Matbuot xizmatiTadbirlar“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi — yoshlarning ishonchli hamkori bo‘lishda davom etmoqda

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi — yoshlarning ishonchli hamkori bo‘lishda davom etmoqda

Yoshlar tadbirkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni biznes bilan shug‘ullanishga faol jalb qilish uchun shart-sharoitlar, ish o‘rinlari yaratish va yigit-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida 2018-yil 27-iyun kuni davlatimiz rahbarining “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi va uning doirasida “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi, shuningdek, uning hududiy filiallari tashkil etildi.

Uch yillik faoliyati davomida jamg‘arma tomonidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, bugungi kunga qadar yosh tadbirkorlarning 8 ming 635 ta biznes loyihasiga jami 1 trillion 830 milliard soʻm miqdorida imtiyozli kredit mablagʻlari ajratish orqali 42 mingdan ortiq yangi ish oʻrni yaratildi. Ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish, qishloq xoʻjaligi sohalariga oid loyihalar moliyalashtirildi. Kredit olib faoliyatini yoʻlga qoʻygan yosh tadbirkorlar tomonidan 4,6 million dollar miqdoridagi mahsulotlar eksport qilindi.

Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan startap loyihalarga ham katta e’tibor qaratilib, grantlar ajratildi. Bu borada Andijon viloyatida yoshlarning startap loyihalarini qoʻllab-quvvatlash uchun 2 milliard soʻm grant mablagʻi sarflandi. Bundan tashqari, “Startap tashabbuslar” dasturini amalga oshirish uchun 1 milliard soʻm miqdorida grant mablagʻi yoʻnaltirildi.

BMTning Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda koronavirus pandemiyasining oqibatlarini barqarorlashtirishga qaratilgan innovatsion vositalar va yechimlar onlayn tanlovi – “Covid-19 Challenge 2020” o‘tkazildi. Unda g‘olib bo‘lgan startap loyihalarga jami 475 million so‘m beg‘araz, maqsadli grant mablag‘lari ajratildi.

Joylarda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagidagi yoshlarning bilimlarini oshirish maqsadida malakali mutaxassislar tomonidan 3180 ta biznes seminarlar o‘tkazildi. Tashkil qilingan seminarlar o‘z ichiga 182,6 ming nafar yoshlarni qamrab oldi.

Davlat dasturi doirasida barcha tuman (shahar)larda imtiyozli kredit olib, o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan yosh tadbirkorlar o‘z mahsulotlarining savdo yarmarkalarini tashkil qildi. Ularda 36,5 ming nafarga yaqin tadbirkorlik faoliyatiga qiziqqan yoshlar jalb qilindi. O‘z oldiga tadbirkorlik faoliyatini boshlashni maqsad qilgan 43 ming nafar yoshlarni hududlardagi yirik ishlab chiqarish korxonalariga bosqichma-bosqich 1402 marta biznes sayohatlarni amalga oshirdi.

Yoshlarga tadbirkorlik va biznes yuritish ko‘nikmalarini masofadan o‘rgatish maqsadida bizneskurs.uz onlayn platformasi tashkil etildi va bu orqali yoshlar yurtimizdagi xalqaro biznes trenerlarning tadbirkorlik kurslarini bepul ravishta o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Farg‘ona shahridagi O‘zbekiston – Koreya xalqaro universiteti va Buxoro davlat universitetida esa tajriba-sinov tariqasida “Biznes akselerator” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, bilimli, salohiyatli va oʻzining noyob gʻoyalariga ega boʻlgan, biroq hayotda oʻz oʻrnini topa olmayotgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, kambagʻallikni qisqartirish maqsadida “My Business” realiti-shousi tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Kelgusi 2 yilda ayollar biznesini qo‘llab-quvvatlashga 2 trln so‘m ajratiladi

Taʼsischisi yoki rahbari ayol bo‘lgan kompaniyalarga 10 mlrd so‘mgacha imtiyozli kreditlar beriladi. Prezident xotin-qizlarning kasb-hunar o‘rganish imkoniyatlari kengaytirilishi bo‘yicha farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy...

2026-yildan kartoshka yetishtiruvchilarga imtiyozli kredit beriladi, ayrim texnikalarga boj bekor qilinadi

Shuningdek, ularga sug‘orish nasoslariga quyosh panellari o‘rnatish va elektr xarajatlari uchun kompensatsiyalar ajratiladi. 2026-yildan kartoshka yetishtiruvchilar uchun yangi imtiyoz va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari joriy etiladi. Bu haqda 2-dekabr kuni...

Bog‘dorchilik xo‘jaliklariga intensiv bog‘ tashkil qilish uchun 14% li imtiyozli kredit beriladi

Shuningdek, muzlatkichli omborlar uchun kredit foizining bir qismi va qadoqlash xarajatlarining 50%i qoplab beriladi. Avvalroq prezident ishtirokida Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib...

Prezident butun mamlakatda havo ifloslanishiga qarshi choralarni kuchaytirishni topshirdi

Barcha hududlarda xavfli chiqindilarni xatlovdan o‘tkazib, qayta ishlash va utilizatsiya qilish bo‘yicha kamida 1 tadan loyihani boshlash, yagona monitoring platformasini ishga tushirish ko‘zda tutilgan. 1-dekabr kuni...

O‘zbekiston sun’iy intellekt moduliga ega Samarqand-2028 sun’iy yo‘ldoshini ishlab chiqmoqda

Sun’iy intellekt yordamida tibbiy suratlarni tahlil qilish tizimlarini joriy etish rejalashtirilgan. Shuningdek, u orqali yo‘llardagi qoidabuzarliklarni avtomatik aniqlash tizimini yaratish taklif qilindi. Shavkat Mirziyoyev 1-dekabr kuni...

O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish instituti tashkil etiladi

Institut yashirin iqtisodiyotning ijtimoiy-iqtisodiy sabablarini tahlil qilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi. Avvalroq prezident “Soliqlarning yig‘iluvchanlik darajasini oshirish va faol soliq to‘lovchilarni rag‘batlantirish chora-tadbirlari...