Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekiston kompaniyalari Gonkong fond birjasiga chiqishi mumkin

O‘zbekiston kompaniyalari Gonkong fond birjasiga chiqishi mumkin

Gonkong fond birjasi (HKEX) O‘zbekiston kompaniyalari aksiyalarini xorijda joylashtirishni tashkil etishi mumkin, deya xabar bermoqda Toshkent Respublika fond birjasi matbuot xizmati.

Maydon boshqaruvi 8-may kuni Xitoyning moliyaviy xizmatlar va g‘aznachilik bo‘yicha kotibi Kristofer Xuey boshchiligidagi maxsus hudud delegatsiyasini qabul qildi.

Tomonlar Gonkong moliya institutlarining mahalliy kapital bozorini rivojlantirishda ishtirok etish istiqbollarini muhokama qildilar.

Mahalliy emitentlarning xalqaro IPOlarga chiqishi va HKEX orqali ikki tomonlama joylashtirishni tashkil etish imkoniyatlari, shuningdek, Gonkong moliyaviy vositalarini O‘zbekistonda joylashtirish ustuvor mavzular qatorida bo‘ldi.

Gonkong tomoni O‘zbekiston kompaniyalariga jahon kapital bozorlariga chiqish masalasida ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.

Zamonaviy kapital bozori uchun investorlarning ehtiyojlariga mos keladigan moliyaviy vositalarni rivojlantirishning ahamiyati ta’kidlandi.

Bundan tashqari, uchrashuvda HKEX va Toshkent birjasi o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan tashabbuslar ko‘rib chiqildi.

Ular orasida obligatsiyalar, birja fondlari (ETF), tokenlashtirilgan aktivlar, hosilaviy vositalar bozorini rivojlantirish rejalari, shuningdek, platformalarning texnologik integratsiyasi mavjud.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda OTMlarda dual ta‘limning yangi tizimi joriy etiladi

Prezident “Oliy ta‘limda dual ta‘lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. Hujjatga ko‘ra, 2027/2028 o‘quv yilidan OTMlarda...

Prezidentimiz ustoz va murabbiylar bilan uchrashib, ta’lim sohasidagi yangi tashabbuslarni belgilab berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida pedagoglar bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabriklab, ularning yosh avlod tarbiyasidagi...

Davlatimiz rahbari taʼlimdagi islohotlar natijalari va zamonaviy ilmiy infratuzilma bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi Oʻzbekiston” universitetiga tashrif buyurib, taʼlim sohasidagi islohotlar va kelgusidagi rejalarga bagʻishlangan koʻrgazma bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari...

Samarqand zafaridan jahon shaxmat markazi sari: Prezidentimiz chempionlar bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalari aʼzolari, ularning yaqinlari, ustoz va murabbiylari bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari shaxmatchilarimizni Samarqandda oʻtkazilgan 46-Butunjahon shaxmat...

Maktab va oliy ta’limdagi islohotlarning navbatdagi vazifalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish, oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta’limni tashkil qilish, shuningdek, Lyaonin pedagogika universitetining O‘zbekistondagi filiali...

Davlatimiz rahbari shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi

Qadrli o‘g‘il-qizlarim! Hurmatli ustoz va murabbiylar! Dunyo shaxmat osmonida yorqin yulduz bo‘lib porlagan siz, aziz farzandlarimni 46-Jahon shaxmat olimpiadasida erishgan tarixiy g‘alabangiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ikki...