000 ot kuchiga ega Ferrari SF90 Stradale superkaridan sezilarli darajada qimmat bo‘ladi.
Pentagon Motor Group’ning marketing bo‘yicha direktori Shakil Xassianning ta’kidlashicha, narxlar faqat savdolar boshida qimmat bo‘ladi, chunki uchar avtomobillar ilg‘or texnologiyalarning tom ma’noda “peshlavhasi”ga aylanadi. So‘ng narxlar sekin-astalik bilan arzonlashib, vaqt o‘tgan sari ularning aksariyati ko‘pchilikka maqbul bo‘lib qoladi.
Barchasi biznes haqida
Dunyodagi zumradlarning 90 foizga yaqini Kolumbiyada qazib olinadi.
Kolumbiya dunyoda kofe ishlab chiqaruvchi yirik mamlakat Braziliyadan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.
Mamlakat atrof-muhitni eng ko‘p ifloslantiradigan 8 davlat qatoriga kiradi.
AQSh gul do‘konlarida sotiladigan barcha gullarning taxminan 70 foizi Kolumbiyadan keltiriladi.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, kolumbiyaliklar har yili o‘rtacha 400 milliard stakan kofe ichadi.
Iqtisodiy rivojlanishi bo‘yicha Kolumbiya Lotin Amerikasidagi barcha mamlakatlar orasida 4-o‘rinni egallaydi.
Mamlakatdagi eng mashhur uyali aloqa xizmati “Virgin mobile” bo‘lib, undagi sim-kartaning narxi 7000 peso (taxminan 35 ming so’m)ni tashkil etadi.
Kolumbiyada meva va sabzavotlar juda arzon. Masalan, bir kilogramm pomidor taxminan 1800 so‘m turadi.
O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Lyan Larion Viktorovich
1984-yil Qozog‘istonda tug‘ilgan Lyan 2004-yilda T. Risqulov nomidagi Qozog‘iston iqtisodiy universitetiga buxgalteriya mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishga kirgan.
2005-2006-yillarda ikki sherigi bilan birgalikda “Triada” ko‘chmas mulk agentligini ochgan. 2007-yilda esa klining biznes (binolar, uylar va idoralarni tozalash bo‘yicha professional xizmatlarni ko‘rsatishni o‘z ichiga olgan faoliyat) bilan shug‘ullana boshlagan va bugungi kunda tikuvchilik, gilam tozalash, kir yuvish, reklama agentligi, ko‘chmas mulk, qog‘oz mahsulotlarini ishlab chiqarish kabi 12 ta biznes yo‘nalishidan iborat “IC GROUP” xoldingini tashkil etgan.
2018-yilda maqsadi yosh tadbirkorlarga biznesni boshlashda yordam berish, shuningdek, mamlakatda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga hissa qo‘shish bo‘lgan “Ta’sischilar” loyihasini yo‘lga qo‘ygan.





