“Biznes marafon”: 1-mavsum to‘liq formatda
“Biznes marafon” loyihasining 1-mavsumi Respublikamizning barcha hududida bo‘lib o‘tdi. Unda malakali tadbirkorlar tomonidan biznes rejalarni tayyorlash hamda tadbirkorlikni boshlash uchun nimalar qilish kerakligi haqida tushunchalar berildi. Quyida to‘liq formatdagi videolarni ko‘rishingiz mumkin.
“Biznes ustoz” loyihasi: Azizbek Axrorov bilan vebinar (video)
Biznes boshlash uchun to‘g‘ri yo‘nalish tanlamoqchimisiz? Unda sizni tajribali xalqaro toifadagi psixolog ishtirokidagi jonli muloqotga taklif etamiz.
Spiker: Azizbek Axrorov – Shaxs va biznesni yuksaltirish markazi “Life in Progress” asoschisi, xalqaro toifadagi psixolog – trener.
“Biznes ustoz” loyihasi: Murod Muxammedjonov bilan vebinar (video)
Soliq va u bilan bog‘liq jarayonlar borasidagi savollaringizga javob topmoqchi hamda bu sohaga oid qo’shimcha ma’lumotlarga ega bo‘lishni istaysizmi, unda sizni tajribali soliq maslahatchisi ishtirokidagi jonli muloqotga taklif etamiz.
Spiker: Murod Muxammedjonov – soliq sohasida 20 yillik tajribaga ega maslahatchi
Ilon Mask «Apple»ni tanqid qildi
Tesla va SpaceX kompaniyalari asoschisi Ilon Mask Apple kompaniyasini tanqid qildi. U kompaniyani o‘z mahsulotlarida kamyob kobalt metallini haddan ziyod ko‘p ishlatishda va monopoliyada ayblagan.
Maskning ta’kidlashicha, Tesla litiy-ion elementlarini ishlab chiqarishdagi asosiy material hisoblangan kobaltni ko‘p ishlatishi haqida yanglish tasavvur bor. Tesla rahbarining aytishicha, aslida bunday emas.
“Tesla deyarli kobalt ishlatmaydi. O‘rtacha ko‘rsatkichlarni olsak, bizga qo‘llanayotgan kobaltning 2 foizi to‘g‘ri kelsa, Apple’ga 100 foizi to‘g‘ri keladi”, deb aytgan Tesla asoschisi.
Mask, shuningdek, Apple’ni App Store servisi orqali dasturlarni o‘rnatish ustidan qat’iy nazorat olib borishini tanqid qilgan.
Jeff Bezosdan muvaffaqiyatga erishish bo‘yicha «10 tavsiya»
Amazon kompaniyasi asoschisi Jeff Bezos sayyoraning eng badavlat kishilari ro‘yxatidan o‘rin olgan. 2020-yilga qadar biznesida faqatgina o‘sish va muvaffaqiyat kuzatilgan ishbilarmonning biznes bilan shug‘ullanishni istovchilar faoliyatida qo‘l keladigan tavsiyalarini e’tiboringizga havola etamiz (https://daryo.uz/2021/02/04/qanday-qilib-dunyoning-eng-badavlat-kishisiga-aylanish-mumkin-jeff-bezosdan-muvaffaqiyatga-erishish-boyicha-10-tavsiya/).
-Aqlga emas, yurakka quloq soling;
-Hech qachon afsuslanmang;
-Mahsulot yoki loyihaga e’tibor jalb qiladigan nom qo‘ying;
-Sifat muhimligini unutmang;
-Mahsulotni marketingdan muhimroq biling;
-Mijozlar xohishi va qiziqishidan kelib chiqib yondoshing;
-Sifatli mahsulotga odamlar xarid qilishga qurbi yetadigan narx qo‘ying; -Loyiha yoki mahsulotingizda o‘ziga xoslik bo‘lsin;
-Ishingizni ishtiyoq bilan bajaring;
-Tavakkal qilishdan qo‘rqmang;


