Matbuot xizmatiYangiliklarIslom taraqqiyot banki O‘zbekistonda infratuzilma va ta’limga $164 mln ajratadi

Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonda infratuzilma va ta’limga $164 mln ajratadi

Islom taraqqiyot banki (ITB) va O‘zbekiston o‘rtasida infratuzilma va ta’lim sohalarini rivojlantirishga qaratilgan ikki yirik moliyalashtirish bitimi imzolandi. Bu haqda bank rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Bitimlarni ITB prezidenti Muhammad Al-Jassir va O‘zbekiston Bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov imzolashdi.

Birinchi kelishuv 4R40 Dashtobo-Zomin-Baxmal-G‘allaorol avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish loyihasi doirasida Islom taraqqiyot banki ajratayotgan jami $192 mlnnning $70 mlnlik bosqichini nazarda tutadi.

Ushbu mablag‘ Jizzax viloyatida 4R40 mintaqaviy avtomagistralining 143 kilometr qismini ta’mirlash va yangilash, shuningdek 30 kilometr mahalliy hamda qishloq yo‘llarini qayta tiklashga yo‘naltiriladi.

Loyiha 200 ming aholi uchun transport tirbandliklarini bartaraf etishga va xavfsizlikni oshirishga qaratilgan. M39 xalqaro yo‘lagiga olib boruvchi bu muhim kirish yo‘lini modernizatsiya qilish bozorlar va ijtimoiy xizmatlarga kirish imkoniyatlarini yaxshilaydi, shuningdek, mintaqaning iqtisodiy va sayyohlik salohiyatini ochib beradi.

Ikkinchi bitim SmartEd ta’lim loyihasi doirasida $94,06 mln moliyalashtirishni nazarda tutadi. Bu ITBning ushbu tashabbusga yo‘naltirilgan umumiy $160,25 mlnlik hissasining bir qismi hisoblanadi.

SmartEd loyihasi mamlakat bo‘ylab 58 ta yangi ta’lim muassasasini qurish va jihozlashni, shuningdek amaldagi maktablarga qo‘shimcha 2 431 ta sinfxona qurishni nazarda tutadi.

Loyiha kompetensiyaga asoslangan, inklyuziv ta’lim tizimini yaratishga qaratilgan bo‘lib, har yili 72 930 nafar o‘quvchiga foyda keltiradi.

Shuningdek, 36 115 nafardan ortiq o‘qituvchi va ma’muriy xodimlar uchun maxsus malaka oshirish va tayyorgarlik dasturlari tashkil etiladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Dunyoda minimal ish haqi eng yuqori boʻlgan davlatlar maʼlum qilindi

Tahlil uchun Xalqaro mehnat tashkilotining 2024-yilgi maʼlumotlaridan foydalanilgan. Bunda ish haqining oddiy nominal miqdori emas, balki xarid qobiliyati pariteti - yaʼni turli davlatlarda tovar va...

Kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlar yangicha tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 3-sentabr kuni kambagʻallikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish boʻyicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Mamlakatimizda...

O‘zbekistonda oktabr-noyabr oylarida biznesni ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi

Shavkat Mirziyoyev aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish yakunlari hamda milliy statistika tizimida islohotlarni jadallashtirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Taqdimotda iqtisodiy faoliyatni to‘liq statistik hisobga olish...

Mehmonxonalar uchun yer va mol-mulk solig‘i imtiyozlari 2030-yilgacha saqlanadi

Avvalroq Spot Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalar yuzasidan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilingani haqida xabar berilgandi. 27-avgustdagi farmonda turizm va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini...

Yangi Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi

Yangi Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi. Tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, xalqimizni ulugʻ ayyom bilan samimiy tabrikladi. Davlatimiz...

To‘rtta hududda 2,4 GVt quvvatga ega yangi elektr stansiyalari va saqlash tizimlari ishga tushirildi

O‘zbekistonning turli hududlarida uchta yangi elektr stansiyasi va uchta elektr energiyasini saqlash tizimi ishga tushirildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi. Ular 25-avgust kuni mustaqillikning 35 yilligi munosabati...