Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekistonda Energiya samaradorligi milliy agentligi tashkil etiladi

O‘zbekistonda Energiya samaradorligi milliy agentligi tashkil etiladi

Aholiga energiya auditini o‘tkazish, quyosh panellari va geliokollektorlar o‘rnatish xarajatlari uchun 18,75 mln so‘mgacha subsidiya beriladi.

27-mart kuni energiya samaradorligini oshirish sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish va energiya servis kompaniyalari xizmatlari bozorini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi.

Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasi huzurida Energiya samaradorligi milliy agentligi tashkil etilishi belgilanmoqda. Uning vazifalariga esa energiya samaradorligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, rag‘batlantiruvchi va ta’sir etuvchi choralar ishlab chiqish va tartibga solish kiradi.

2025-yilning 1-iyulidan aholi uy-joylarining energiya auditini o‘tkazish xarajatlari uchun agentlik tomonidan subsidiya ajratiladi. Quyosh panellari va geliokollektorlar qiymatining 20%i, issiqlik nasoslari (havo, suv va geotermal) qiymatining esa 40%gacha qismi qoplab beriladi. Bunda to‘lovlar miqdori BHMning 50 baravari (18,75 mln so‘m) gachani tashkil etadi.

Joriy yilning 1-sentabrigacha Energiya samaradorligini oshirish raqamli platformasi ishga tushiriladi. Agentlik huzurida budjetdan tashqari Energiya samaradorligini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi.

Bundan tashqari, 1-oktabrga qadar ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar uchun texnologiyalar energiya samaradorligining “yashil” standartlari joriy etiladi.

28-yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev “resurs tejamkor iqtisodiyot modeli»ga o‘tish zarurligini ta’kidladi. Hukumatga energiya samaradorligi hisobiga xarajatlarni 15−20% gacha qisqartirish va qo‘shilgan qiymatni ko‘paytirishga qaratilgan dastur ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.

Fevral oyida yirik sanoat korxonalari uchun energiya iste’moli me’yorlari belgilanishi ma’lum bo‘ldi. O‘z navbatida, iste’molchilarni Yaponiya tajribasiga asoslanib energiya tejash asoslariga o‘rgatish rejalashtirilmoqda.

Mart oyi oxiridagi prezident yig‘ilishida quyosh panellari orqali joriy yil 1,1 mlr kub metr tabiiy gaz va 2,6 mlrd kVt/soat elektrni tejash imkoniyati ma’lum qilindi. Davlat rahbari yirik sanoat korxonalarida tejamkor uskunalar o‘rnatish, energiya isrofini kamaytirish zarurligini ta’kidladi. Hukumatga bu sohada yangicha ijro va nazorat tizimida ishlash topshirildi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda yuzdan ortiq tadbirkor “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston prezidenti farmoyishi bilan bir guruh tadbirkorlar “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Hujjatda qayd etilishicha, ular milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash,...

O‘zbekistondagi barcha oliygohlarda karyera markazlari majburiy bo‘lishi mumkin

O‘zbekistonda mulkchilik shaklidan qat’i nazar, 2027-yil 1-yanvardan boshlab barcha oliygohlarda karyera markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Bu haqda Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan...

O‘zbekistonlik o‘quvchilar 2026-yilda xalqaro fan olimpiadalarida 220 ta medal qo‘lga kiritdi

2026-yil boshidan buyon o‘zbekistonlik o‘quvchilari xalqaro fan olimpiadalarida jami 220 ta medalni qo‘lga kiritdi. Shundan 35 tasi oltin, 81 tasi kumush va 104 tasi bronza...

Oʻzbekistonga oʻqish maqsadida kelgan xorijliklar soni 2,2 barobarga oshdi

2026-yil yanvar-iyun oylarida 21 042 nafar chet el fuqarolari oʻqish maqsadida Oʻzbekistonga keldi. Bu haqda Statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi. Tahlil qilinishicha, yarim yil ichida xorijlik talabalar...

Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt xizmatlari hajmini 1,5 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt ekotizimini rivojlantirish boʻyicha erishilgan natijalar va istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident axborot agentligi axborot...

O‘zbekistonda chorvachilik sohasida subsidiyalar ajratiladi

“Chorvachilik tarmog‘i loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-sentyabrdan 2030-yil 1-yanvarga qadar Agrar sohada to‘lovlar agentligi tomonidan davlat byudjeti...