Matbuot xizmatiYangiliklarTibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun qator imtiyozlar joriy etiladi — prezident qarori

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun qator imtiyozlar joriy etiladi — prezident qarori

Shavkat Mirziyoyev Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, 2026-yildan boshlab davlat tibbiyot muassasalari xodimlari Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan Tibbiyot muassasalarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan har yili mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorida rag‘batlantiriladi.

Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan har yili sog‘liqni saqlash tizimida faoliyat yuritayotgan eng ilg‘or muassasalar va mutaxassislar o‘rtasida tanlov o‘tkaziladi.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar respublika miqyosida — “Eng yaxshi respublika shifoxonasi rahbari” va “Eng yaxshi hududiy sog‘liqni saqlash organi rahbari”, hududlar kesimida esa “Eng yaxshi tuman (shahar) sog‘liqni saqlash organi rahbari”, “Eng yaxshi oilaviy poliklinika rahbari”, “Eng yaxshi tuman (shahar) shifokori”, “Eng yaxshi tuman (shahar) o‘rta tibbiyot xodimi”, shuningdek “Eng yaxshi oilaviy poliklinika”, “Eng yaxshi tuman (shahar) shifoxonasi” va “Eng yaxshi hududiy shifoxona” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi.

Tanlov natijalari asosida g‘oliblar Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi hisobidan bir martalik mukofotlar bilan rag‘batlantiriladi:

  • tibbiyot muassasalariga — 500 mln so‘m;
  • tibbiyot va rahbar xodimlarga — 30 mln so‘m miqdorida mukofot beriladi.

G‘oliblar Tibbiyot xodimlari kuni arafasida e’lon qilinadi. Shuningdek, ularni davlat mukofotlariga tavsiya etish, xorijdagi nufuzli ta’lim va ilmiy tashkilotlarda menejerlik hamda zamonaviy dasturlar asosida o‘qitish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, 2026-yil 1-apreldan boshlab davlat tibbiyot muassasalarining ish vaqti rejimi besh kunlik ish haftasiga o‘tkaziladi.

Bunda tibbiyot muassasalari ish faoliyatining uzluksizligini ta’minlash uchun bayram va dam olish kunlari navbatchilik asosida ishlash yo‘lga qo‘yiladi.

2026-yildan boshlab davlat tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan shifokorlar va farmatsevtika xodimlari uchun bir qator yangi imtiyoz va rag‘batlantirish mexanizmlari joriy etiladi.

Bunda, tuman (shahar) darajasida yangi davolash usullarini tatbiq etib, uning ijobiy natijasiga erishgan tibbiyot muassasalari shifokorlari bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlariga oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat bosqichi uchun yillik kontrakt to‘lovining 30%i (lekin bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan oshmagan holda) Jamg‘arma hisobidan qoplab beriladi.

Tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi mutaxassislarning xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasida indekslanuvchi, yuqori impakt-faktorli jurnallarda maqola chop etish bilan bog‘liq barcha xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.

Har yili davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ishlagan 500 nafar tibbiyot va farmatsevtika xodimini uy-joy bilan ta’minlash maqsadida ipoteka asosida xarid qilinadigan uy-joyning dastlabki badal to‘lovining 25%i Jamg‘arma hisobidan qoplab beriladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining milliy akkreditatsiyadan o‘tgan davlat tibbiyot muassasalari xodimlariga 2026-yildan boshlab lavozim maoshining 10%i miqdorida oylik ustama to‘lash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi.

Kelasi yildan boshlab davlat tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun qo‘shimcha ijtimoiy imtiyozlar taqdim etiladi.

Yangi tartibga ko‘ra, davlat tibbiyot muassasalarida kamida 3 yil ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan har yili bir marotaba bepul yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatiladi.

Davlat tibbiyot muassasalarida 15 yil va undan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga Kasaba uyushmalari federatsiyasi hamda tibbiyot muassasalari mablag‘lari hisobidan har yili bir marotaba respublika hududidagi sanatoriylarga bepul yo‘llanma beriladi.

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun barcha turdagi davlat xizmatlari to‘lovlari miqdori ikki barobar kamaytiriladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Oliy ta’limda talabalar bilimini baholash tartibi o‘zgarishi mumkin

O‘zbekistonda 2026–2027-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilinadigan talabalar uchun bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida nazarda...

Yangi Toshkentdagi Milliy kutubxonani yil oxirigacha foydalanishga topshirish rejalashtirilgan

Prezident Milliy kutubxona, ikkita universitet kampusi va 55 ming o‘rinli stadionni belgilangan muddatda hamda sifatli yakunlash bo‘yicha topshiriqlar berdi. Shavkat Mirziyoyev 27-iyul kuni Yangi Toshkent shahrida...

Energetikada muammo mablag‘da emas, tizimning boshqaruvida — prezident

Prezident raisligidagi yig‘ilishda yoz va qish mavsumida elektr tarmoqlaridagi avariyalar minglab iste‘molchilarni uzluksiz elektr ta‘minotisiz qoldirgani taʼkidlandi. Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan...

O‘zbekistonda 1-avgustdan nimalar o‘zgaradi?

Eski avtomobilni yangilashda avtokredit foizlarining bir qismi qoplab beriladi Trade-in dasturi doirasida eski avtotransport vositasini topshirgan jismoniy va yuridik shaxslarga yangi avtomobil xarid qilish uchun olingan...

Uy-joy subsidiyasi uchun arizalar qabuli 27-iyul kuni boshlanadi4

Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar olish uchun arizalar qabuli boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. Arizalarni 27-iyul kuni soat 15:00 dan boshlab jo‘natish mumkin....

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 7 mln so‘mdan oshdi

Eng yuqori ish haqi Toshkentda, eng past ko‘rsatkich esa Qashqadaryo viloyatida qayd etildi. 2026-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 7 mln...