Matbuot xizmatiYangiliklarFermerlarga dizel xarajatlarining 2 mln so‘mgacha qismi qoplab beriladi

Fermerlarga dizel xarajatlarining 2 mln so‘mgacha qismi qoplab beriladi

Prezidentning 8-may kuni qabul qilingan farmoni (PF-82-son) bilan paxta va bug‘doy yetishtiruvchilarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari belgilandi.

Unga ko‘ra, 2026-yil hosilidan boshlab Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrar sohada to‘lovlar agentligi tomonidan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining kredit foiz xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadi.

Xususan, paxta xomashyosi yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni shartnomada belgilangan muddatda qaytargan xo‘jaliklarga to‘langan foizning 2,5 foizlik punkti, hosil yilining yakuniga qadar — 31-dekabrgacha qaytargan xo‘jaliklarga esa foiz to‘lovlarining 5 foizlik punkti qoplab beriladi.

Shuningdek, bug‘doy yetishtirish xarajatlari uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni hosil yilining 1-avgustigacha to‘liq qaytargan xo‘jaliklarga kredit foizining 4 foizlik punkti kompensatsiya qilinadi.

Paxta xomashyosini xarid qilish uchun paxta-to‘qimachilik klasterlari hamda paxta xomashyosini qayta ishlash va ip-kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega to‘qimachilik korxonalariga ajratilgan tijorat kreditlari bo‘yicha foiz to‘lovlarining 8 foiz punktidan yuqori, biroq 16 foiz punktidan oshmagan qismi ham qoplab beriladi.

Bundan tashqari, dizel yoqilg‘isini xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qisman qoplash uchun 2026-yil 1-apreldan 1-iyulgacha qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan birja orqali xarid qilingan har bir tonna dizel qiymatining 13 mln so‘mdan oshgan qismiga, biroq 2 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda respublika budjeti hisobidan subsidiya ajratiladi.

1-sentabrdan Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining xo‘jaliklarga quyidagi subsidiyalarni ajratish vakolati Agrar sohada to‘lovlar agentligiga o‘tkaziladi:

  • qishloq xo‘jaliklariga o‘z mablag‘lari hamda bank kreditlari hisobidan yetishtirilgan paxta xomashyosini birjada sotganda rasmiylashtirilgan EHF qiymatining bir qismini qoplab berish;
  • paxta-to‘qimachilik klasterlari hamda ip-kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega to‘qimachilik korxonalariga o‘z mablag‘lari hisobidan xarid qilingan paxta xomashyosi qiymatining bir qismini qoplab berish.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Dunyoda minimal ish haqi eng yuqori boʻlgan davlatlar maʼlum qilindi

Tahlil uchun Xalqaro mehnat tashkilotining 2024-yilgi maʼlumotlaridan foydalanilgan. Bunda ish haqining oddiy nominal miqdori emas, balki xarid qobiliyati pariteti - yaʼni turli davlatlarda tovar va...

Kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlar yangicha tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 3-sentabr kuni kambagʻallikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish boʻyicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Mamlakatimizda...

O‘zbekistonda oktabr-noyabr oylarida biznesni ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi

Shavkat Mirziyoyev aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish yakunlari hamda milliy statistika tizimida islohotlarni jadallashtirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Taqdimotda iqtisodiy faoliyatni to‘liq statistik hisobga olish...

Mehmonxonalar uchun yer va mol-mulk solig‘i imtiyozlari 2030-yilgacha saqlanadi

Avvalroq Spot Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalar yuzasidan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilingani haqida xabar berilgandi. 27-avgustdagi farmonda turizm va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini...

Yangi Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi

Yangi Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi. Tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, xalqimizni ulugʻ ayyom bilan samimiy tabrikladi. Davlatimiz...

To‘rtta hududda 2,4 GVt quvvatga ega yangi elektr stansiyalari va saqlash tizimlari ishga tushirildi

O‘zbekistonning turli hududlarida uchta yangi elektr stansiyasi va uchta elektr energiyasini saqlash tizimi ishga tushirildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi. Ular 25-avgust kuni mustaqillikning 35 yilligi munosabati...