Bosh sahifa Blog Sahifa 187

“Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi Jizzax viloyatida ko‘p tarmoqli texnologik parklarni qurish bo’yicha tanlov e’lon qiladi.

0

“YOSHLAR – KELAJAGIMIZ” JAMG‘ARMASI JIZZAX VILOYATI KO’P TARMOQLI TEXNOLOGIK PARKLARI YAGONA DIREKSIYASI” masʼuliyati cheklangan jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 noyabrdagi “Jizzax viloyatining tadbirkorlik va investitsiya salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 936-sonli qarori ijrosi yuzasidan Jizzax viloyati, Sh.Rashidov tumani, Togʼchilik MFY hudidida, Do‘stlik tumani, А.Navoiy MFY hududida, Zomin tumani, Qo‘rg‘on MFY hududida ko‘p tarmoqli texnologik parklarni qurish uchun qurilish tashkilotlariga qurilishning boshlang‘ich narxini pasaytirib borish tartibida tanlov eʼlon qiladi (tanlov hujjatlarini oxirgi qabul kuni, eʼlon qilingan kundan 10 kalendar kuni mobaynida, o‘ninchi kun ham kiradi).

Sh.Rashidov tumanidagi obʼekt qurilishining boshlang‘ich bahosi
17 747 547 729 (o‘n yetti milliard yetti yuz qirq yetti million besh yuz qirq yetti ming yetti yuz yigirma to‘qqiz) so‘m 00 tiyin.

Do‘stlik tumanidagi obʼekt qurilishining boshlang‘ich bahosi 13 910 855 800 (o‘n uch milliard to‘qqiz yuz o‘n million sakkiz yuz ellik besh ming sakkiz yuz) so‘m 00 tiyin.

Zomin tumanidagi obʼekt qurilishining boshlang‘ich bahosi 18 361 656 381 (o‘n sakkiz milliard uch yuz oltmish bir million olti yuz ellik olti ming uch yuz sakson bir) so‘m 00 tiyin.

Tanlovda ishtirok etish uchun murojaat xati bilan quyidagi hujjatlar konvertda yopiq holda, imzo va muxr bilan tasdiqlangan holatda taqdim etilishi lozim:

– tashkilot guvohnomasi va nizomi (ustavi);

– oxirgi 3 yillik balans hisoboti (barcha ilovalari va soliqdan hisobot qabul qilinganligi to‘g‘risidagi elektron maʼlumotnoma bilan);

– muddati 90 kundan o‘tgan debetor va kreditorlik qarzlari to‘g‘risida maʼlumot;

– asosiy vositalari yoyilmasi;

– qurilish bo‘yicha mutaxassislarning shtat birligi va ushbu shtatlardagi xodimlar to‘g‘risida ma’lumot;

– So‘ngi bir yilda amalga oshirilgan qurilish ishlari bo‘yicha buyurtmachi tavsifnomasi;

Manzil – Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Qatartol ko‘chasi, 60B-uy,
3-qavat, 310-xona. Murojaat uchun telefonlar: 99 001-71-73, 97 770-56-29.

Nurota tumanida “Yoshlar mehnat guzari” foydalanishga topshirildi.

0

Joriy yilning, 22 iyun kuni «Yoshlar oyligi» doirasida mazkur «Yoshlar mehnat guzar»ning ochilish marosimi boʼlib oʼtdi.

Qayd etish joizki, u yerda yosh tadbirkorlarga imtiyozli shartlarda binolar, ofis texnikasi va jihozlari ijaraga beriladi, internet bilan taʼminlanadi, shuningdek, yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, gʼoyalari va loyihalarini amalga oshirishga zarur koʼmak beriladi. Biznes-rejalar ishlab chiqish, maslahat, yuridik, buxgalteriya va boshqa xizmat turlarini koʼrsatish, forumlar, master-klasslar va seminarlar tashkil etish uchun «Yosh tadbirkorlar» kovorking-markazlari quriladi.

Tomdi tumanida “Yoshlar mehnat guzari” o‘z faoliyatini boshladi

0

Oʼzbeksiton Respublikasi Prezidentining Navoiy viloyatiga tashrifi davomida berilgan topishirqlar ijrosini taʼminlash maqsadida bugun Navoiy viloyatining olis choʼl hududlaridan biri Tomdi tumanida ham “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʼarmasi mablagʼlari hisobidan barpo etilgan “Yoshlar mehnat guzari”ning ochlish marosimi boʼlib oʼtdi.

“Iyun oyi – Yoshlar oyligi» doirasida qurilib, tomdilik yoshlarga bayram sovgʼasi sifatida topshirilgan yangi, zamonaviy va koʼrkam binoning ochilish marosimida «Yoshlar – kelajagimiz» jamgʼarmasi makaziy apparat xodimlari, tuman hokimligi xodimlari va boshqa hamkor tashkilot vakillari ishtirok etdilar.

“Har bir oila – tadbirkor” dasturi qo’shimcha ravishda moliyalashtiriladi.

0

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Har bir oila – tadbirkor” dasturini moliyalashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasidan qo’shimcha ravishda 100 million АQSh dollari ekvivalentidagi mablag’larni quyidagi vakolatli banklarga ajratish belgilandi:

“Аgrobank” АTBga – 40 million АQSh dollari ekvivalentida;

АT Xalq bankiga – 30 million АQSh dollari ekvivalentida;

“Mikrokreditbank” АTBga – 30 million АQSh dollari ekvivalentida.

Tadbirkorlik uchun qo`llanmalar!

0

Pandemiya tufayli hozirgi paytda Tomorqadan samarali foydalanishning ayni payti. Sizga Tomorqani chinakam daromad manbaiga aylantirishga xizmat qiladigan foydali tavsiyalarni havola etdik.

Batafsil

Biznes reja namunalari

0

Har qanday biznesni boshlashdan oldin aniq hisob-kitoblarga asoslangan, mukammal biznes reja ishlab chiqilishi yarim muvaffaqiyat hisoblanadi. Biznes reja ishlab chiqishda esa marketing yondashuv, ishlab chiqarish rejasi, moliyaviy reja, investitsiya olib kirish rejasi, SWOT tahlili kabi muhim jihatlar to’liq e’tiborga olinishi zarur. Ko’pchilik tadbirkorlarning qimmatli xatosi – biznes rejani o’zlari tomonidan ishlab chiqilmasligidadir. Quyida sizga bir necha yo’nalishlarda biznes reja namunalarini qulay formatda taqdim etdik.

Batafsil