Matbuot xizmatiYangiliklarLimon yetishtiruvchi tadbirkorlarning xarajatlari subsidiya orqali qoplab beriladi

Limon yetishtiruvchi tadbirkorlarning xarajatlari subsidiya orqali qoplab beriladi

Yangi limonzorlar barpo etish va koʻchatlar xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar har bir sotix uchun 300 ming soʻmgacha miqdorda subsidiya sifatida qoplab beriladi. “Muqobil energiya orqali ishlaydigan isitish tizimini joriy etgan limon yetishtiruvchilarni, shuningdek, yangi limonzorlarni barpo etish va koʻchatlar xarid qilishni moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi hukumat qarori qabul qilindi. Limon yetishtiradigan qishloq xoʻjaligi tashkilotlari xarid qilgan muqobil energiya (tabiiy gazga nisbatan) orqali ishlaydigan isitish qurilmalari qiymatining 30% gacha qismi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi. Nizomga koʻra, talabgorlar (qishloq xoʻjaligi tashkilotlari) muqobil energiya qurilmasi oʻrnatilgan issiqxona ishga tushirilgandan soʻng subsidiya olish uchun tuman komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi. Tuman komissiyasi murojaat kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida talabgor tomonidan oʻrnatilgan muqobil energiya qurilmalarini joyiga chiqqan holda oʻrganadi. Hujjatlar taqdim qilingan kundan boshlab 3 ish kuni ichida agentlik ularni oʻrganib chiqib, kengash qarori qabul qilingan kundan boshlab 1 oy ichida subsidiya ajratadi yoki rad etilsa, bu haqda talabgorni xabardor qiladi. Agentlik 5 yil mobaynida, har yil kamida bir marotaba shartnomada koʻrsatilgan parametrlar va majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan monitoring olib boradi. Qarorga koʻra, yangi limonzorlar barpo etish va koʻchatlar xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar har bir sotix uchun 300 ming soʻmgacha miqdorda subsidiya sifatida qoplab beriladi. Subsidiya limonzorlar barpo etish ishlari yakunlanib, tuman ishchi komissiyasining ularni foydalanishga qabul qilish yuzasidan tasdiqlangan dalolatnomalari agentlikka taqdim etilgandan soʻng 1 oy muddatda ajratiladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Javohir Sindorov bilan telefon orqali muloqot qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro shaxmat federatsiyasining Nomzodlar turniri g‘olibi Javohir Sindorov bilan telefon orqali muloqot qildi. Davlatimiz rahbari yosh grossmeysterimizni O‘zbekiston shaxmat tarixida birinchi marta...

O‘zbekistonda 3 mingga yaqin korxona jarimalardan so‘ng o‘z faoliyatini to‘xtatdi

Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarga jarimalarni bir oy muddatda to‘lagan taqdirda 50% lik chegirma berish taklifini ma’qulladi. Avvalroq Spot Shavkat Mirziyoyev 13-aprel kuni tadbirkorlik subyektlariga nisbatan moliyaviy jarimalarni...

Javohir Sindarov Jahon toji uchun kurashadi!

Kiprda bo‘lib o‘tayotgan nufuzli “Nomzodlar turniri”da hamyurtimiz, iqtidorli yosh grossmeyster Javohir Sindarov muddatidan avval g‘oliblikni qo‘lga kiritib, barchamizni xushnud etdi. Hal qiluvchi uchrashuvda u eng...

1-iyuldan qurilishga ruxsat va texnik shartlarni olish tartibi soddalashtiriladi

Prezident bitta ariza va bitta to‘lov bilan barcha kommunal tarmoqlarga texnik shart olish imkonini yaratish vazifasini qo‘ydi. Avvalroq Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga...

Nogironlik pensiyalarini proaktiv shaklda tayinlashga qaratilgan qonun Senatga yuborildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida nogironlik pensiyalarini proaktiv shaklda tayinlashga qaratilgan qonun loyihasi qabul qilinib, Senatga yuborildi. Bu haqda quyi palata matbuot xizmati xabar berdi. Majlisda...

Prezident 1-iyuldan O‘zbekistonda bond omborlarini tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi

Tajriba ikki yil davom etadi. Uning doirasida marketpleyslar faqat shaxsiy ehtiyojlar uchun bond omborlaridan tovarlarni sotishlari mumkin bo‘ladi. Shavkat Mirziyoyev 13-aprel kuni “Elektron tijoratni rivojlantirish...