Foydali manbalarBiznes haqidaBiznes tarixi: Tesla elektromobillar brendi qanday paydo bo‘lgan?

Biznes tarixi: Tesla elektromobillar brendi qanday paydo bo‘lgan?

Mazkur maqolada “Tesla” brendi qanday tashkil etilgani va asoschilari, rivojlanish tarixi, zavodlari hamda nuqson sabab qaytarib olingan avtomobillari haqida ma’lumotlar berilgan.

Har qanday biznes loyihalar va turli brendlarning o‘z yaratilish tarixi bor. Bugungi kungacha bosib o‘tgan yo‘li, keskin burilishlari hamda muvaffaqiyatli qadamlari ko‘pchilikni qiziqtirishi mumkin.

Bu gal o‘zining zamonaviy elektromobillari bilan tanilgan “Tesla»ning 21 yillik tarixiga nazar tashlaymiz. Maqolada kompaniyaning bugungi kungacha qanday shakllangani hamda uning kengayish jarayonlari, zavodlari hamda avtomobillari haqida so‘z boradi.

Tesla: kechadan bugungacha

Amerikalik injenerlar Mark Tarpen va Martin Eberxard 2003-yil 1-iyunda Silikon vodiysida yuqori tezlikda haydasa bo‘ladigan, qiziqarli elektromobillar ishlab chiqaruvchi “Tesla” kompaniyasini tashkil etishadi. Uni induksion motor ixtirochisi Nikola Tesla sharafiga “Tesla Motors” deb nomlashadi.

Kompaniya sarmoyadorlari orasida “Google” asoschilari Larri Peyj va Sergey Brin, “eBay” asoschisi va prezidenti Jeffri Skoll, “Daimler AG”, “Toyota” kompaniyalari va Ilon Mask bor edi.

elektromobil, ilon mask, tesla

Mark Tarpen (chapda) va Martin Eberxard (o‘ngda). Foto: Pol Sakuma

2004-yilda kompaniyaga $7,5 mln miqdorida investitsiya jalb qilishadi va bu pulning $6,5 mlnini Ilon Mask qoplaydi. Natijada u direktorlar kengashi raisiga aylanadi. Eberxard bosh direktor, Tarpen esa vitse-prezidet bo‘lib ishlaydilar. 2007−2008 yillar oralig’ida ular “Tesla»ni tark etishadi.

“Tesla»ning asosiy maqsadi ishni premium toifadagi sport avtomobilidan boshlab, keyinchalik ommaboplariga o‘tish edi. Birinchi “Roadster” modeli 2008-yilda taqdim etilib, u 384 km masofani quvvatlanmasdan bosib o‘tishga qodir va ko‘p jihatdan ichki yonuv dvigateliga ega sport avtomobillaridan kam bo‘lmagan. Uning yagona kamchiligi yuqori narxda, ya’ni taxminan $109 ming turishida edi.

elektromobil, ilon mask, tesla

2010-yil may oyida “Tesla” Fremont (Kaliforniya)dagi zavodini $42 mlnga sotib olib, uni “Model S” ishlab chiqarishga yo‘naltiradi. 29-iyun kuni “Tesla” NASDAQ (Qimmatli qog‘ozlar dilerlari milliy assotsiatsiyasining avtomatlashtirilgan kotirovka xizmati)da $226 mln yig‘ib, birlamchi ommaviy joylashtirishni (IPO) o‘tkazadi. Tesla 1956-yilda IPO’ga chiqqan “Ford Motor»dan keyin birinchi Amerika avtomobil kompaniyasi bo‘ldi.

2012-yil iyun oyida “Roadster” o‘rnini bosadigan ikkinchi avtomobili “Model S»ni ishlab chiqarish boshlanadi. Unda birinchi modeldan farqli o‘laroq, batareyalar orqa tomonda emas, balki avtomobilning pastki qismiga joylashtirildi, bu esa yukxonani bo‘shatib, tortishish markazini pasaytirdi. Shu sabab batareyalarning bu joylashuvi keyingi modellarda ham qo‘llanildi.

Shu yilning o‘zida “Tesla” AQSh va Yevropada “Superchargers” quvvatlash stansiyalari tarmog‘ini yaratadi. 2014-yildan esa kompaniya avtomobillari “Tesla Autopilot” haydovchiga yordam tizimini qo‘shdi.

Bir yildan so‘ng “Model X” krossoveri taqdim etildi. 2017-yilning iyul oyida “Tesla” dunyodagi eng mashhur elektromobilga aylangan “Model 3” sedanini $35 ming narxda sotuvga qo‘yadi va uning muvaffaqiyatli xaridi sezilarli daromad olishga sababchi bo‘ladi.

elektromobil, ilon mask, tesla

Shu yili faoliyat doirasining kengayishi tufayli “Tesla Motors” nomi “Tesla Inc»ga o‘zgardi. So‘ng Mask kompaniya aksiyalarini sotib olish orqali uni xususiylashtirmoqchiligi haqida bayonot beradi.

2017-yilning sentabr oyida Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi Maskni firibgarlikda va investorlarni chalg‘itganlikda ayblab, uni va “Tesla»ni $20 mln jarimaga tortadi, natijada Mask direktorlar kengashi raisi lavozimini tark etishga majbur bo‘ladi.

elektromobil, ilon mask, tesla

2020-yil noyabr oyida “Tesla”, “Uber” va yana 26 ta kompaniya AQShda elektromobillar sonini ko‘paytirish uchun lobbichilik qiladigan “Zero Emission Transport Association»ni tuzadilar. Assotsiatsiya 2030-yilgacha sanoatning yengil, o‘rta va og‘ir yuk tashish sohalarini elektr transport vositalariga to‘liq o‘tkazishga undaydigan milliy siyosat o‘zgarishlarini qo‘llab-quvvatlagan.

Shu yili AQShdan tashqaridagi birinchi “Tesla” zavodi Shanxayda ochildi. Ushbu ishlab chiqarish, Maskning so‘zlariga ko‘ra, “Tesla»ning eng samarali zavodi hisoblanadi. Kompaniya Xitoy bilan hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga va o‘zaro manfaatli ko‘proq natijalarga erishishni rejalashtirmoqda.

2021-yil 24-martda Elon Mask “Tesla” elektromobillarini endi bitcoin bilan sotib olish mumkinligini e’lon qildi. 21-iyulda u “Twitter»da “Tesla»ning tez zaryadlovchi stansiyalar tarmog‘ini boshqa ishlab chiqaruvchilarning elektromobillari uchun ham foydalansa bo‘ladigan shaklga o‘tkazish niyati borligini yozadi. Oktabr oyi oxirida “Tesla” kapitallashuvi birinchi marta $1 trlndan oshadi, bundan oldin faqat Amerikaning 4ta kompaniyasi (“Apple”, “Microsoft”, “Amazon” va “Alphabet”) bu ko‘rsatkichga yetgan.

Shu yilning oxirida Texasdagi zavodda ham elektromobillar ishlab chiqarish boshlanadi va kompaniyaning shtab-kvartirasi u yerga ko‘chiriladi (ilgari u Kaliforniyada joylashgan edi).

2022-yil mart oyida “Tesla»ning Germaniyadagi ikkinchi xorijiy zavodi “Giga Berlin” ochildi. Uning qurilishi 2020-yilning may oyida boshlangan bo‘lib, qurilishiga 5 mlrd yevrodan ortiq mablag‘ sarflangan. Dastlabki bosqichlarda kompaniya batareyalar ishlab chiqarishni va Yevropa bozori uchun “Model Y” krossoverlarini yig‘ishni boshlaydi.

2023-yil aprel oyida kompaniya Xitoyda Kaliforniyadagiga o‘xshash, yangi “Megapack” akkumulyator zavodi qurilishini e’lon qildi. Kelajakdagi “Megafactory»ning rejalashtirilgan ishlab chiqarish quvvati yiliga 10 ming dona avtomobil bo‘ladi. Iyul oyida Ilon Mask uchinchi chorakda kompaniya o‘zining “Full Self-Driving” avtopilot tizimini boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilarga litsenziyalashini e’lon qilgandi.

Tesla zavodlari

Asos solingan yili Nomi Joylashgan hududi Xodimlar soni
2010 Fremontdagi “Tesla” zavodi Fremont, Kaliforniya 10 ming
2016 Giga Nevada Nevada 7 ming
2017 Giga Nyu-York Nyu-York 1,5 ming
2019 Giga Shanxay Shanxay 15 ming
2022 Giga Berlin Brandenburg 10 ming
2022 Giga Texas Texas 10 ming

Modellar haqida

Model S — 2009-yil 26-martda Kaliforniyaning Xotorn shahrida taqdim etilgan. Besh eshikli xetchbek kompaniyaning Detroytdagi sho‘ba korxonasi tomonidan ishlab chiqilgan. Dizayn ishlari tugallangach, zavod Kaliforniyada dastlab 10 ming dona, keyinroq 25 ming dona avtomobil ishlab chiqargan.

 

Dastlab ikkita versiya taklif qilindi: 60 va 85 kVt / soat, orqa aksda joylashgan bitta elektr motor bilan jihozlangan. Keyin, 2014-yil 9-oktyabrda har bir o‘qda elektr motorlari bo‘lgan variant paydo bo‘ldi. 2015-yil 8-apreldan boshlab kompaniya bitta dvigatelli konfiguratsiyadan va 60 kVt soatlik versiyadan butunlay voz kechdi.

elektromobil, ilon mask, tesla

Foto: Wikipedia

Tesla Cybertruck

2019-yil 21-noyabrda kompaniya “Tesla Cybertruck” elektr pikapini namoyish etdi. Taqdimotdan besh kun o‘tib, mashina uchun oldindan 250 mingta buyurtmani kelib tushadi. U 400−800 km quvvat zaxirasiga, shuningdek, yukga moslashuvchi pnevmatik suspenziyaga ega edi.

Ishlab chiqarish 2022-yil oxiriga rejalashtirilgandi. 20-iyulda Ilon Mask “Cybertruck” ishlab chiqarishni 2023-yilning yozida boshlanishini e’lon qildi. Mashinaning birinchi nusxasi 2023-yil iyul oyida chiqarilgan.

elektromobil, ilon mask, tesla

Foto: Tesla.com

Logotip haqida

“RO Studio” tomonidan yaratilgan logotip dastlab qalqon ichiga joylashtirilgan, biroq keyinchalik soddalashtirilgan “T” harfiga aylangan. Tesla bosh direktorining yaqinda yozgan tvitiga ko‘ra, oddiy ko‘rinadigan “T” brend mahsulotlarining ramzi bo‘lib xizmat qiladi.

 

Maskning ta’kidlashicha, vertikal chiziq motor rotoridan cho‘zilgan qutblardan birini, gorizontal chiziq esa stator qismini ifodalaydi.

elektromobil, ilon mask, tesla

Foto: Medium

Avtomobillardagi texnik muammolar

2015-yilning noyabr oyida S modeldagi old yo‘lovchi xavfsizlik kamarining qisqichi mustahkam emasligini aniqlagandan so‘ng, sinovdan o‘tkazilgan 3000ta mashinada nuqson bo‘lsa-da, 90 mingta mashinasini qaytarib oldi.

Oradan bir yil o‘tgach, aprel oyida kompaniya o‘rindiqlarning uchinchi qatorini sinovdan o‘tkazilganda aniqlangan nuqson tufayli 2700 ta “Model X” avtomobilini qayta oldi, bu esa oldingi to‘qnashuvda o‘rindiqlar o‘z yo‘lovchilari bilan ag‘darilib ketishiga olib kelishi mumkin edi.

2022-yil fevralida “Tesla” avtopilot xatolari tufayli 53 mingdan ortiq avtomobilni mijozlardan qaytardi. Qaytarib olishlar 2016−2022 yilgi “Model S” va X, 2017−2022 yilgi “Model 3” va 2020−2022 yilgi “Model Y»ni o‘z ichiga oladi. Milliy yong‘indan himoya qilish assotsiatsiyasi va AQSh transport departamenti tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2012-yildan 2018-yilgacha har 170 mln milga “Tesla»ning bitta elektr transport vositasida yong‘in sodir bo‘lgan.

2023-yilda “Tesla” avtopilotdan foydalanishdagi xavfsizlik muammolari tufayli AQShda 2 mln avtomobilni qaytarib oldi. Qaytarib olish 2015-yilda avtopilot ishga tushirilgandan beri AQShda sotilgan deyarli barcha Tesla avtomobillariga ta’sir qildi.

Shuningdek, kompaniya bu yil gaz pedalidagi nosozlik tufayli 3,9 mingga yaqin “Cybertruck” elektr pikaplarini qaytarib olishini xabar qilgan.

Tesla raqamlarda. Kompaniya 2022-yilda 1,37 mln avtomobil ishlab chiqardi. O‘tgan yilgi hisobga xodimlar soni 140 473 nafarni tashkil etgan. 2023-yilda sof foydasi qariyb $15 mlrd bo‘lgan.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Yana 50 ming gektar yer kambag‘al oilalarga bo‘lib beriladi

Bir yil davomida yana 50 ming gektar yerni 100 mingta kambag‘al oilaga bo‘lib berish rejalashtirilgan. Bu haqda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha prezident selektorida ma’lum qilindi. Ta’kidlanishicha,...

O‘zbekiston ilk bor sumo bo‘yicha jahon chempionatida medal oldi

O‘zbekistonlik sportchi Durdona Abdujabborova sumo bo‘yicha 25-jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi, deb xabar berdi «Dunyo». Bu O‘zbekistonning ushbu sport turi bo‘yicha xalqaro maydondagi ilk yutug‘i...

O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilganlar 3,9 mln nafardan oshdi

2024-yil 1-sentabr holatiga — o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 3,9 mln nafardan oshdi. Bu haqda Soliq qo‘mitasining matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga...

Kichik tadbirkorlarga 100 mln so‘mgacha garovsiz mikrokreditlar beriladi

“Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturi takomillashtiriladi. Bu bo‘yicha 7-sentabr kuni prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan, bir loyiha doirasida 300 mln so‘mgacha mikrokreditlarning 100 mln so‘m...

Eksport qiluvchilar uchun QQS qoplash tartibi soddalashtirildi

Endilikda eksport operatsiyalari bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) summasi o‘rnini qoplash osonlashadi. Bu haqda biznes-ombudsman xabar qildi. Soliq to‘lovchilardan tovarlarning eksport qilinganini tasdiqlovchi bojxona hujjatlarini soliq...

2027 yilda dunyoda birinchi trillioner paydo bo‘lishi mumkin

Amerikalik tadbirkor, SpaceX va Tesla asoschisi Ilon Mask 2027 yilga borib dunyodagi birinchi trillionerga aylanishi mumkin. Bu haqda Informa Connect Academy (ICA) tahlilchilari hisobotiga...