Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari rekord darajadagi $75 mlrddan oshdi

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari rekord darajadagi $75 mlrddan oshdi

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket olti oy davomida tarixiy maksimumni yangilamoqda. Bu haqda Markaziy bank ma‘lumotlarida keltirilgan.

1-fevral holatiga ko‘ra, regulyator ixtiyoridagi xalqaro aktivlarning umumiy qiymati $75,08 mlrdga yetdi. Oxirgi oyda mamlakat zaxiralari $8,76 mlrdga (+13,2%) oshdi, 2025-yil boshidan esa 82% dan ko‘proqqa ko‘paydi.

Markaziy bank omborlaridagi oltin qiymati ketma-ket yettinchi oy rekordni yangilab, $64,98 mlrdni tashkil etdi. O‘tgan oyga nisbatan bu ko‘rsatkich $9,88 mlrdga (+17,9%) oshdi.

Oltinning fizik hajmi ham 12,8 mln troy unsiyagacha (398,1 tonna) o‘sishni ko‘rsatdi. Yanvar oyida regulyator zaxiralarni taxminan 0,2 mln unsiyaga (6,2 tonna) to‘ldirdi.

Yanvar oxirida jahon bozorlarida oltin narxi bir troya unsiyasi uchun $5500 dan oshdi. Bir kun ichida qimmatbaho metall 9,3% ga, yillik hisobda esa 80% dan ko‘proqqa qimmatlashdi. Ertasi kuni oltin sezilarli arzonlashdi, biroq keyinchalik kotirovkalar yana bir unsiya uchun $5000 darajasiga qaytdi.

O‘tgan oyda O‘zbekistonning valyuta zaxiralari $1,21 mlrdga (-10,5%) qisqarib, $9,52 mlrdni tashkil etdi. Bunda xorijiy markaziy banklar va XVJdagi valyuta zaxiralari miqdori $1,1 mlrd, xorijiy banklarda esa $7,98 mlrd bo‘lgan.

Markaziy bank tomonidan sotib olingan xorijiy qimmatli qog‘ozlarning qiymati biroz — $1,536 mlrdgacha oshdi. Biroq oltin narxining keskin oshishi sababli ularning umumiy rasmiy zaxiralardagi ulushi 2,05% gacha kamaydi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Oliy ta’limda talabalar bilimini baholash tartibi o‘zgarishi mumkin

O‘zbekistonda 2026–2027-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilinadigan talabalar uchun bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida nazarda...

Yangi Toshkentdagi Milliy kutubxonani yil oxirigacha foydalanishga topshirish rejalashtirilgan

Prezident Milliy kutubxona, ikkita universitet kampusi va 55 ming o‘rinli stadionni belgilangan muddatda hamda sifatli yakunlash bo‘yicha topshiriqlar berdi. Shavkat Mirziyoyev 27-iyul kuni Yangi Toshkent shahrida...

Energetikada muammo mablag‘da emas, tizimning boshqaruvida — prezident

Prezident raisligidagi yig‘ilishda yoz va qish mavsumida elektr tarmoqlaridagi avariyalar minglab iste‘molchilarni uzluksiz elektr ta‘minotisiz qoldirgani taʼkidlandi. Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan...

O‘zbekistonda 1-avgustdan nimalar o‘zgaradi?

Eski avtomobilni yangilashda avtokredit foizlarining bir qismi qoplab beriladi Trade-in dasturi doirasida eski avtotransport vositasini topshirgan jismoniy va yuridik shaxslarga yangi avtomobil xarid qilish uchun olingan...

Uy-joy subsidiyasi uchun arizalar qabuli 27-iyul kuni boshlanadi4

Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar olish uchun arizalar qabuli boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. Arizalarni 27-iyul kuni soat 15:00 dan boshlab jo‘natish mumkin....

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 7 mln so‘mdan oshdi

Eng yuqori ish haqi Toshkentda, eng past ko‘rsatkich esa Qashqadaryo viloyatida qayd etildi. 2026-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 7 mln...