Matbuot xizmatiYangiliklarYil boshidan buyon 636 ta kompaniya IT Park Uzbekistan rezidentiga aylandi

Yil boshidan buyon 636 ta kompaniya IT Park Uzbekistan rezidentiga aylandi

May oyida texnoparkka 116 ta yangi kompaniya qo‘shildi, ishtirokchilarning umumiy soni 2846 taga yetdi.

2025-yilning yanvar-may oylarida IT Park Uzbekistan rezidentlari soni 636 taga ko‘paydi. Bu haqda texnopark matbuot xizmati xabar berdi.

Shundan 369 rezident Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, 267 ta kompaniya O‘zbekiston hududlarida faoliyat yuritmoqda.

IT Park’ning 284 nafar yangi rezidenti, shu jumladan 117 ta xorijiy korxona xorijga xizmatlarni eksport qilishni rejalashtirmoqda. Toshkentdan ishlaydigan eksportchilar $46 mlndan ortiq, hududiy kompaniyalar esa $31 mlndan ortiq eksport tushumini kutmoqda.

Yangi kompaniyalar asosan quyidagi to‘rtta asosiy sektorda joylashgan:

  • IT-xizmatlar — 142 ta kompaniya, shundan 72 tasi xorij ishtirokida;
  • BPO (biznes jarayonlari autsorsingi) — 87 ta kompaniya, shu jumladan 19 ta xorijiy kompaniya;
  • Xizmat ko‘rsatish yechimlari — 33 ta kompaniya, shu jumladan 16 ta xorijiy kompaniya;
  • O‘yinlarni ishlab chiqish va ijodiy sanoat — 22 ta kompaniya, ulardan 10 tasi xorijiy kapital ishtirokida.

Besh oy ichida IT Park’ga xorijiy kapital ishtirokidagi 164 ta kompaniya qo‘shildi. Texnopark geografiyasi 61 mamlakatga, jumladan, yangi davlatlar — Iordaniya, Gonkong, Indoneziya, Lixtenshteyn, Yangi Zelandiya va Norvegiyaga kengaydi.

Yaponiya rezident kompaniyalari soni ikki barobarga, Xitoy — 71% ga, Turkiya — 133% ga, Ozarbayjon — 67% ga oshdi.

May oyida 116 ta yangi kompaniya IT Park rezidentiga aylandi va ishtirokchilarning umumiy soni 2846 taga yetdi. Shundan 51 tasi eksportga yo‘naltirilgan, 22 tasi xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalardir.

Yangi xorijiy rezidentlar orasida AQSh, Yaponiya, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Iordaniya, Ruminiya, Ispaniya, Eron va Pokiston kompaniyalari bor.

Shuningdek, yangi rezidentlarning biznes faoliyati quyidagicha taqsimlangan:

  • 23 ta kompaniya BPO va tegishli xizmatlar sohasida ishlaydi;
  • 17 tasi IT-mahsulotlarni ishlab chiqishga ixtisoslashgan;
  • 7 tasi IT xizmatlarini taqdim etadi;
  • 4 ta kompaniya kreativ sohalarda faoliyat yuritadi.

May oyida IT Park hududiy filiallarida 17 ta kompaniya eksportga yo‘naltirilgan rezident maqomini oldi, ulardan 7 tasi xorijiy kapitalga ega. Kelgusida yangi kompaniyalar 235 dan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratishi va $2,6 mlndan ortiq eksportni ta’minlashi kutilmoqda.

IT Park yaqinda rezident maqomini olgan bir qator xorijiy kompaniyalarni sanab o‘tadi: Osystems (Ispaniya va Iordaniya), Fortis Instruments South (Fransiya), Hucorp Global (Janubiy Koreya), Euroanswer (Ruminiya), Unitlab AI (AQSh).

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30% chegirma beriladi

17-sentabrdagi hukumat qarori bilan pedagoglarning davlat OTMlarida tahsil olayotgan farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibi tasdiqlandi. 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab davlat OTMlarining kunduzgi bakalavriatida o‘qiyotgan...

O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 5,8% dan 3,9% gacha kamaydi

Joriy yilning sakkiz oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 5,8% dan 3,9% gacha kamaydi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi. 2026-yil uchun...

Hamshiralar va tibbiyot og‘alari hamda oilaviy shifokorlarga yangi ustamalar belgilandi

O‘zbekistonda o‘rta tibbiyot xodimlarining kasbiy maqomi va malakasini oshirishga qaratilgan yangi tartiblar joriy etiladi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot Telegram-kanali xabar berdi. 2027/2028-o‘quv yilidan tibbiyot va...

Amir Temur xiyoboni yaqinida $400 mlnga biznes majmuasi qurilishi rejalashtirilmoqda

Saida Mirziyoyeva Toshkentda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yirik arxitektura loyihalari tashabbuskorlari bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida yozgandi. Unda ixtisoslashgan studiyalar va oliy ta’lim muassasalari mutaxassislari, shuningdek, mustaqil ekspertlar...

“Birorta g‘o‘daygan boyvachcha paydo bo‘lsa — kechirmayman. Davlat bo‘lishi kerak” — Mirziyoyev

Avvalroq prezident raisligida Toshkentni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiya va bandlikni oshirish hamda mahallalarda infratuzilmani yaxshilash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi. Prezident o‘z nutqida mamlakatda...

Talabalar shaharchasida xavfsiz muhit va raqamli boshqaruv tizimi yoʻlga qoʻyildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi “Yoshlik” talabalar shaharchasi hokimligida tashkil etilgan vaziyatlar markazi faoliyati bilan tanishdi. Yurt taraqqiyoti va uning kelajagi ilm-fanga intiluvchan, bilimli va...