Matbuot xizmatiYangiliklarQurbon hayiti uchun 690 mlrd so‘mlik xayriya va ijtimoiy yordam dasturi tayyorlandi

Qurbon hayiti uchun 690 mlrd so‘mlik xayriya va ijtimoiy yordam dasturi tayyorlandi

Og‘ir kasallikka chalingan bolalarda operatsiyalar o‘tkazish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda yetim bolalarga moddiy yordam ajratish rejalashtirilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev 21-may kuni Qurbon hayiti munosabati bilan ehtiyojmand aholini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Taqdimotda O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi hamda Vaqf xayriya jamoat fondi tomonidan ishlab chiqilgan takliflar haqida axborot berildi.

Ularga ko‘ra, Qurbon hayiti munosabati bilan keng ko‘lamli tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda.

Jumladan, og‘ir va nogironlikka olib keluvchi kasalliklarga chalingan 10 ming nafar bolada jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi. Bundan tashqari, 2,3 ming nafar onkologik va gematologik kasalligi bor bemorlarni tekshirish hamda davolash, kamida 350 nafar bemorda jigar va buyrak transplantatsiyasi xarajatlarini qoplash rejalashtirilgan.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlashga ham alohida eʼtibor qaratiladi. 8 ming nafardan ziyod yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hamda xizmat vaqtida qurbon bo‘lgan ota-onalarning farzandlarining omonat hisobvaraqlariga $200 pul o‘tkazib beriladi.

Bundan tashqari, 500 ta masjidda zamonaviy tahoratxonalar qurish, rekonstruksiya qilish yoki taʼmirlash, shuningdek, joylardagi qabristonlarni obod qilish ishlari amalga oshiriladi.

Davlat taʼminotidagi oilalar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar oziq-ovqat to‘plamlari bilan taʼminlanadi.

Mazkur chora-tadbirlar Vaqf xayriya jamoat fondiga ajratiladigan 690 mlrd so‘m mablag‘ hisobidan moliyalashtiriladi.

Shu bilan birga, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi toifalari uchun ehson dasturxonlari yozish, ziyoratgohlar va diniy taʼlim tashkilotlarida qurbonlik tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Prezident ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash, bemorlarni davolash va bolalarga ko‘mak ko‘rsatish bilan bog‘liq tadbirlar shaffof va manzilli tashkil etilishi zarurligini taʼkidladi hamda mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda OTMlarda dual ta‘limning yangi tizimi joriy etiladi

Prezident “Oliy ta‘limda dual ta‘lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. Hujjatga ko‘ra, 2027/2028 o‘quv yilidan OTMlarda...

Prezidentimiz ustoz va murabbiylar bilan uchrashib, ta’lim sohasidagi yangi tashabbuslarni belgilab berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida pedagoglar bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabriklab, ularning yosh avlod tarbiyasidagi...

Davlatimiz rahbari taʼlimdagi islohotlar natijalari va zamonaviy ilmiy infratuzilma bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi Oʻzbekiston” universitetiga tashrif buyurib, taʼlim sohasidagi islohotlar va kelgusidagi rejalarga bagʻishlangan koʻrgazma bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari...

Samarqand zafaridan jahon shaxmat markazi sari: Prezidentimiz chempionlar bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalari aʼzolari, ularning yaqinlari, ustoz va murabbiylari bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari shaxmatchilarimizni Samarqandda oʻtkazilgan 46-Butunjahon shaxmat...

Maktab va oliy ta’limdagi islohotlarning navbatdagi vazifalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish, oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta’limni tashkil qilish, shuningdek, Lyaonin pedagogika universitetining O‘zbekistondagi filiali...

Davlatimiz rahbari shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi

Qadrli o‘g‘il-qizlarim! Hurmatli ustoz va murabbiylar! Dunyo shaxmat osmonida yorqin yulduz bo‘lib porlagan siz, aziz farzandlarimni 46-Jahon shaxmat olimpiadasida erishgan tarixiy g‘alabangiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ikki...