Bosh sahifa Blog Sahifa 165

Zargarlik buyumlarini O‘zbekistondan olib chiqish bo‘yicha yengillik berildi

0

Jismoniy shaxslar qiymati 100 mln so‘mgacha bo‘lgan tayyor zargarlik buyumlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirmasdan, 100 mln so‘m va undan ortiq bo‘lganlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi asosida O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqishlari mumkin.

Prezidentning 2022-yil 23-dekabrdagi PQ-452-son qarorida belgilangan tartibga ko‘ra, zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar zargarlik buyumlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirgan holda, ma’lumotlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritmasdan O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga tijorat maqsadlarida olib chiqishi mumkin.

Bundan tashqari, 2023-yil 1-fevraldan boshlab, affinaj korxonalari va zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar:

– qimmatbaho metallarni va tarkibida qimmatbaho metallar mavjud bo‘lgan xomashyoni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirishda;
– bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan qimmatbaho metallarni va tarkibida qimmatbaho metallari mavjud bo‘lgan xomashyoni qayta ishlash mahsulotlarini O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqishda maxsus turdagi tovarlarni eksport va import qilish uchun litsenziya olish majburiyatidan ozod etildi.

2026-yil 1-yanvarga qadar marvarid, olmos, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarga import bojxona bojlari 0 foiz etib belgilandi.

Shaxmat bo‘yicha Markaziy Osiyo ochiq chempionatiga start berildi

0

Toshkent shahridagi Xalqaro Shaxmat Akademiyasida Markaziy Osiyo Ochiq shaxmat turnirining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

18-25-yanvarga qadar davom etadigan turnirda Afg‘oniston, Qirg’iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondan ro‘yxatdan o‘tgan 60 ga yaqin shaxmatchilar g‘oliblik uchun bellashadi.

Ma’lumot uchun, musobaqaning umumiy sovrin jamg‘armasi 18 000 AQSh dollarini tashkil qiladi.

O‘zbekistonning 2022-yilda dunyo reytinglaridagi o‘rni qanday bo‘ldi?

0

Iqtisodiy erkinlik indeksi — 117-o‘rin.

Ekologik samaradorlik indeksi — 107-o‘rin.

Bilim iqtisodiyoti indeksi — 83-o‘rin.

Sof ish haqi reytingi — 106 davlat orasida 96-o‘rin.

Elektron hukumat reytingi — 160 ta davlat ichida 79-o‘rin.

Baxtli mamlakatlar reytingi — 146 ta mamlakat orasida 53-o‘rin.

2022-yilda eng koʻp qaysi davlatlarning kapitali ishtirokida yangi korxonalar tashkil etildi?

0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yil davomida respublikada xorijiy kapital ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalar soni quyidagicha:

— Rossiya – 967 ta
— Turkiya – 369 ta
— Xitoy – 275 ta
— Qozogʻiston – 195 ta
— Koreya – 92 ta
— Tojikiston – 73 ta
— Qirgʻiziston – 66 ta
— Ozarbayjon – 43 ta
— AQSH – 40 ta
— Germaniya – 39 ta
— Turkmaniston – 30 ta
— boshqalar – 759 ta.

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Jong Shanshan

0

Jong Shanshan — 1954-yilda Chjeszyan provinsiyasi Xanchjou shahrida tug‘ilgan xitoylik tadbirkor, “Nongfu Spring” kompaniyasi asoschisi va direktorlar kengashi raisi, shuningdek, Pekindagi “Wantai Biological Pharmacy Enterprise” kompaniyasining asoschisi.

Madaniy inqilob davrida boshlang‘ich maktabni tashlab, qurilishda ish topgan. 1977-yilda Chjejiang radio va televideniye universitetiga o‘qishga kirgan. 1988-yilda biznesga kirishidan oldin “Zhejiang Daily” gazetasida jurnalist bo‘lib ishlagan. Keyin “Wahaha” ichimliklar kompaniyasida savdo agenti sifatida ishlagan va tibbiy qo‘shimchalarni sotgan.

1996-yilda suv kompaniyasiga asos solgan, keyinchalik u Nongfu Spring’ga aylangan. Jong rahbarligida kompaniya Xitoydagi eng yirik shisha suv ishlab chiqaruvchisi, shuningdek, dunyodagi eng yirik ichimliklar ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan biriga aylangan.

2020-yil oxirida “Forbes” Jongni Osiyodagi eng boy odami deb e’lon qilgan. 2021-yil yanvar oyida “Nongfu Spring” aksiyalari narxi oshib, uni Xitoyning eng boy odami va 95 milliard dollarlik boyligi bilan dunyodagi oltinchi eng boy odamga aylantirgan.

Yakka tartibdagi tadbirkorlik

0

yakka tartibdagi tadbirkorlarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan faoliyat turlari boʻyicha besh nafargacha xodimlarni yollash huquqi beriladi (https://lex.uz/uz/docs/5739505);

yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan mehnat daftarchasi yuritilmaydi;

yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlariga kirishgan jismoniy shaxslarga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida qaralmaydi va ular yakka tartibdagi tadbirkor nomidan huquqiy hujjatlarni imzolash huquqiga ega emas;

yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan soliq solinadigan daromadlar va chegiriladigan xarajatlarning hisobini yuritish soliq bazasini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan tartibini tanlagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.