Bosh sahifa Blog Sahifa 158

Fransiyadagi «Bahor» brendi, «propiska» va qiyinchiliklar – oddiy baliqchi qizining hikoyasi

0

Navbatdagi suhbat qahramoni Navbahor Baudot aslida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining fransuz tili filologiyasida tahsil olgan. Ammo, o‘zidagi iste’dod sabab hozirda moda olamida faoliyat olib bormoqda.

Birinchi ustozim – onam

Xorazm viloyati Gurlan tumanida voyaga yetganman. Onam ham tikuvchi edilar va men tikish-bichish kabilarni aynan onamdan o‘rganganman. Ammo, bundan tashqari chet tillarni o‘rganishga ham qiziqardim. Shu sababdan, 2000 yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga o‘qishga kirdim. O‘qish davomida ham turli modalar uylarida ishladim. 2007 yilda o‘qishni tamomlagach, Fransiyaga keldim va moda, dizayn sohasi mening kelgusi yo‘lim ekanligini tushunib yetdim.

Fransiyaga 200 AQSh dollar bilan kelganman

O‘qishni 2005 yilda bitirgach, maktabda dars berish uchun ishga kirdim. Ammo, “propiska” muammosi sabab bu yerda ishlay olmasdim. Onam bu vaziyatda mening har qanday qarorimni qo‘llab-quvvatlashini aytdi va men Fransiyaga kelish yo‘lini topdim. 2007 yil sentyabrda Fransiyaga dastlabki kelganimda faqatgina 200 AQSh dollar pulim bor edi. Bir oila bilan shartnoma tuzgandim va bu oilada 9 oy mobaynida yashashim kerak edi.

Qiyinchiliklarga o‘rganishni avvaldan boshlagandim

To‘g‘ri, bu yerda dastlab anchagina qiyinchiliklarga duch keldim. Til bilganim ham ularning madaniyatiga tez kirishib ketish imkoniyatini bermadi. Ammo, men bunday qiyinchiliklarni yengib o‘tishni avvaldan o‘rgangandim. 2000 yilda onam meni Toshkentga olib kelgan va bu yerda ham shu kabi jarayonlarni boshdan o‘tkazgandim.

Qarz olib, tikuv mashinasi olganman

Esimda, bor-yo‘g‘i 30 yevro pulim qolgan edi. Til maktabidagi o‘rtog‘imdan 90 yevro qarz olib tikuv mashinasi olganman va shu tariqa o‘z faoliyatimni boshlaganman. Birinchi bolalar uchun kiyimchalar tikkanman. Topadigan pulim u qadar ko‘p bo‘lmasada, menga ancha katta daromaddek bo‘lib tuyulardi.

Fransuzlar sizni qanday bo‘lsangiz, shundayligingizcha qabul qilishadi

Fransiya madaniyati biznikidan mutlaqo farqli. Ammo, bu kishilarning sizga munosabatini u qadar o‘zgartirib yubormaydi. Masalan, men fransuz kishisiga turmushga chiqqan bo‘lsam-da, u meni madaniyatim sabab emas, balki shundayligimcha qabul qilgan. Farzandlarim ham yarim fransuz, yarim o‘zbek bo‘lgani uchun juda ko‘plab qiziqishlarga ega va “Nimaga?” deya ko‘p savol berishadi.

“Bahor” brendi tarixi

Ushbu brendni yaratishga 14 yilga yaqin vaqt ketdi. Avval, men brend yaratish jarayonini juda sodda deb o‘ylagandim. Ammo, keyinchalik bildimki, bu men o‘ylaganchalik oson emas ekan. Bu brend inson qadr-qimmatini, ekologiya mavzusini yoritishi kerak edi. Lion shahrida turli millat vakillari borligi sabab menda ishlaydigan ayollar o‘rtasida dastlab til muammosi bo‘ldi. Shuning uchun, ularga avvalo til, so‘ngra kasbiy bilimlar o‘rgatishga to‘g‘ri kelgan. Shu tariqa 2017–2018 yillarda “Bahor” brendi maydonga keldi.

Jamoaviylik juda muhim

Fransiyada haqiqiy lider jamoasining fikrini eshitadigan odam hisoblanadi. Men “Bahor” brendining asoschisi bo‘lsamda, hamma ishni jamoa bilan kelishgan holda olib boraman. Hozircha jamoada 6 kishimiz. Jamoadagi hamma birgalikda mehnat qilamiz, dizayn yaratamiz va mahsulot tayyorlaymiz. Faoliyatimizni hozircha Lionda olib boryapmiz, ammo keyinchalik Parijga, hatto Shveytsariyagacha yoyishimiz mumkin. Shveytsariya bizda 1.5 soatlik yo‘l uzoqda joylashgan.

Har bir mahsulotning kelib chiqish tarixiga qiziqishadi

Fransuzlar judayam sinchkov xalq bo‘lib, ayniqsa pandemiyadan keyin bu sinchkovligi anchagina ortib ketdi. Har qanday mahsulotning, xoh u oziq-ovqat bo‘lsin, xoh kiyim-kechak, qanday yaratilgani, nimadan qilingani, ekologik tozaligiga alohida e’tibor berishadi. Tekstil sohasi ekologiyaga zarar yetkazish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turgani sabab kiyadigan kiyimining atrof-muhitga qanchalik kam ziyon keltirganiga e’tibor berishadi.

Chang qishlog‘imni har kuni xotirlayman

Otajon Shukurovning shunaqa so‘zlari bor edi: “O‘zga yurtning bog‘i bilan bog‘chasi o‘z yurtingning yantog‘icha ko‘rinmas”. Har kuni tongda uyg‘onganimda ham, kechqurun uyquga ketish oldidan ham ona qishlog‘im ko‘z o‘ngimga keladi. Oxirgi marta shu yilning yanvar oyida O‘zbekistonga kelgandim, yaqinda yana borish niyatim bor.

O‘quv kurslari narxi birmuncha qimmat

Fransiyada dizaynerlik bo‘yicha hech qayerda o‘qimaganman, balki bir qancha joylarda ishlab malaka oshirganman. dizaynerlik bo‘yicha ham o‘quv kurslari mavjud, ammo uning narxlari birmuncha qimmat. Ushbu kurslarda o‘rtacha 40 ming yevro miqdorda mablag‘ sarflashga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, bu sohada ham o‘qib, ham ishlash biroz murakkablik tug‘diradi, chunki darslar anchagina qiyin.

Fransiyada har bir hududning ma’lum bir ixtisosligi mavjud

Lion shahrida ipakchilik judayam rivojlangan, shuningdek dunyoning gastronomik poytaxti hisoblanadi. Parij shahri turizm jihatdan ilg‘or. Umuman, boshqa shaharlar ham ma’lum bir sohalarga ixtisoslashgan. Dengiz bo‘yida joylashgan shaharlarda, tabiiyki, shunga oid sohalar rivojlangan bo‘ladi.

Xayrli ishlar bajaruvchisi

Bu shaharlarda ma’lum kvartallar mavjud bo‘lib, ularda dunyoning turli o‘lkalaridan kelgan aholi vakillari yashashadi. Men o‘zim ham shunday kichik bir kvartalda yashayman. Bu yerdagi ijtimoiy muhtoj ayollar bilan suhbatlashaman va ularning muammolarini bilib olaman. Shundan so‘ng qo‘ldan kelgancha bu kabilarga yordam beraman. Masalan, o‘tgan yili karantin avj olgan davrda bir chechen ayoliga tikuv mashinasi olib berdik. Uni 2019 yildan beri tanirdim, ozgina moliyaviy qiyinchiliklarga ega edi. Shunday qilib uni ham, ketidan boshqalarni ham ishga jalb qildik.

Bir ajnabiy ayoliga ham fransuz tili, ham tikish hunarini o‘rgatguncha 1-1,5 yil vaqt kerak bo‘ladi. Bu xayrli ishlar uchun men hech qanday manfaat talab qilmayman. Ammo, davlat tomonidan ma’lum bir rag‘batlantirishlar bor. Hozirgi maqsadlarimdan biri bu loyihani O‘zbekiston uchun ham targ‘ib qilish. Ammo, buning uchun ko‘p kuch va imkoniyatlar talab etiladi.

Tadbirkorlardan 8 turdagi hisobotlarni talab qilish bekor qilindi

0

Tadbirkorlar tomonidan davlat organlariga hisobot va statistik ma’lumotlarni taqdim etish jarayonlarini soddalashtirish bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2024-yildan tadbirkorlardan talab qilinadigan 8 turdagi hisobot va statistik ma’lumotlar bekor qilinadi. Gap o‘zaro bir-birini takrorlovchi va davlat organlarining boshqa organlardan olish imkoniyati mavjud bo‘lgan hisobotlar haqida ketmoqda.

Endilikda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, Soliq qo‘mitasi, respublika tovar xom ashyo birjasi hamda Bojxona qo‘mitasi tomonidan qabul qilinadigan quyidagi hisobotlar talab etilmaydi:

  • Sug‘urtalovchilarning moliyaviy hisobot shakli “Buxgalteriya balansi” — 1-sonli shakl (sug‘urta);
  • Sug‘urtalovchilarning moliyaviy hisobot shakli “Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot” hug — 2-sonli shakl (sug‘urta);
  • Sug‘urtalovchilarning moliyaviy hisobot shakli “Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot” — 4-sonli shakl (sug‘urta);
  • Sug‘urtalovchilarning moliyaviy hisobot shakli “Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot” — 5-sonli shakl (sug‘urta);
  • Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlarni ishlab chiqarish faoliyati;
  • Erkin omborga joylashtirilgan tovarlar va ularning harakati to‘g‘risida hisobot;
  • Bojxona omboriga joylashtirilgan tovarlar va ularning harakati to‘g‘risida hisobot;
  • Boj olinmaydigan savdo do‘konidagi tovarlar va ularning harakati bo‘yicha hisobot.

Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistik ma’lumotlarning yagona ro‘yxati tasdiqlandi. Hisobotlar faqat axborot tizimlari orqali taqdim etiladi.

2026-yilgacha “tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabineti” orqali hisobotlarni shakllantirish va davlat organlariga taqdim etishni nazarda tutuvchi yagona hisobotlar tizimi joriy qilinadi.

Hisobotlarni topshirish 2026-yildan barcha tadbirkorlar uchun ixtiyoriy, 2027-yildan kichik va o‘rta tadbirkorlar uchun, 2028-yildan esa barcha tadbirkorlar uchun majburiy tartibda amalga oshiriladi.

Insofsiz raqobatni aniqlash metodikasi tasdiqlandi

0

Hukumatning 29-dekabrdagi qarori bilan tovar, moliya va raqamli bozorlarda insofsiz raqobat amaliyotlarini aniqlash va ularga chek qo‘yish Raqobat qo‘mitasi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Bundan tashqari, qo‘mita yo‘nalishlariga normatiy-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining raqobatga ta’sirini baholash ham kiritildi.

Hujjat bilan, Insofsiz raqobatni aniqlash metodikasi tasdiqlandi. Metodikaga ko‘ra quyidagilar insofsiz raqobat belgilari hisoblanadi:

  • avval fuqarolik muomalasiga kiritilgan tovar, ish va xizmatlarning tashqi bezatilishi va shakli, nomi, tamg‘alanishi, etiketkasi, o‘rovi, ranglar uyg‘unligini takrorlash orqali raqobatchi xo‘jalik yurituvchi tomonidan tovarni fuqarolik muomalasiga kiritish;
  • raqobatchi xo‘jalik yurituvchi subyektning individuallashtirish vositalariga, tovarni individuallashtirish vositalariga bo‘lgan mutloq huquqni olish orqali avval fuqarolik muomalasiga kiritilgan tovarning realizatsiya qilinishini cheklashga qaratilgan xatti-harakatlarni sodir etish;
  • raqobatchi xo‘jalik yurituvchining faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi yoki uning ishchanlik obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan, sotuvga taklif qilinayotgan tovarning sifati va iste’mol xossalari;
  • tovarni tayyorlash hamda undan foydalanish usullari va sharoitlari, shuningdek tovardan foydalanishdan kutilayotgan natijalar;
  • tovarning muayyan maqsadlarga yaroqliligi haqida, tovarni sotuvga taklif etish shartlari, shu jumladan uning narxi to‘g‘risida yolg‘on, noaniq yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tarqatish.
  • Bundan tashqari, raqobat belgilariga “eng”, “eng yaxshi”, “birinchi”, “faqat”, “faqatgina” va boshqa orttiruvchi nisbatlardan foydalangan holda solishtirish, raqobatchi xo‘jalik yurituvchining faoliyati yoki uning tovari sifati, narxi va boshqa xususiyatlariga salbiy baho berish orqali o‘zining faoliyati yoki tovari bilan solishtirish kabilar ham kiradi.

Xizmat vazifalarini bajarishi sabab, tijorat siri yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir, shu jumladan fan-texnika, ishlab chiqarish yoki savdoga oid axborot ko‘rsatilgan ma’lumotlardan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxs tomonidan egasining roziligisiz raqobatchi xo‘jalik yurituvchining manfaatini ko‘zlab ulardan foydalanish yoki oshkor qilish, agar ushbu ma’lumotlardan foydalanish yoki oshkor qilishning qonun yoki shartnomada belgilangan oshkor qilish muddati tugamagan bo‘lsa raqobat belgisi sanaladi.

Quyidagilar insofsiz raqobat belgilarini aniqlashning asosiy bosqichlari hisoblanadi:

  • insofsiz raqobat belgilari mavjud yoki mavjud emasligini baholash;
  • insofsiz raqobat holatini sodir etgan shaxslar doirasini aniqlash;
  • insofsiz raqobat harakatlari raqobatchi yoki uning manfaatini ko‘zlab boshqa shaxslar tomonidan sodir etilganligini aniqlash;
  • insofsiz raqobat bo‘yicha dalillarni to‘plash va ularga huquqiy baho berish;
  • insofsiz raqobat holatini yoki uning mavjud emasligini e’tirof etish.
  • Insofsiz raqobat belgilari aniqlangan takdirda, vakolatli organ tomonidan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi to‘g‘risida belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atiladi va ko‘rib chiqiladi.

Xo‘jalik yurituvchilar o‘zlari sodir etgan harakatlar raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga zid emasligi to‘g‘risidagi dalillarni taqdim etish, vakolatli organning qarori (ko‘rsatmasi) ustidan bevosita sudga yoki bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilishga haqli.

Xo‘jalik yurituvchilarga nisbatan insofsiz raqobatni sodir etganlik uchun belgilangan tartibda jarima tarzidagi moliyaviy sanksiya qo‘llaniladi.

2024-yilda soliq siyosatida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

0

Avvalroq prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgandi.

Shuningdek, hujjat bilan 2024-yilda soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilangan.

“Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi va “Chiqindilar to‘g‘risida»gi qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Bunda pnevmatik rezina shinalar va pokrishkalar o‘z iste’mol xususiyatlarini yo‘qotganidan keyin hosil bo‘ladigan chiqindilarning zararli ta’siridan himoya qilish uchun utilizatsiya yig‘imi belgilandi.

Tamaki mahsulotlariga soliq stavkalari quyidagi miqdorda belgilanadi (so‘mda):

Tamaki mahsulotlari turlari Import qilinganda Ishlab chiqilganda
Filtrli, filtrsiz sigaretalar, papiroslar, sigarillalar (sigaritlar), bidi, kretek, 1000 dona 325 ming so‘m (-4,97%)
va narxning 10%i
250 700 so‘m (+12%) va narxning 10%i
Sigara, 1 donasi 6 400 (+11,9%)
Chilim uchun tamaki, 1kg 382 ming (+12%)
Chekiladigan, o‘rama tamaki, 1kg 382 ming (+12%)
Chaynaladigan, hidlanadigan va shimiladigan tamaki, 1kg 382 ming (+12%)
Qizdiriladigan tamaki tayoqchasi, tamakili kapsula va o‘xshash tamoyil asosida tayyorlanadigan boshqa mahsulotlar, 1kg 382 ming (+12%)
Nikotinli tamakisiz snyus, 1kg 154 ming (+12%)
Tarkibida nikotin mavjud bo‘lgan suyuqlik, 1ml 670 (+10,7%)

Belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha soliq chilim uchun tamakisiz aralashmani olib kirishda ham qo‘llaniladi.

Tarkibida nikotin mavjud bo‘lgan suyuqlikni uni iste’mol qilish tizimlarida olib kirishda soliq tarkibida nikotin mavjud bo‘lgan suyuqlik hajmidan kelib chiqib to‘lanadi.

Alkogol ichimliklariga soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

Alkogol mahsulotlari turlari Import qilinganda Ishlab chiqariladigan
2024-yil 1-yanvardan 2024-yil 1-iyuldan
— Oziq-ovqat xom ashyosidan rektifikatsiyalangan etil spirti;
— Rektifikatsiyalangan va efiroaldegidli fraksiyadan texnik etil spirti;
— Etil spirtining boshlang‘ich fraksiyasi
70% 14 900 so‘m
Aroq, konyak va boshqa alkogol mahsulotlari (aksiz to‘lanadigan tovar tarkibidagi suvsiz etil spirtining 1 litri uchun) 101 500 so‘m (-4,96%) 38 ming so‘m 40 ming so‘m (+5,26%)
Vino (1 litri uchun)
tabiiy ravishda achitilgan tabiiy vinolar (etil spirti qo‘shilmagan holda) 28 500 so‘m (-5%) 1 so‘m
boshqa vinolar, shu jumladan vermut 42 750 so‘m (-5,03%) 2200 so‘m 2310 so‘m (+5%)
Pivo 50%, biroq 12 200 so‘mdan kam bo‘lmagan 1litri uchun 1550 so‘m 1628 so‘m

Neft masulotlari va boshqa aksiz to‘lanadigan tovarlar va xizmatlarga nisbatan soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

Tovarlar va xizmatlar nomi Amaldagi stavka 1-apreldan amal qiladigan stavka
Neft mahsulotlari:
AI-80 va undan yuqori benzin (1 tonnasi uchun) 303 ming so‘m 340 ming so‘m
AI-91 va undan yuqori benzin (1 tonnasi uchun) 303 ming so‘m
aviakerosin, sintetikdan tashqari (1 tonnasi uchun) 242 ming so‘m 271 ming so‘m
dizel yoqilg‘isi (1 tonnasi uchun) 291 ming so‘m 326 so‘m
EKO dizel yoqilg‘isi (1 tonnasi uchun) 262 ming so‘m 293 ming so‘m
dizel yoki karbyurator dvigatellari uchun motor moyi (1 tonnasi uchun) 412 ming so‘m 461 ming so‘m
Yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilinadigan mahsulotlar:
AI-80 va undan yuqori benzin
(1 litr uchun/1 tonna uchun)
425 so‘m 476 so‘m
565 ming so‘m 633 ming so‘m
AI-91 va undan yuqori
(1 litr uchun/1 tonna uchun)
425 so‘m
576 ming so‘m
dizel yoqilg‘isi
(1 litr uchun/1 tonna uchun)
425 so‘m 476 so‘m
516 ming so‘m 578 ming so‘m
suyultirilgan gaz
(1 litri uchun/1 tonnasi uchun)
425 so‘m 476 so‘m
807 500 so‘m 904 ming so‘m
siqilgan gaz (1 kub metr uchun) 605 so‘m 678 so‘m

Shuningdek, ayrim soliq stavkalari, jumladan, tabiiy gaz (importdan tashqari) va shakar uchun 20%, polietilen granulalar uchun 10% miqdorida o‘zgarishsiz qoladi. Mobil aloqa uchun aksiz solig‘i ham 10% miqdorida qoladi.

Bundan tashqari, aprel oyidan shakarli va gazlagan ichimliklar uchun aksiz solig‘i joriy etiladi. Ularning hajmi ichimliklarning bir litri uchun 500 so‘m, energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklar uchun 2 ming so‘m bo‘ladi. “Spot” mazkur mahsulotlarga aksiz solig‘ining joriy etilishi oqibatlari haqida biznes vakillari fikrlarini taqdim etgandi.

Endilikda o‘zini-o‘zi band qilgan fuqarolar ham YaTTlar uchun belgilangan tartibd soliq to‘lashadi. Yangi tartib, fuqarolar faoliyati natijasida olingan daromadlari 100 mln so‘mdan oshganida amal qiladi.

Faoliyat turlari Bir oylik soliq stavkalari (so‘mda)
Toshkent shahri Nukus va viloyat markazlari boshqa shaharlar boshqa aholi punktlari
Chakana savdo:
oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari 907 500 so‘m 726 ming so‘m 363 ming so‘m 242 ming so‘m
— dehqon bozorlarida dehqonchilik mahsulotlari
— gazetalar, jurnallar va kitoblar
— maishiy xizmatlar
— boshqa faoliyat turlari

302 500 so‘m

181 500 so‘m

121 ming so‘m

60 ming so‘m

Avtomobilda yuk tashish xizmatlari:
3 tonnagacha yuk ko‘tarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun 181 500 so‘m
3 tonnadan ortiq yuk ko‘tarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun 275 ming so‘m

Avvalroq O‘zbekistonda mol-mulk solig‘ining bazaviy to‘lovlariga o‘zgartirishlar kiritilgani ma’lum qilingandi. Xususan, Toshkentda 3 mln so‘m, Nukus shahri va viloyat markazlarida 2 mln so‘m, boshqa shahar va qishloqlar uchun 1,2 mln so‘mni tashkil etadi.

Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha bazaviy soliq stavkalari mamlakat hududlari kesimida 1 gektar uchun mutlaq o‘lchamda soliq stavkalari belgilandi.

Yuk ko‘tarish quvvati 10 tonnadan yuqori bo‘lgan yuk avtotransporti vositalari va tirkamalarining avtomobil yo‘llari bo‘ylab harakakatlanish huquqi uchun yig‘im undiriladi.

2024-yilda qanday biznes ochish mumkin: 6ta biznes g‘oya

0
Shot of a group of programmers working together on a computer code at night

Dezinfeksiya biznesi

Kompaniyaning oylik daromadi mavsumga qarab o‘rtacha $7,5−10 mingni tashkil qiladi. Yozda, zararkunandalar ko‘payish davrining eng yuqori cho‘qqisida buyurtmalar ko‘payadi va daromad $10 mingdan oshishi mumkin.

Xarajatlar:

Obyekt Mablag‘ (dollarda)
MChJ ochish hamda muhr va shtamplarga ega bo‘lish 50
Binoni sanitariya me’yorlari va talablariga mos keladigan tarzda ta’mirlash va jihozlash 6 000
Ish uchun uskunalarni sotib olish 2 500 har 2 yilda
Bino ijarasi oyiga 450
Shaxsiy himoya vositalari va xo‘jalik jihozlarini sotib olish oyiga 150
Professional dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya uchun kimyoviy moddalarni sotib olish oyiga 1 200
Maosh jamg‘armasi oyiga 2 800
Soliq xarajatlari oyiga 800
Reklama oyiga 500

biznes g‘oya


Internet-do‘kon

Dastlabki bosqichda quyidagi kadrlar kerak bo‘ladi:

  1. Dasturchilar — ularni ishga yollagan holda yoki autsors orqali ishlasa ham bo‘ladi.
  2. Kontent menedjer. Bu juda muhim pozitsiya, chunki aynan u mahsulotni saytga joylash ishini amalga oshiradi.
  3. Marketolog. U sizning mehnatingizni yuzaga chiqarib beradi.
  4. Savdo bo‘limi (operatorlar). Savdoning sifati aynan ularga bog‘liq bo‘ladi.
  5. Buxgalter hamda logistika bo‘yicha mutaxassis.

Xarajatlar:

Obyekt

Miqdor (dollarda)

Saytni yaratish

$2000-$25000

Mahsulot

$10000 dan

Mahsulotni qadoqlash

$300 dan

Xodimlar ish haqi

har bir xodim uchun o‘rtacha $400 dan

Joy ijarasi

$500 dan

biznes g‘oya


Pastilalar va mevali chipslar ishlab chiqarish

Hozir korxonaning bir oylik aylanmasi 60 mln so‘m bo‘lib, shundan 20−30 mln sof foyda, marja 50 foizni tashkil etadi. Kuniga 300 dona pastila va 2−3 kg mevali chipslar ishlab chiqaramiz. Pastilalarni bitta o‘ramining narxi 14 ming so‘m, chipslar esa 18 ming so‘m.

Xarajatlar:

Obyekt Miqdor (dollarda)
Binoni ijaraga olish 200
Joyni ta’mirlash 1000
Mebel 500
Uskunalar (quritish mashinalari, muzlatgichlar, blender, slayserlar, pech) 3000
Xodimlarning ish haqi 1000
Kommunal to’lovlar 300
Targ’ib qilish, reklama 100
Mahsulot uchun materiallar 1000 dan boshlanadi

biznes g‘oya


Qahvaxona

Qahvaxonani reklama qilish alohida byudjet talab qiladi. Loyihaning bozorda e’tiborga tushishi uchun to‘g‘ri keladigan agentlik topish kerak. Bu arzon ish emas, oyiga taxminan 6 mln so‘m talab qilinadi.

Xarajatlar:

Obyekt Miqdor (so‘mda)
Texnika (qahva mashinalari, qahva maydalagich va h.k) 40 000 000 dan
Mebel 20 000 000 dan
Birinchi xarid (oziq-ovqat, idish-tovoq va b.) 15−20 000 000 dan
Ta’mirlash 60−80 000 000 dan
Bino ijarasi Oyiga 7 000 000 dan

biznes g‘oya


Kovorking-markaz

O‘rtacha hisobda uch yil ichida foydaga chiqish mumkin. Oyiga $1000dan daromad olish mumkin.

Kovorking markazining muvaffaqiyati bir qator omillarga bog‘liq:

  • to‘g‘ri joyni tanlash;
  • katta miqdorda moliyaviy investitsiya qilishga tayyorlik;
  • aholi o‘rtasida bunday joylarda ishlash madaniyatini shakllantirish;
  • biznes modelini ishlab chiqish.

Xarajatlar:

Obyekt Summa (AQSh dollarida)
Binolarni ijaraga olish 1kv metri $15−30
Bir martalik reklama kampaniyasi $1000dan $5000gacha
Targ‘ib $500−800
Tadbirlarni tashkil etish $1500−3000
Jihozlar $20 mingdan
Interyer yaratish $20 mingdan
Uskunalar (televizorlar, ekranlar, ovoz uskunalari va boshqalar) $40 mingdan
Jamoani shakllantirish $2,5 mingdan
Kommunal xarajatlar $1000−1500dan

biznes g‘oya


Event-agentligi

O‘rtacha oylik daromad oyiga $1000-$2000dan boshlanadi (mavsumiga qarab). Loyihaning o‘zini qoplash muddati kamida bir yilni tashkil etadi. Mashhurlikka erishish uchun eng yaxshi reklama — bu “sarafan radiosi”.

Xarajatlar:

Obyekt Summa (AQSh dollarida)
Binoni ijaraga olish $700dan
Bino ta’miri $6000dan
Jihozlar $4000dan
Ofis uskunalari $3000dan
Xodimlar ish haqi $300−500
Kommunal xarajatlar $250−300
Reklama $1500dan

biznes g‘oya

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan yosh tadbirkor Sohibjamol Kattayeva

0

Sohibjamol Kattayeva Surxandaryo viloyati Termiz shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan. Qalampir.uz saytida faoliyat yuritgan.

Asosiy mutaxassisligi jurnalistika bo‘lishiga qaramasdan, Sohibjamol kitobga bo‘lgan mehri va qiziqishi tufayli noshirlik yo‘lidan davom etadi. 2021-yil 5-aprelda “Factor books” nashriyotiga, 5 oydan so‘ng 5-sentabr kuni kitob do‘koniga asos solgan.

Biznesning yaratilishi

Universitetning 2-bosqichda o‘qib yurgan paytlarimda “Jamiyat” ijtimoit-siyosiy gazetasida amaliyotchi bo‘lib ish o‘rganganman. Shuningdek, maktabdagi biologiya jurnalida ham mas’ul kotib, ham korrektor va dizayner sifatida faoliyat olib borganman. Bu jarayon men uchun juda katta tajriba maydoni bo‘lgan.

Nashriyot ochish g‘oyasi ilgaridan bor bo‘lgan, lekin tasavvurimda bu juda ham murakkab jarayondek ko‘rinardi. Magistraturaga Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Matbaa bo‘limiga o‘qishga kirganimdan so‘ng, bu yerda nashriyot va bosmaxonalar faoliyati haqida yana ham ko‘proq bilim va tushunchalarga ega bo‘ldim. Ustozim bilan birgalikda bosmaxonada dizayner bo‘lib ish boshlaganman.

U yerda orttirgan tajribalarim asosida, rahbarga xususiy nashriyot ochish taklifini berganman. Buni uddalay olishim, jurnalistika sohasida tahsil olganim va kitoblarni saralay olishimni aytganman. Ular taklifimni qo‘llab-quvvatlashgan. Oldindan mavjud bo‘lgan tashkilotni qayta ro‘yxatdan o‘tkazib berishgan.

“Factor books” raqamlarda

Boshlang‘ich xarajatlar. Ochig‘ini aytsam, boshlanishiga hech qancha mablag‘ sarflamaganmiz. Chunki, biz ustozim bilan bosmaxonada faoliyat yuritardik. Nashriyot sifatida bor bo‘lish uchun 2−3 ta kompyuter va mutaxassislar, nashrga tayyorlangan kitobni bosib beradigan bosmaxona bo‘lsa yetarli aslida.

Buyurtmalar. Aslini olganda kitob savdosi ham mavsumiy hisoblanadi. Misol uchun, talabalar va maktab o‘quvchilarining o‘quv jarayonlari jadallashgan bir paytda kitob sotib olish ham ancha jonlanadi. Bizning kitob do‘konimizda kitoblar buyurtmasi asosan Instagram ijtimoiy tarmog‘imiz va Telegram kanalimiz orqali qabul qilinadi.

Savdo mavsumi yaxshi bo‘lgan paytlari kuniga 20 tadan 30 tagacha buyurtmalar qabul qilamiz. Bu albatta biz e’lon qilgan chegirmalar bilan ham bog‘liq.

Shuningdek, har oyda universitetlar rahbariyati bilan hamkorlikda kitob yarmarkalari ham o‘tkazib turamiz. Bu ham savdo darajasini oshishida bizga katta yordam bera oladi.

Xarajatlar

Biz ilk do‘kon sifatida Novza metrosi yonidagi binoda o‘z faoliyatimizni boshlaganmiz. U joy markazda joylashgani va hajm jihatdan kattaligi sabab, ijara narxi biroz qimmatroq edi, oyiga $1200 to‘lar edik. Sotilishi munosabati bilan hozirgi binoga ko‘chdik.

Bu joy oldingisiga qaraganda kichikroq, 84 metr kvadratni tashkil etadi va ijarasi ham shunga yarasha 7 mln so‘mni tashkil qiladi.

Do‘kondagi kitob javonlarini tayyorlatish uchun esa 20 mln so‘m sarflaganmiz.

Reklama. Marketing va reklama uchun ko‘p mablag‘ sarflanmaydi. Asosan ichki imkoniyatlarimizdan kengroq va ko‘proq foydalanishga, mutaxassislarning eng yaxshilarini topishga harakat qilamiz. Instagram va Telegram platformalarining algoritmlaridan kelib chiqqan holda, bizni kuzatayotgan kitobxonlar qanaqa kontentni xohlashi asosida oyma-oy tahlil qilib, materiallar tayyorlaymiz.

Bu o‘zining ijobiy natijasini berib kelmoqda va Facebook, Instagram va Telegramda umumiy 40 mingdan ortiq kuzatuvchilarga egamiz.

Xatolar va xulosalar

Odatda o‘zimga va qiziqishlarimga asoslanib izlanganim, sohaga oid bilimlarni egallamaganim mening xatom deb bilaman. Barcha ishlarni o‘z yo‘nalishining mutaxassislariga ishonib topshirganman, ammo, orada qator kamchiliklarga duch kelganmiz.

Shuningdek, boshqaruv bilan bog‘liq masalalarda ham kamchiliklarim bor, ya’ni ko‘ngilchanligim, erkin jamoaviy muhit yaratishga bo‘lgan yuqori darajadagi ishtiyoqim sababli ish jarayonida biroz anglashilmovchiliklarga olib kelardi. Men xodimlarim bilan rahbar sifatida emas, hamkasb sifatida ish olib borish prinsipini tanlaganman, tushunib yetdimki, biroz nazorat ham kerak ekan.

biznes g'oya, intervyu, kitob do'koni, tadbirkorlikFoto: Spot

Raqobatchilar va talab haqida

Mamlakatimizda nashriyot va kitob do‘konlari ochish tizimi yildan-yilga yangilanayotgani sari ularning soni oshib bormoqda. Buning barobarida kitob turlari ham rivojlanmoqda. Bu albatta quvonarli, chunki yangidan-yangi kitob nashriyotlari va do‘konlariga talab yuqori ekanligini ko‘rishimiz mumkin.

Va mana shu kitob do‘konlari o‘zining qadriyatlari, imkoniyatlari, tashkil qilingan vaqti va tajribasi bilan bir-biridan ajralib turadi. Ular o‘zlarida bor barcha imkoniyatlardan foydalanib, o‘quvchi e’tiborini qozonishga muvaffaq bo‘lmoqda. Kitob o‘qish va sotib olish insonlarning kundalik ehtiyojiga aylanib bormoqda.

Maslahatlar. Avvalo, kitob do‘koni ochish niyatida bo‘lgan har bir inson uning shaklini, ya’ni onlayn shakldami yoki oflayn — tanlab olishi kerak. Agar oflayn shaklda ochadigan bo‘lsa, birinchi navbatda qaysi lokatsiyada ochish masalasini ko‘rib chiqishi kerak.
Albatta, aholi, talabalar va o‘quvchilar gavjum bo‘lgan manzildan joy tanlash kerak.

Lekin, buni ham o‘ziga yarasha moliyaviy qiyinchiliklari bor, ya’ni moliyaviy jihatlari — ijara narxlarini ham e’tiborga olish kerak. Shu bilan birga, do‘kon ochishdan oldin shu sohaga oid iqtisodiy va huquqiy bilimlarni ham o‘zlashtirish kerak.

Rejalar. Noshirlik ishi mening eng katta orzularimdan biri, shu bilan bir qatorda, O‘zbekistonda ta’lim bilan bog‘liq jarayonlarda ham ishtirok etishga harakat qilaman. Xususiy maktab va bog‘cha, universitetlar ochishni reja qilganman. Buning uchun o‘z ustimda tinimsiz ishlashga harakat qilaman.