Amalga oshirishni istamagan, boshlashga oʻzingizda jurʼat topa olmayotgan ishingizni 20 daqiqa ichida tugatish mumkinligini bilsangiz, uni boshlash osonroq boʻlishi mumkinligini bilasizmi? Har kuni 20 daqiqa vaqtingizni maʼlum bir ish uchun ajratish uning tez orada odatga aylanib qolishiga olib keladi. Bu dangasalikka qarshi kurashishning eng yaxshi usullaridan biri hamdir.
- Kuniga 20 daqiqa sport bilan shugʻullangan odamni salomatlik bilan bogʻliq muammolar deyarli bezovta qilmaydi.
- Kuniga 20 daqiqa vaqtini uyni tartibga keltirish uchun ajratgan odam tartibsizlik muammosiga duch kelmaydi.
- Kuniga 20 daqiqa vaqtini diqqatni bir yerga jamlab ishlashga sarflaydigan odamlar ijodiy inqiroz haqida oʻylamasalar ham boʻlaveradi.
- Kuniga 20 daqiqa vaqtini sokin joyda rejalari va maqsadlari ustida ishlash uchun oʻtkazadigan odamlar gʻoyalar yetishmovchiligidan aziyat chekishmaydi.
- Kuniga 20 daqiqa vaqtini qoʻshimcha daromad topish usullari haqida oʻylashga sarflaydigan odamlar tez orada moliyaviy erkinlikka erishadilar.
- Kuniga 20 daqiqa vaqtni dam olish uchun sarflash organizmni ruhiy charchoqdan himoya qiladi.
- Kuniga 20 daqiqa mutolaa bilan band boʻlish aqliy salohiyatni oshiradi.