Matbuot xizmatiYangiliklarYoshlarga 2+6 dasturi asosida til o‘rganish uchun subsidiya beriladi

Yoshlarga 2+6 dasturi asosida til o‘rganish uchun subsidiya beriladi

Hududiga qarab to‘lovlar oyiga 812 ming so‘mgachani tashkil etadi hamda subsidiya yarim yil davomida beriladi.

Yoshlarning o‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘qish xarajatlari bir qismi uchun subsidiya ajratiladi. Bu haqdagi tegishli nizom hukumat qarori bilan tasdiqlandi.

Hujjatga muvofiq, xorijiy tilni o‘rganish uchun 2+6 dasturi joriy etildi. Unga ko‘ra, dastlabki 2 oylik o‘qish to‘lovi talabgorning o‘z hisobidan qoplanadi, keyingi 6 oylik xarajat esa davlat tomonidan subsidiya qilinadi.

Subsidiya Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga ajratilgan mablag‘lar doirasida ajratiladi.

2+6 dasturiga muvofiq, yoshlarga har oy yakuni bo‘yicha quyidagi miqdorda subsidiya beriladi:

  • Toshkent shahrida — BHMning 2 baravarigacha (824 ming so‘mgacha);
  • Qoraqalpog‘iston va viloyatlar markazlarida — BHMning 1,5 baravarigacha (618 ming so‘mgacha);
  • tuman (shahar) larda — BHMning 1 baravarigacha (412 ming so‘mgacha).
  • Agentlik tomonidan 2025−2026-yillarda o‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘rganadigan 20 ming nafargacha, 2031-yilgacha har yili 20 ming nafargacha yoshlarga o‘qish xarajatlari uchun subsidiya ajratiladi.

Bunda tegishli yilda subsidiya ajratilgan yoshlar soni 20 ming nafardan oshgan taqdirda, o‘sha yil uchun subsidiya ajratish keyingi yilga qadar to‘xtatiladi.

Subsidiyalar faqat maxsus elektron platforma orqali ro‘yxatdan o‘tgan o‘quv markazlariga ajratiladi. Markazlar ariza beruvchilarning darslarda qatnashishini kunlik elektron nazorat qilish tizimiga integratsiya qilingan bo‘lishi shart.

Joriy yilning fevralida chet tillarini o‘rganuvchi yoshlar xarajatlarini qoplab berishning yangi tartibi joriy etilishi aytilgandi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Turkiy davlatlar sammiti 2027-yilda Özbekistonda ötkaziladi

11-noyabr kuni Turkiyaga amaliy taşrif doirasida prezident Şavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar taşkilotining yangi tayinlangan boş kotibi Mirvohid Azimovni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot...

Qoraqalpoğistonda 100 ming gektar yaylovga dronlar uruğ sepadi

Hukumat qaroriga köra, 2026-yil 15-noyabrdan «Xalq banki» AT tomonidan «Uzagrostar xolding» kompaniyasi taʼsisçiligida «Bözatov agrostar» kompaniyasi taşkil etiladi. Kompaniyaning asosiy vazifasi yaylovlarni özlaştiriş, çorvaçilik loyihalarini...

Nurafshonda IT Park imtiyozlariga ega Kelajak texnologiyalari markazi tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoati vakillari, tadbirkorlar va investorlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Bu haqda prezident matbuot kotibi ma’lum qildi. Nurafshon shahrida “Kelajak texnologiyalari markazi” tashkil etiladi. Markaz korxonalariga...

Koreya universiteti O‘zbekistonda dron va samolyot ta’mirlovchi mutaxassislarini tayyorlamoqchi

Janubiy Koreyaning Hanseo universiteti O‘zbekistonda yuqori texnologiyali sohalar bo‘yicha kasbiy ta’lim kurslarini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi. Agentlik Koreya universiteti bilan o‘zaro...

O‘zbekistonda dronlar uchun yagona raqamli tizim yaratilishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot tarmoqlarida uchuvchisiz aviatsiya tizimlaridan foydalanishni kengaytirish va uni tartibga solish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. Dronlar yordamida iqtisodiy...

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2029-yilgacha qanday rivojlanadi?

Markaziy bank boshqaruvi 4-noyabrdagi yig‘ilishida pul-kredit siyosatining 2027-yil va 2028−2029-yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari konseptual loyihasini tasdiqladi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi. Hujjatda iqtisodiy...