Matbuot xizmatiYangiliklar5 yillik stajga ega xotin-qizlarga OTMga kirish uchun tavsiyanoma berish boshlandi

5 yillik stajga ega xotin-qizlarga OTMga kirish uchun tavsiyanoma berish boshlandi

Xotin-qizlarga oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tavsiyanomaga arizalar qabuli boshlandi. Bu haqda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali rasmiy kanalida ma’lum qilindi.

Tavsiyanoma mutaxassisligi bo‘yicha 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan ayollarga davlat OTMlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga beriladi. Ular alohida qabul parametrlari doirasida tanlovda ishtirok etishlari mumkin.

Asosiy talablar:

  • o‘rta maxsus yoki kasb-hunar ta’limi diplomiga;
  • mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yillik mehnat stajiga ega;
  • oliy ta’lim olmagan (bakalavr diplomi yo‘q) bo‘lish.
  • Tavsiyanomalar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan taqdim etilib, unga ega bo‘lganlar uchun davlat OTMlariga alohida 500 ta kvota ajratiladi. Bunda nomzodlar imtihon topshirib, ballar ketma-ketligi bo‘yicha eng yuqori natija ko‘rsatgan 500 nafar xotin-qiz talabalikka qabul qilinadi.

Shuningdek, berilgan tavsiyanoma 3 yil muddatga amal qiladi va faqat bir marta o‘qishga kirish uchun foydalanish mumkin. Ya’ni bu yilgi qabulda nomzod o‘qishga kira olmasa, kelasi yilgi qabulda ham undan foydalana oladi.

Arizalar 1-iyunga qadar Yagona portal orqali qabul qilinadi. Xizmatdan havola orqali bepul foydalanish mumkin.

Imtiyoz xorijiy, nodavlat va harbiy ta’lim muassasalariga tatbiq etilmaydi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda OTMlarda dual ta‘limning yangi tizimi joriy etiladi

Prezident “Oliy ta‘limda dual ta‘lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. Hujjatga ko‘ra, 2027/2028 o‘quv yilidan OTMlarda...

Prezidentimiz ustoz va murabbiylar bilan uchrashib, ta’lim sohasidagi yangi tashabbuslarni belgilab berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida pedagoglar bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabriklab, ularning yosh avlod tarbiyasidagi...

Davlatimiz rahbari taʼlimdagi islohotlar natijalari va zamonaviy ilmiy infratuzilma bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi Oʻzbekiston” universitetiga tashrif buyurib, taʼlim sohasidagi islohotlar va kelgusidagi rejalarga bagʻishlangan koʻrgazma bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari...

Samarqand zafaridan jahon shaxmat markazi sari: Prezidentimiz chempionlar bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalari aʼzolari, ularning yaqinlari, ustoz va murabbiylari bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari shaxmatchilarimizni Samarqandda oʻtkazilgan 46-Butunjahon shaxmat...

Maktab va oliy ta’limdagi islohotlarning navbatdagi vazifalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish, oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta’limni tashkil qilish, shuningdek, Lyaonin pedagogika universitetining O‘zbekistondagi filiali...

Davlatimiz rahbari shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi

Qadrli o‘g‘il-qizlarim! Hurmatli ustoz va murabbiylar! Dunyo shaxmat osmonida yorqin yulduz bo‘lib porlagan siz, aziz farzandlarimni 46-Jahon shaxmat olimpiadasida erishgan tarixiy g‘alabangiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ikki...