Foydali manbalarBiznes haqidaBrend tarixi: kimyogarning ta’m bermaydigan texnologiyasi asosida yaratilgan Pringles chipslari

Brend tarixi: kimyogarning ta’m bermaydigan texnologiyasi asosida yaratilgan Pringles chipslari

Pringles chipslari ideal ko‘rinish hamda ta’mga ega bo‘lishi uchun bir nechta tadqiqotlar amalga oshirilib jarayonga kimyogar-u, tadqiqotchilar jalb qilingan. Spot bu safar aynan mana shu chipslarning yaratilishi, uning ommalashishiga turtki bo‘lgan faktorlar haqida hikoya qiladi.

Sovun ishlab chiqaruvchi Jeyms Gembl va shamchi Uilyam Prokterning hamkorligi natijasida dunyodagi eng yirik Procter & Gamble kompaniyasiga asos solingan. Bugungi kunda kompaniya dunyoning 160 dan ortiq mamlakatiga 300 ga yaqin savdo belgisini olib kirgan. Ular orasida Pringles, Tide kir yuvish vositasi mavjud.

Bugun biz kompaniya tomonidan ommaga taqdim etilgan Pringles chipslarining yaratilish tarixi haqida hikoya qilamiz. Ularning bu brenddagi chipslarni yaratishlariga sabab xaridorlar tomonidan mahsulot sifati bo‘yicha kelib tushayotgan shikoyatlar bo‘lgan. Kompaniya mahsulotlarni mijozlar qo‘liga yuqori sifatda yetib borishni ta’minlash ilinjida tajribalar o‘tkazishni boshlaydi.

Birinchi tajriba muvaffaqiyatsiz yakun topadi. Yiqilgan kurashga to‘ymas, deganlaridek kompaniya egalari ham birgina urinish bilan cheklanib qolishmadi. Oradan ikki yil o‘tib masalaga qayta bel bog‘lashdi — natija esa tarixga muhrlandi, chipslar minglab insonlar qo‘liga ajoyib ko‘rinishda yetib kelishni boshladi.

Yangi texnologiya asosida yaratilgan Pringles chipslari orqali dastlabki yillarda qancha foyda olgani haqida aniq ma’lumotlarni ommaga taqdim etmagan. Biroq, 2012-yilda brend kompaniyaga taxminan $1,5 mlrd daromad olib kelgan. 2024-yilga kelib esa Pringles’ni Mars kompaniyasi $36 mlrdga sotib olgan (avvalroq, Mars kompaniyasiga tegishli bo‘lgan Snickers shirinligi tarixi haqida hikoya qilgandik).

Shunday qilib, chorak asrdan beri do‘kon rastalarida o‘zining sifati, ko‘rinishi bilan ajralib turgan bu chipslar bir necha insonlarning mehnati hamda izlanishlari mahsuli hisoblanadi. Spot bu safar nima sababdan Pringles boshqa chipslardan ajralib turishi, shuningdek, uning yaratilishi haqida hikoya qiladi.


Procter & Gamble kompaniyasi tarixi

1937-yil shamchi Uilyam Prokter sovun ishlab chiqaruvchi Jeyms Gembl bilan tanishib qoladi. Ko‘p o‘tmay ular hamkorlikda ishlashga kelishib olishadi va 22-avgust kuni o‘zaro shartnoma imzolab Procter & Gamble kompaniyasiga asos solishadi.

1859-yildayoq kompaniyaning savdo hajmi $1 mlnga chiqib, xodimlarining soni 80 kishiga yetadi.

O‘zining kosmetika, kir yuvish vositalari, maishiy mahsulotlari bilan tanilgan bu kompaniya yillar o‘tib oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishga ham qiziqa boshlaydi.

chips, mars kompaniyasi, pringles, procter & gamble

Egarsimon shakl: kimyogarning ta’m bermaydigan texnologiyasi

Pringles’ning yaratilishiga turtki bo‘lgan voqea 1956-yilda sodir bo‘ladi. Oziq-ovqat bozoriga qiziqa boshlagan Procter & Gamble kompaniyasiga iste’molchilar tomonidan chipslar haddan tashqari yog‘li ekanligi, tez buzilishi hamda shaklning mukammal holatda xaridor qo‘liga yetib kelmayotgani haqida shikoyatlar kelib tusha boshlaydi.

Muammo bor unga yechim topish kerak — bu vaziyatda kompaniya kimyogar Frederik Baurdan yordam olishga qaror qiladi. U chipslar ustida turli tajribalarni o‘tkazishni boshlaydi. Kimyogarga mutlaqo yangi turdagi kartoshka chipslarini yaratish vazifasi topshirilgandi.

Ikki yil davomida Frederik quritilgan kartoshka asosidagi qovurilgan mahsulot massasini sinovdan o‘tkazadi. Qovurib shakl berilgan chipslar egarsimon shaklga kelib bir-birining ustiga juda qulay joylashadi. Mahsulot xaridor qo‘liga sinmasdan shaklni to‘liq saqlagan holda yetib kelishi uchun esa u silindrsimon bankalarni taklif qiladi.

Frederik barchasini inobatga olgandi: shakldan tortib joylashuvgacha. Biroq eng muhim unsur: chipslardagi ta’mni saqlab qolish e’tibordan qochirilgandi. Uning izlanishlari oxiriga yetmasdan yakunlanib, kimyogarni boshqa loyihalarga jalb qilishdi.

1960-yil. Kompaniya yana chipslar ustidagi tadqiqotlarini davom ettirishga qaror qiladi. Bu safar vazifa Ogayo shtatidagi tadqiqotchi Aleksandr Liepa gardaniga tushadi. U barchasini yangidan boshlashni emas, balki Frederik boshlagan tadqiqotni davom ettirish yo‘lidan boradi. Aynan u chipslarni nafaqat ko‘rinish, balki ta’m jihatdan ham yaxshi holatda saqlab qolishga erishadi.

chips, mars kompaniyasi, pringles, procter & gamble

Foto: MTRK “Mir»/ Marina Dikun

Aleksandr ishlab chiqqan texnologiya asosida yaratilgan mahsulot xaridorlar tomonidan iliq kutib olinadi. Shundan so‘ng, kompaniya chipslarni keng ko‘lamda ishlab chiqarish uchun maxsus texnologiyalarni yaratish ustida bosh qotira boshlaydi. Bu vazifani ular Jin Vulfga topshirishadi. Aynan u Pringles mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun maxsus uskuna ixtiro qiladi.

Brend mahsulotining retsepti — Liepaga, qadoq bankasi esa Bor nomiga patentlangan.

Shunday qilib, 1968-yillarda Pringles birinchi marta Indiana do‘konlari peshtaxtalarida paydo bo‘ladi. 1975-yilga kelib, mahsulotni AQSh’ning barcha do‘konlardagi rastalarda uchratish mumkin bo‘lgan. Bugungi kunga kelib uning 200 ga yaqin ta’mlari mavjud.

Logotipning o‘zgarib borishi: qadoq ustidagi janob Pringl

Brend nomini kompaniyaning marketing bo‘limi o‘ylab topgan bo‘lib, nima sababdan aynan bunday nomlangani xususida turli bahslar mavjud. Birinchi versiyaga ko‘ra, marketologlar Ogayo shtatidagi Pringle Drive nomidan ilhomlangan. Ikkinchi versiyaga ko‘ra, chipslar Mark Pringl sharafiga nomlangan — u 1937-yilda kartoshkaga ishlov berishning yangi usulini kashf etgan, degan qarashlar mavjud.

Qadoqdagi qahramon surati rassom Arch Drammond tomonidan o‘ylab topilgan mehribon novvoy timsoli hisoblanadi. Aynan mana shu novvoyni P. yoki Julius Pringl deb atashadi.

Oradan 19 yil o‘tgach, ishlab chiqaruvchi logotipni yangilash ustida bosh qotirishadi. 1986-yilda bu bo‘yicha maxsus marketing kampaniyasi ishga tushirilib, televizorda Bred Pitt bilan reklama namoyish etildi. Natijada brend muxlislari doirasi kengayib, Pringles savdosi keskin oshadi.

chips, mars kompaniyasi, pringles, procter & gamble

Pringles’ning bugungi kundagi taqdiri

Shu zaylda Pringles bozordagi talabgir mahsulotlar qatoriga qo‘shildi. Biroq, 2011-yilda P&G Diamond Foodsga brendini $2,35 mlrdga sotishiga bir baxya qolganida kelishuv muvaffaqiyatsiz yakunlanadi. Biroq brendni sotish fikrida qat’iy qolgan kompaniya 2012-yilda Pringles’ni Kellanova kompaniyasi $2,7 mlrdga sotadi. Ushbu xarid kompaniyani dunyodagi ikkinchi yirik ishlab chiqaruvchisiga aylantirib, xalqaro maydondagi mavqeini mustahkamlaydi.

Kompaniyaning 2020-yildagi daromadi $6,88 mlrd bo‘lgan bo‘lsa, 2021-yil ikkinchi yarmida bu ko‘rsatkich $7,14 mlrdni tashkil etgan.

2024-yilga kelib esa Mars kompaniyasi Pringlesni $36 mlrdga sotib olgan. Spot brend tarixining avvalgi sonida Mars kompaniyasiga tegishli bo‘lgan Snickers shirinliklari tarixi haqida hikoya qilgandi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda 2026-yilda davlat suv kadastri joriy etiladi

Suv hisobi platformasi orqali foydalanilgan suv miqdori aniq hisoblab boriladi va iste’molchilarga elektron tarzda yetkaziladi. Shavkat Mirziyoyev 13-oktabr kuni suv xo‘jaligi sohasini raqamlashtirish, quyi bo‘g‘inda suv...

O‘zbekiston Osakadagi butunjahon ko‘rgazmasida oltin medalni oldi

Yaponiyada tashkil etilgan EKSPO butunjahon ko‘rgazmasida O‘zbekiston paviloni o‘z yo‘nalishi bo‘yicha oliy mukofotga - «Mavzuning eng yaxshi ochib berilishi» nominatsiyasida oltin medalga sazovor bo‘ldi....

Yoshlarga 2+6 dasturi asosida til o‘rganish uchun subsidiya beriladi

Hududiga qarab to‘lovlar oyiga 812 ming so‘mgachani tashkil etadi hamda subsidiya yarim yil davomida beriladi. Yoshlarning o‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘qish xarajatlari bir qismi uchun...

O‘zbekistonda “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida»gi qonun eskirgan va uni qayta ko‘rib chiqish kerak — prezident

Qayd etilishicha, favqulodda hodisalarning 70% dan ortig‘i aholi uylarida asboblarning nosozligi va xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida sodir bo‘lmoqda. Shavkat Mirziyoyev 8-oktabr kuni favqulodda vaziyatlarning oldini...

O‘zbekistonda kutilayotgan inflyatsiya yillik eng past ko‘rsatkichga — 12% ga yetdi

Shu bilan birga, biznesning narxlar o‘sishi bo‘yicha median prognozi avgust oyidagi pasayishdan so‘ng yana ko‘tarildi. O‘zbekistonliklarning inflyatsion kutilmalari sentyabr oyida yillik minimumni qayd etdi. Bu haqda...

O‘zbekistonda xorijliklar uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladi

Maxsus soliq rejimi 2026-yildan chet el fuqarolarining mamlakatdan tashqari manbalardan olingan daromadlari uchun joriy etiladi. Chet el fuqarolari uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladi. Bu haqdagi tegishli farmon...