Foydali manbalarBiznes haqidaYangi soliq tartibi biznes uchun nimalarni o‘zgartiradi? Ekspert fikri

Yangi soliq tartibi biznes uchun nimalarni o‘zgartiradi? Ekspert fikri

May oyi oxirida qabul qilingan prezident farmoni bilan kichik biznes uchun soliq nazorati yengillashtirildi.

Asosiy o‘zgarishlardan biri joriy yil 1-iyundan umumbelgilangan soliq rejimiga o‘tish uchun belgilangan yillik aylanma chegarasining miqdori qariyb 5 mlrd so‘m etib belgilandi. Shu paytga qadar bu 1 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Xuddi shu sanadan boshlab mehmonxona va umumiy ovqatlanish korxonalariga alkogol hamda tamaki mahsulotlari uchun naqd pul qabul qilishga ruxsat beriladi. Endi kafe va restoranlar ayrim xodimlarni soddalashtirilgan tartibda shu kunning o‘zida va belgilangan muddatga ishga qabul qilishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, ular to‘langan QQSning 40%igacha bo‘lgan qismini qaytarib olishlari mumkin.

Bundan tashqari, 1-iyundan boshlab 2030-yilgacha savdo, xizmat ko‘rsatish va umumiy ovqatlanish sohasidagi tadbirkorlarga QQSni soddalashtirilgan tartibda to‘lash imkoniyati yaratiladi. Bu tartibda QQS stavkasi 6% etib belgilanadi, foyda solig‘i esa 0% bo‘ladi va hisobotni topshirish majburiyati bekor qilinadi.

Farmon QQS ma’muriyatchiligini ham soddalashtiradi. Xususan, QQS to‘lovchisi guvohnomasini vaqtincha to‘xtatib turish amaliyoti bekor qilinadi, 10 mln so‘mgacha bo‘lgan salbiy QQS qoldiqlari tadbirkor arizasisiz avtomatik qaytariladi hamda 2027-yildan past xavfli holatlarda QQSni qaytarish jarayoni inson omilisiz amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, 2028-yilgacha kichik biznes subyektlariga aniqlangan soliq xatolarini mustaqil tuzatish imkoniyati beriladi. Soliq xavfi summasi ma’lum chegaradan oshmagan hollarda soliq auditi va sayyor tekshiruvlar o‘tkazilmaydi. Bank hisobvaraqlarini blokdan chiqarish jarayoni ham to‘liq avtomatlashtiriladi.

Bu o‘zgarishlar tadbirkorlar tomonidan ijobiy kutib olinmoqda. Chunki biznes shu vaqtga qadar QQS to‘lashga o‘tish chegarasini oshirish masalasini bir necha marotaba ko‘tarib kelgan. Xususan, bundan bir yil oldin xizmatlar sohasi uchun QQSni hisobga olmasdan 6% gacha pasaytirish va foyda solig‘ini vaqtincha nolga tenglashtirish taklif qilingan edi.

Soliq maslahatchisi Nodirbek Xo‘jabekovning ta’kidlashicha, xizmatlar sohasida faoliyat yurituvchi korxonalar uchun umumiy soliq rejimi katta yuk bo‘lib qolmoqda, chunki ularning xarajatlari va kiruvchi QQS hajmi kam. Shuning uchun imtiyozli stavkani joriy etish zarur.

O‘sha vaqtda Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov bu mexanizm biznesni sun’iy ravishda bo‘lib yuborish holatlarini kamaytirishi mumkinligini ta’kidlagan edi.

Spot soliq maslahatchisi Umidbek Safarov bilan soliq tizimidagi ushbu o‘zgarishlar borasida suhbatlashib, tadbirkorlar nimalarga tayyor bo‘lishi, endi nima qilishlari kerakligini ko‘rib chiqdi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda OTMlarda dual ta‘limning yangi tizimi joriy etiladi

Prezident “Oliy ta‘limda dual ta‘lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. Hujjatga ko‘ra, 2027/2028 o‘quv yilidan OTMlarda...

Prezidentimiz ustoz va murabbiylar bilan uchrashib, ta’lim sohasidagi yangi tashabbuslarni belgilab berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida pedagoglar bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabriklab, ularning yosh avlod tarbiyasidagi...

Davlatimiz rahbari taʼlimdagi islohotlar natijalari va zamonaviy ilmiy infratuzilma bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi Oʻzbekiston” universitetiga tashrif buyurib, taʼlim sohasidagi islohotlar va kelgusidagi rejalarga bagʻishlangan koʻrgazma bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari...

Samarqand zafaridan jahon shaxmat markazi sari: Prezidentimiz chempionlar bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalari aʼzolari, ularning yaqinlari, ustoz va murabbiylari bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari shaxmatchilarimizni Samarqandda oʻtkazilgan 46-Butunjahon shaxmat...

Maktab va oliy ta’limdagi islohotlarning navbatdagi vazifalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish, oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta’limni tashkil qilish, shuningdek, Lyaonin pedagogika universitetining O‘zbekistondagi filiali...

Davlatimiz rahbari shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi

Qadrli o‘g‘il-qizlarim! Hurmatli ustoz va murabbiylar! Dunyo shaxmat osmonida yorqin yulduz bo‘lib porlagan siz, aziz farzandlarimni 46-Jahon shaxmat olimpiadasida erishgan tarixiy g‘alabangiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ikki...