Matbuot xizmatiYangiliklarMahallalarda ish oʼrinlari yaratish va oilalar daromadini koʼpaytirish yangi tizimning asosiy mezoni...

Mahallalarda ish oʼrinlari yaratish va oilalar daromadini koʼpaytirish yangi tizimning asosiy mezoni boʼladi.

Faol islohotlar, tadbirkorlikni rivojlantirish va mahallabay ishlash natijasida oʼtgan yili mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot 7,4 foizga oʼsdi. Hududlarda 100 mingta yangi tadbirkor ish boshladi. Oʼzini oʼzi band qilganlar soni 700 mingga koʼpayib, 1,2 millionga yetdi.                                                                                                                           – 2022 yilni Inson qadrini ulugʼlash va faol mahalla yili, deb eʼlon qildik. Shu bois bu yil barcha mahallalarda tub oʼzgarishlar boʼlishi kerak, – dedi davlatimiz rahbari. Yangi yildan  9 ming 309 nafar “hokim yordamchilari” ish boshladi. Ushbu tizimga masʼul boʼlgan Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyati tashkil etilib, barcha masalalar hal qilib berildi. Yigʼilishda mahallabay ishlash tizimini tashkil etish uchun amalga oshirilishi lozim boʼlgan navbatdagi chora-tadbirlar muhokama qilindi. Xususan, mutasaddilar mahallada hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etib, kambagʼallikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga shaxsan masʼul boʼlishi koʼrsatib oʼtildi. Hokim yordamchilari “temir”, “ayollar” va “yoshlar” daftarlari doirasida oʼz mahallalarida oʼrganishlar oʼtkazib, ijtimoiy reestrni qaytadan yangilashi lozimligi taʼkidlandi. Bunda, eng avvalo, ishlash imkoniyati va xohishi bor, lekin sharoiti ogʼir oilalarni oʼqitish va oʼz ishini boshlashi uchun imtiyozli kredit, subsidiya yoki dehqon xoʼjaligi uchun ularga yer maydonlari ajratish yoʼlga qoʼyiladi.                                                                                – Аholini oʼqitish va tadbirkorlikka jalb qilishga katta hajmda kredit va subsidiyalar ajratilmoqda. Lekin, joylarda aksariyat odamlar ulardan bexabar desak, bu ham haqiqat, – dedi Prezident. – Shuning uchun hokim yordamchilari aholi bilan har kuni ishlab, ularga mavjud sharoitlarni yetkazishi, tadbirkorlik va dehqonchilikka oʼrgatish orqali kambagʼallikdan chiqarishi lozim. Ushbu maqsadlar uchun joriy yilda 10 trillion soʼm imtiyozli kredit va 2,5 trillion soʼm subsidiya (har bir mahallaga oʼrtacha 1,3 milliard soʼm) ajratilishi maʼlum qilindi. Bu borada mahallada tadbirkorlik va dehqonchilikni rivojlantirish uchun oilalarni zarur asbob-uskunalar va ish qurollari bilan taʼminlashga alohida eʼtibor qaratish zarurligi qayd etildi. Joriy yil dehqonchilik uchun ajratilayotgan 80 ming gektar ekin maydoni ham birinchi navbatda yuqorida qayd etilgan toifadagi oilalarga beriladi. Shu orqali 500 ming aholini doimiy daromad manbai bilan taʼminlash mumkin. Mutasaddilar oldiga ekin yerlarini ajratish ishlarini tanqidiy muhokama qilib borish, aholini parrandachilik, qoʼy-echkichilik, quyonchilik, baliqchilik, asalarichilik bilan band qilish uchun yetakchi tadbirkorlarni jalb etish, mavjud imkoniyatlarni oʼrganib, tadbirkorlar ishtirokida mahallalarni inkubator bilan taʼminlash, yetishtirilgan qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini kafolatli sotib olish tizimini tashkil etish vazifasi qoʼyildi.                                                    – Bir narsani hamma aniq tushunib olishi zarur. Hokim yordamchilari – Prezidentning mahalladagi vakillari hisoblanadi. Ularning asosiy vazifasi – oʼz mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish, ish oʼrni yaratish, kambagʼallikni qisqartirish va oilalar daromadini koʼpaytirishdan iborat.                                                                                        Yigʼilishda tarmoq va hududlar rahbarlari yangicha tizimda ishlash yuzasidan rejalarini bayon qildi.

 

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Oliy ta’limda talabalar bilimini baholash tartibi o‘zgarishi mumkin

O‘zbekistonda 2026–2027-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilinadigan talabalar uchun bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida nazarda...

Yangi Toshkentdagi Milliy kutubxonani yil oxirigacha foydalanishga topshirish rejalashtirilgan

Prezident Milliy kutubxona, ikkita universitet kampusi va 55 ming o‘rinli stadionni belgilangan muddatda hamda sifatli yakunlash bo‘yicha topshiriqlar berdi. Shavkat Mirziyoyev 27-iyul kuni Yangi Toshkent shahrida...

Energetikada muammo mablag‘da emas, tizimning boshqaruvida — prezident

Prezident raisligidagi yig‘ilishda yoz va qish mavsumida elektr tarmoqlaridagi avariyalar minglab iste‘molchilarni uzluksiz elektr ta‘minotisiz qoldirgani taʼkidlandi. Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan...

O‘zbekistonda 1-avgustdan nimalar o‘zgaradi?

Eski avtomobilni yangilashda avtokredit foizlarining bir qismi qoplab beriladi Trade-in dasturi doirasida eski avtotransport vositasini topshirgan jismoniy va yuridik shaxslarga yangi avtomobil xarid qilish uchun olingan...

Uy-joy subsidiyasi uchun arizalar qabuli 27-iyul kuni boshlanadi4

Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar olish uchun arizalar qabuli boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. Arizalarni 27-iyul kuni soat 15:00 dan boshlab jo‘natish mumkin....

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 7 mln so‘mdan oshdi

Eng yuqori ish haqi Toshkentda, eng past ko‘rsatkich esa Qashqadaryo viloyatida qayd etildi. 2026-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 7 mln...