Bosh sahifa Blog Sahifa 158

Tadbirkorlarga nisbatan yangi javobgarlik choralarini joriy etishga 3 yillik moratoriy o‘rnatilyapti

0

Prezident 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Prezident farmoni bilan:

2023 yil 1 iyuldan boshlab tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan yangi turdagi javobgarlik va jazo choralarini joriy etishga uch yillik moratoriy o‘rnatiladi;

tintuv o‘tkazish, telefon so‘zlashuvlarini eshitib turish va mulkni xatlashga sanksiya berish vakolati prokurorlardan sudlarga o‘tkaziladi;

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab respublikaning barcha viloyatlari va Toshkent shahrida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yiladi;

“O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJning ipoteka obligatsiyalarini chiqarish va joylashtirish uchun kompaniyaning ustav fondi 100 million AQSh dollari ekvivalentiga yetkaziladi va bunda jalb qilingan mablag‘lar ipoteka kreditlari uchun resurs sifatida banklarga joylashtiriladi.

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan o‘zbekistonlik tadbirkor Viktoriya Chugay

0

Viktoriya 1994-yilda Toshkentda tug‘ilgan. 2016-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik institutini tamomlagan. Shundan so‘ng bir necha yil Janubiy Koreyadagi “KL Management” adabiy agentligida ishlagan, 2018-yilda esa O‘zbekistonga qaytib, shu yerda o‘zining nashriyot uyi — “Asian book house”ni ochgan.

Nashriyot biznesiga o‘tishdan oldin tajriba orttirgan, shaxsiy kiyim brendi ustida ishlagan, ammo bu foyda keltirmagach, olti oydan keyin biznesni yopgan. 2017-yilda Koreyaga borib, “KL Management” adabiy agentligida avval amaliyotchi, so‘ngra loyiha menejeri sifatida faoliyat yuritgan.

“Asian book house”ni ochish uchun hech qanday investitsiyalarni jalb qilmasdan, rivojlantirishga o‘z pulini kiritgan.

“Nashriyot biznesida kitobning mashhurligini va sotilish—sotilmasligini oldindan his qilish kerak bo‘ladi. Ha, bu qiyin. Lekin men bu ishni tanlaganman, shuning uchun chidashim va qadam tashlashda davom etishim kerak”, — deydi tadbirkor.

Biznesda yolgʻonchi hamkorlar bilan murosa qilish mumkinmi?

0

Ijtimoiy ruhshunoslik sohasidagi tadqiqotlarning koʻrsatishicha, odam bir kunda oʻrtacha 1-2 marta yolgʻon soʻzlar ekan. Bu masalada biznes muzokaralari ishtirokchilari ham chetda qolmagan: suhbatdoshlarning taxminan 50 foizi istalgan natijaga erishishga koʻmaklashadigan imkon paydo boʻlgani zahoti yolgʻon aralashtirishi maʼlum boʻlgan. Biznesmenlarning koʻpchiligi foydali shartnoma tuzish uchun yolgʻon ishlatishar ekan. Bunday strategiya esa keyinchalik ikki tomonlama kelishuvlarning rivojlanishiga toʻsqinlik qiladi. Shu tariqa har ikkala taraf ham yolgʻondan oʻzini himoyalashi va qarshi taraf yolgʻon ishlatishi mumkinligiga tayyor boʻlishi kerak.

Garvard biznes maktabi dotsenti Lesli Jonning soʻzlariga koʻra, koʻp odamlar agar oʻz vaqtida sezib qolsa, oʻzini yolgʻondan himoya qila olishiga ishonadi. Dovdirayotgan odamni harakatlaridan bilib olish mumkin, degan fikr bor. Biroq unday emas ekan. Tadqiqot natijalariga qarab, muloqotlarning 54 foiz holatida aldov aralashishini tushunib olish mumkin. Hatto tadqiqot ham aniq maʼlumot berolmaydi, 30 foizga yanglishadi. Qolaversa, xushmuomalalik bilan yaxshilab oʻralgan yolgʻonni his qilish juda qiyin: misol uchun, direktoringiz sizga istalgan vaqtda lavozimingizni oshirishga vaʼda bersa yoki yetkazib beruvchi sizning buyurtmangiz uning uchun juda ham muhimligini kafolatlasa. Bunday holatlarda aldovga laqqa tushib qolish mumkin. Chunki xushmuomalalik bizning istak va orzularimizga juda mos keladi-da.

Jonning fikricha, muzokaralar paytida fikrga xaspoʻshlash emas, aldov aralashmayotganiga eʼtibor qaratib ham aldovdan himoyalanish mumkin. U koʻzni shamgʻalat qilib, aldab ketmasliklari uchun bir necha ilmiy asoslangan strategiyalarni tavsiya etadi. Tavsiyalar 100 foiz ishonchli boʻlmasa ham, ularga foydali shartnomalar tuzish imkoniyati ancha koʻtariladi.

Oʻzaro ragʻbatlantirishda samimiy boʻling

Kimdir oʻzida mavjud konfidensial axborot bilan oʻrtoqlashgan paytda siz ham unga shu tariqa javob qaytargingiz keladi va misol uchun, oʻzingiz biladigan 1-2 ta sirni shipshitib qoʻyishingiz mumkin, deydi Jon. Bunga isbot sifatida The New York Times nashri tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotni misol qilib keltiradi: jurnalistlar noaxloqiy harakatlar roʻyxatini tuzib chiqishadi (noqonuniy sugʻurta toʻlovlari, moliyaviy kirdikorlar va shu kabi) va odamlardan shunga oʻxshash ishlarni amalga oshirganmi, yoʻqmi, tan olishlarini taklif qilishadi. Natijada boshqalar oʻz xatolarini tan olishayotganini koʻrgan odamlar oʻz sirlarini ochiq bayon eta boshlashgan.

Jonning fikricha, ochiqlik yuzma-yuz muloqotlarda yorqin namoyon boʻladi: “Ruhshunoslar Artur Aron va Konstantin Sedikides qiziq tadqiqot oʻtkazishgan. Tasodifan tanlangan juftliklarning biri shunchaki ijtimoiy hayot borasida suhbatlashishgan. Boshqalari shaxsiy sarguzashtlari haqida fikr almashishgan. Aynan ana shular ikkinchi marta uchrashishgan va oradan vaqt oʻtganidan keyin, hattoki turmush ham qurishgan”. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, oʻrnatilgan muzokaralarning hammasi ham yaqinlikka asoslanmaydi, birov, siz birinchi boʻlib strategik muhim axborotlar bilan oʻrtoqlashishni boshlasangiz, hamsuhbatingizning ishonchiga kira olasiz. “Tasavvur qiling, siz yer uchastkasini sotmoqchisiz va undan keyinchalik qay maqsadda foydalanishga qarab narx belgilamoqchisiz. Bu haqda xaridorga ochiq gapiring va u ham sizga oʻz rejalarini oshkor qiladi. Sizdagi samimiyatni koʻrgan xaridor istiqbolingizga chiqadi va foydali shartnoma tuzishga erishishingiz mumkin”, – deydi Jon.

Bevosita savollar bering

Muzokaralarning koʻpgina ishtirokchilari maqsadlariga xalaqit beruvchi muhim axborotlarni yashirishadi: ular toʻgʻridan-toʻgʻri, shundoq koʻzga qarab turib aldashmaydi, biroq muhim maʼlumotning asosiy jihati haqida ham gapirishmaydi. Misol uchun, oʻz biznesini sotayotgan tadbirkor uskunalari zudlikda almashtirishga muhtoj ekanligini biladi. Buni aytmaslik etikadan emas, deb ham hisoblaydi. Biroq texnikaning holati haqida soʻrashgandagina gapirishni maʼqul, deb biladi.

Jonning fikricha, manzarani toʻla tasavvur qilmaslik va bilmaslik oqibati “voy” shartnomalar tuzilishiga olib keladi. Bunday boʻlmasligi uchun muzokaralar paytida bevosita savollar berish kerak, deb hisoblaydi u. Moris Shveyser va Reychel Krozon oʻzlarining “Yolgʻon bilan kurash” kitobida 61 foiz holatdagina suhbatdoshlar ularning javoblari tashkilot narxining pasayishiga olib keladigan boʻlsa ham, oʻz bizneslarining kamchiliklari haqida ochiq gapirishgani haqida yozishgan. Biroq bironta tadbirkor toʻgʻridan-toʻgʻri savol berilmagunicha oʻz sirlarini ochmagan. Tadqiqotlar agar pessimistik (“Biznesga yaqinda yangi uskunalar kerak, toʻgʻrimi?” kabi) savollar berilsa kam aldashlarini, optimistik (“Uskunalar soz holatda, shunday a?” kabi) savollarga esa taxmin bilan javob qaytarishlarini koʻrsatgan. Jonning fikricha, odamga haqiqatni inkor qilgandan koʻra, ishonchsiz taxminni tasdiqlab aldagan qulay koʻrinadi.

Aniq javob olishga erishing

Tajribali muzokarachilar mavzuga oid boʻlmagan masalaga kengaytirilgan javob berish orqali toʻgʻridan-toʻgʻri savol berish usulidan mohirona cheklanishlari mumkin. Koʻp hollarda suhbatdoshlar buni anglab yetishmaydi va bor axborotni aytib qoʻyishlari mumkin. Buning uchun esa muzokarachi chiroyli nutq madaniyatiga ega boʻlishi va hamsuhbatini maftun qila bilishi lozim, deydi Jon. Oʻz maqsadiga erishish uchun beriladigan savollarni va gapiriladigan gaplarning qisqacha sharhini yozib qoʻyish lozim. Agar yozib qoʻyganlari amalga oshmasa, muhokamalarga qayta kirishish kerak boʻladi.

Maxfiylik haqida gapirmang

Gap aytilgan joyida, ikkimizning oʻrtamizda sir boʻlib qoladi, deyishimiz bilan suhbatdoshimizning shubhalanishini kuchaytiramiz va uni axborotni yashirishga yoki muloqotni tugatishga majbur qilib qoʻyamiz. Bu maʼlumot sotsiologlar Eleonora Zinger, Xans – Yurgen Gippler va Norbert Shvars tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotlarda tasdiqlangan: olimlar test oʻtkazish uchun tanlanganlarni 2 guruhga ajratishgan. Birinchi guruhga javoblaringiz himoya qilinadi, deb vaʼda berishgan. Ikkinchi guruhga esa hech narsa bilan kafolatlanmagan. Natijada birinchi guruhning yarmidan koʻprogʻi testda qatnashishga rozilik berishmagan. Ikkinchi guruhdagilarning 75 foizi esa rozi boʻlishgan. Jon bu statistikani hisobga olgan holda suhbatdoshlar oʻzaro muloqot paytida konfidensiallik haqida lom-mim demasliklari lozimligini aytadi.

Agar suhbat norasmiy tarzda emas, shunchaki doʻstona vaziyatda kechsa, odamlardan bir muncha aniq axborotlarni olish mumkin: “Tasavvur qilamizki, siz boshqa kompaniyalarning taklifi bor-yoʻqligini bilish istagida soʻrov oʻtkazmoqchisiz. Bu holatda “Sizga bizning raqobatchilarimiz murojaat qilishdimi? Ishontiraman, oʻrtamizdagi suhbat sir boʻlib qoladi,” deyish oʻrniga quyidagi savolni qoʻllasangiz kerakli natijaga erishasiz: “Yirik kompaniyalar oʻrtasida talash boʻlsangiz kerak-a? Qaysidir takliflarni koʻrib ham chiqayotgandirsizlar?” Mutaxassisning fikricha, agar suhbatdosh gapning sir boʻlib qolishi haqida oʻzi soʻramasa, konfidensiallik haqida birinchi boʻlib soʻz ochish juda oʻrinsiz boʻladi.

Koʻproq maʼlumot olishga intiling

Garvard biznes maktabi dotsentining aytishicha, odam mutlaqo maxfiy axborotni hatto oʻzi bilmagan holda aytib qoʻyishi mumkin. Bunga misol tariqasida quyidagi vaziyatni koʻrib chiqishni taklif etadi: Aytaylik, siz kompaniyaning sotib oladigan mahsulotlariga masʼulsiz va keyingi 6 oy ichida mahsulot bilan taʼminlovchi firma bilan shartnoma tuzmoqchisiz. Shartnomani tuzishdan oldin yetkazib beruvchi agar uning aybi bilan shartnoma buziladigan boʻlsa, nima boʻlishi mumkinligi haqida soʻraydi. Bir tarafdan, savol shunchaki berilgan boʻlishi mumkin. Ikkinchi tomondan esa – kishining oʻz kuchiga ishonmayotganidan xavotirlanayotgani belgisi ham boʻlishi mumkin. Lesli Jon bunday holatlarga alohida eʼtibor berish kerakligini taʼkidlaydi: “Tajribali muzokarachilar suhbatdosh diqqat bilan jim turib tinglansa juda ham zarur, qimmatbaho maʼlumotlar oʻz-oʻzidan yuzaga chiqishini bilishadi. Hatto savol berilmasa ham. Tergovchilar xuddi ana shu tarzda ish koʻrishadi. Gumondorni bemalol gapirishiga imkon berishadi va natijada ishga oydinlik kiritishadi”.

Jon jiddiy eʼtibor bilan tinglash texnikasidan tashqari, koʻproq axborot olish usullarini qoʻllashni ham taklif etadi. Misol uchun, daromad taqsimoti muhokamasi paytida hamkorga ikkita variant taklif eting. Har ikkalasi ham siz uchun foydali boʻlsin. Suhbatdoshingiz ulardan oʻziga foydalisini tanlar ekan, oʻzining maqsadlari haqida “gapirib” beradi. Xuddi shu jarayonda juda ham eʼtiborli boʻlishingiz lozim. Uning haqiqiy maqsadini tushunib olasiz.

Yana bir strategiya quyidagicha tuzilgan: shartnoma tuzayotganda agar hamkor oʻz zimmasidagi vazifalarga amal qilmaydigan boʻlsa, qoʻllaniladigan aniq moliyaviy sanksiyalarni koʻrsating. Agar hamkor bu punktni qoʻllashdan bosh tortsa, demak nimanidir yashiryapti. “Tasavvur qilaylik, siz uncha katta boʻlmagan startap olmoqchisiz. Muzokaralar paytida kompaniya asoschisi sotiladigan mahsulotga taalluqli kamalaksimon prognozlarni tasvirlaydi. Agar bu soʻzlar sizda shubha uygʻotsa, siz boshlangʻich xarid narxini keyingi savdogacha toʻxtatib turishingiz mumkin. Bunday qadam hamkorni nisbatan aniq maʼlumotlar berishga majbur qiladi. Bu esa uni ham, sizni ham xavfsizligingizni taʼminlaydi”, – deya fikrlari bilan oʻrtoqlashadi Jon.

Dotsentning taʼkidlashicha, yolgʻon hamma joyda mavjud, xuddi shuningdek, hatto ikki tomonlama foydali shartnomaga erishish mumkin boʻlgan biznes muzokaralarida ham. Ekspert aldov qurboniga aylanib qolmaslik uchun manfaatlaringizni himoya qiluvchi yuqorida keltirilgan usullarni qoʻllashni maslahat beradi.

Tadbirkorlikni boshlayotganlar uchun 5 ta eng yaxshi kitob

0

“Spot” biznesga qadam qo‘yayotganlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga o‘z ishini boshlashda yordam berishi mumkin bo‘lgan kitoblarning kichik tanlovini to‘pladi.

1. “Hammasi qanday boshlandi”, Jessika Livingston.

Ushbu kitobda startaplar uchun yirik biznes inkubator “Y Combinator” asoschisi Jessika Livingston “Apple”, “PayPal”, “Yahoo”, “Adobe” va shu kabi boshqa yirik kompaniyalarning yaratilish tarixi haqida so‘zlab beradi.

Livingston o‘quvchilarni jahonga mashhur korporatsiyalar asoschilarining intervyularda o‘zini qanday tutganini ko‘rishga taklif qiladi.

Shuningdek, jamoani qanday birlashtirish va startap sifatida investorlarni qanday topish mumkinligi haqidagi savollarga atroflicha javob bergan.

2. “Amazon” kabi o‘yla. 50 va ½ biznes g‘oyalar», Jon Rossman.

Ushbu kitob biznesini boshlayotganlar uchun ularni qiynayotgan savollariga javob topadigan qo‘llanmadir.

Unda kompaniya sobiq top menejeri Jon Rossman mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, jamoani boshqarish, tez va samarali qarorlar qabul qilish haqida yozgan.

Shuningdek, muallif “Amazon»ni boshqa kompaniyalardan ajratib turadigan eng muhim tamoyillar bo‘yicha maslahatlar bilan o‘rtoqlashgan.

3. “Biznes modellarini qurish. Strateg va innovatorning qo‘llanmasi”, Aleksandr Ostervalder, Iv Pignet.

Kitob biznes modeli uchun tayyor shablon va g‘oyani ishlab chiqishni qayerdan boshlash kerakligi haqida batafsil rejadir.

Ostervalder va Pignet g‘oyani tasavvur qilish va uni to‘qqizta qurilish blokidan iborat biznes modeliga aylantirishni taklif qiladilar.

Bularga mijozlar segmentlari, qiymat takliflari, tarqatish kanallari, mijozlar bilan munosabatlar, daromad oqimlari, asosiy resurslar, faoliyatlar hamda resurslar va xarajatlar tarkibi kiradi.

Kitobda har bir blok uchun batafsil qo‘llanma va muvaffaqiyatga erishgan kompaniyalar tajribalaridan misollar berilgan.

4. “Noldan biznes. G‘oyalarni tezda sinab ko‘rish va biznes modelini tanlash uchun Lean Startup usuli”, Erik Ris.

Ushbu kitobning mazmuni bo‘lgan “Lean Startup” konsepsiyasi hozirgacha qaysi g‘oya ishlayotganini va qaysi biri vaqtni behuda sarflashini aniqlashning eng samarali usullaridan biri hisoblanadi.

Kitob muallifi o‘zining startaplar va biznes haqidagi “Startup Lessons” blogi bilan tanilgan, u shuningdek, “IMVU” kompaniyasi va uzoq muddatli loyihalar uchun birjaga asos solgan.

5. “Bu oson bo‘lmaydi”, Ben Horowitz.

Shaxsiy biznesga ega bo‘lish yaxshi va deyarli barcha tadbirkorlar buni ta’kidlashadi. Lekin ulardan faqat bir nechtasi bu og‘ir ish ekanligini aytadi.

Ben Horowitz, o‘z kitobida startap ochishga qaror qilganlar duch keladigan qiyinchiliklar haqida gapirgan.

Kitobning afzalligi shundaki, muallif ushbu murakkab muammolarning yechimlarini ham ko‘rsatib o‘tgan.

Tadbirkorlar, ijtimoiy soha va aholi xonadonlarida 1700 MVt quvvatli quyosh panellari o‘rnatiladi

0

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-fevral kuni qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengaytirish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

So‘nggi yillarda energetika butun dunyoda dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Shu bois salohiyatli davlatlar uning muqobil yo‘llarini izlamoqda. Bugun jahon energetikasida “yashil energetika” ulushi qariyb 30 foizga yetgan, ayrim Yevropa davlatlarida 80-90 foizdan oshgan.

O‘zbekistonda ham bu borada faol ish olib borilmoqda. So‘nggi uch yilda energetika sohasiga 8 milliard dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb qilindi. Xususan, Navoiy va Samarqand viloyatlarida quyosh elektr stansiyalari ishga tushirildi. Bu yil 18 ta shunday stansiyalar barpo etilmoqda. Bu orqali xonadonlarga beriladigan elektr energiyasi 50 foizga ko‘payadi.

Umuman, energetika masalasi davlatimiz rahbarining doimiy e’tibori va nazoratida. Bu sohada ko‘plab loyihalar, hududlarga tashriflar chog‘ida aniq vazifalar belgilanmoqda.

O‘zbekiston Prezidentining shu yil 16 fevraldagi qarori bilan, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishni jadallashtirish bo‘yicha katta dastur qabul qilindi. Jumladan, “Yashil energiya” kompaniyasi tashkil etilib, unga dastlabki 10 million dollar yo‘naltirildi.

Mazkur dasturga ko‘ra, joriy yilda tadbirkorlar, ijtimoiy soha va aholi xonadonlarida 1 ming 700 Megavatt quvvatli quyosh panellari o‘rnatish ko‘zda tutilgan.

Yig‘ilishda mutasaddilar shu boradagi ishlarning tashkiliy va moliyaviy jihatlari yuzasidan axborot berdi.

Xususan, ijtimoiy soha obyektlari va davlat idoralarida 220 Megavatt, tadbirkorlar tomonidan 1 ming 300 Megavatt va yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylar tomida 15 Megavatt quvvatga ega quyosh panellari o‘rnatilishi aytildi. Bu borada Andijon, Qashqadaryo, Surxondaryo, Farg‘ona, Navoiy va Samarqandda faol ish boshlagan. Davlatimiz rahbari joylarda ishlarni to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Yig‘ilishda energetikaning boshqa tarmoqlarida ko‘rilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar, jumladan, aholini tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlarida va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish, gaz sarfi yuqori bo‘lgan ishlab chiqarish quvvatlarini ko‘mirga o‘tkazish, geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish, mavjud uglevodorod xomashyosi konlarini rivojlantirish va yangilarini o‘zlashtirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

O‘zbekistondagi qurilish kompaniyalarining ishonchlilik reytingi e’lon qilindi

0

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi sohaviy qurilish-pudrat tashkilotlari reytingi e’lon qilindi. Unda O‘zbekistonda faqat bitta kompaniya yuqori (75 foiz) ishonchlilik darajasiga ega deya ko‘rsatilgan.

To‘rtta toifaga bo‘lingan reytingdan jami 17 647 ta kompaniya o‘rin olgan. Eng ishonchli kompaniyalar “A” toifasiga kiritilgan.

E’lon qilingan diagrammaga ko‘ra, reytingdagi eng ishonchlilar ro‘yxatiga 75 foizli ko‘rsatkich bilan faqat bitta kompaniya kiritilgan.

Quyi daraja — “D” toifasidan 14 668 ta kompaniya o‘rin olgan. Bu reytingdagi jami kompaniyalarning 83 foizi demak.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda qurilish bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlar soni 45 591 tani tashkil etadi. Ularning eng katta qismi, ya’ni 9 166 tasi yoki respublikadagi jami korxonalarning 20,1 foizi Toshkent shahrida joylashgan.