Maqsad va vazifalar

Bosh sahifaMaqsad va vazifalar

“YOSHLAR — KELAJAGIMIZ” JAMG‘ARMASI
MAQSAD VA VAZIFALARI

Jamg‘armaning asosiy maqsadi – bu yoshlar tadbirkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni biznes bilan shug‘ullanishlariga faol jalb qilish uchun shart-sharoitlar yaratish va yoshlar bandligini ta’minlashga ko‘maklashishdan iborat.

Jamg‘armaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

    • zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga ola biladigan barkamol, maqsadga intiluvchan va serg‘ayrat yoshlarni tarbiyalashga ko‘maklashish;
    • yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini namoyon qilish, ularning fuqarolik javobgarligini va olib borilayotgan islohotlarga daxldorligini oshirishga ko‘maklashish;
    • joylarda yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, yosh tadbirkorlarning istiqbolli g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish;
    • yoshlar bandligini ta’minlashga to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammolarni monitoring qilish;
    • yoshlar tadbirkorligini kompleks rivojlantirish va yoshlarni tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga faol jalb qilish bo‘yicha joylarda maqsadli dasturlarni amalga oshirishga ko‘maklashish;
    • qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat organlari
      va tashkilotlarining mansabdor shaxslari bilan birgalikda yoshlarning tadbirkorlik savodxonligini oshirishga, ularga biznes tashkil etish va yuritish ko‘nikmalarini singdirishga ko‘maklashish;

Jamg‘arma o‘z mablag‘laridan quyidagilarni yo‘nalishlardagi tadbirlarni amalga oshirish uchun foydalanadi:

    • yoshlarning innovatsion, amaliy va istiqbolli loyihalariga grant mablag‘lari ajratish;
    • o‘z iqtidori va salohiyatini kamol toptirish, kelajakda qiziqqan sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishi uchun yoshlarda o‘zini o‘zi rivojlantirish bo‘yicha kuchli motivatsiya uyg‘otish maqsadida keng yoshlar davrasida xalqaro miqyosda yuqori nufuzga ega notiqlar jalb qilingan holda motivatsion tadbirlar o‘tkazish;
    • yosh tadbirkorlarning xalqaro forum va yarmarkalardagi ishtirokini ta’minlash, yoshlarning xalqaro mehnat bozorlariga chiqishiga ko‘maklashish;
    • yoshlarni kelgusida tegishli sohada malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlari, shu jumladan tadbirkorlikka o‘qitish uchun mamlakatimizda yuqori natijalarga erishgan soha mutaxassislarini jalb etgan holda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish;
    • yoshlarni kelgusida tegishli sohada malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlari uchun belgilangan tartibda tadbirkorlikka o‘qitish va sertifikat berish;
    • bitiruvchilarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida barcha hududlardagi oliy ta’lim muassasalari bazasida biznes akseleratorlar tashkil etish;
    • amalga oshiriladigan tadbirkorlik loyihalarida ular qiymatining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda ishtirok etish, keyinchalik Jamg‘arma ulushini 5 yil davomida realizatsiya qilish;
    • yoshlarni tadbirkorlik va ishbilarmonlikka qiziqtirish hamda ularga bunday faoliyatni yo‘lga qo‘yishning amaliy jihatlarini o‘rgatish maqsadida joylardagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tashkilotlariga biznes sayohatlar tashkil etish;
    • yoshlarni kasbga o‘rgatish bilan bog‘liq xarajatlar, shuningdek, yosh tadbirkorlarga huquqiy, buxgalteriya, marketing, brending, bank, sug‘urta, mehnat va boshqa sohalarda amaliy ko‘mak ko‘rsatish uchun konsalting xizmatlari xarajatlarini qoplash;
    • ko‘rgazmali savdo yarmarkalarini tashkil etish;
    • lizing xizmatlari ko‘rsatish;
    • yosh tadbirkorlarga imtiyozli shartlarda binolar, ofis texnikasi va sarflash materiallarini ijaraga berish, ularni internet bilan ta’minlash, shuningdek, yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, g‘oyalari va loyihalarini amalga oshirishga boshqacha ko‘mak berish, jumladan, biznes rejalar ishlab chiqish, maslahat, yuridik, buxgalteriya va boshqa xizmat turlarini ko‘rsatish, forumlar, master-klasslar va seminarlar tashkil etish uchun “Yosh tadbirkorlar” kovorking-markazlarini, savdo-maishiy va kichik ishlab chiqarish maydonlarini tashkil etish uchun mehnat kuchi haddan ziyod bo‘lgan hududda “Yoshlar mehnat guzari” komplekslarini qurish.

Jamg‘arma qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa vazifalarni amalga oshirishi mumkin.

Bo‘limlar

Ijtimoiy tarmoqlar

0A'zolarYoqtirish
0KuzatuvchilarKuzatish
4,105KuzatuvchilarKuzatish
6,830ObunachilarObuna bo‘lish

So'nggi yangiliklar