Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekiston diplomlari Germaniyada tan olinishi mumkin

O‘zbekiston diplomlari Germaniyada tan olinishi mumkin

Germaniyalik mutaxassislarga O‘zbekistonda ishlashlari uchun imtiyozlar berish taklif qilinmoqda.

O‘zbekiston diplomlari Germaniyada tan olinishi mumkin. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

1-aprel kuni vazir o‘rinbosari Shohrux G‘ulamov Germaniyaning ta’lim va migratsiya sohasi mutaxassislaridan iborat delegatsiya bilan uchrashdi. Unda Germaniya hududiy savdo-sanoat palatalarining direktorlari hamda GP Günter Papenburg AG ta’sischi kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan investitsiya kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Xususan, O‘zbekiston yoshlarini yangi texnologiyalarga o‘rgatish va keyinchalik ularni Germaniya korxonalariga ishga joylashtirish uchun qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyati ko‘rib chiqildi. Tomonlar O‘zbekiston diplomlarining Germaniyada tan olinishi bo‘yicha ham muzokara olib bordi. Buning uchun O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlari Germaniya ta’lim vazirligining ANABIN axborot bazasiga kiritilishi mumkin.

Shu bilan birga, germaniyalik mutaxassislarga O‘zbekistonda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun imtiyozlar berish taklif qilinmoqda.

Joriy yilning mart oyi boshida prezident qarori bilan 2024-yilning sentabrida Germaniya kansleri Olaf Sholsning O‘zbekistonga tashrifi doirasida Samarqandda imzolangan O‘zbekiston va Germaniya hukumatlari o‘rtasida migratsiya va mobillik sohasida sheriklik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.

O‘sha vaqtdagi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Bekzod Musayev kelishuv shaffof, tashkillashtirilgan migratsiya jarayonlarini yo‘lga qo‘yishdagi birinchi qadam bo‘lganini qayd etgandi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda yuzdan ortiq tadbirkor “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston prezidenti farmoyishi bilan bir guruh tadbirkorlar “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Hujjatda qayd etilishicha, ular milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash,...

O‘zbekistondagi barcha oliygohlarda karyera markazlari majburiy bo‘lishi mumkin

O‘zbekistonda mulkchilik shaklidan qat’i nazar, 2027-yil 1-yanvardan boshlab barcha oliygohlarda karyera markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Bu haqda Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan...

O‘zbekistonlik o‘quvchilar 2026-yilda xalqaro fan olimpiadalarida 220 ta medal qo‘lga kiritdi

2026-yil boshidan buyon o‘zbekistonlik o‘quvchilari xalqaro fan olimpiadalarida jami 220 ta medalni qo‘lga kiritdi. Shundan 35 tasi oltin, 81 tasi kumush va 104 tasi bronza...

Oʻzbekistonga oʻqish maqsadida kelgan xorijliklar soni 2,2 barobarga oshdi

2026-yil yanvar-iyun oylarida 21 042 nafar chet el fuqarolari oʻqish maqsadida Oʻzbekistonga keldi. Bu haqda Statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi. Tahlil qilinishicha, yarim yil ichida xorijlik talabalar...

Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt xizmatlari hajmini 1,5 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt ekotizimini rivojlantirish boʻyicha erishilgan natijalar va istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident axborot agentligi axborot...

O‘zbekistonda chorvachilik sohasida subsidiyalar ajratiladi

“Chorvachilik tarmog‘i loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-sentyabrdan 2030-yil 1-yanvarga qadar Agrar sohada to‘lovlar agentligi tomonidan davlat byudjeti...