Misr orqali o‘tuvchi Suvaysh kanali yakunlangan moliyaviy yilda o‘z tarixida rekord qiymatda — 5,84 mlrd dollar daromad oldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2021-yilning birinchi yarmida Suvaysh orqali o‘tuvchi kemalar soni va tonnaji anchaga oshgan. Kanal ma’muriyati taqdim qilgan statistikaga ko‘ra, 2021-yil yanvardan iyungacha O‘rta Yer va Qizil dengizlarni bog‘lovchi kanal orqali 9763 kema o‘tgan, bu esa 2020-yilning shu davridagiga nisbatan 217 ta kema ko‘p bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, kanal orqali o‘tuvchi kemalar soni ko‘payishiga “kanalning qulay marketing va narx-navo siyosati, jumladan imtiyozlar va chegirmalar taqdim qilishi” olib kelgan.